Aloqa va signalizatsiya
1. Ochiq kon texnologik jarayonlarni nazoratqilish va boshqarish va ishlar xavfsizligini ta’minlaydigan texnik vositalar kompleksi, shuningdek telefon aloqasi (radioaloqa) orqali kommutator yoki korxona ATS, dispetcher bilan ta’minlanishi kerak.
2. Maxsus transport vositalaridan tashqari aloqa va signalizatsiya moslamalarini ta’minlash yoritish tarmogi, akkumulyator batareyalari yoki tugrilanishqurilmalaridan 220 v dan yuqori bo’lmagan chiziqli kuchlanishda amalga oshirilishi lozim. 24 v dan yuqori bo’lmagan kuchlanishdagi signalizatsiya moslamalari uchun (temir yo’l transporti SMB dan tashqari) liniyalarda izolyatsiyasiz («ochiq») tokka olib boruvchi simlarniqo’llashga ruxsat etiladi.
3. Ochiq kon nimstantsiyasi, uning ahamiyatiga ko’ra, energiya dispetcheri (energiya ta’minoti tashkiloti tezkor xodimi bilan) yoki ochiq kon kommutatori bilan telefon aloqasida bo’lishi lozim.
4. Aloqaqurilmalari yuqori kuchlanish liniyalari xalakit beradigan va xavfli ta’siridan, tutashtirish tarmogi, momaqaldirokli razryadlar va daydi toklardan himoyaqiluvchi moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |