1000 V gacha kuchlanishda:
- mashinistlar – kamida 3 guruh;
- mashinist yordamchilari- kamida 2 guruh;
1000 V dan yuqori kuchlanishda:
- mashinistlar – kamida 4 guruh;
- mashinist yordamchilari- kamida 3 guruh.
Xavfsizlik texnikasi bo’yicha yuqorida ko’rsatilgan malaka guruhlariga ega bo’lish, mashinistlar va mashinist yordamchilariga faqat ularga biriktirilgan ekskavator (burg`ulash stanogi va shu kabilar) va uni ulash punktiga (shu jumladan ulash punktidagi kabelni almashlab ulash) xizmat ko’rsatish va joriy profilaktik ta’mirlashni bajarish huquqini beradi.
Mashinistlar va mashinist yordamchilari boshqa ekskavatorga (burg`ilash stanogiga) vaqtincha o’tkazilganda, ular shu konchilik mashinalarning elektr ta’minoti sxemasi bilan tanishganlaridan keyin, yuqorida ko’rsatilgan ishlarni bajarish uchun ruxsat etiladi.
5. Foydaliqazilma konlarini ochiq usul bilanqazib olishda yordamchi xizmatlarga rahbarlikqilish uchun, kon-texnikaviy yoki umumtexnik yo’nalishidagi oliy yoki o’rta maxsus ta’limga ega bo’lgan shaxsga ruxsat etiladi. Umumtexnik yo’nalishidagi ta’limga ega bo’lgan shaxslar mazkurqoidalarning 1.5.15 bandiga muvofiq ravishda karyerlarda ishlarni olib borishning xususiyatlarini o’rganish bo’yicha maxsus kurslarni o’tashlari kerak.
Ayrim hollarda karyerlarda yordamchi ishlar yuzasidan texnik rahbarlikqilish uchun, maxsus ta’limga ega bo’lmagan, ammo tegishli yo’nalish bo’yicha kamida 2 yillik ish stajiga shaxs, tegishli turdagi ishlarga rahbarlikqilish huquqini beradigan kurslarni tugatganidan keyin, tayinlanishi mumkin.
Amaldagi elektrqurilmalaridagi ishlarga rahbarlikqilish uchun, oliy yoki o’rta maxsus (elektrotexnika) ta’limga ega bo’lgan shaxsga ruxsat etiladi.
6. Karyerlarda yordamchi ishlarni bajarish uchun, kasb bo’yicha o’qib, imtihon topshirgan va tegishli ishlarni bajarish huquqiga oid guvohnoma olgan va karyerlardagi o’zini tutishqoidalari bilan tanishgan ijrochilarga ruxsat etiladi.
7. Konchilik va transport jihozini ishlatish va ta’mirlashda kasblarni mujassamlashtirish ko’zda tutilganda, ijrochilar barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bo’yicha o’qitilishi va tegishli guvohnomalar berish bilan shahodatlanishi kerak. Bunda asosiy kasb (konchilik jihozi mashinistlari va mashinisti yordamchilari, chilangarlari, elektr chilangarlari va shu kabilar) bo’yicha dasturgaqo’shimcha kasblar (stropalchi, elektr payvandchi) bo’yicha maxsus bo’limlarniqo’shishga ruxsat etiladi.
8. Karyerga ishga yangi kirayotgan kasbi bo’lmagan, kasbini o’zgartirayotgan yoki turdosh kasbni olayotgan ishchining mustaqil ish bajarishiga ruxsat berishdan oldin, u kasbi bo’yicha, shu jumladan mehnat xavfsizligi bo’yicha ta’lim olishi kerak.
Kasb bo’yicha o’qitish korxona (bo’linmalar) kadrlar bo’limi tomonidan tashkil etiladi va korxonaning o’quv markazlarida o’quv dasturlariga binoan o’tkaziladi.
9. Yordamchi ishlab chiqarish xizmatlarining karyerda doimo bo’lishi zarur bo’lmagan xodimi, uni xavfsizligiga tahdidqilishi mumkin bo’lgan asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bilan tanishtirilishi, va ma’muriyat ko’rsatma bermaganda karyerda bo’lish noo’rinligi haqida ogohlantirilishi kerak.
10. Ijrochilarni maxsus o’qitish talab etadigan ishga (portlatuvchi, lokomotiv mashinisti, yuk ko’tarish kranlari mashinisti va shu kabilarga) tayinlashdan oldin tegishliqoidalarning yosh, jins, ish staji, kasbi bo’yicha nazariy va amaliy ta’limqismi talablari bajarilishi kerak.
11. Karyerning tugallangan oliy kon-texnikaviy ta’lim va konchilik muhandisi yoki konchilik texnigi malakasiga ega bo’lishi lozim bo’lgan rahbar xodimlari va mutaxassislari ro’yxati,qaysiki tuzilmasi mazkurqoidalarga muvofiq ravishda ochiq konchilik ishlarini boshqarish va ularni bexatar olib borishni ta’minlashi lozim bo’lgan shtat jadvali tomonidan aniqlanadi.
SHtat jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
12. Yuridik mustaqillikka ega bo’lmagan, bo’linma huquqida karyer tarkibiga kiruvchi korxonalar, boshqaruv tarkiblarida konchilik yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar-q ega bo’lishlari kerak,qaysiki ularga karyerni loyiha va me’yoriy-texnik hujjatlar bilan ta’minlash, shuningdek konchilik ishlari olib borilishi yuzasidan nazorat yuklatiladi.
13. Foydaliqazilma konlarini ochiq usul bilanqazib oluvchi korxonalar, shuningdek ushbu korxonalar uchun loyihalar ishlab chiquvchi, jihoz, asbob va shu kabilarni ishlab chiquvchi va montajqiluvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlari mazkurqoidalarni egallab turgan lavozimi doirasida bilishlari yuzasidan har uch yilda kamida bir marta ko’rikdan o’tishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |