Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet23/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Buyrak usti bezlari

Buyrak usti bezlari-ikkala buyrakning yuqori qutblari yaqinida joylashgan juft endokrin bezlardir. Ikkala buyrak usti bezi to‘qimasining massasi 6 g dan 12 g gacha o‘zgarib turadi. Bu bez ikki qavat qo‘rinishda joylashgan ikkita to‘qimadan iborat. Tashqi qavati po‘stlok, va ichki qavati miya moddasi deyiladi. Ikki qismi ikkita mustaqil endokrin bezlardan iborat bo‘lib, funktsiyalari turlicha, tomirlar sistemasi mustaqil bo‘ladi. YAngi tug‘ilgan bolada miya qavati po‘stloq qavatidan yupqa bo‘lib adrenalinni kam ishlab chiqaradi. 8 yoshdan boshlab u anchagina qattalashdi va adrenalin miqdori organizm extiyojlariga qarab ortib boradi. Buyrak usti bezlari funktsiyasi pubertat davrda sezilardi darajada kuchayadi.


Buyrak usti gormonlari moddalar almashinuvi uchun keng ta`sir doirasiga ega. Haetiy muhim funktsiyalarni idora qilishda, organizm noqulay sharoitga moslashuvida ishtirok etadi. Buyrak usti bezlari asosan kortikosteroidlar va ozzoq mikdorda jinsiy gormonlar-androgenlar va ekstrogenlar, miya moddasi hujayralari esa adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqaradi. Miya moddasining ayrim zonalari nisbatan mustaqil tuzilmalar hisoblanadi: koptoksimon zona-mineralokortikoidlar sekretsiya zonasi, dastali zona-glyukokortikoidlarni va to‘rsimon zona jinsiy gormonlarini sekretsiya kiladi. Buyrak usti bezlarining bu kavati olib tashlansa, organizm nobud bo‘ladi.
Mineralokortikodlarga al’dosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron kiradi. Ular minerallar almashinuvini idora qiladi.
Glyukokortikoidlarga gidrokortizon, kortizon, kortikosteron kiradi. Ular oqsillar, uglevodlar va yog‘lar almashinuviga ta`sir qiladi.
Ikkala buyrak usti bez po‘stloq moddasining gormonal funktsiyasi qisman yoki batamom yo‘qolganda xronik etishmovchilik rivojlanib, u addison ya`ni bronza kasalligi nomi bilan ma`lum kasallik shaklida namoyon bo‘ladi.


Jinsiy bezlar

Erkak jinsiy bezlari moyak, ayol jinsiy bezlari tuxumdon deyiladi. Bular jo‘ft organlardir. Tuxumdonlar kichik chanoq bo‘shligida joylashgan. Har birining uzunligi 3-4 sm, eni 2-2,5 sm, massasi 6-7 g keladi. Tuxumdon ikki xil moddadan: tashqi po‘stloq va ichki miya moddasidan iborat, qon tomirlar to‘riga boy bo‘ladi. Po‘stloq moddada jinsiy hujayralar-hujayra qatorlari bilan o‘ralgan tuxum xujayralar bo‘lib, ularda rivojlanishning turli bosqichlarida follikullar va granulyoza xujayralaridan bo‘ladi. Tuxumdonda ikki xil ayol jinsiy gormoni: yotilayotgan follikullar, granulyoza hujayralari va sariq tana tomonidan ishlab chiqariladigan progesteron va estradiol hosil bo‘ladi. Sariq tana etilgan tuxum hujayra follikuli o‘rnida granulyoza hujayralaridan hosil bo‘ladi. Tuxumdonda ayol jinsiy gormonlari ham ishlab chiqariladi.


Moyaklar yorg‘oqda joylashgan. erkaklarda. bu bezning uzunligi 3 sm dan 5 sm gacha, eni 2 sh dan 3 sm gacha, massasi 15- 30 g.
Urug‘ naychalari spermatogen epiteliy va fermentlar bilan ribonuklein kislotaga boy hujayralardan iborat. Ular spermatogen hujayralarning oziqlanishini ta`minlab, shundan keynn birin-ketin ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng spermatozaidlarga - erkak jinsiy hujayralariga aylanadi. Urug‘ naychalari orasida androgenlar - erkak jinsiy gormonlari (testoteron va uning metabolizimi mahsulotlari)ni ishlab chiqardigan to‘qima, shuningdek, ozroq mikdorda ayol jinsiy gormonlari bo‘ladi.
Erkak jinsiy gormonlari odam embrion rivojlanishining uchinchi oyida ishlab chiqarila boshlaydi.
Tug‘ilish vaqtiga kelib moyakar va tuxumdonlar batamom shakllangan bo‘ladi. embrion rivojlanishi tugallangandan so‘ng erkak jinsiy gormonlari hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Balog‘at yoshiga etish davrida o‘g‘il bolalarda jinsiy bezlarning endokrin aktivligi davom etadi, qiz bolalarda esa ularning ichki sekretsiyasi birinchi marta paydo bo‘ladi. SHu davrdan boshlab, jinsiy belgilarning o‘sish va rivojlanish jarayonlari (birlamchi jinsiy belgilar), shuningdek, jinsiy hujayralarning etilishi aktiv davom etadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarga o‘ziga xos tuk bosishi, teri osti kletchatkasida yog‘ to‘planishi, sonlar va elkalarning kengligi, sut bezlarining rivojlanishi kiritiladi.
Ayol jinsiy gormonlari, shuningdek, tuxum hujayraning urug‘lanishi, homiladorliq yuz berishi, homilani tug‘rukqacha saqlash, tug‘ruq jarayoniga qulaylik beradigan sharoit ta`minlanishi o‘chun jinsiy sistemaning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishini ham belgilaydi.
Jinsiy gormonlar ajralish o‘smirlar xo‘lq-atvorini o‘zgartiradi, chunki ular nerv markazlariga ta`sir qilib, o‘smirlarning xulq-atvorini shakllantiradi.


Epifiz

Epifiz, ya`ni g‘uddasimon bez oraliq miya tomirning o‘sib chiqqan qismidir. Vazni taxminan 200 mg bo‘lib, qon tomirlar bilan mo‘l ta`minlangan. epifizning organizmdagi roli ham oxirigacha o‘rganilmagan. epifiz organizmda biologik soat rolini o‘ynaydi.


Epifizning bezsimon hujayralari serotonin va uning xosilasi melatonin ishlab chiqaradi. Melatoninning roli xaqida shu narsa ma`lumki, u pigment hujayralarga ta`sir qilish yo‘li bilan terining rangini ochadi, shuningdek, jinsiy bezlar funktsiyasini pasaytiradi, ya`ni gipofizning gonadotorop gormonlari, sut ishlab berishni qo‘vvatlaydigan prolaktin, follikullar etilishini ta`minlaydigan follitropin, jinsiy gormonlar biosintezi va sariq tana etilishiga taalluqli lyutaropin ishlab chiqarilishini tormozlaydi.
Epifiz gormonlari fosfor, kal’tsiy, magniy almashinuvida, suv-tuzlar almashinuvini idora qilishda ishtirok etadi.
G‘uddasimon bez gipofunktsiyasida gipofiz oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari va xususan testosteron hosil bo‘lishini quvvatilab turadigan lyuteinlovchi gormon ishlanib chiqishi kuchayadi. Natijada ilk go‘daklik yoshidayoq barvaqt jinsiy va jismoniy rivojlanish, aqliy rivojlanishdan orqada qolish kayd qilinadi.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish