Amaliy mashg`ulot №1 Mehnat xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqni asosiy masalalarining namunaviy ro’yxati 1



Download 123,43 Kb.
bet63/63
Sana03.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#313809
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
практическая ПБ. узб.

Zararli moddaning nomlanishi

PDK kattaligi,

mg/m3

Xavflilik

sinfi

Organizmga ta’siriqilish

xususiyati

Azot oksidlari (NO2 xisobida)

5

3

0

Uglerod oksidi

20

4

0

Oltingugurt suvchil

10

2

0

Olitngugurtli angidrid

10

3




Akrolein

0,2

2




Formalydegid

0,5

2

0, A

3,4 benzapiren

0,00016

1

q

Tarkibida kremniyning kristall ikki oksidi bulgan kremniyli chang:










- 70 % dan yukori

1

3

F

- 10% dan 70% gacha

2

3

F

- 2% dan 10%gacha

4

3

F

Silikatlar va tarkibida silikatlar bulgan chang:










- tarkibida 10% dan ziyod asbesti bulgan tabiiy va sun’iy asbest va asbest jinsli aralashmalar

2

3

F, q

- talyka, flogopit va muskovit shaffof minerallari (slyudalar)

4

3

F

- tsement, olivin, apatit, fosterit, loylar, dolomit, oxak, barit, fosforit

6

4

F

Tarkibida kremniy ikki oksidi bulgan kumir va kumir jinsli chang:










- 10% gacha

4

3

F

- 5% gacha (tosh kumir uchun

10

4

F-

- antratsit uchun

6

4

F

Xromli angidrid, xromatlar va bixromatlar

( CrO3 xisobida)



0,01

1

q, A

qo’rgoshin va uning noorganik birikmalari (qo’rgoshin buyicha)

0,01/0,005

1




Margumush va uning noorganik birikmalari

0,04/0,01

1

q

Simob noorganik birikmalari

0,02/0,05

1




Kadmiy va uning noorganik birikmalari

0,05/0,01

1




Uran changi:










- eruvchi birikmalar

0,015

1




- erimaydigan birikmalar

0,075

1




Trinitrotoluol

0,5/0,1

2




IZOX: suratda maksimal bir marotaba, maxrajda va bir sonli grafalarda esa zararli aralashmalarn kontsentratsiyasining o’rta smenali mazmunlari berilgan.

O, A, q, ,F - o’tkir yo’llangan, allergik, kantserogen va fibrogen harakatlarining zararli moddalari.

6.1-jadvaldagi zararli aralashmalar me’yoriy miqdorlari bo’lmaganda, shuningdek ular kombinatsiyalashgan holda ta’sir etganda - ruxsat etilgan kontsentratsiyalar sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilanadi.



2. Ochiq konlar atmosferasiga chang va gazlar kelishini kamaytirish

2.1. Ochiq konlar atmosferasiga changlar va gazlar kirishini kamaytirish bo’yicha tadbirlar kon ishlarining pasayishi vaqazilgan joyning atrof-muhit bilan birga tabiiy havo almashinishini yomonlashuvi mobaynida ochiq kon atmosferasidagi sanitariya-gigiena holatining o’zgarishi prognozidan kelib chiqqan holda loyiha bilan aniqlanadi, shunga bogliq holda ochiq kon va uning tashqarisidagi atmosferaga kiruvchi chang va gazlarning tartibga solinishining konkret texnologik, texnik va tashkiliy usullari tanlanishi lozim.

2.2. Radiatsiyali xavfli ishlab chiqarishlar hisoblangan ochiq konlarda chang va gazlarni ochiq kon atmosferasiga va ular chegarasidan tashqariga tushishini tartibga solishni tanlash radioaktiv aralashmalarning ishchi zonalari havosida yigilibqolishi mumkinligini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi kerak.

2.3. CHanglar, zaharli gazlar va agressiv suvlarni bostirish yoki tutib olish bevosita zararli aralashmalarning ajralish joylarida amalga oshirilishi kerak.

CHang hosil bo’lishini kamaytirish uchun avtomobil yo’llari va ekskavator zaboylari sistemali ravishda sugorilishi, boglovchiqo’shimchalarning bu hollardaqo’llash esa sanitariya nazorati organlari tomonidan kelishilgan bo’lishi lozim.



2.4. CHiqindi gazlar tarkibi me’eriy talablarga muvofik bo’lmasa, ichki yonish dvigateli bo’lgan mashinalar va jihozlarning ochiq konda ishlashi taqiqlanadi.

2.5. Ochiq konlar atmosferasini foydaliqazilmalar yonishidan hosil bo’lgan gazlar bilan ifloslanishining oldini olish uchun yonginlarni bartaraf etish tadbirlarini nazarda tutadigan profilaktik yongingaqarshi tadbirlar ishlab chiqilishi va muntazam o’tkazilishi lozim.

2.6. Ishlab chiqarish oqava suvlarini chiqarib tashlaydigan nasos stantsiyalarining kuzatish kuduqlari va skvajinalari ishonchli yopilishi kerak.

  1. Karyerlarni (ochiq konlarni) ifloslangan atmosferasida

ishlashda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash

3.1. Ish joylari havosi kislorod miqdori bo’yicha belgilangan me’yorlarga muvofiq bo’lmasa, xodimlarning xavfsizligi ishlarni to’xtatish yoki ishchilarni havoning me’yoriy tarkibi bilan ta’minlash, zararli aralashmalarning tarkibi bo’yicha esa - ishchilarni tozalangan havo bilan ta’minlash, aralashmalarni me’yoriy darajalargacha aralashtirish va cho’ktirilish, ifloslangan atmosferada ish vaktini chegaralash yoki ishlarniqisqartirish yo’li bilan ta’minlanishi kerak.

3.2. Ishchilarni tozalangan havo bilan ta’minlash statsionar (kon mashinalari va jihozlari kabinalarida o’rnatiladi) yoki avtonom individual (kon mashinalari va jihozlari kabinalaridan tashqarida) filytrlovchi-sovutadiganqurilmalar yordamida amalga oshirilishi kerak, ularning filytrlovchi-yutadigan elementlari ishchi zonasi havosida zararli aralashmalarning konkret tarkibi uchun tanlanishi kerak.

Tozalangan havo bo’yicha filytrlovchi-sovutuvchiqurilmalarning samaradorligi belgilangan me’yorlarga muvofiq xodimlarning toza havoga bo’lgan ehtiyojiga mos kelishi kerak.

Filytrlovchi-yutuvchi elementlarqo’llanish sohasini ko’rsatgan holda pasportga ega bo’lishi lozim.

3.3. Filytrlovchi-sovutuvchiqurilmalardan foydalaniladigan ochiq konlarda ularga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tashkil etilgan, individual avtonom joylarda ularniqabul kilish va xodimlarga berish tashkil etilgan bo’lishi kerak.

3.4. Aralashmalarni aralashtirish va cho’ktirish, shu jumladan radioaktiv aralashmalarni ochiq konning alohida zonalarida ularning kontsentratsiyalariniqisqartirish uchun ventilyator-sugorish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Konkret sharoitlarda ularningqo’llanilishining maqsadga muvofiqligi o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra korxona bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.

3.5. qazib olingan joyning atrof-muhit bilan havo almashishida (shtily yoki inversiya, harakatsiz zonalar va boshqalari) ochiq konlar atmosferasining ifloslanishi belgilangan me’erlardan oshsa, kon transport jihozining filyt-ventilyatsiyaliqurilmalarsiz ishga tushirilishiga ruxsat berilmaydi, amaldagiqurilmalarning ular bilan jihozlanishi muddatlari esa «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlar bilan kelishilishi lozim.

Ochiq kon ish joylari havosining sanitariya-gigiena parametrlari me’yoriy miqdorlarga keltirilguncha, amaldagiqoidalarning 6.8.1 bandida nazarda tutilgan odam organizmiga aralashmalarning zararli ta’siridan himoya va profilaktikaqilishning boshqa choralariqo’llanilishi kerak.

Istalgan holatda nafas olish organlarini chang va radioaktiv aerozollardan himoyaqilish bo’yicha filytrli-ventilyatsiyaliqurilmalari bo’lmasa, ochiq konlardagi barcha ishchilar klapansiz va klapanli respiratorlar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim, ularning turlari esa ish joylardagi mikroklimat sharoitlariga bogliq holda sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tanlanadi. Bunday sharoitlarda respiratorsiz ishlashga ruxsat etilmaydi.


  1. Ishlab chiqarish muhiti zararli faktorlarining nazorati

4.1. Ochiq konlarda kon atmosferasining ifloslanishi prognozi (ma’lumoti) ishlab chiqilishi va ishlab chiqarish muhiti, mehnatning mikroklimat sharoitlari zararli faktorlari va aralashmalarning atrof-muhitga tushishi nazorati amalga oshirilishi lozim.

4.2. Ochiq konlar atmosferasining ifloslanish prognozi ularning vaqt va joyda rivojlanishini,qo’llaniladigan texnologiya va hududning meteorologik xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalanish bosqichida ishlab chiqiladi va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, chang va gazlarning atrof-muhitga kirishini me’yoriy muddatlarga keltirish bo’yicha o’z vaktida chora-tadbirlarqabul kilinishi uchun ishlatilishi kerak.

4.3. Nazoratqilinadigan ishlab chiqarish zararli faktorlari, ish joylardagi mikroklimat parametrlari, shuningdek o’lchashlar turlari, joylari va o’tkazish davriyligi ro’yxati sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan, korxona (ochiq kon) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va har yiliqayta ko’rib chiqilishi lozim. Bunda rudali, rudasiz va ko’mir sanoati ochiq konlarida changning miqdorini nazorat kilish bo’yicha amaldagi yo’riknomalarga, shuningdek o’lchash vositalariningqo’llanilishi bo’yicha tayyorlovchilar yo’riqnomalariga amalqilishi lozim.

4.4. Ish joylaridagi sanitariya holati va zararli aralashmalarning atrof-muhitga tushishishining nazorati korxona xizmatlari (tezkor nazorat), shuningdek sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza kilishqo’mitasi organlari xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

4.5. Nazorat jarayonidaquyidagilar belgilanishi lozim:

a) ishlarni olib borishning ishchi va o’zaro boglangan zonalarida havoning ifloslanish va radiatsiyali xavfli faktorlar darajasi;

b) changgaz va radiatsiya holatining ruxsat etilgan me’yorlarga mos kelishi;

v) gaz ajralib chiqishi, yuqori radiatsiya xavfi bo’lgan asosiy manbalari va ularga baho berish;

q) changgaz va radiatsion xavfli faktorlarning xodimlarga ta’sir etish darajasi;

d) atrof-muhitning changgaz chiqindilari va radioaktiv moddalari bilan ifloslanish va ularning kon korxonasi joylashgan hududda yashayotgan aholiga ta’sir etish darajasi.

Radiatsiya nazoratini xavfli radiatsiya ishlab chiqarishlariga taalluqli ochiq konlarda amalga oshirish lozim.

4.6. Tezkor nazorat ochiq kon atmosferasining ish joylari havosining ifloslanishining o’zgarishi darajasi va yo’nalishlari, filytr-ventilyatsiyaliqurilmalari ishi samarasi, chang va gazlarning atrof-muhitga tushishi to’grisidagi o’z vaqtida va ishonchli ma’lumotni olishni ta’minlashi lozim.

SHunday nazoratning tashkil etilishini belgilaydigan Nizom korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Ochiq konlar atmosferasi ifloslanishining tezkor nazoratini amalga oshirish korxona maxsuslashgan xizmatlari (sanoat-sanitariya laboratoriyalari) yoki ochiq konning maxsus o’qitilgan xodimlari tomonidan o’tkazilishi lozim.

4.7. Tashqi nazorat chorakda kamida 1 marta va havo sanoq va sifat tarkibini aniqlash, shuningdek tezkor nazorat natijalariniqiyosiy baholash uchun ishlar texnologisining har bir o’zgarishidan so’ng amalga oshishi kerak.

4.8. Tabiiy shamollatishning to’gri oqim sxemali ochiq konlarida turgun zonalar hosil bo’lmasdan sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda fakat tashqi nazoratni o’tkazishga ruxsat etiladi.

4.9. Ochiq konning asosiy uchastkalarida 3 yilda kamida 1 marta havodan ajratib olinadigan chang probalarida va chang hosilqiluvchi tog jinslari namunalarida kremniy ikki oksidining tarkibi, ishlarning har xil turlarida changning sochilishi va unda zaharli komponentlarning borligi tekshirilishi kerak.

4.10. Ochiq kon xodimlarining shamollatilmagan inshootlarga (quduqlar, kollektorlar, yo’laklar va boshqalari) kirishiga amaldagiqoidalarning 6.3.1-bandiga muvofiq kislorod va zararli gazlarning tarkibi tekshirilgach, bunda xavfsizlikni ta’minlash vositalaridan foydalanib, ijrochi tomonidan yozma ruxsatnoma berilgach ruxsat etiladi.

AMALIY MASHG`ULOT №26

Sanitariya – maishiy xonalar

1. Har bir ochiq konda yoki bir kancha yakin joylashgan ochiq konlarda amaldagiqurilish me’yorlari va koidalariga muvofiq, ochiq konning to’liq rivojlanishida ishchi xodimlar soniga mo’ljallangan erkakalar va ayollar uchun alohida bo’limli sanitariya-maishiy xonalar jihozlangan bo’lishi lozim.

Sanitariya-maishiy xonalar tarkibigaquyidagilar kirishi kerak: ishchi va doimiy kiyimlar uchun aloqida garderoblar (shkaflar), ishchi kiyimlarniquritish va changsizlanishi uchun xonalar, dushlar, kiyinish, kir yuvish xonalari, maxsus kiyim va oyoq kiyimlarni ta’mirlash ustaxonalari, oyoq kiyimni tozalash va yuvish xonalari, ichimlik suviniqaynatish stantsiyasi, idishlar xonasi, ayollarning shaxsiy gigienasi xonasi, tibbiy bo’lim, oshxona.

Sanitariya-maishiy xonalar shamol esayotgan tomondan foydaliqazilmalar ochiq omborlari, maydalash-sortirovkaqilish fabrikalari, estakadalar va boshqa changlanadigan uchastkalardan kamida 50 metr, ammo asosiy ishlab chiqarish binolaridan 500 metrdan uzok bo’lmagan masofada joylashishi kerak.

IZOHLAR: 1. Sanitariya-maishiy xonalarni karyer bortidan uzoqroq masofada joylashtirishga faqat ishchilarni transport bilan ish joyiga olib borib, olib kelinsagina ruxsat etiladi.

2. Uncha katta bo’lmagan karyerlarda sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda oddiy tipdagi sanitariya-maishiy xonalariqurishga ruxsat etiladi.

2. Garderob va dush xonalari shunday o’tkazish xususiyatiga ega bo’lishi kerakki, bunda ishchilar o’ta ko’p sonli smenda yuvinish vaqayta kiyinish uchun 45 daqiqadan ko’p bo’lmagan vakt sarflasin.

3. Har bir korxonada maxsus kiyimlarni yuvish va maxsus kiyim va oyoq kiyimlarni ta’mirlash tashkil etilishi lozim.

4. Yuqori radioaktiv rudalarniqazib olish bilan band bo’lgan xodimlar sanitariya-maishiy xizmat ko’rsatilganda alohida ajratilishi va teriqatlamlarining tozaligini radiometrik nazorat orqali tekshirilishi kerak. Bunday xodimlarining maxsus kiyimlarini haftada kamida 1 marta yuvish kerak.

5. Doimiy trinitrotoluol bilan ishlaydigan xodimlar uchun har smenada yangi ichki kiyim berilishini, baxorgi-yozgi davrda esa kiyim va oyok kiyimni har smenada changdan tozalashni tashkilqilish kerak.

Bunday maxsus kiyimlarni saqlash va yuvish boshqa xodimlar maxsus kiyimlaridan aloxida tarzda amalga oshirilishi kerak.



6. Dush va hammomlar 1 soatda har bir dush setkasiga 500 l suv hisobida sovuq va issiq suv bilan ta’minlanishi va rostlash kranli aralashtiruvchiqurilmalarga ega bo’lishi lozim.

Rostlash kranlari sovuq va issiq suv ko’rsatgichlariga ega bulishi kerak. Bug va issiq suv uzatuvchiquvurlar poldan 2 m balandlikda to’silgan bo’lishi kerak.

Yuvish uchun ishlatiladigan suvning sifati sanitariya nazorati organlar bilan kelishiladi.

7. Dushlarda va yechinish va kiyim saqlash bo’limlari bo’lgan xonalarda pollar namga mustahkam va sirpanmaydigan yuzaga ega bo’lishi, devorlar va to’siqlar esa kamida 2,5 m balandlikda yengil tozalangan va issiq suv bilan yuvilgan oqovalarni o’tkazadigan namga mustahkam materiallar bilanqoplanishi kerak. Bu xonalarda albatta pol va devorlarni yuvadigan shlangli kranlar bo’lishi lozim.

8. Barcha sanitariya-maishiy xonalar sanitariya me’yorlari chegarasida zararli aralashmalar mikdorini ta’minlaydigan oqish-surish ventilyatsiyasiga ega bo’lishi lozim.

9. Dush xonasi va undagi jixozlar har smenada dezinfektsiyalovchi vositalar (xloramin, xlor ohaki va b.) dan foydalangan holda yigishtirilishi kerak.

Ma’muriy xonalarni yuvish har kuni, garderob, idish saqlaydigan va respirator xonalari esa har smenada amalga oshirilishi lozim.



10. Ochiq konlarda foydalanish uchunqulay bo’lgan joylarda umumiy sanitariya talablariga muvofiq yopik hojatxonalar tashkil etilishi kerak.

Ishlab chiqarish - maishiy binolar

1. Ochiq konlarda va otvallarda ochiq havoda ishlaydiganlar uchun ish joyidan 300 m dan uzok bo’lmagan masofada joylashgan dam olish va ovqatlanish uchun maxsus xonalar bo’lishi lozim.

Ko’rsatilgan xonalar stollar, suyangichlar, bet-qo’l yuvgich sovun bilan, ichimlik suvi favvorasi (suvquvuri bo’lsa) yoki ichimlik suvi to’ldirilgan idish, yuqori kiyim ilgichlarga ega bo’lishi kerak.

qishda ishlab chiqarish-maishiy xonalarida havoning harorati + 20 S dan kam bo’lmasligi kerak.

2. Ekskavatorlar, burgilash dastgohlari va boshqa mexanizmlarning kabinalari isitilgan, xavfsiz isitish moslamalari, zaruriyat tugilganda esa sovutgichlar va filyt ventilyatsiyaqurilmalari bilan jixozlangan bo’lishi lozim.

Tibbiy yordam

1. Har bir ochiq konda yoki yaqin joylashgan ochiq konlar (korxonalar) guruhida birinchi tibbiy yordam bo’limi tashkil etilishi kerak. Tibbiy bo’limni tashkil etish va jio’ozlash sogliqni saqlash mahalliy organlari bilan kelishiladi.

Soni 300 kishidan kam bo’lgan ochik konlarda ishchilarga tibbiy xizmat ko’rsatish yaqindagi tibbiy muassasasi tomonidan tashkil etilishi mumkin.



2. Ochiq konlarning ishlab chiqarish-maishiy xonalarida, tsexlarida, ustaxonalarida, asosiy kon-transport mashinalari kabinalarida va toza garderob xonalarida dorilar va tibbiy vositalar to’plami bilan jamlangan birinchi tibbiy yordam aptechkalari bo’lishi kerak.

3. Barcha uchastkalarda, yer snaryadlarida va tsexlarda jaroxatlanganlarni tibbiy bo’limga olib borish uchun zambillar bo’lishi lozim.

4. Jarohatlanganlarni yoki ishda to’satdan ogribqolganlarni tibbiy bo’limdan davolash muassasasiga olib borish uchun sanitariya mashinalarining navbatchiligi tashkil etilishi kerak, ulardan boshka maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Sanitariya mashinasidaqish faslida jarohatlanganlarni tashish uchun zarur bo’lgan issiq kiyim va ko’rpa (odeyalo) bo’lishi kerak.

Ochiq konda bir smenada ishlaydiganlarning soni 1000 tagacha bo’lsa 1 ta, 1000 dan ortiq bo’lsa 2 ta sanitariya mashinasi bo’lishi kerak.

5. Birinchi tibbiy yordam bo’limi telefon aloqasi bilan, ochiq konda radioaloqa tizimi mavjud bo’lsa,qo’shimcha ratsiya bilan ta’minlanadi.

6. Smenadan oldin va keyin ishchilar sogligi holatining tibbiy nazorati yuqori xavfi bo’lgan kon-transport jihozlariga xizmat ko’rsatish bilan bogliq kasblar uchun amalga oshirilishi kerak. Bunday kasblarning ro’yxati kasaba uyushmasiqo’mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan aniqlanadi.

Kasb kasalliklarining oldini olish (profilaktika)

1. Ochiq kon ish joylari havosining sanitariya-gigiena parametrlari normativ miqdorlarga tugri kelmasa va havoni tozalovchi filytr ventilyatsiyaqurilmalari bo’lmasa, aralashmalarning odam organizmiga zararli ta’sirqilishdan (davolash – profilaktik ovkatlanish,qiskartirilgan ish kuni, ish stajining chegaralanishi va b.) himoyaqilish va oldini olishning boshqa choralariqo’llanilishi kerak. Bunday chora-tadbirlar ro’yxati amaldagi «Mehnatning gigienik tasnifi» (ishlab chiqarish muhiti faktorlarining zararligi va xavfliligi, mehnat jarayonidagi ogirlik va zo’riqishlarning ko’rsatkichlari bo’yicha) va O’zbekistan Respublikasining «Davlat pensiya ta’minoti to’grisida», «Mehnat muhofazasi to’grisida»qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq aralashmalarning zararlilik darajasi va ularning ish zonasi havosidagi kontsentratsiyasiga bogliq xolda aniqlanadi.

2. Ochiq kon ma’muriyati har yili sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, zararli ishlab chiqarish faktorlarining, radioaktiv nurlanishning ichki va tashqi manbalari bilan birga odam organizmiga ta’sirini kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishi shart. Bu tadbirlarni joriy etish natijalari bo’yicha korxona Davlat ekspertizasi organlari bilan kelishgan holda taalluqli ish turlari va kasblarini o’ta ogir va o’ta xavfli toifadan ogir va zararli toifaga o’tkazish to’grisidaqaror chiqarishi yoki ularni normal mehnat sharoitlari ishlariga o’tkazishi mumkin.

3. Tibbiy ko’riklarda shaxslarda kasalliklar aniqlansa va bu kasallik ularning bajarayotgan ishiga xalaqit bersa, ular zudlik bilan vrachlar komissiyasi xulosasiga ko’ra boshqa ishga o’tkazilishi lozim.

Suv ta’minoti

1. Korxona barcha ishchilarni ichimlik suvi, ochiq havoda ishlayotganlarni esa choy bilan ta’minlashi shart.

Ochiq kon va yer osti suvlaridan xo’jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun foydalanishga sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.



6.9.2. Ochiq konga changni bostirish uchun suv uzatish ichimlik suvi bilan bogliq bo’lmagan quvur orqali amalga oshirilishi kerak.

Nazorat qilinmaydigan manbalardan ichish maqsadida suv olish taqiqlanadi.



3. Suvning yuza manbalari bosimli suvqurilmalari, shuningdek quduqlar va suvni yigish qurilmalari ifloslanishdan himoyalangan va suvni hisoblash asboblari vaqurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

Ichimlik suv ta’minoti manbalari uchun albatta sanitariya-himoya zonasi o’rnatiladi.



4. Ichimlik suvi idishlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda yengil tozalanadigan idezinfektsiyalanadigan materiallardan yasalishi kerak. Ular qulfga yopilgan qopqoqlar bilan ifloslanishdan himoya qilinishi, haftada kamida 1 marta bu uchun maxsus tayinlangan xodimlar tomonidan yuvilishi va dezinfektsiyaqilinishi lozim.

5. Ichimlik suvini tayyorlash bo’yicha idishlar va mahalliyqurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar amaldagi sanitariya me’erlariga muvofiq tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak.
Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish