MASHG`ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
-Meteorologik omil ko`rsatkichlari,ayniqsa havoning fizik holati,o`ta o`tkazuvchanlik xususiyatiga egadir.Chunki ular avallo texnologik jarayonning issiqlik fizik xususiyatlari,iqlim sharoiti,yil fasli,ishlab chiqarishning ish xonalari, ish joylarini tashkil etilganligi va bir qancha boshqa sabablar bilan bogliqdir.
Shu sababli ishlab chiqarish sharoitida(ochiq havoda va yopiq xonalarda) meteorologik omil to`la ko`rinishlarda tasir etish mumkin.Bu omil bevosita organizmning issiqlik holatiga ta'sir ko`rsatish yo`li bilan fiziologik jarayonlarda o`zgarishlar vujudga keltiradi.Bu o`zgarishlar o`z navbatida ish qobiliyatining kamayishi va sog`lig`ini yomonlashuviga olib kelishi mumkin.Shu sababli mehnat gigiyenasi vrachining boshqa omillar qatori,meteorologik omilga gigiyenik baho berish uning salbiy ta'sirini oldigi olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosiy vazifalari qatoriga kiradi.Ishlab chiqarishdagi meteorologik omil deb ish sharoitida ishlovchilarning issiqlik holatiga ta'sir etuvchi fizik omillar yig`indisiga aytiladi.Ishlab chiqarish sharoitida meteorologik omil turli ko`rinishda bo`ladi:komfort,issiqlikka ta'sir etuvchi(konveksion issiqlik va issiqlik nurlanishi ta'siri alohida va birgalikdagi xollari) sovuq haroratga ta'sir etuvchi,o`zgaruvchan,namlikka ta'sir etuvchi va boshqalar.
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchashda uning texnologik jarayon bosqichiga (masalan,metallarga ishlov berishda konveksion va nur issiqligining ko'p ajralishi, quritish qurilmalarida detallarni quritish va boshqalar),yil mavsumiga,tashqi sharoitlarga,isitish va shamollashishning samaradorligiga ko'ra juda o'zgaruvchanligini hisobga olish zarur.O'lchash poldan l,5m balandlikdagi ish zonasi,asosiy yo'laklarda kun va yilning turli vaqtlarida,texnologik jarayonning turli xil davrlarida takroriy ravishda o’tkaziladi.Havo harorati va namligini o'lchash uchun Assmanning aspiratsiya sixrometridan foydalaniladi.Assman psixrometrining umumiy ko'rinishi.U ikkita B termometridan tashkil topgan. Termometrlardan birining simobli boshchasi mato bilan qoplangan bo'lib,uni pipetka yordamida namlab turiladi. Quruq termometr havo haroratini ko'rsatadi. Nam termometr ko'rsatkichlari havo namligiga bog'liq,namlik nechog'lik kam bo'lsa, uning harorati shuncha kam bo'ladi,chunki havoda namlik kamaygan sayin nam matodan suvning bug'lanishi ko'payadi va simob idishchasining yuzasi ko'proq soviydi.Nam termometr ko'rsatgichlariga havo harakatchanligining ta'sirini bartaraf qilish uchun asbobning boshchasiga soat mexanizmli ventilator o'rnatilgan.U termometrlarning idishchalari turadigan A naychalarida havoning doimiy tezligini vujudga keltiradi.Bu naychalar termometrlarni mexanik shikastlkrdan saqlab va asbob ko'rsatgichlarini o'zgaritirishi mumkin bo'lgan w nurianishlarni qaytarib, himoya rolini ham o'ynaydi.O'lchashdan oldin pipetka D ga suv to'ldiriladi va nam termometrning matoli qobig'i ho'llanadi. Bunda asbobni vertikal(to'ntarmaslik kerak)tutib turiladi va o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi,3—5 minut o'tgach,termometrlarning ko'rsatkichlari ma'lum darajani ko'rsatadil.Bu ma'lumotlar yoziladi,so'ngra maxsus jadvallar bo'yicha yoki namlik nomogrammasi yordamida namlik hisob qilinadi.Nisbiy namlik miqdori jadval bo'yicha,quruq va nam termometrlar miqdorlarining ayirmasi gorizontal bo'ylab joylashtirilgan va nam termometr ko'rsatgichi vertikal bo'ylab joylashtirilgan bo'lib,ularning miqdorlari kesishgan katakda oldindan hisoblab qo'yilgan qiymat keltirilgan bo'ladi.Nomogramma bo'yicha esa nam va quruq termometrlarning o'rsatgichlari kesishgan nuqtadan aniqlanadi.Ish joylari,shamollatish teshiklari, deraza oldidagi havo harakatining tezliklarini o'lchash uchun parrakli yoki kosacbali anemometrlardan foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |