Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov


Harakat va vestibulyar analizatorlarining rivojlanishi



Download 288,5 Kb.
bet26/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Harakat va vestibulyar analizatorlarining rivojlanishi

Ontogenez jaraenida proprioretseptsiyani shakllanishi prenatal rivojlanishining 1-3 oylarida boshlanadi. Tug‘ilish paytida harakat analizatorining proprioretsepterlari po‘stloq bo‘limlari morfologik etilishning yuqori darajasiga etadi va o‘z funktsiyalarini bajarishga tayyor bo‘ladi. Harakat analizatorining barcha bo‘limlarining intensiv takomillashishi to 6-7 yoshgacha davom etadi. 3 yoshdan to 7-8 yoshgacha prorioretseptorlarning sezuvchanligi oshadi va harakat analizatorining po‘stloq osti hamda po‘stloq bo‘limlarining etilishi davom etadi. Bo‘g‘im va paylardagi proprioretseptorlarning morfologik va funktsional jihatdan shakllanishi 13-14 yoshlarda, muskul proprioretseptorlarniki. 12-14 yoshlarda tugaydi. Harakat faolligi harakat analizatorning barcha bo‘limlarini funktsional taksmillashishga olib keladi.


Bolalar va o‘smirlarning vestibulyar apparatining rivojlanishi hozirgi vaqtda kam o‘rganilgan. Morfologik ma`lumotlarga ko‘ra yangi tugilgan bolada vestibulyar analizatorning po‘stloq bo‘limi etilgan bo‘ladi.


Ko‘rish analizatorlarning yoshga xos xususiyatlari va gigienasi

Bolalarning ko‘zi tuzilishiga ko‘ra katta odamning ko‘zidan farq qiladi. Ularning ko‘z kosasi chuqurligi va ko‘z sokqasi katta yoshli odamlarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Sklera va tomirlari pardalar yupqaroq, muguz parda qalinroq bo‘ladi. Ko‘z soqqasi bola hayotining birinchi yilida birmuncha tez o‘sadi. YAngi tug‘ilgan bolaning ko‘zi qisqa vaqt ochilib, keyin yumilib oladi. Qovoqlari birinchi oydan boshlab uyg‘un harakat qila boshlaydi. 2 oylikdan ko‘z soqqasi turli narsalarga va yorug‘likka nisbatan harakatlanadi. Ko‘zning uyg‘un harakati asosan mashq qilish tufayli 6 oylikdan yoki bir yoshdan boshlanadi. Ko‘rish analizatorning avval periferik, so‘ngra markaziy qismi rivojlanadi.


YAngi tug‘ilgan bolada qo‘rish nervinish bolalari kam tabaqalashgan bo‘ladi. Bu nervning mielinlashuvi bola 1-1,5 yashar bo‘lguncha davom etadi. YAngi tug‘ilgan bola ko‘zining nur singdirish qobiliyati katta kishilarnikidan farq qiladi. Ko‘pincha bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda ko‘zniig gavhari nihoyatda elastik bo‘lganidan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. YOsh kattalashishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi.
YAqindan va uzoqdan yaxshi ko‘rmaslik har xil sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzoqdan ko‘rish uchraydi. Odatda, maktab yoshidagi bolalarda yakindan ko‘rish uchraydi. YAqindan ko‘rish yotib o‘qish yoki juda egilib o‘qish tufayli kelib chiqadi, chunki doim yotib o‘qiganda, egilganda ko‘zga qon to‘lishi ortadi, bosimi ko‘tariladi, natijada ko‘z soqqasi kattalashadi va fokus oralig‘i o‘zgaradi. YOrug‘lik etarli bo‘lmaganda ham qipriqsimon muskullar uzoq vaqt davomida qisqarib turadi va gavharning nur singdirish xossasi ortadi.
YAqindan ko‘radigan o‘quvchilar albatta shifokor maslahati bilan ko‘zoynak taqishi kerak.
Bog‘cha bolalari avval narsaning shakliga, o‘lchamiga, so‘ngra rangiga ahamiyat beradi. Ular ranglarni asta-sekin ajrata boradi. Qiz bolalarning rang ajratish qobiliyati o‘g‘il bolalarnikiga karaganda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Odam ko‘zining o‘tkirligi yoshi kattalashgan sari o‘zgara boradi. Bolalar va o‘smirlar ko‘zining o‘tkirliga kattalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gigiena talablariga ko‘ra, o‘qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yorug‘lik chap tomondan tushishi, kitob bilan ko‘zning orasi 30-35-40 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ana shunda ko‘z charchamaydi va o‘tkirligi normal saklanadi.

Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish