Amaliy mashg`ulot №1 Mehnat xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqni asosiy masalalarining namunaviy ro’yxati 1


Dastlabki yo’riqni o’tkazish kishini ishgaqabulqilish to’g`risidagi hujjatda (qabulqilish varag`ida) ifodalangan bo’lishi kerak. 18



Download 123,43 Kb.
bet61/63
Sana03.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#313809
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
практическая ПБ. узб.

17. Dastlabki yo’riqni o’tkazish kishini ishgaqabulqilish to’g`risidagi hujjatda (qabulqilish varag`ida) ifodalangan bo’lishi kerak.

18. Ish joyidagi birlamchi yo’riq ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga o’tkazilayotgan ishchilar bilan o’tkaziladi. Birlamchi yo’riq dasturi (3-ilova) har bir kasb uchun ishlab chiqilishi kerak.

19. Ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga o’tkazilayotgan har bir ishchi karyer (uchastka) bo’yicha buyruq (farmoyish) bilan tayinlangan tajribali malakali ishchi rahbarligida amaliy o’quvni (stajirovkani) o’tashi kerak.

Stajirovkani davomiyligi ishni tavsifiga ko’ra oxirida bilimini tekshirish bilan kamida ikki kunlik muddatga korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Elektrqurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi har bir xodim elektr xavfsizligi bo’yicha malaka guruhiga oid bilimlar ko’rigidan o’tganidan keyin, ish joyida tajribali ishchi rahbarligida stajirovkani (dublyor sifatida) kamida ikki hafta davomida o’tashi kerak, shundan so’ng mustaqil ishlashiga ruxsat etilishi mumkin. Stajirovka va mustaqil ishlashga ruxsat berish muhandis-texnik xodimlar uchun korxona bo’yicha farmoyish bilan, ishchilar uchun esa tsex, uchastka bo’yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.

20. Ishchilarni mustaqil ishlashlariga stajirovkani o’taganlari, ishni bexatar olib borish usullari yuzasidan nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalari ko’rigi bevosita ishlar rahbari (usta, mexanik va shu kabilar) ishtirokida karyer bo’yicha buyruq bilan tayinlangan komissiya tomonidan o’tkazilgandan keyin ruxsat etiladi, bu karyer ma’muriyatida saqlanadigan jurnalda farmoyish va bayonnoma rasmiylashtirishi kerak.

21. Ishchilar shu kasb bo’yicha malakasi va ish stajidanqat’iy nazar, kami bilan 6 oy ishlaganidan keyin ish joyidagi birlamchi yo’riq dasturi bo’yicha ishni bexatar olib borish yuzasidan davriy (takroriy) yo’riqdan o’tishi kerak.

22. Ishlab chiqarish jarayoni o’zgarishi, bir turdagi jihoz boshqasiga almashtirilishi va boshqalari natijasida mehnat sharoiti o’zgargan hollarda; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va avariyalarda; ishlarni xavfsiz olib borish bo’yicha yangiqoidalar va yo’riqnomalar kiritilishi bilan yuza kelganqo’shimcha talablarni ishlovchilarga yetkazish zarur bo’lganda;qabulqilingan ta’sir choralarigaqaramasdanqoidalar va yo’riqnomalar talablari, mehnat intizomi buzilishi aniqlangan hollarda, shuningdek Davlat nazorat organlari talablariga binoan ishchilar mehnat xavfsizligi bo’yicha navbatdan tashqari yo’riqdan o’tishlari kerak.

Navbatdan tashqari yo’riqdan o’tishda ish joyidagi birlamchi yo’riq dasturining faqat o’sha yo’riq o’tkazishga bevosita bog`liq bo’lganqismi ko’rib chiqilishi kerak.



23. Bevosita mutaxassisligiga oid vazifalari bilan bog`liq bo’lmagan ishlarni bajarish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga ko’ra ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik texnikasi bo’yicha maqsadli yo’riqlar o’tkazilishi kerak.

24. Birlamchi, davriy (takroriy), rejadan tashqari va joriy yo’riqlar bevosita ishlar rahbari (usta, mexanik va shu kabilar) tomonidan o’tkazilishi kerak, u og`zaki so’rash yoki texnik vositalar yordamida, shuningdek o’zlashtirilgan ko’nikmalarni tekshirish bilan yo’riqdan o’tuvchining xavfsizlik texnikasi bo’yicha bilimini baholashi shart.

Xavfsizlik texnikasi bo’yichaqoniqarsiz bilim ko’rsatgan shaxslarni mustaqil ishlashlariga ruxsat etilmaydi va ular yo’riqni yangidan o’tishlari kerak.



25. Birlamchi, davriy, navbatdan tashqari va maqsadli yo’riqlarni o’tkazilishi haqida Ish joyidagi yo’riqniqayd etish jurnaliga yo’riqdan o’tuvchi shaxs va yo’riq beruvchi shaxsning imzo chekishlari sharti bilan yozish kerak.

Navbatdan tashqari yo’riqniqayd etishda uni o’tkazish sababi ko’rsatilishi kerak.

Naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga ko’ra ishlarni amalga oshiruvchi xodimlarga joriy yo’riq o’tkazilishi, ishlarni bajarishga ruxsat etadigan naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarda belgilanishi kerak.

26. Kasblarni mujassamlashtirish ko’zda tutilgan ishlarni bajarish bilan band bo’lgan ishchilar, barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bo’yicha mehnat xavfsizligi yuzasidan o’qitilishi va yo’riqdan o’tishlari kerak.

27. Mehnat xavfsizligiga oid yo’riqnomalar Ishlarni bexatar olib borishqoidalari va yo’riqnomalari asosida ishlab chiqilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Yo’riqdan o’tkazishda foydalaniladigan ishlarni xavfsiz olib borishga oid yo’riqnomalar va ularning ro’yxati, mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqlar dasturi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi va kasabaqo’mita bilan kelishilishi kerak.




Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish