Amaliy mashg`ulot №1 Mehnat xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqni asosiy masalalarining namunaviy ro’yxati 1



Download 123,43 Kb.
bet60/63
Sana03.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#313809
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
практическая ПБ. узб.

AMALIY MASHG`ULOT №24

Mehnat xavfsizligi bo’yicha

karyer xodimlarini o’qitish va yo’riqlash
1. Konchilik ishlarini ochiq usul bilan olib boruvchi korxonalar barcha ishchilari, rahbarlari ham mehnat xavfsizligi bo’yichaqoidalar, me’yorlar va yo’riqnomalarni, ularni lavozimlari, kasblari va ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatda o’qishlari, bilishlari yuzasidan yo’riq va ko’rikdan o’tishlari kerak.

2. Konchilik yo’nalishi bo’yicha oliy va o’rta maxsus ta’limga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashda o’kuv rejalari va dasturlariga mehnat muhofazasi (mehnat xavfsizligi) kurslari kiritilishi kerak,qaysiki uni o’rgangan o’quvchi va talaba tegishli imtihonni topshirishlari lozim.

3. Karyerning rahbar va muhandis-texnik xodimlari dastlabki yo’riqdan tashqari, lavozimi yuqori shaxs tomonidan:

a) unga ishonilgan ishlab chiqarishda mehnat sharoiti va muhofazasi holati;

b) ishchi va xizmatchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyaqilish vositalari;

v) ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanish holati;

q) mehnat sharoiti va muhofazasini yaxshilashga oid tadbirlar;

d) mehnat muhofazasi bo’yicha rahbarlik manbalar va lavozim vazifalari bilan tanishtirilishlari kerak.



4. Rahbar va muhandis-texnik xodimlar birinchi marta lavozimda ishlashi yoki boshqa lavozimga o’tishi bilan bir oydan kechikmasdan, ammo 2 haftadan keyin bo’linma buyrug`i ko’ra tayinlangan shaxs rahbarligida stajirovaka o’tashi, funktsional vazifalari hajmida mehnat muhofazasi bo’yicha amaldagiqoidalarni bilishi yuzasidan ko’rikdan o’tishi kerak. Bilimlar ko’rigi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bu ishlarga mustaqil rahbarlikqilishga ijozat berilishi to’g`risidagi buyruqni chiqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Amaldagi elektrqurilmalaridagi ishlar tashkilqilish bilan band bo’lgan xodimni tayyorlash, amaldagi «Iste’molchilar elektrqurilmalaridan foydalanishning TFq va XTq» talablariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.



5. Lavozimga vaqtincha tayinlanganda, funktsional vazifalari hajmida mehnat muhofazasi bo’yicha amaldagiqoidalarni bilishi yuzasidan stajirovakani o’tash ko’rikdan o’tish ushbu tayinlanishgaqadar o’tkazilishi kerak.

6. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha imtihonni topshira olmagan rahbar va muhandis-texnik xodimlar, kamida bir oylik muddatda imtihonni topshirish sharti bilan korxona rahbari tomonidan egallab turgan lavozimidaqoldirilishi mumkin.

7. Rahbar va muhandis-texnik xodimlar ish jarayonida egallab turgan lavozimida hajmida vaqoidalar bilan belgilangan muddatda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bilimi yuzasidan davriy ko’rikdan o’tishlari kerak. Buning uchun korxona buyrug`i bilan doim amalqiluvchi komissiya tayinlanishi, korxona bosh muhandisi tomonidan karyerni rahbar va mutaxassis xodimlarining bilimi yuzasidan davriy ko’rik o’tkazishga oidqoidalarning ro’yxati tasdiqlanishi kerak.

8. Muhandis-texnik xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi bo’yichaqoidalar, me’yorlar va yo’riqnomalarni bilish yuzasidan navbatdan tashqari ko’rikquyidagi hollarda o’tkaziladi:

a) mehnat muhofazasi bo’yicha yangi yokiqayta ishlangan me’yoriy hujjatlar amalga kiritilganda;

b) yangi jihoz ishga tushirilganda yoki yangi texnologik jarayonlar joriy etilganda;

v) mehnat muhofazasi bo’yichaqo’shimcha bilimni talab etadigan boshqa ish joyiga yoki lavozimga o’tkazilganda;

q) davlat nazorati yoki yuqori tashkilotlar talablariga binoan;

d) ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bo’lganda;

e) guruhli, natijasi o’lim bilan tugagan yoki oqibati og`ir bo’lgan baxtsiz hodisalarga yo’lqo’yilganda, shuningdek avariyalar, portlashlar, yong`inlar yoki zaharlanishlarda.

9. Ishchilarni tayyorlashda mehnat xavfsizligiga o’qitish, kasbga o’qitish bilan bir paytda korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturlarga binoan bajarilishi kerak.

Dasturlarda mehnat xavfsizligini nazariy va amaliy o’qitish, shu jumladan elektr toki va boshqa baxtsiz hodisalardan shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usullari ko’zda tutilishi kerak.

Imtihon topshirgan shaxsga, uning malakasi va mehnatni xavfsiz usulllarini bilishini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadigan guvohnoma berilishi kerak.

10. Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi nazorati ostida bo’lgan kasb va ishlarga o’qitishda ishchilar o’quv-kursi kombinatlarida tegishliqoidalar talablarini hisobga olgan holda mehnat xavfsizligiga oid mahsus o’quvni o’tishlari kerak. Bunday kasb va ishlarni ro’yxati karyer (korxona) bosh muhandisi tomonidan belgilanadi, maxsus o’quv tugaganidan keyin ishchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalarini baholash imtihon komissiyasi tomonidan natijalarga ko’ra bayonnoma rasmiylashtirish bilan bajarilishi kerak.

11. Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi nazorati ostida bo’lgan jihozga xizmat ko’rsatuvchi yoki ishlarni bajaruvchi xodimlar tegishliqoidalar bilan belgilangan muddatda mehnat xavfsizligi bo’yicha bilimlari yuzasidan davriy ko’rikdan bayonnoma rasmiylashtirish bilan o’tishi kerak.

Davriy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan lavozim, kasb va ishlarning ro’yxati, imtihon komissiyasi tarkibi korxonaning texnik rahbari tomonidan belgilanadi.



12. Radiatsiyaviy nurlanish manbayi hisoblangan, foydaliqazilmalarniqazib oluvchi konchilik korxonalariga ishga kiruvchi shaxslar radiatsiyaviy xavfsizlik bo’yicha o’qishi va bilimlari yuzasidan ko’rikdan o’tishi kerak. Ishchilar uchun alohida, va muhandis-texnik xodimlar uchun alohida ishlab chiqiladigan o’quv dasturlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan bo’lishi kerak. Radiatsiyaviy xavfsizlik bo’yicha bilimlari yuzasidan takroriy ko’rik muhandis-texnik xodimlar uchun kamida 3 yilda bir marta va ishchilar uchun yiliga bir marta o’tkazilishi kerak.

13. Ochiq usul bilanqazib oluvchi korxonaga ishga kirayotgan (shu jumladan vaqtinchalik) har bir xodim dastlabki yo’riqdan o’tishi, oldindan xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitilishi va ish joyida birlamchi yo’riqdan o’tishi kerak.

14. Dastlabki yo’riq mustaqil bo’linmalar mehnat muhofazasi bo’limi xodimlari yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa xodimlari tomonidan dastur (1-ilova) bo’yicha mehnat muhofazasi xonalarida xodimqabulqilinadigan ishni sharoiti va xususiyatlarini ifodalovchi ko’rgazmaliqurollardan foydalanilgan holda o’tkazilishi kerak.

Dastlabki yo’riq xodim birlamchi tibbiy ko’rikdan o’tib, uni sog`lig`i holati bo’yicha shu ishga yaroqli ekanligi to’g`risidagi vrach xulosasi berilganidan keyin o’tkaziladi.



15. Birlamchi o’qitish har bir toifadagi o’quvchilar uchun korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik texnikasi bo’yicha birlamchi o’qitish dasturiga (2-ilova) ko’ra ishlab chiqarishdan ajralgan holda bajarilishi kerak, va muddatiquyidagicha bo’lishi lozim:

  • karyerga ishga birinchi marotaba kirayotgan xodim uchun – 3 kun;

  • karyerda oldin ishlagan xodim uchun– 2 kun;

- karyerni yordamchi xizmatlarini rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan oldin, umumtexnik yo’nalishidagi oliy yoki o’rta maxsus ta’limga ega bo’lgan mutaxassislar uchun – 2 kun;

- ishlab chiqarish amaliyotidan oldin, konchilik-texnika yo’nalishidagi oliy yoki o’rta o’quv muassasalari, shuningdek sanoat kollejlari talabalari– 2 kun;

- karyerda bir kasbdagi ishdan boshqasiga o’tkazilayotgan ishchilar uchun– 1 kun.

16. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha dastlabki yo’riq va birlamchi o’qitishni o’tkazish yo’riqdan o’tuvchi shaxs va yo’riq beruvchi shaxsning imzolari bilan jurnaldaqayd etilishi kerak.


Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish