AMALIY MASHG`ULOT №23
Karyerlar xodimlariga oid talablar
1. Karyerlar xodimlari konchilik ishlarini bajarishdagi ishtirokiga ko’raquyidagilarga bo’linadi:
a) ochiq konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlikqilish huquqiga ega bo’lgan va geologiya, marksheyderlik, konchilik ishlab chiqarishi fizik jarayonlari, geomexanika, konchilik ishlarini boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi maxsus bilimni talab etuvchi (karyerning boshlig`i, bosh muhandisi, bosh muhandisning burg`ulash-portlatish va konchilik ishlari bo’yicha o’rinbosari, geologiya, marksheyderlik, geomexanika va ishlab chiqarish-texnik xizmatlari rahbarlar kabi) xodimlar;
b) konchilik ishlarining ayrim turlari (jarayonlari) yuzasidan texnik rahbarlikqilish huquqiga ega bo’lgan va tegishli sohasidagi maxsus ta’lim va bilimni talab etuvchi (burg`ulash, portlatish, konchilik, uyumlar va shu kabi uchastkalar boshliqlari, uni o’rinbosarlari va ustalari kabi) xodimlar;
v) konchilik ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bo’lgan va ularni bajarish uchun maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi (portlatuvchi, kon-transporti jihozi mashinisti kabi) xodimlar;
q) konchilik ishlari turlariga kiritilmagan, ammo ishlab chiqarish faoliyati orasidagi odam sifatida karyerning xususiyatlarini hisobga olishni talab etuvchi yordamchi ishlar yuzasidan texnik rahbarlikqilish huquqiga ega bo’lgan (ta’mirlash uchastkasi boshliqlari va ustalari, konchilik uchastkalari mexanigi va energetigi, va shu kabi) xodimlar;
d) karyerlardagi axloqqoidalarini bilishni talab etuvchi yordamchi ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bo’lgan (ta’mirlash xizmati ishchilari, yordamchi transporti xaydovchisi va shu kabi) xodimlar;
e) yordamchi ishlab chiqarish va xizmatlarning karyerda bo’lishi zarur bo’lmagan, ammo portlatish ishlari paytida xavfli zona chegarasida bo’lishi mumkin bo’lgan (mexanik-ta’mirlash ustaxonalar, ma’muriy-maishiy kombinatlar va shu kabilar ishchilari) xodimlari.
2. Ochiq konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlikqilish uchun, tugallangan oliy yoki o’rta kon-texnikaviy ta’limga ega bo’lgan va ochiq konchilik ishlari asosiy jarayonlaridan bittasi bo’yicha rahbarlikning amaliy tajribasiga ega bo’lgan shaxsga ruxsat etiladi.
3. Konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlikqilish uchun, tugallangan oliy yoki o’rta kon-texnikaviy ta’limga ega bo’lgan yoki ishlarning tegishli turini mas’uliy olib borish huquqini beradigan kurslarni tugatgan shaxsga ruxsat etiladi.
Kon-texnikaviy ta’limga ega bo’lmagan shaxsga, karyerlarda konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlikqilishi uchun, ishlarning tegishli turini mas’uliy olib borish huquqini beradigan maxsus kurslarni tugatgandan keyin ruxsat etilishi mumkin.
4. Karyerlarda konchilik ishlarining ayrim (burg`ulash, portlatish, kavlash-yuklash, tashish, uyumlash va shu kabi) turlarini bajarish uchun, kasb bo’yicha o’qib, imtihon topshirgan va shunday ishlarni bajarish yoki tegishli kon-transport mashinalarini boshqarish huquqiga oid guvohnoma olgan ijrochilarga ruxsat etiladi.
Boshqarilishi elektrqurilmalarni operativ ulash va o’chirish bilan bog`liq bo’lgan konchilik va transport mashinalari mashinistlari va mashinisti yordamchilari, Iste’molchilar elektrqurilmalaridan texnik foydalanishqoidalari va Iste’molchilar elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasiqoidalariga muvofiq ravishda elektr xavfsizligi bo’yichaquyidagicha malaka guruhiga ega bo’lishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |