Asosiy ma’lumotlar



Download 84,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi84,74 Kb.
#261450
Bog'liq
Ma'ruza YOSH F-WPS Office


Ma'ruza: YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI FANI, UNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI. HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI

Asosiy ma’lumotlar

Fiziologiya eksperimental fan bo‘lganligi bois uning asosiy usuli kuzatishdir, kuzatishlar esa eksperimental tajribalarda olib boriladi. Fiziolog, ya’ni kuzatishlarni olib boruvchi shaxs, odam va hayvonlar organizmidagi hayotiy jarayonlarning kechish jadalligi va yo‘nalishlari haqida mukammal tushunchalarga ega bo‘lishi uchun dastavval laboratoriya va ayrim qishloq xo‘jalik hayvonlarida kuzatishlar olib borish ko‘nikmalariga va nazariy bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Ammo u kuzatishlar bilangina cheklanib qolmay, balki u yoki bu turdagi hayvonlar orasidan analoglar tanlab olingach, ushbu hayvonlarda eksperimental tajribalarni tashkil qilish va zarur usullar yordamida eksperimental tadqiqot ishlari - tajribalarni ham bajarish bilimlariga ham ega bo‘lishi kerak. Ana shu tajribalarda kuzatish bilan bir qatorda eng zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanib, hayotiy jarayonlarning tegishli tomonlarini chuqurroq o‘rganishga harakat qiladi. Tajribalar paytida olingan ma’lumotlar ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinib, fiziologik jarayonlar davomida yuz bergan o‘zgarishlarni ilmiy asosda tushuntirib bergach,xulosa chiqaradi va tajribalarga yakun yasaydi.

Fiziologik tajribalar, o‘tkir va surunkali (xronik) tajriba usullariga bo‘linadi.

-Mavzu: YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI FANI, UNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI. HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI

REJA:


1. Yosh fiziologiyasi fani va uning vazifalari, tarixi.

2. Yosh fiziologiyasining boshqa fanlar uchun ahamiyati.

3. Gigiena fani va uning vazifalari.

4. Mushak ishining xar xil turlarida charchashi va uning yosh xususiyatlari.

5. Yosh ortishi bilan harakat uyg'unligining takomillanishi.

6. Maklab jihozlariga qo'yiladigan gigienik talablar.

Tayanch iboralar: 1. Ontogenos 2. Shaxsiy 3. Ta'lim-tarbiya 4. Pedogogika 5. Jismoniy tarbiya 6. Tibbiyot 7. epidemiologiya 8. Funksional 9. Sanitari 10. Eksperimenl. 1 Suyaklarning vazni.2. Suyaklarning shakli. 3. Kimyoviy moddalar. 4. Elastiklik. 5. Lordoz, kifoz, skolioz. 6. Yassioyoqlik. 7. Mushak og'irligi. 8. Mushak kuchi. 9. Haraqat malakalari. 10. Gigienik talablar.11.Morfologik rivojlanish 12. Geteroxroniya. 13. Akseleratsiya. 14. Embrion. 15. Pubertat. 16. Funktsional sistemalar. Suyaklar va ularning birlashuvi

1.1Yosh fiziologiyasi fani va uning vazifalari. Yosh fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning mustaqil tarmog'i bo'lib, u ontogenezning turli davrlarida organizmning hayot faoliyatining xususiyatlarini o'rganadi. Ontogenez grekcha ontos-tirik mavjudot, shaxs, genesis -rivojlanish, kelib chikish demaqdir. Shaxsning taraqqiyoti tuxum hujayrasi otalangandan boshlab umrining oxirigacha davom etadi. Bunda organlar, tizimlar va yaxlit organizmning o'sishi hamda rivojlanishi davomida funktsiyalarning borishi har xil yosh davralrida o'ziga xos bo'ladi.

Universitetlarni va pedagogika institutlarini tamomlab, maktabga ishga kelgan yosh mutaxassislar, odatda, o'quv materialini o'rgatishni tashkil qilishda, maktab o'quvchilari bilan muloqotda bo'lishda, tarbiyaviy ishlar olib borishda qiyinchiliklarga duch keladi. Yosh o'qituvchi sinovlar va yanglashishlar yo'li bilan zarur tajribani egallash uchun uzoq vaqt davom etadigan mustakil pedagogik ish olib borishiga to'g'ri keladi. Bu qiyin va mashaqqatli yo'ldir. Kasbga oid pedagogik tayyorgarlikni kuchaytirishda talabalarning oliy o'quv yurtidagi o'qish davrida zarur bilim va ko'nikmalarni qunt bilan eagalashlari ko'zda tutiladi.

Yosh fiziologiyasi kursi psixologiya-pedagogika fanlari turkumining bir qismi bo'lib, uning vazifasi bo'lajak o'qituvchilarni bolalar va o'smirlarning yoshga oid, morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak - tomir, tayanch-harakatlanish sistemasi fiziologiyasi va rivojlanayottan organizmning boshqa xususiyatlari, kasalliklaming oldini olish, sog'liqni saklash va mustahkamlash, o'quv faoliyatining har xil turlarida yuksak ish qobiliyatini saqlab qolishga doir hozirgi bilimlar sohasi bo'yicha tayyorlashdan iborat.

1.2 Yosh fiziologiyasining boshqa fanlar uchun ahamiyati Bolalar va o'smirlarni yoshga xos xususiyatlarini bilish psixologiya, pedagogika tibbiyot va jismoniy tarbiya uchun katta ahamiyatga ega. O'quvchilar bilim olish jarayonida axborotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, takror bayon qiladi, taqqoslaydi, unutadi. Bunda ulaming tasavvur, abstrakt fikrlashi kabilar yordamga keladi. Ongli va ongsiz ravishda sodir bo'ladigan bu barcha psixik jarayonlar organizm funktsiyalari idora etilishining fiziologik qonunlari bo'yicha amalga oshiriladi. Yoshga oid fiziologiya sohasidagi yutuqlar bola organizmida psixik jarayonlarning rivojlanish xususiyatlarini tushunishga imkon beradi. Yoshga oid psixologiya fan sifatida odam organizmining turli yoshdagi davrlarida psixikaning paydo bo'lishi, rivojlanishi varaavjud bo'lislii qonuniyatlarini o'rganadi. Yoshga oid psixologiyaning rivqjlanishida Oliy nerv sistemasi fiziologiyasi sohasida erishilgan yutuqlar alohida ahamiyatga cga.

O'qituvchining o'quvchi bilim faoliyatini to'laligicha tashkil qilishi o'qitishning mohiyati hisoblanadi. Bu erda gap pedagogning o'quvchida psixik jarayonlarni boshqarish sohasida amalga oshiradigan maqsadga muvofiq xatti-harakatlari ustida boryapti. Bu vazifaning muvalTaqqiyatli hal qilinishi Lining bu jarayonlarni, ularning qonuniyatlarini va harakatga keltiruvchi sabablarini nechog'Ii yaxshi bilishiga, bola shaxsining rivojlanishini yo'naltira olishiga bog'liq.

Mazkur sohadagi bilimlar o'qituvchiga o'quv-tarbiya jarayonini ilmiy asosda, ya'ni yosh avlodniig mavjud fiziologik imkoniyatlari to'g'risidagi bilimlarga asoslangan holda tashkil qilishi uchun zarurdir. O'qituvchining vazifasi o'quvchilarga o'z fani bo'yicha puxta bilim bcrish va tarbiyalashgina emas, balki ularning sog'lig'ini muhofaza qilishdan ham iborat ekanligi nazarda tugiladigan bo'lsa, «Yoshga oid fiziologiya» kursi bo'yicha bilimlarni egallash o'qituvchiga bu ishni aktiv va yaxshi amalga oshirish uchun poydevor bo'lib hisoblanadi.

Yosh fiziologiyasi, ayniqsa, jismoniy tarbiya uchun muhim ahamiyatga ega, chunki yosh xususiyatlarini bilmasdan turib yosh sportchilami jismoniy tarbiya va sport bo'yicha takomillashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmaydi. «O'sayotgan organizmning yosh -xususiyatlarini hisobga olmagan jismoniy tarbiya rahbari hech narsaga yaramaydi, u foyda emas zarar keltiradi»,- deb yozgan edi. NA.Semashko.

Organizm harakat faoliyatining fiziologik asoslarini bilmasdan turib jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilish mumkin emas. Yosh bilan bog'lik o'zgarish asosida yotuvchi mexanizmlarni chuqur bilish, jismoniy mashqlarni tanlash va miqdorini belgilashda xato qilmaslikka yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport mashklari bilan ko'p yillik shug'ullanish yosh xususiyatlarini, kishining rivojlanganligi uning tayyorlik darajasini, tanlangan sport turi bo'yicha jismoniy sifatlarning rivojlanishi va harakat malakalarining shakllanish xususiyatlarini hisobga olgandagina muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Jismoniy madaniyat va sportga havasni kichik maktab yoshida yuzaga keltirish kerak. Sportda o'smirlar bilan ishlash katta qiyinchiliklarga olib keladi. Buning sababi shundaki, 12 dan 16 yoshgacha bolalarning jismoniy qobiliyati kuchli rivojlanadi va ko'pchilik sport turlarida maqsadga muvofiq yo'naltirish uchun juda qulay boiadi. Shu bilan bir vaqtda o'smirlar organizmidagi shiddatli neyro-endokrin qayta qurilishlar sportni qo'shimcha ta'sirlovchi deb qarash imkonini beradi, biroq u biologik jarayonlar borishini yaxshilashi ham, yomonlashtirishi ham mumkin.

Jismoniy tarbiya o'qituvchilari va trenerlar o'rgatish jarayonini bolalar va o'smirlar organizmining fiziologik imkoniyatlari bilan kelishtirish borasida katta ish bajarishlari kerak. Sportning turli sohasi uchun qobiliyatlilarni tanlash va ularni muntazam mashg'ulotga jalb etish zarur vazifalardan hisoblanadi.

1.3 Gigiena fani va uning vazifalari Gigiena tashqi muhit sharoitining odam sog'ligiga ta'sirini o'rganadigan fandir. Gigiena fani maktab gigienasi, kommunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi, epidemiologaya hamda gigienaga oid boshqa fanlami o'z ichiga oladi. Gigiena bolalar va o'smirlar organizmi bilan tashqi muhit o'rtasidagi qonuniyatlami o'rganadi, ularning eson-omon to'g'ri o'sishi, rivojlanishi uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. Gigienaning asosiy maqsadi bola mehnat qobiliyatining funktsional imkoniyatlari ortib borishi, umumiy immunologik reaktivligi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlariga ta'sir etish hamda turli kasalliklarning oldini olish va buning uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena holatini yaxshilash, maktablarni to'g'ri qurish, obodonlashtirish, talim-tarbiya jarayonining gigienik asoslari va shunga o'xshash boshqa masalalar bilan shug'ullanadi.

Sanitariya odam salomatligini la'minlaydigan gigiena talablarini hayotga tatbiq etadi. Sanitariya so'zi gigienik ma'lumotlarni amaliyotga tatbik qilish ma'nosini bildiradi. Gigienada tabiiy zksperiment usuli asosiy usul bo'lib, u organizmga tashqi muhitning hartomonlama ta'sirini o'rganadi.

Gigienaning muhiin bo'limlaridan biri shaxsiy gigienadir. Yoshlikdan boshlab, to uinriuing oxirigacha odam to'gri gigienik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat bo'lib yuradi va uzoq urar ko'radi. Soglom ola-onadan sog'lom bola tug'ilishi azaldan ma'In m. Gigienaning asosiy vazifasi odamning hartomonlama barkamol bo'lib o'sishi va livojlaiiishi, jismonan va ruhan etuk bo'lishi, hormay-lolmay nzoq yillar davomida ishlab yurishi, farovon hayot kechirishi ucliiiii qulfty sharoit yaratib berishdan iborat.

4.Yosh fiziologiyasi fani tarixi Yosh fiziologiyasi bo’yicha qadimda ham ko’plab olimlar yirik asarlar yaratishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan, tabobat ilmining yirik vakili –Buqrot eramizdan oldingi IV-asrda «Bola tabiati» haqida deb nomlangan kitob yozgan.IX-X asrlarda esa O’rta Osiyodan yetishib chiqqan, Ibn Sino, Beruniy, al Farobiy, Najimitdin Samarqandiy kabi olimlar, Sharqdan Abu Bakr Roziy kabi yetuk olimlar o’zlarining tibbiyotga bo’lgan qiziqishlari bilan ajralib turishgan. Jumladan Abu Bakr Roziy «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi» deb nomlangan yirik asarida bola tarbiyasi, bolalar va chaqaloqlarni to’g’ri ovqatlantirish qoidalari haqida so’z yuritilgan.Undan tashqari Roziy «Bolalar kasalliklari» degan asar ham yaratgan. Bobokalonimiz Ibn Sinoning mashxur «Tib qonunlari» asarida bolalarda tomir urushi (puls)ning o’ziga xosligi, bolalar va o’smirlarda ko’p uchraydigan ichki, yuqumli kasalliklar va ularni davolash usullari ko’rsatib o’tilgan.

Yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga rus olimlari ham katta hissa qo’shishgan. Jumladan Filatov N.F, Maslov M.S, Pavlov I.P.,Sechenov I.M. kabi olimlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda O’zbekistonda yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, S.Sh.Shamsiyev,Oripov kabi olimlarimiz yosh fiziologiyasi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishganlar.

Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning harakat qilish qobiliyatidir. Harakat odam organizmining atrof-muhitga moslashishida ma’lum ahamiyatga ega. Odamning harakati tayanch-harakat apparati ishtirokida ro‘y beradi. Tayanch-harakat apparati suyaklar hamda ular o‘rtasidagi birlashmalar va mushaklardan iborat. Suyaklar va ularning birlashmalari suyaklar va ba’zi a’zolar uchun tayanch vazifasini bajarib, tayanch-harakat apparatini nofaol qismini tashkil qiladi. Uning faol qismi bo‘lgaн mushaklar qisqarib, suyak richaglarga ta’sir qiladi va ularni harakatga keltiradi. Tayanch-harakat a’zolar tizimi organizmning ko‘p qism (gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %)ini tashkil qiladi.

Skelet (skeleton) grekcha «skeletos»-«quritilgan» degan so‘zdan olingan. U (15-, 16-rasm) 200 ortiq alohida suyakdan iborat, undan 95 tasi juft suyaklardir. Skeletning og‘irligi 5–6 kg bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 %ini, ayollar- da 8,5 %ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalarni bajaradi.

Tayanch-harakat vazifasi suyaklar yumshoq to‘qima va mushaklar vositasida birikib skeletni hosil qiladi. Skelet suyakla- ri uzun va qisqa richaglar hosil qilib, mushaklar qisqarganida ha- rakatga keladi.

Himoya vazifasi skelet hayot uchun zarur a’zolar uchun bo‘shliqlar hosil qilib ularni tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Ma- salan: umurtqa kanali ichida orqa miya, kalla bo‘shlig‘ida bosh miya, ko‘krak qafasida o‘pka va yurak va yirik qon tomirlar, cha- noq bo‘shlig‘ida siydik tanosil a’zolari joylashgan.

Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklarning epifizlarida joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini baja- radigan qon elementlarini ishlab chiqaradi.Suyaklarning tuzilishi. Har bir suyak (os) alohida a’zodir. Suyak murakkab tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega. Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qima- si muhim ahamiyatga ega.

U metalldek qattiqlikka ega bo‘lib, molekular massasi 1,93 (suvdan 2 barobar ko‘p). Tirik suyak to‘qimada yoki yangi ajra- tilgan suyakda 50 % suv, 28,15 % organik moddalar, jumladan 15,75 % yog‘ va 21,85 % noorganik moddalar bor. Yog‘sizlanti- rib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xi- tin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak o‘rta fosfati – 51,04 %, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligini ta’minlaydi.

Odam skeleti. Skelet 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ulardan 85 tasi juft suyaklar, shuningdek, tog'aylar va boylamlardan iborat. Katta yoshli odamda suyaklarning vazni: erkaklarda tana massasining 18% ni, ayollarda 17%ni, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda taxminan 14% ni tashkil qiladi. Gavda, bosh skeleta, qo'l va oyoq suyaklari farq qilinadi. Shuningdek, qo'llarda yana yuqorigi yelka kamera suyaklari va erkin osilib turgan qo'l suyaklari bo'ladi.

Suyaklar shakli va funktsiyasiga ko'ra, naysimon, kalta, yassi va havo saqlaydigan suyaklarga bo'linadi. Aralash suyaklar ham bo'ladi. Suyak to'kimasida taxminan 50% suv, 1.6% yog', 22% mineral birikmalar va 12% organik birikmalar bo'ladi. Organik va anorganik tarkibiy qismlarning miqdoriy nisbati hayot mobaynida o'zgarishi mumkin va bu suyaklarning elastikligi hamda mustahkamligani ifodalaydi. Organik moddalar nechog'lik ko'p bo'lsa, ularning egiluvchanligi va elastikligi shuncha yuqori va aksincha bo'ladi. Suyakning og'ir yukka, qisilishga yoki cho'zilishiga chidamliligi uning' plastinkasimon tuzilganligi bilan tamirlanadi. Suyak to'qimasidan ko'p sonli naychalar o'tgan. Ular osteonlar deyiladi. Masalan, son suyagi uzunasiga 750 kg gacha, ko'ndalang yo'nalishda esa 400 kg gacha yuk ko'tara olishi mumkin.

Bosh skeleti. Bosh skeleti kalla suyagi deyiladi. U ikki qismdan: miya qismi va yuz qismidan iborat. Kalla suyagining miya qismida bosh miya va sezgi organlari: ko'rish, eshitish, muvozanat, yuz qismida yuqori nafas yo'llari, hid bilish organlari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich bo'limi joylashadi yuz qismi suyaklarining yig'indisi yuzning shaklini ifodalaydi. Bosh skeleti shaklining o'ziga xos xilma-xil farqi bo'ladi.

O'sish jarayonida kalla suyagining shakli o'zgaradi. Bola tug'ilganda suyaklari to'liq rivojlanmagan, o'rtasida biriktiruvchi parda bo'ladi. Ilk go'daklik davrida kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan birmuncha katta hajmda bo'ladi. Yosh kattalashgan sari bu farq yo'qola boradi, choklar asta-sekin suyaklana boshlaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning boshchasida suyak bilan qoplanmagan liqildoqlar ko'rinadi, to'g'rirog'i ushlab ko'rilganda qo'lga o'ynaydi. Peshona, ensa likildoqlari va kalla suyagining yon tomon yuzalarida yana ikkitadan liqildoqlar bo'ladi. Eng kattasi peshona liqildog’i bo'lib, u peshona va tepa suyaklar orasida joylashgan. Bosh miyaning suyak bilan himoyalanmagan qismlari hatto arzimas darajada lat eganda ham miya va miya pardasining xavfli shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

Kalla suyagi liqildoqlari ikki yoshga kelib batamom bitib ketadi, choklari esa to'rt yoshga kelib bitib ketadi, kalla suyagi asosi va katta ensa teshigi etti yoshga kelib katta yoshli odamdagi doimiy darajaga etadi. 6 dan 8 yoshgacha va 13 dan 15 yoshgacha kalla suyagi yuz qismining jadal o'sishi qayd qilinadi, yuz qiyofasi shakllandi, u keyinchalik deyarli o'zgarmaydi, kalla suyagining miya va yuz qismlari o'rgasidagi nisbati uzil-kesil qaror topadi.

Gavda skeleti. Gavda skeletiga umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi kiradi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletning asosiy qismi hisoblanadi. U umurtqalararo elastik tog'ay disklari va boylamlari bilan o'zaro birikkan 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. U beshta bo'limdan: 7 ta umurtqadan iborat bo'yin, 12 ta umurtqadan iborat ko'krak bo'limi, 5 ta umurtqadan iborat bel, 5 ta umurtqadan tashkil topgan dumg'aza bo'limidan tashkil topadi. So'nggi 5 ta umurtqa bitta so'yakni-dumg'aza suyagini hosil qiladi va 3-4 ta umurtqadan iborat dum bulimi ham aksariyat bir-biriga qo'shilib ketgan bo'ladi.

Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari bilan almashinadi, bu asta-sekin bo'ladigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklarinika 30 yoshga kelib suyaklanadi. Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 yoshgacha, ayniqsa, jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi taxminan 20 yoshda tugallanadi.

Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu

bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qabariqtigi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egriliklar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g’rilanishi mumkin. Bel egriligi faqat qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi.

Aytganlardan ma'lum bo'lishicha, bolaning umurtqa pog'onasi uning egiluvchanligini ta'minlaydigan ko'pgina xususiyatlarga ega. Shuning uchun og'ir jismoniy ish bajarish, tana vaziyatini uzoq vaqtgacha o'zgartirmaslik bolalarda umurtqa pog'onasining skolioz deb ataladigan qiyshayib qolish holatin keltib chiqarish mumkin.

Ko'krak qafasi skeletning bir qismi bo'lib, ko'krak umurtqalari qovurg'alar va to'sh suyagining yagona sistemaga birikishidan hosil bo'lgan. 12 juft qovurg'adan faqat yettitasi to'sh suyagi bilan birikkan. 8,9 va 10-juftlarning uchi yettinchi juft tog'ayining uchi bilan birikkan, 11 va 12 juftlar esa erkin tugalanadi. Qovurg'alar yelkada harakatchan bo'g'imlar bilan umurtqalarning o'siqlariga birikkan. Bola o'sishi va rivojlanishi jarayonida ko'krak qafasining shakli o'zgaradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda u asosan pastga qaragan qiya kesilgan piramidaga o'xshaydi. Qovurg'a deyarli gorizontal joylashadi. Uch yoshdan keyin yuqori qismining diametri kattalasha boshlaydi va 7-8 yoshga kelib asosi yuqoriga qaragan piramida shaklini egallaydi.

Shuningdek, ko'krak qafasining jinsga bog'liq farqi-shakli va o'lchamlari ham ko'zga tashlanadi. Bu ko'krak qafasi jadal o'sadigan balog'atga yetish davrida namoyon bo'ladi. Uning o'sishiga talaygina omillar va ayniqsa, to'la qimmatli ovqatlanish, sport, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, qulay gigiena sharoiti ta'sir ko'rsatadi. Ayollarning ko'krak qafasi yumaloq shaklga ega va erkaklarnikidan kaltaroq bo'ladi. Oldingi devorning burchagi birmuncha tumroq. Nafas olishda o'g'il bolalar va yigitlarning pastki qovurg'alari ko'tariladi, qiz bolalarda esa yuqorigi qovurg'alar ko'tariladi.

Qo'l skeleti. Qo'l skeletiga yelka kamari suyaklari va erkin turgan bo'limidagi shuyaklar kiradi. Bular juft suyaklardir, chunki tananing chap va o'ng tomonida bo'ladi.Yelka kamari kurak va o'mrov suyaklaridan tashkil topgan, erkin turgan qismi esa yelka, tirsak va bilan suyaklari, panja, kaft usti, kaft suyaklari va barmok falangalaridan iborat. Ular o'zaro harakatchan bo'g'imlar, boylamlar va muskul paylari bilan birikkan.

Qo'l suyaklarining suyaklanishi skeletning o'sish muddatlari bilan mos keladi va 20-24 yoshda tugallanadi. Qo'l panjasi suyaklarining suyaklanish jarayoni birmuncha barvaqt tugallanadi. Yangi tug'ilgan bolalarda kaft usti va barmoq falangalari tog'ay to'qimasidan iborat bo'lib, suyaklanish 7 yoshga kelib yaqqol ko'rinadi va 16-17 yoshgacha davom etadi. Bolalarni xat yozishga va rasm chizishga o'rgatishda panja suyaklarining holatiga ahamiyat berish kerak, chunki suyak-muskul sistemasi bajaradigan ish suyaklanish holatiga ta'sir etib, u ko'p chiniqtirilganda va ko'p ishlatilganda suyaklanishni tezlashtiradi va nagruzka kam bo'lganda sekinlashtiradi.

Oyoq skeleti. To'g'ri yurish munosabati bilan odamning oyoq panjasi uchun gumbazsimon tuzilish va oyoq panjasida tayanch yuzasi hosil bo'lishida qatnashadigan bosh barmoqning kuchli rivojlanganligi xosdir. Gumbaz tovon suyagiga va oyoq kafti suyaklarining uchlariga tayanadi. Oyoq panjasida qavariq tomoni bilan uning ichiga yo'nalgan gumbaz bo'ladi. U prujina kabi harakat qilib, yurish, sakrash, yugurish vaqtida tanani urilish va turtkilardan saqlaydi, ularni yumshatadi va ressor vazifasini bajaradi. Oyoq panjasi gumbazi panjaning kaft tomonida joylashgan muskullar, qon tomirlar va nervlarni bosilishdan muxofaza qiladi.

Yosh bolalar sayr qilishda va ekskursiyalarda tez charchab qoladi, oyoqlari og'rishidan noliydi. Bu yassioyoqlik boshlanib kelayotganidan darak beradi va bunday bolalar to'g'rilovchi gimnastika mashklarni bajarishlari, ularning poyafzaliga maxsus pataklar-supinatorlar qo'yib berish kerak bo'ladi. Bu yassioyoqlikning rivojlanishini va avj olishini qaytaradi.

Maktabgacha yoshdagi, kichik va o'rta maktab yoshidagi bolalar muskul sistemasining normal rivojlanishi uchun kiyim-bosh va poyabzal ularning anatomik-fiziologik xususiyatlariga keladigan bo'lishi kerak. Kiyim-bosh va poyabzalning torligi qon aylanishini, oyoq panjasi muskullari, boylamlari rivojlanishini qiyinlashtiradi, poyabzalning' keng bo'lishi esa oyoq terisining shilinishiga sabab bo'ladi. Poshnaning balandligi oyoq panjasi uzunligining 1/5 dan oshmasligi, jismoniy tarbiyada kiyiladigan shippaklarning muskul apparatini mustahkamlash uchun har kuni oyoqni uy temperaturasidagi suvda yuvish muhim ahamiyatga ega.

Skelet muskullari.Skelet muskullari ayollarda tana massasining taxminan 30-35% ni, erkaklarda 40% ni tashkil qiladi. Ular muskul to'qimasining ko'ndalang-targ'il tipiga kiradi va tananing tashqi shakli-shamoyili va relefini belgilaydi, chunki ba'zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, skeletni qoplab turadi. Skelet muskullari odam organizmi qodir bo'lgan turli xil harakatlarning hammasini bajaradi. Ular tufayli tana muvozanatni saqlab turadi, nafas olish harakatlari, ko'z harakatlari, tovush hosil bo'lishi, chaynash, yutish, ichki organlarni shikastlanishdan muhofaza qilish amalga oshiriladi.

Ko'ndalang-targ'il muskullar biriktiruvchi to'qima bilan muskul dastalariga bog'langan ko'p sonli muskul tolalaridan tashkil topgan. Tolalar uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo'lishi mumkin. Tashqi va ichki biriktiruvchi to'qimali pardalar payga-zich tolali tortmaga aylanib, muskullar uning yordamida suyakka mahkam yopishadi. Muskullarda tolalar miqdori turlicha: maydalarida ular bir necha yuzlab, yiriklarida bundan ko'p bo'ladi. Shunga muvofiq holda muskullar kuchi ham bir xil emas, u muskullar barcha tolalarining ko'ndalang kesimi maydoni bilan belgilanadi. Muskul tolasi ko'ndalang kesimning maydoni o'rta hisobda 0,01 kvadrat millimetrga teng. Odam tanasida 300 millondan ziyod tola bor. Agar ular bir-biriga ulansa, bunday muskul kesimining maydoni uch kvadrat metrdan oshadi. U 25 tonnagacha yukka bardosh bera olgan bo'lardi.

Bajariladigan harakatlar turiga ko'ra, muskullar bukuvchi va yozuvchi, yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi, yuqoriga ko'taruvchi va pastga tushiruvchi, aylantiruvchi, qisuvchi va kengaytiruvchi bo'ladi. Ayrim muskullar yoki ularning guruhi bir yo'nalishdagi haraqatlarni birgalikda amalga oshirishi mumkin. Bunday muskullarni sinergistlar deyiladi. Qisqargan vaqtda qarama-qarshi harakat paydo qiladigan muskullar antagonistlar deyiladi. Hatto eng oddiy harakatlarida ham odatda ham sinergastlar, ham antagonistlar ishtirok etadi.

Katta yoshdagi odamda muskul tolalari miqdori doimiy bo'lib qoladi, ularning diametri esa asosan muskullarning chiniqqanligiga bog'liq. Muskullar nechog'lik tez va jadal ishlasa shu qadar yo'g'onlashadi, binobarin, kuchli bo'ladi. Doimiy chiniqish mashqlari, jismoniy yuk tolalar diametrinnng 2 baravar ortishiga sabab bo'ladi. Sportchilarda skelet muskullari tana massasining 50% gacha qismini tashkil qiladi.

Skelet muskullariniig o'sishi, rivojlanishi va shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi va bu jarayon notekis kechishi kuzatiladi, eng ko'p o'sib rivojlanish davrlari bola hayotining birinchi yiliga va balog'at yoshiga to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan bolaning hamma skelet muskullari bo'ladi, biroq ularning vazni katta odamnikidan 37 marta kam va butun tanasi vaznining 24% ni tashqil qiladi. Kichik va o'rta maktab yoshida muskullar massasi sezilarli darajada ortadi. Ayni vaqtda ularning funktsional kuchayishi va ximiyaviy tarkibining o'zgarishi kuzatiladi. Katta maktab yoshida bolaning muskullari birmuncha sekin o'sadi va 18 yoshgacha kelib umumiy tana vaznining taxminan 42% ga etadi.

Mushak ishining har hil turlarida charchashi va uning yosh xususiyatlari. Harakat sifatlari (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chakkonlik va egaluvchanlik) bilan harakat malakalarining rivojlanishi bir-biri bilan qattiq bog'liq bo'ladi. Yangi harakatlarni o'zlashtirish turli harakat sifatlarining takomillanishi bilan kuzatiladi.

Tayanch-harakat apparatining turli qismlarining morfologik yetilishi va harakat izchilligining yuzaga kelishi bilan bir vaqtda harakat sifatlari ham rivojlanadi. Harakat sifatlarining shaqllanishi bir tekisda va bir vaqtda bo'lmay, turli yosh davrlarida har xil ortadi. Harakat sifatlarining rivojlanishi harakat appartining morfologik va funktsional o'zgarishlari, shuningdek, periferik apparat va ichki organlar ishining o'zaro kelishganljgi bilan bog'liq bo'ladi.

Muskul kuchi - muskulning taranglanish darajasi bilan belgilanadi. Muskul kuchi suyak va muskul to'qimasining o'sishi, bo'g'im-boylam apparatining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. U muskulning fiziologik ko'ndalang kesimi, bioximik reaktsiyalar xarakteri, asab orqali boshqarilishining xususiyatlari va ixtiyoriy kuchlanish darajasiga bog'liq bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda muskul kuchi juda kam bo'ladi A.V.Korobkov dalillariga ko'ra 4-5 yoshli bolalarda qo'l barmoqlarining bukuvchi va yozuvchi muskullar kuchi 4 yoshlilarda 4,6 va 5 yoshlilarda 5,2 kg, gavdaning tiklovchi muskullar kuchi 8,2 va 14,0 kg ni: tashkil etadi. Muskul kuchi 11 yoshdan boshlab, ayniqsa 13 dan 14 yoshgacha va 16 dan 17 yoshgacha eng shiddatli rivojlanadi. Bolalarning ikkinchi bolalik davrida muskul kuchi 25 marta, dinamometriya bolalarda 8-9 dan 20-25 kg gacha, qizlarda 8 dan 15 kg gacha ortadi. Muskulning kuchi bir tekis rivojlanmaydi. Oldin yozuvchi muskullar kuchi, keyin bukuvchi muskullar kuchi ortadi shu bilan bir qatorda kuchning eng ko'p ortishi o'smirlik davrining boshlanishida kuzatiladi. 12 eshli bolalarda sonning yozuvchi muskullarining kuchi 62 kg, bukuvchi muskullari kuchi esa hammasi bo'lib 24 kg ga, oyoq kaftini bukuvchilar kuchi 35 kg ga yetadi. 8 yoshli davrga nisbatan o'smirlik davrida muskul kuchi 4-4,5 marta ko'payadi. Bolalarda qo'l dinamometriyasining ko'rsatkichlari 40-45 kg gacha, qizlarda 20-25 kg gacha ortadi. 16 yoshli yigitlarda gavdaning tiklanish kuchi 50 foizga, qizlarda 70 foizga ko'payadi. Shuning uchun maktab o'quvchilariga beriladigan jismoniy ish yoshga qarab qat’ iy belgilanishi zarur.

Tezkorlik harakat reaktsiyasining latent vaqti, yakka harakat tezligi, vaqt biriligidagi harakat soni bilan belgilanadi. Tezkorlikning ayrim ko'rinishlari o'rtasida hamma vaqt ham ishonchli o'zaro bog'lanish bo'lavermaydi. Masalan yuqori tezligi sekin harakat reaktsiyasi bilan ko’zatilishi mumkin.

Reaktsiya oddiy va murakkabligiga ko'ra farqlanadi. Oddiy reaktsiya oldidan ma'lum signalga berilgan javob vaqti bilan ta'riflanadi. Murakkab reaktsiyada signal nomalum bo'lib uni ta'sirlovchilar to'plamidan tanlab olish kerak bo'ladi. Oddiy reaktsiyaning davom etish muddati 0,11-0,25 son bo'lib, murakkab reaktsiya vaqti 0,30-0,40 son ni tashkil etadi. Reaktsiya vaqti yoshga ham bog'liq. Ayrim harakatlarda oddiy reaktsiya vaqtini 2-3 yoshlarda aniqlash mumkin bo'lib, u 0,60-0,90 son. ga barobar. 3-7 eshli bolalarda reatsiya vaqti ancha kamayadi. 0,30-3,4 son ga teng bo'ladi. 13-14 yoshlilarda harakat reaktsiyasining vaqti kattalar reaktsiyasi vaqtiga yaqinlashadi.

Vaqt birligidagi harakat soni tezkorlikning muhim ko'rsatkichidir. Kattalardagiga o'xshash bolalarda ham harakat tezligi gavdaning turli qismida turlicha bo'ladi. Qo'l barmoqlarining harakatlanish tezligi yuqori bo'lib, oyoq to'pig'i bug'ining harakatlanishi sekin bo'ladi. Tezkorlik sifati 8 yoshdan 10 yoshgacha juda tez ortadi, keyin 12 yoshgacha sekinroq ortib boradi, so'ngra to'xtaydi, hatto pasayadi. 15 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan davrda qaytadan orta boshlaydi. Bu jismoniy sifat energiya manbai bo'lgan kreatinfosfat va asab orqali boshqarilishning takomillanishi bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun tezkorlikning rivojlanishi bu omidlar bilan deyarli bir xilda ortadi.

Chidamlilik bolaning yoshi kattalashishida juda sekin ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ularning juda harakatchanligiga qaramay, mashq qilish natijasi ancha kam bo'ladi. 4 yoshdan 7 yoshgacha serob chidamlilik, ayniqsa, statik ishlarga chidamlilik past darajada bo'ladi. Umuman aytganda, 7 yoshli bolaning chidamliligi 10 yoshlilar chidamliligining 1/3 qismiga teng bo'ladi. 8 yoshdan 9 yoshgacha umumiy chidamlilik birmuncha ortadi. 11 yoshdan boshlab u keskin ortadi va 14-15 yoshlarda turg'un bo'ladi. 15-17 yoshdan yana ko'tariladi. Jismoniy chiniqmagan bolalarda statik ishlarga chidamlilik 10 yoshdan keyin ortadi

Charchash. Charchashning rivojlanish tezligi bajarilayotgan ishning quvvati va muddatiga, ishga jalb etilgan muskullar massasiga, shuningdek, sportchining jinsiga, yoshiga bog'liq bo'ladi. Yosh sportchilarda funktsional va energiya rezervlari kattalardagiga nisbatan tezroq kamayadi. Bolalarning ish qobiliyati, harakat tezligi charchash davrida kattalarga nisbatan ko'proq darajada pasayadi. Charchash natijasida bolalar organizmning ichki muhiti ozgina o'zgarishi, kislorod qarzi to'planishi bilan ishni to'xtatadi, ya'ni kattalarga qaraganda charchash bolalarda tezroq rivojlanadi. Bu bolalar markaziy asab sistemasining qator xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bolalarda ichki tarmozlanish jarayonlari tezroq buziladi.

7-10 yoshli bolalarning yuksak quvvatli ish bajarishida eng yuqori tezlikka erishishdan keyin charchash natijasida tezlikning pasayishi kuchli bo'ladi. Bu holat asab jarayonlarining harakatchanligi va kuchining nisbatan pastligi hamda himoya tarmozlanishining tez rivojlanishi bilan bog'liq, deb qaraladi (A.A.Markosyan). Shu bilan birga, aytib o'tish kerakki, yosh sportchilarda egiladigan charchashni engilmaydigan charchashga o'tishi kattalardagiga nisbatan tezroq yuzaga keladi.

Yosh sportchilar charchashda kattalardagiga nisbatan ko'p energiya sarf etadi, muskul kuchi va ularning qisqarish amplitudasi tezroq kamayadi, charchash egri chizig'ining xarakteri o'zgaradi. Kattalarga nisbatan bolalarda charchash tezrok va to'satdan yuzagakeladi. Yosh sportchilarning sport faoliyatida charchashi ko'pincha harakat koordinatsiyasi va harakat hamda vegetativ funktsiyalar o'zaro ta'sirining buzilishida ifodalanadi.

Yosh ortishi bilan harakat uygunligining takomillashishi. Katta yarim sharlar po'stlog'ida vaqtincha aloqalarni yuzaga kelishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asoslangan. Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo'yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo'lishi uchun turli anadizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko'rish va boshqalar) keladigan ma'lumotlar va qanday qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqida bo'ladigan xabarlar muhim ahamiyatga ega. Harakat malakalari sport bilan shug'ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanishi bilan borgan sari puxtalanib, takomillashib boradi.

Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab sistemasi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog'liq. Chunki harakatning yuzaga chiqishi, ayniqsa, murakkab va nozik harakatlarning bajarilishi mushaklar guruhlari, har xil miqdor asab-mushak harakat birliklari va mushak tolalarini ishtirokida amalga oshiriladi. Bu element ishining ko'yilgan maqsadga mos bo'lishi, ularning bir-biri bilan kelishgan holda ish bajarishini ta'minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalarni bajaradi.

Bolaning barqaror tikka turishi, yurish, yugurish va shunga o'xshash harakat malakalarini hosil qilishida sinov-qidiruv harakatlarining bajarilishi bilan vaqtinchalik bog'lanish hosil bo'lish mexanizmi muhim rol o'ynaydi. Gavda muvozanatining saqlanishi, uning fazoda o'zgarishini ta'minlaydigan harakatlar mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatini saqlashga halal beradigan harakatlar esa tormozlanadi. Harakatning o'zi yoki natijasi vujudga keltirgan afferent impulslarning bo'linishi shart. Harakat biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya'ni ahamiyatini yo'qotsa, shartli qo'zg'alish, shartsiz tasirot bilan mustahkamlanmasa, u vaqtda vaqtinchalik bog'lanishlar tormozlanadi.

Shunday qilib, harakat malakalarining hosil bo'lishi birinchi va ikkinchi turdagi shartli reflekslar yuzaga kelishi bilan amalga oshadi. Odamda harakat malakalarining shakllanishida ikkinchi signal sistemasi orqali hosil bo'ladigan yuqori tartibli shartli reflekslar ayniksa, muhim ahamiyatga ega. Qisqacha aytganda, harakat malakasining hosil bo'lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko'p markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarim sharlar po'stlog'idagi izlarning ishtiroki -bilan to'g'rilandi va takomillashadi.

Har xil yoshda yangi harakatlarni o'zlashtirish turlicha bo'ladi. Masalan, 9-16 yoshli bolalar harakatlarining yuqori uyg'unlashishini talab etadigan murakkab harakat malakalarini oson egalaydilar. Qizlarda harakat qobiliyatlari, ayniqsa, 12-13 yoshda sezilarli rivojlanadi. Jismoniy rivojlanishi normal bo'lmagach, baland bo'yli va tez o'sadigan o'smirlar odatda harakat malakalarini sekin egallaydilar. Ortiqcha vaznli o'smir-qizlar ham harakatlarni sekin o'zlashtirishi bilan farqlanadi. Sport bilan shug'ullanish harakat malakalarini muvaffaqiyatli egallashni ta'minlaydi. Odatda, yosh sportchilar murakkab harakatlarni tez va qiynalmay o'zlashtiradilar.

Maktab jihozlariga qo'yiladigan gigienik talablar Maktab mebeli o'quvchi bo'yiga muvofiq bo'lishi kerak. Bu tana vaziyatini to'g'ri tutib turishga imkon beradi va ish uchun qulay sharoit yaratadi. O'quvchining gavdasi tik vaziyatda, ikkala elkasi bir satxda bo'lishi kerak. Oyoqlarining tagi butun yuzasi bilan polga yoki oyoq qo'yiladigan taxtaga, chanog'i va sonlari kursiga, orqasi esa parta suyanchig'iga tegib turishi kerak. Bu uchala tayanch nuqtasi tufayli muskullarning statik tarangli kam darajaga tushadi va tananing barqaror bo'lishiga erishiladi. O'qish va yozish vaqtida ikkala bilakni parta qopqog'i ustiga erkin qo'yish, tirsaklar esa deyarli uning chetida bo'lishi kerak. Bunda gavda va bosh, ikkala ko'zning vaziyati pero uchi yoki kitobgacha bir xil, ko'rish uchun eng qulay masofada bo'ladi. Gavda bilan stolning yaqin qirrasi orasida 3-4 sm ochiq joy qolishi lozim. Oyoqlar tizza bo'g'imida to'g'ri burchak yoki o'ta past stol oldida bukilgan bo'lishi kerak. O'ta baland yoki o'ta past stol oldida o'tirish umurtqa pog'onasining qiyshayib qolishiga sabab bo'ladi.

Shunday qilib, o'quvchi partada to'g'ri o'tirganda qorin va ko'krak bo'shlig'idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o'quv choragida o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi.

O'quvchilarni jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlimiga taalluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos kelishi, ish vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan, ko'zni zo'riqtirmaydigan va umurtqa pog'onasini qiyshaytirmaydigan to'g'ri tanay vaziyatini tana bilish kerak. Asboblar ham o'quvchilarning qo'liga va kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan foydalansa, bu avvalo, qo'l muskullaring tez toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini mustaxkamlashning o'rniga uning jadal suyaklanishiga olib keladi. Bolalarning og'ir narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. Ikkita o'quvchining zambilda ko'taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kg dan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun 6 kg, 10-12 yashar bolalar uch un 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-17 yashar bolalar uchun 24 kg oshmasligi kerak.

Muskullar. Odamlar organizmida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Muskullar tizimi odamlar tanasining kattagina qismini tashkil etadi. Agarda yangi tug‘ilgan bolalarning umumiy og‘irligini 23 % ni muskullar tizimi tashkil etsa, 8 yoshda –27 %, 17-18 yoshga borib esa 43-44 % gacha etadi, muskullari yaxshi rivojlangan sportchilarda esa 50 % gacha yetishi mumkin.

Ma’lumki organizmda juda ko‘plpb muskullar guruhlari farqlanadi va ular bir xilda o‘smaydi. Emadigan bolalarda asosan qorin muskullari rivojlansa, keyinchalik chaynash muskullari rivojlanadi. Bir yoshning oxiriga kelib bolaning siljishi, emaklashi va yurishining boshlanishi tufayli, sezilarli darajada yelka va qo‘l-oyoqlar muskullari o‘sadi. Tananing butun o‘sish davrida muskullar massasi 35 martaga ortadi. Jinsiy yetilish davrida (12-16 yosh) naysimon suyaklarning uzayishi bilan bir qatorda muskullarning paylari ham jadal uzayadi. Bu paytlarda muskullar uzunlashadi va ingichkalashadi, natijada o‘smir bolalar uzun oyoqli va uzun qo‘lli bo‘lib ko‘rinadi. 15-18 yoshda muskullarning eniga o‘sishi davom etadi, odatda muskullarning rivojlanishi 25-30 yoshgacha davom etadi. Bolalarning muskullari voyaga etgan odamlar muskullariga qaraganda ancha rangsiz, yumshoq va anchagina elastik bo‘ladi.

Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Gavda muskullariga ko‘krak qafasi, yelka va qorin muskullari kiradi. Qovurg‘alar orasida joylashgan muskullar, muskullararo va nafas funksiyasini bajarilishida ishtirok etuvchi boshqa muskullar nafas muskullari deb yuritiladi. Bular qatoriga diafragma ham kiradi (u ko‘krak bo‘shlig‘ini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turadi).

Qisqaruvchanlik, muskullarning asosiy xususiyati ekanligi. Muskullarning asosiy fiziologik xususiyatlari bo‘lib qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik hisoblanadi. Muskullarning qisqaruvchanligi muskullarning kaltarishi yoki undagi kuchlanishni rivojlanishi paytida namoyon buladi. Eksperimentlar sharoitida yakka qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga, muskullar yakka qisqarish bilan javob beradi. Odam va hayvonlar organizmidagi muskullar markaziy asab tizimidan alohida-alohida impulslar olmaydi, balki impulslar seriyasini oladi va buning natijasida muskullar kuchli va uzoq muddatli qisqarish bilan javob beradi. Muskullarning bunday qisqarishi tetanik yoki tatanus deb ataladi.

Muskullar qisqarish bilan ish bajaradi. Muskullarning ishi uning kuchiga bog‘liq, ya’ni muskulda tolalar qancha ko‘p bo‘lsa, muskul shuncha ko‘p bo‘ladi. U yo‘g‘on bo‘lsa, u shuncha kuchli bo‘ladi. 1 sm2 ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan muskul 10 kg gacha yuk ko‘tarishga qodir.

Charchash. Uzoq muddatli hamda ma’lum vaqt ichida bajarilgan kuchli ishdan keyin muskullar ish bajarish qobiliyati pasayadi, qaysiki dam olishdan keyingina tiklanadi. Keskin namoyon bo‘lgan charchashda muskullarning uzoq muddatli qaltirashi rivojlanadi va to‘lig‘icha bo‘shashish qobiliyatini yo‘qotadi (kontraktura).

Charchashning rivojlanishi eng avvalo asab tizimida yuz beradigan o‘zgarishlar, ya’ni sinapslardan nerv impulslarini o‘tkazilishini buzilishi bilan bog‘liq. Charchashda qisqarishning asosiy energiya manbai bo‘lgan zahiradagi kimyoviy moddalarning kamayishi va almashinuv mahsulotlarining jamlanishi (sut kislotasi va boshqalar) kuzatiladi.

Charchashni yuzaga kelish tezligi, asab tizimining holatiga, ishni bajarish ritm chastotasiga va yuklamani o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Noqulay holat tomonidan ham charchash chaqirilishi mumkin. Qiziq bo‘lmagan yoqmagan ish ham tez charchash holatini chaqiradi.

Bola qancha yosh bo‘lsa u shuncha tez charchaydi. Bola emadigan paytda bedorlik davrining 1,5-2 soatida charchash boshlanadi. Harakatsizlik hamda uzoq muddat harakatni tormozlanishi natijasida ham charchash yuz beradi.

Jismoniy jihatdan charchash – bu mo‘’tadil fiziologik hodisadir. Dam olishdan keyin, faqatgina ish qobiliyati tiklanmasdan balki dastlabki darajasidan ham ortadi. I.M.Sechenov (1903 yilda) birinchi marta agar dam olish paytida chap qo‘l bilan ish bajarsa, charchagan o‘ng qo‘l muskullarining ish qobiliyatini tiklanishini ko‘rsatib bergan edi.

Odatiy tinchlik holatdan, farqli o‘laroq bunday dam olishni I.M.Sechenov faol dam olish deb atadi. Darsga qadar va dars paytida hamda tanaffus paytlarida aqliy va jismoniy mehnat, jismoniy madaniy pauzalar dinamikasini navbatlashuvi o‘quvchilarni ish qobiliyatini oshishini ta’minlaydi.

Savollar:

1. Yosh fizilogiyasi vn gigicnasi fanining ahamiyati va vazifalari limalardan iboial?

2. Bolalarning yoshga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?

3. Yosh fiziologiyasi fani boshqa fanlar uchun qanday ahamiyatga ega?

4. Gigienik talablar deganda nimani tushunasiz?

Ma'ruza: Ovqat hazm qilish fiziologiyasi.

MAVZU

OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI.



Reja.

1.Oziq moddalarning organism uchun axamiyati.

2.Hazm qilish jarayonida fermentlarning roli va o’rganish usullari.

3. Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish gigiyenasi

4.Gigienik nazorat,kasalliklarni bartaraf etish.

1. Ovqat bilan organizm oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o‘sish jarayonida va o’zgarishga uchragan hujayralarni o‘rniga yangilarini hosil bo‘lishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To‘yimli moddalar organizmdagi energetik moddalar manbai hisoblanadi.

Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma’danli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko‘pchiligi ko‘plab reaksiyalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Suv, ma’danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to‘lig‘icha o‘zgarmagan holda o‘zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bo‘lsak, ular organizm tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan o‘taolmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo‘lsa kerak, nima uchun asosiy to‘yimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi.

Ovqat hazmi jarayoni deb - oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon - ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi.

2.Odamlar organizmida, ovqat hazmi tizimidagi hazm shiralari ta’sirida oqsillar aminokislotalargacha, yog‘lar-gliserin va yog‘ kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi – fermentlar bosh rolni o‘ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bo‘lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. Fermentlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri – ularning spesifikligidir: ya’ni har bir ferment ma’lum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy bog‘lar ma’lum- aniq tipga ega bo‘lgan moddalarga va moddalar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi. Fermentlar ta’siri ostida erimaydigan va surilishi mumkin bo‘lmagan murakkab moddalar, eriydigan va yengil o‘zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi.

Hazm shiralari ajratuvchi bezlar faoliyatini o‘rganish usullari. Hazm jarayonida ishtirok etuvchi bezlar, hazm shiralari ishlab chiqarishlari aniq bo‘lganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini bajarish uchun shiralardan toza yoki aralashma holida olish uchun uringanlar. XVII -asrdayoq Gollandiyalik olim Graafga so‘lak bezi va me’daosti bezlarining tashqariga chiquvchi yo‘llariga qo‘yilgan naychalar yordamida unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda hazm shiralari yig‘ib olish imkoniga ega bo‘ldi.

Olim g‘ovak rezina yordamida me’da shirasidan olish uchun harakat qilib ko‘rdi, qaysiki g‘ovak rezina yutilgach, u me’da ichidagi suyuqlikga to‘yinganidan keyin unga bog‘langan ip orqali me’dadan chiqarib olindi. Shotlandiyalik hakim Stivens odam me’da shirasining hazmlovchi ta’sirini ko‘zbog‘lagich (fokusnik) yordamidan foydalangan holda o‘rgandi. Ko‘z bog‘lagich me’dasiga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish yo‘li bilan chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namoyon qildi.

Ko‘z bog‘lagich maxsus tayyorlangan, oziq moddalar bilan to‘ldirilgan teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli qo‘rg‘oshin «bug‘ursoq» larni avval yutib, so‘ngra qusish harakatlari bilan me’dadan chiqargan. Tabiiyki, bunday usullar yordamida hazm shiralarining tarkibi va xususiyatlarini o‘rganish juda qiyin bo‘lgan.

Surunkali tajribalar davomida hayvonlarni narkozlash yo‘li bilan qorin bo‘shlig‘i ochilib hazm shiralari ajratuvchi bezlar yo‘llaridan hazm shiralaridan olish imkoniga ega bo‘lindi. Ammo, olingan hazm shiralari hisobiga, hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari haqida gap yuritish juda mushkul, chunki hayvon narkoz ostida jarrohning stolida yotgan bo‘lsa, bu sharoit, tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi.

Keyinchalik organizmning turli qismlariga fistulalar qo‘yish usuli yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lindi.

Fistula – bu hazm bezlari yo‘li yoki ovqat hazmi trakti – bo‘shlig‘ini organizmni tashqi muhit bilan aloqasini sun’iy bog‘lanishini ta’minlovchi naycha –asbobdir. Bu usulning yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal yoki me’da jarohatlanishi natijasida me’da yoki ichaklarda yuzaga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo‘lgan. 1842 yilda Moskvalik jarroh Basov itlarni me’dasiga qo‘yilgan fistula orqali me’da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Ammo, bunday shariotda, o‘rganish uchun toza me’da shirasi olish mumkin emas edi, chunki olingan shiralar oziqalar qoldiqlari, so‘lak va doimiy ravishda me’dada bo‘ladigan shilimshiq moddalar bilan aralashgan holda bo‘ladi.

Faqatgina I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan tadqiqotlar natijasigina, fistulalar qo‘yish usulini tan olinishiga olib keldi va ishlab chiqarishga tadbiq etilib, hozirda ham keng qo‘llanilmoqda. I.P.Pavlov surunkali tajribalarni bajarish davomida, jarrohlik yo‘li bilan hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan uzoq muddatli kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar usulidan foydalandi. I.P.Pavlov o‘zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, operasiyadan keyin hayvon sog‘aygach o‘rganiladigan organ uchun ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat ko‘rsatishi uchun mo‘’tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topdi va fanga tadbiq qildi.

Hazm shiralari va ularning fermentlari. Ovqat hazmi kanalining bezlari tomonidan ajraladigan hazm shiralari suvdan va uncha katta bo‘lmagan miqdorda organik moddalar va tuzlar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Hazm shiralarining tarkibiy qismini asosan – fermentlar tashkil etadi. Bundan tashqari fermentlar tarkibida shilimshiq modda va suv saqlanganligi sababli ozuqani yumshatadi va shilliq modda bilan o‘rab, yutilishini va uning oshqozon – ichaklar tizimida mexanik qayta ishlanishini hamda ovqat hazmi kanali bo‘ylab harakatini ta’minlaydi. Birgina medaning ichki shilliq qavatida 14-mln ga yaqin bezlar joylashgan bo’lib ,ular pepsin,lipaza fermentlari va xlorid kislota ajradi.Bu bezlar bir-kecha kunduzda 3-l ga yaqin meda shirasi ajratadi.O’n ikki barmoq ichakka 500-800 ml me’da osti bezi suyuqligi,700-1200 ml o’t suyuqligi quyiladi,ingichka ichakning shilliq qavatining 1mm sathida 30-40,butun yuzasida esa 4-mln ga yaqin vorsinka bor.

Fermentlar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:

1.O‘z-o‘zidan bajariladigan kimiyoviy jarayonlarni kattalizator sifatida tezlashtiradi yoki susaytiradi.

2. Faqatgina moddalarning parchalanishida – analiz (tahlillash) kattalizatorlik qilmasdan, balki moddalarning birikishiga – sintez (umumlashtirish) ham kattalizatorlik qiladi.

3. Spesifik ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Har bir ferment ma’lum kimiyoviy tarkib va tuzilishga ega moddalarga ta’sir ko‘rsatadi.

4. Qizdirilganda parchalanadi.

5.Ma’lum kislotali, ishqorli yoki neytral muhitlarda ta’sir

ko‘rsatadi.

Fermentlarning faolligi muhit reaksiyasiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi: masalan, pepsin fermenti ishqorli muhitda o‘z faolligini yo‘qotsa, kislotali muhitda esa o‘z faolligini tiklaydi.

Hazm fermentlari gidrolizlar guruhiga ya’ni N+ va ON- ionlarini biriktirib olgan fermentlarga kiradi, ya’ni suv eritmalaridagi moddalarni hazmlovchilardir.

Ular, uglevodlar, kraxmalni parchalovchi amilolitik yoki amilazalar, proteinlar, oqsillarni parchalovchi proteolitik yoki proteazalar, lipidlar, yog‘larni parchalovchi lipolitik yoki lipazalarga (fermentlarga) farqlanadi.

So‘lak ajralishining boshqarilishi. Iste’mol qilingan ovqatlar, og‘iz bo‘shlig‘iga tushganidan keyin, bir necha soniya o‘tgach, so‘lak ajrala boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining ta’sirlanishiga so‘lak bezlarining bunday tezlikda javob berishi so‘lak ajralishi reflektor ravishda asab tizimi ishtirokida bajarilishini ko‘rsatib turibdi.

Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan ovqatlar ta’m sezuvchi nervlarni uchlarini qo‘zg‘atadi, ularda qo‘zg‘alish yuz beradi, qaysiki markazga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchoq miyadagi so‘lak ajralish markaziga beriladi. Bu yerda qo‘zg‘alishni markazga intiluvchi nervlardan markazdan qochuvchi nervlarga (simpatik va parasimpatik) ya’ni so‘lak bezlariga boruvchi nervlarga berilishi amalga oshadi. Qo‘zg‘ alish so‘lak bezining sekretor hujayralarini qamrab oladi va ma’lum miqdordagi va tarkibdagi so‘lak ajraladi. Sharsiz so‘lak ajratuvchi refleks shunday bajariladi.

So‘lak faqat og‘izga ovqat tushishi bilan ajralmasdan balki uni ko‘rinishiga, hidiga, hattoki ovqat to‘g‘ risida gap yuritilganda ham so‘lak ajraladi. Bu ham refleks, lekin maxsus, I.P.Pavlov tomonidan shartli refleks deb atalgan. Shartli reflektor ravishda so‘lak ajralishi shu paytda ya’ni ovqatni ko‘rinishi, hidi yoki mazzali ovqat haqidagi gap-so‘zlar ovqat yeyish bilan bir vaqtda bajarilsa amalga oshadi.

3.Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bolalar va o‘smirlarning organizmida iste’mol qilingan taomlarning to‘lig‘icha hazmlanishida, ovqatlanish tartibining ham ahamiyati katta. Bola dastlabki 3 yoshida kundalik ratsionini taxminan bo‘lib kun bo‘yi olsa, keyinroq 7, 6, 5 va 4 martalik ovqatlanishga o‘tadi.Maktabgacha yoshda yesa kundalik ovqatlanish ratsionini tuzayotganda albatta tushlikda qabul qilinadigan ovqat hajmi kengaytiriladi, biroq bu kengaytirish sekinlik bilan amalga oshiriladi. Chunki maktabgacha yoshdagilar uchun bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo‘lingani ma’qul. Chunki bunday yo‘l tutilganda bolaning ishtahasi ochiladi, bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo‘linadi (o‘smirlar uchun har 3-4 soatdan keyin ovqatlanish belgilanadi) va organizm faoliyati susaymasligi uchun albatta bola uxlashi lozim.

Ertalabki nonushta - bu bir kecha-kundizlik energiyaning 20-25% ni tashkil etadi. U poliz mahsulotlaridan tayyorlangan shakarli, go‘shtli, sutli, xamirli issiq ovqat, tuxum, sut, pishloq, shirin choy yoki kofedan iborat bo‘lishi zarur.

Ikkinchi nonushta - 15% ni tashkil etadi-pechene, choy, yengil mahsulotlar, sut.

Tushlik - 3 xil bo‘lishi kerak:

1) suyuq ovqat, ishtahani qo‘zg‘aydi va ovqat hazmini yaxshilaydi.

2) go‘sht va baliq, yoki oqsilga boy ovqatlar, sabzovatlar, garnirlar.

3) sharbatlar. Tushlikning kaloriyasi bir kecha-kunduzlik ovqatning 30-35% ini tashkil qilishi lozim.

Tushlikdan keyingi ovqat - bu bir kecha-kunduzlik energiyaning 15-20% ini tashkil yetishi kerak. Bolada kunduzgi uyqudan keyin chanqoqlik kuchayadi. Shuning uchun bu paytda bolaga meva, sabzovat hamda turli xil sharbatlar berish lozim.

Kechki ovqat - kundalik ratsionining 20-25% ini tashkil yetishi lozim. Bu payt sutli, sabzovatli, mevali va yormali yoki yengil hazm bo‘ladigan mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar ma’qul bo‘ladi.

Kechqurun uyquga ketish oldidan bir piyola qatiq ichish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kechki ovqatni uxlashdan kamida 3 soat oldin eyish kerak. Ovqatni ancha kech yeganda me’dada dam olish o‘rniga shira ajratiladi, oqibatda ovqat hazm qiladigan bezlarga zo‘r keladi.

Go‘sht va baliqdan tayorlangan yoki oqsilga boy bo‘lgan ovqatlar bola organizmida moddalar alamashuvini oshirib, miya po‘stlog‘ining asab tizimida qo‘zg‘alish jarayonini yuzaga keltiradi. Shuning uchun taomnomani tuzayotganda ayrim xil ovqatlarni kuning birinchi yarmiga qo‘shish maqsadaga muvofiqdir.

Kuchsiz nimjon bolalar oqsilga boy bo‘lgan taomdan tez-tez iste’mol qilishlari zarur. O‘quvchi va talabalarning ovqatlanish tartibi o‘qish jarayoniga va yoshiga qarab taqsimlanib beriladi. Maktab yoshidagi bolalar ratsioni taxminiy sutkalik ovqatlar ro‘yxatiga asoslanib tuzilishi lozim.

Bolalar va o‘smirlar butun yil davomida har xil xarakterdagi aqliy yoki jismoniy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Jismoniy ish bilan shug‘ullanganida o‘smir organizmining oqsilga (kaloriyaga) bo‘lgan talabi 10% oshadi. Shuning uchun bunday hollarda, albatta oqsilga boy taomlardan iste’mol qilish tavsiya yetiladi.

Ma’lumki maktablarda darslar 2 smenada olib boriladi. Shu sababli ovqatlanish tartibi ham har qaysi smena uchun o‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, 1-smenada shug‘ullanadiganlar uchun 1-nonushta soat 7-8 da, yoki bola maktabga ketishidan oldin, 2-nonushta soat 10-11 da, tushlik maktabdan qaytgandan so‘ng, yoki soat 14-15, kechki ovqat yesa 19-20 da bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi smenada shug‘ullanadiganlar uchun 1-nonushta soat 8.00 larda, tushlik o‘qishga ketishidan oldin yoki soat 12-13 larda, tushlikdan keyingi ovqat soat 15-16 da, kechki ovqat yesa 19-20 larda bo‘lishi kerak. O‘quvchilar maktabda bor yo‘g‘i 6 soat bo‘ladilar. Shuning uchun bir paytda ovqatlanish uchun vaqt ajratish ularning ishlash qobiliyati, kayfiyati va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Kasb-hunar kolleji o‘quvchilari 3 mahal ovqatlanadilar. Ovqatlanish orasidagi vaqt 3-4 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak. O‘quvchilarning ota-onalariga ularning to‘g‘ri ovqatlanishi haqida mukammal tushuntirish kerak.

Ovqatlanish taomnomalarini tuzishda ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun quyidagilar zarurligiga (tegishli kaloriyalik, ovqat ratsion tarkibi va organizmning ovqatdan maksimal foydalanish sharoiti) e’tibor beriladi. Bunga to‘g‘ri ovqatlanish tartibi va oziq ovqat mahsulotlarini tanlash hamda ovqat tayorlashning to‘g‘ri texnologiyasi kiradi.

Bolalar va o‘smirlarni ovqatlantirishda ishtaha ochadigan ovqatlar berish zarur. Ishtaha (appetit - lotincha so‘z bo‘lib) istak yoki xohish degan ma’nonni anglatadi. Ishtaha qo‘zg‘atish uchun o‘smirlarga ovqat oldidan rediska, suzma yoki o‘simlik moyi qo‘shilgan karam, pomidor, yangi uzilgan bodring, ko‘k piyoz, qaymoq yoki sut berish foydali, bular ishtahani qo‘zg‘aydi ovqat hazm qiladigan shiralarning ajaralishiga imkon beradi.

Bundan tashqari, ishtahani qo‘zg‘atish uchun bolalar ovqatlanadigan xona,ozoda va shinam, idish tovoqlar chiroyli, bir xil rangda va shaklda, ovqatlar turli tuman va mazaligina yemas, balki chiroyli ham qilib tayorlangan bo‘lishi lozim, shunga mos ravishda ovqatlanadigan joy ham qulay va tinch bo‘lishi kerak.

Bolalarda ba’zan muayyan oziq moddalarga ehtiyoj bo‘lganligidan ular ayrim ovqatlarni ishtaha bilan yeydi. Ayrim hollarda ularning ishtahasi bo‘lmay, u bo‘r, ko‘mir, ohak, tuproq kul singarilarni yeyishga urinadi. Bunday ehtiyoj organizmda kechadigan metabolizm jarayonlari xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi va tezda o‘tib ketadi.

Dorivorlari ko‘p, achchiq ovqat hamda alkogol qizilo‘ngach va me’da yepiteliyasini kuydiradi, hazm shiralari ishlab chiqarishni izdan chiqaradi. Ko‘p miqdorda hosil bo‘ladigan va me’dani himoya qiladigan shilimshiq ovqat hazmini qiyinlashtiradi.

Go‘sht va qo‘ziqorinli sho‘rvalarga ulardagi azotli ekstraktiv moddalar o‘tib birlamchi oshqozon shirasi ajralishiga ta’sir qiladi, hazm bezlarining qo‘zg‘aluvchanligini shakillanishiga imkon beradi. Bola va o‘smirlarning kundalik taomida turli sabzovotlar va mevalar katroshkaga qaraganda ko‘p bo‘lishi kerak. Ularda ichakning harakat funksiyasini oshiradigan klechatka, organik kislotalar, efir moylari, pitin moddalar, shuningdek kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrooganizmlarni nobud qiladigan yoki rivojlanishini to‘xtatadigan biologik faol moddalar fitansidlar ko‘p bo‘ladi.

Yuqoridagi moddalarni saqlovchi taomlarni bo‘lishi hazm shiralarining yaxshi ajralishiga yordam beradi, chirish jarayonlarini to‘xtatadi, so‘rilishini yaxshilaydi, boshqacha qilib aytganda ovqatlarni normal hazm bo‘lishini taminlaydi.

Sabzovot va mevalar, vitaminlar va mineral moddalarning manbai bo‘lib xizmat qilishi necha bor tasdig‘ini topgan, bularsiz bolaning o‘sishi va rivojlanishi mumkin emas.

O‘qituvchi ovqatlanishga doir gigiyenik ko‘nikmalari va tajribasini bolalarga singdirishi kerak. Ovqat vaqtida gaplashish, kitob o‘qish, chappillatib yeyish, shoshilish, og‘ziga ovqatni to‘ldirib solish, katta tishlab uzish yaramaydi. Ovqatni asta-sekin yaxshilab chaynash kerak, uni yaxshi chaynamaslik shira ajralishi va ichak peristaltikasini buzadi, bunda ovqat yomon o‘zlashtiriladi, hazm organlarida uzoq turib qoladi natijada hazm tizimida buzilish yuz beradi.

Maktab, lisey va kollejlarda to‘g‘ri va gigiyenik talablarga javob beradigan ovqatlanishni tashkil etish sog‘lomlashtirish omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

O‘smirlik davri organizm tez o‘sib shakllanadigan, unda turli o‘zgarishlar yuz beradigan davrdir. Bunda ovqatlanish me’yori jinsga qarab taqsimlanadi.

Yoz mavsumida bolalar oromgohlarida iste’mol qilinadigan ovqatlar kaloriyasi 10-15 foizga oshiriladi,chunki toza havoda uzoq yurish, jismoniy, harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jalik ishlarida qatnashish, sayohatlar organizmning energiya sarfini oshiradi.

Yoz mavsumida moddalar almashinuvi kuchayadi, bolada o‘sish jarayoni tezlashadi. Shu sababdan bolalar oromgohlarida vitamin hamda oqsilga boy bo‘lgan turli-tuman taomlar va mevalardan iborat taomnoma tuziladi.

Bolalarning sanatoriylarida ovqatlanish tartibi ularning tibbiy ko‘rsatmalari asosida bo‘ladi. Bunday muassasalarda ovqatning energetik baholanishi yuqori bo‘lishi va ko‘proq oqsilga boy hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lishi zarur. Masalan, o‘pka yoki sil kasalligi bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlar uchun ixtisoslashgan maktab-internat va sanatoriylarda tayyorlanishi zarur bo‘lgan ovqat moddalarining kundalik me’yori yuqoriroq belgilangan.

Ularni uzluksiz ravishda echki suti bilan oziqlantirilishi maqsadga muvofiq, chunki echki sutining tarkibida yuqoridagi kasalliklarga qarshi kurashadigan antitanalar ko‘plab uchraydi.

Kundalik ovqatlarni foizlarda ifodalaydigan bo‘lsak: oqsil 15-20 foiz, yog‘ 25-30 foiz, uglevod 50-55 foiz bo‘ladi va 4 martalik ovqatlanish tartibi tashkil qilinadi.

Sportchilar ovqatlanishini tashkil etishda ham gigiyenik talablariga rioya qilish zarur. Ular musobaqa vaqtida ko‘p kuch sarf qiladilar, shu sababli ularning umumiy ovqat miqdorining kuchi 500-600 kkal dan oshishi lozim.

Organizmi gurkirab o‘sib, jismoniy va aqliy jihatdan etuklikka yerishadigan paytda, jismoniy va aqliy mashg‘ulotlar natijasida keskin o‘zgarib borayotgan yosh sportchilarning to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishga katta e’tibor berish lozim. Buni ko‘proq sport internatlari va maktablarda qo‘llash zarur.

Organizmning energiya xarajatlarini o‘rnini to‘ldirib borishda nafaqat sportchining yoshi, balki ovqat miqdori va sifatiga ham ahamiyat berish zarur. Ayniqsa, mashg‘ulotlar paytida ovqat sifatiga, tarkibiga e’tiborni oshirish, ya’ni oqsil-uglevodli ovqatlardan ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki, muskul energiyasining manbai bu karbonsuvlardir. Sport bilan shug‘ullanadiganlarning organizmida ko‘pincha turli vitaminlarga, fosfor, kalsiy va boshqa mineral moddalarga bo‘lgan taqchillik doimo seziladi. Albatta, ovqatlanishni tashkil qilishda buni hisobga olish lozim.

4. Shifokorlar bolalar muassasalaridagi oshxonalar, ovqat tayyorlash sexlarida ovqat tayyorlash vaqtida mahsulotlarni tashilishi va saqlanishi ustidan nazorat ishlarini olib boradilar. Nazorat davomida ovqatlanish tartibi va ratsioniga baho berib boriladi.

Bundan tashqari, ovqatdan zaharlanish va turli kasalliklar kelib chiqmasligi uchun olib borilayotgan kompleks gigiyena va sanitariya tadbirlari ustidan tekshiruv olib boriladi. Kundalik gigiyenik va sanitariya tekshiruviga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tgan-o‘tmaganligini ham nazorat qilib borish kiradi.

Piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa o‘simliklar fitansidlarga juda boy. Bu moddalar taomlar tarkibida yetarli miqdorda bo‘lganida hazm shiralarining mo‘’tadil ajralishiga yordam beradi, chirish jarayonlarini to‘xtatadi, so‘rilishni yaxshilaydi, boshqacha qilib aytganda ovqatlarni mutadil hazm bo‘lishini taminlaydi.

Kuzatishlar natijasida ovqatlanish tartibiga va taomnoma tarkibiga baho berib boriladi. Sanitariya qonunchiligiga asosan kishi umumiy ovqatlanish korxonalariga ishga kirayotganda albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan keyin o‘sha davolash muassasasi tomonidan ishlash uchun unga ruxsatnoma beriladi. Keyinchalik ovqat tayyorlash sexida ishlovchilar har 3 oyda tibbiy ko‘rikdan va yiliga bir marta flyuorografiyadan o‘tib turadilar. Epidemiologiya ko‘rsatmalari asosida qilinishi kerak bo‘lgan profilaktik emlashlar va bakteriya tashuvchilar ustidan tekshiruv ishlari o‘z vaqtida olib boriladi.

Sil, teri yiringli kasalliklari, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, o‘tkir so‘zak va zaxm kabi kasalliklar bilan og‘riyotganlarga bolalar muassasalarida ishlashga ruxsat berilmaydi. Agar ovqat tayyorlash sexi ishchisining oilasida ich terlama, paratif, ichburug‘, bo‘g‘ma va qizilcha (skarlatina) bilan biror kishi og‘rib qolsa, tibbiy ruxsatnomasiz u ishchiga ishlashga ruxsat berilmaydi.

Modda va energiya almashinuvi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning eng muhim funksiyasi va hayotining xarakterli belgisi ekanligi barchamizga ma’lum. Barcha hujayralarda doimo moddalar almashinuvi tufayli hujayra strukturalari va hujayralararo modda uzluksiz hosil bo‘lib, yemirilib va yangillanib turadi. Buning sababi shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir modda ikkinchi moddaga aylanadi.

Bunda energiya bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi, kimyoviy birikmalardagi potensial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi.

Organizm sarflarini to‘ldirish, gavda og‘irligini saqlash va o‘sish ehtiyojlarini qondirish uchun organizmga tashqi muhitdan oqsil, yog‘, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirib turishi lozim. Ularning miqdori va sifati organizmning holatiga va uning yashash sharoitiga mos kelishi kerak. Bunga har xil moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‘luvchi qoldiq moddalardan tozalanishi lozim. Bunga ayiruv organlarining faoliyati tufayli yerishiladi.

Moddalar almashinuvini o‘rganishda fiziologiyaning turli usullaridan foydalanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik hayot jarayonlarini o‘rganishda biokimyo usullari keng qo‘llanilmoqda. Rus olimi Ye.S.London tomonidan yaratilgan angiostomiya usuli moddalar almashinuvini o‘rganishdagi ancha qulay usullardan biridir. Bu usul yordamida organizmning ancha ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib tekshirish mumkin. Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan qonni olib tekshirish yo‘li bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o‘sha organda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Organlarni ajratib olish usulidan ham moddalar almashinuvini o‘rganishda foydalansa bo‘ladi.

Jumladan, tekshirilayotgan muayyan moddani, suyuqlikni izolyasiya qilingan jigardan oqizib o‘tkazish va jigardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tarkibini tekshirish yo‘li bilan tekshirilayotgan moddaning jigarda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi to‘g‘risida fikr yuritilsa bo‘ladi.

Keyingi paytlarda moddalar almashinuvini o‘rganishda radioktiv izotoplar usuli ayniqsa keng qo‘llanilmoqda. Bu usul shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga tegishli radioktiv izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalarning radiaktiv izotoplari) qo‘shiladi, ya’ni o‘sha moddalar “nishonlanadi”.

Radioktiv izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda ularning qanday o‘zgarishlarga uchrashini o‘rganish ancha oson. Chunki radioktivlik xossasiga ega bo‘lgan atomlar, organizmning turli organ va to‘qimalarida shu moddalarning boshqa atomlari orasidan yengillik bilan topiladi. Shuning uchun, ham tekshirilayotgan moddalar radioaktiv izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda o‘sha moddalarning organizmda qaysi organ va to‘qimalarga borishi, qanday o‘zgarishlarga uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini o‘rganish mumkin.

Hujayralar ichida kechadigan moddalarning o‘zgarishi hujayralar ichidagi bo‘shliq yoki oraliq almashinuv deyiladi.

Radioaktiv izotoplarni qo‘llash hayot mohiyati to‘g‘risidagi materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni oqsil molekulalarining yashash shakli deb ta’riflar ekan, hayotning bu shakli oqsilning doimo o‘z-o‘zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. Izotoplar usuli o‘z-o‘zidan yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan, jigarda jami hujayra oqsillarining yarmi 3-5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin xuddi shuncha oqsil yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib qolmasligi, yo‘qolib ketmasligi ma’lum bo‘ldi. Oqsillargina emas, balki yog‘lar, uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi va keyin qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy qismlari ham o‘z-o‘zidan yangilanib turadi.

Moddalarning aylanishi (o‘zgarishi). Oziq moddalarning kimyoviy o‘zgarishi ovqat hazmi traktida boshlanadi. Bu yerda ovqatlarning murakkab moddalari qon yoki limfaga surilishi mumkin bo‘lgan ancha oddiy moddalargacha parchalanadi.

Surilish natijasidla qon va limfaga tushgan moddalar hujayralargacha yetib kelganidan keyin u yerda asosiy o‘zgarishlarga uchraydi.Hosil bo‘lgan murakkab organik moddalar hujayralar tarkibiga kiradi va ularning funksiyalarini bajarilishida ishtirok etadi.

Hujayralar ichida kechadigan moddalarning o‘zgarishi hujayralar ichidagi bo‘shliq yoki oraliq almashinuv deyiladi. Hujayralar ichidagi almashinuvda hal qiluvchi rolni hujayraning ko‘plab fermentlari o‘ynaydi. Ularning faoliyati tufayli hujayra moddalarida murakkab o‘zgarishlar yuz beradi, ularning molekulalari ichidagi kimyoviy bog‘lari uziladi, bu yesa energiya ajralishiga olib keladi.

Bu yerda oksidlanish va tiklanish reaksiyalari muhim ahamiyat kasb etadi, hujayrada boshqa maxsus fermentlar ishtirokida fosfor kislotasi qoldig‘i (fosforlanish), NH2 aminoguruhni (qayta aminlanish), metil guruhi CH3 (transmetillanish) va boshqa o‘tish reaksiyalari kabi, shu tipdagi boshqa kimyoviy reaksiyalar ham bajariladi. Bu reaksiyalar paytida ajraladigan energiyalar hujayralarda yangi moddalarning hosil bo‘lishi uchun, organizmni hayot faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Hujayralar ichidagi almashinuvning oxirgi mahsulotlari qisman hujayralarning yangi moddalarini tuzilishi uchun sarflanadi, hujayralar tomonidan foydalanilmaydigan moddalar organizmda ayiruv organlari orqali chiqarib tashlanadi.

O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi. Kunlik ovqatlanish tartibi, o‘quvchi kun tartibining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, ma’lum tartib bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon-ichaklarni normal ishlashi, ishtahaning yaxshi bo‘lishini ta’minlasa, ikkinchidan, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, ya’ni bolalarni har kuni ma’lum belgilangan vaqtda ovqatlanishi, ularni intizomli bo‘lib tarbiyalanishining muhim omilidir.

Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar.

1.Modda va energiya almashinuvi deganda nimani tushunasiz?

2.Insonlarning kasbiy holatiga ko‘ra sarflanadigan energiyasiga bog‘liq holda nechta guruhga bo‘linadi?

3.Ovqatlanishning tartib qoidalari?

4.Sutka davomida necha marta ovqatlanish tavsiya etiladi?.

Ma'ruza: Mavzu Bolalarda ajratish a'zolari va endokrin (ichki sektetsiya) bezlar faoliyatining yosh xususiyatlar.

4-Ma’ruza

Mavzu: «Bolalar va o’smirlarda buyraklar va endokrin (ichiki sekresiya) bezlar faoliyatining xususiyatlari»

Reja

1.Ayirish organlarining tuzilishi va xususiyatlari



2.Bolalarda buyrak faoliyatining fiziologik xususiyatlari

3. Buyraklarda siydik hosil bo’lishi jarayoni va siydik ayirish organlari gigiyenasi.

4.Tashqi, ichki va aralash bezlar haqida umumiy tushuncha.

5.Bolalar va o‛smirlarda ichki sekresiya bezlarining fiziologik ahamiyati.

6.Gipofiz va qolqonsimon bez, me’da osti va buyrak usti bezlar faoliyati.

7.Ichki sekresiya bezlar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar.

8.Jinsny byezlar gormonlarining jinsiy yetilish tezligining boshqarishdagi ahamiyati.

Tayanch iboralar: nefronlar,nefrit,Shumlyanskiy kapsulasi, Genli xalqalar, kapillyarlar, buyrak jomchasi, buyrak .darvozasi,Malpigi tugunchalari, shilliq,muskul qavatlari,filtrasiya davri, reabsorbsiya jarayonlari

1.Ayirish organlarining tuzilishi va xususiyatlari. Ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yog’, uglevodlar, suv, tuzlar oshqozon-ichaklardan qonga so’rilib, jigarga boradi. U yerda keraksiz zaharli moddalardan tozalanib, yana qon orqali tananing barcha to’qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda bu moddalar o’z navbatida ma’lum tarkibiy qismlarga parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zaharli bo’lgan moddalar –siydik kislotasi, azot qoldig’i, mochevina, karbonat angidrid kabilar hosil bo’ladi. Bu zaharli moddalar hujayralardan qonga o’tib, ayirish organlari orqali organizmdan chiqarib yuboriladi. Ayirish a’zolariga: buyraklar, teri, o’pkalar va hazm organlari kiradi. Gazsimon moddalar (CO2) nafas olish organlari orqali tashqariga ajratiladi. Hazm organlari orqali esa, qoldiq oziq moddalar tashqi muhitga ajratib yuboriladi. Organizm uchun o’ta havfli hisoblangan siydik kislota, qoldiq azot, ba’zi tuzlar suvda erigan xolda buyraklar orqali siydik tarkibida tashqariga ajratiladi. Suv va tuzlarning bir qismi teri orqali ham tashqariga ajratiladi. Shunday qilib, ayirish –odam organizmi uchun o’ta muhim fiziologik jarayon bo’lib, uning natijasida organizm moddalar almashinuvidan hosil bo’lgan qoldiq, zaharli moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.

2. Bolalarda buyraklar faoliyatining fiziologik xususiyatlari

Siydik ayirish a’zolariga o’ng va chap buyraklar, siydik yo’llari, siydik pufagi kabi organlar kiradi. Buyrak juft a’zo bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining yon tomonida joylashgan. Buyraklar loviyasimon shaklda bo’lib, ustki po’stloq va ichki mag’iz qavatlaridan iborat bo’ladi. O’z navbatida har bir buyraklarning ustida buyrak usti bezi ham joylashgan bo’ladi. Voyaga yetgan bolalarda har bir buyrakning og’irligi 150 gramdan keladi.

Katta yoshli odamlarda buyrak bo’ylamasiga kesib qaralsa, uning to’qimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir po’st qavat va ichki oqimtir mag’iz qavatdan iboratligini ko’rish mumkin. Buyraklar mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan, siydik ajratishda asosiy vazifani bajaradigan nefronlardan- (tanachalardan) tashkil topgan. Har qaysi buyrakda voyaga yetgan bolalarda 1million atrofida nefronlar bo’ladi. Nefronlarning ichki tuzilishi juda murakkab bo’lib, egri-bugri kalavasimon kanalchalardan tashkil topgan. Buyrakning tashqi qavatidan Shumlyanskiy kapsulasi boshlanib, ichki qavatda ikkinchi tartib kalavasimon kanalchalarni hosil qiladi. So’ngra yuqoriga ko’tarilib buriladi. Bu burilish joyi Genli halqasi deb ataladi. Siydik har bir nefronning kanalchalarida haraktlanib, zaharli moddalardan tozalanib qonga qayta so’riladi. Qoldiq moddalarga boy bo’lgan siydik ikkilamchi siydik deb ataladi va tashqariga chiqarib turiladi. Buyraklarda hosil bo’lgan siydik, har biri 30 sm dan keladigan siydik yo’li orqali siydik pufagiga kelib to’planadi. Bu pufakda 500-700 ml. gacha siydik to’planishi mumkin. So’ngra bosh miya yarim sharlarining po’stloq qismidan keladigan signallar (impulslar) orqali ixtiyoriy siydik chiqarish refleksi yuzaga keladi. Chaqaloqning buyragi esa, yumaloq shaklda bo’lib, yuzasi g’adir-budir, uzunligi 4,2 sm, og’irligi 12 gr. atrofida bo’ladi. Emadigan davrning yarmiga borib, 5-6 oylik bolalarda buyrakning og’irligi 24 gr. ga yetadi. Bir yoshdan so’ng 36-37 gr. ga ortadi. 15 yoshli bolalarda 115-120 gr.ni tashkil etadi. Demak, bolalikning turli davrlarida buyrakning og’irligi va xususiyatlari ham turlicha bo’ladi.

3.Buyraklarda siydik hosil bo’lishi jarayoni. Buyraklarda siydikning hosil bo’lishi ikki fazada kechadi. Birinchi faza -filtrlanish davridir. Bu bosqichda buyrak tanachasining kapillyarlar koptokchasidagi bosim bilan buyrak tanachalari kapsulasi orasidagi bosimlarning farqi hisobiga buyrak tanachalari kapsulasi yuzasiga qondagi moddalarning filtrlanishi yuz beradi. Kapsula yuzasiga qon plazmasidan suv, anorganik tuzlar, mochevina, siydik kislotasi, glyukoza, aminokislotalar filtrlanadi. Oqsillar yirik molekulali bo’lganligi sababli kapsula yuzasiga o’tmaydi va qonda qoladi. Kapsula yuzasiga tushgan filtrlangan suyuqliklar –birlamchi siydik deb ataladi.

Siydik hosil bo’lishining ikkinchi fazasida birlamchi siydikning tarkibidagi bir qator moddalar qonga qayta so’riladi. Mochevina, siydik kislotasi, azot qoldig’i kabilar qonga qayta so’rilmaydi va ular buyraklar orqali organizmdan chiqarib yuboriladi. Bu siydik ikkilamchi siydik bo’lib, katta odamlarda bir kecha kunduzda miqdori 1 yoki 1,5 litrni tashkil etadi. Bir oylik bolada bir kecha kunduzda 350-400 ml, bir yoshda 700-800ml, 4-5 yoshda –bir litr,10 yoshdan boshlab 1,5 litrgacha siydik ajraladi.

4. Siydik ayirish organlari gigiyenasi. Siydik ayirish a’zolarining ko’p uchraydigan kasalliklariga buyrak va siydik yo’llarining yallig’lanish hamda tosh kasalliklari kiradi. Yallig’lanish kasalliklari shamollash va qon orqali buyrak hamda siydik yo’llariga mikroblar tushishi natijasida kelib chiqadi. Ayniqsa, tomoq og’riganda (angina), tish kasalliklarida, o’pkaning yallig’lanish kasalliklarida mikroblar qonga o’tib siydik ayirish organlarini yallig’lantiradi. Buyrak tosh kasalliklarini oldini olish uchun tuz iste’mol qilishni normada bo’lishini ta’minlash kerak. Katta odamlar bir kunda bor yo’g’i 5-6 gramgina tuz iste’mol qilishlari kerak. Sho’r,achchiq ovqatlarni iste’mol qilish buyraklarda tuz erimasdan tosh hosil bo’lishiga olib keladi. Buyrakning shamollash va tosh kasalliklarida albatta, parxez taomlarni iste’mol qilish va to’g’ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga egadir.

Odamning terisi ham ayirish organlariga kiradi. Teri uch qavatdan iborat: 1) epidermis qavati; 2) derma, yoki chin teri qavati; 3) Gipoderma ya’ni teri osti yog’ qavati. Teri himoya,sezish, nafas olish va ayirish vazifalarini bajaradi. Terida 2millionga yaqin ter bezlari bo’lib, bular orqali bir kecha-kunduzda katta odamlarda yarim (0,5) litrdan-3 litrgacha ter ajraladi. Yozning issiq kunlarida bo’ ko’rsatkich bir necha marta ortadi. Teri zaharli moddalarni ajratib chiqarib, buyraklarga bevosita yordam beradi va organizmni tozalashda ishtirok etadi.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI.

1. Odam organizmida uch xil bez bo’ladi:

Tashqi syekryetsiya byezlari. Tashqi syekryetsiya byezlariga tyeridagi tyer, yog’, sut, so’lak (quloq oldi, til osti va jag’ osti) hamda me`da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi.Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi.Shuning uchun bu byezlar tashqi syekryetsiya byezlari dyeb ataladi. Ba'zi olimlarning fikrncha, jigar ham eng katta tashqi syekryetsiya byez hisoblanadi, ya'ni ishlab chiqariladigan o’t suyuqligi ichakka qo’yiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi.

Ichki syekryetsiya byezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga qo’yiladi. Shuning uchun bu byezlar ichki syekryetsiya byezlari dyeb ataladi. Ichki syekryetsiya byezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti byezlari kiradi.

Aralash byezlar. Bularning to’qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik huddi tashqi syekryetsiya byezlaridagiga o’xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa huddi ichki syekryetsiya byezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga chiqariladi. Bularga me`da osti va jinsiy byezlar kiradi.

Umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me’da osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezilari, jinsiy bezlar, plasenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekresiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo’zg’ataman) deyildi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilgandan so’ng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va to’qimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki to’qimalardagi hayotiy jarayonlarining belgili tomonlariga ta’sir qilib, ular faoliyatini o’zgartiradi. Gormonlar ta’siri uch xil yo’nalishda amalga oshadi:

Birinchidan, ularning ba’zilari to’qimalardagi moddalar almashinuviga ta’sir ko’rsasa,

Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to’qima va organlar ixtisoslashishining jadallashtiruviga ta’sir ko’satadi.

Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini o’zgartiradi. Masalan, buyrak usti bezidan ishlanib chiqiladigan adrenalin gormoni, me’da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari organizmda uglevod almashinuviga, uning boshqarilishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organik moddalarni parchalanishini jadallashtiradi. Bu bezning gormoni metamorfozga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Uning bu xususiyatini ayniqsa, baqalarda yaxshi kuzatsa bo’ladi. Adrenalinning yurak ishini tezlashtirish, vazopressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon) qon tomirlarini toraytirishi gormonlarning organlar faoliyatini o’zgartirishiga ularning ishini boshqarishiga misol bo’la oladi va hakozo.

Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm funksiyalarini boshqarishda (regulyasiya qilishda) ishtirok etadi. Bu jarayonda nerv tizimi etakchi o’rinni egallaydi. Shunday bo’lsada, funksiyalarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, ya’ni gumoral yo’l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim.

Gormonlar bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday bo’lmasin ma’lum bir gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi va unda tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda hosil bo’lib, tegishli organlarda uzluksiz parchalanib turadi.

Har turdagi hayvonlarning bir-xil turdagi gormonlari o’z xossalari jihatidan bir-biridan odatda ko’p farq qilmaydi. Shu sababli zaruriyat tug’ilganda bir turdagi hayvonning ko’pchilik gormonlarini boshqa bir turdagi hayvonlarga yuborish mumkin.

Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqariladigan bo’lgani uchun ular organizmning barcha organ va to’qimalariga etib boradi va shu tariqa hosil bo’lgan joydan ancha uzoqdagi organ va to’qimalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi maxsus hujayralarda hosil bo’ladigan gormonsimon moddalar "hujayra gormonlari" boshqa organlarga o’tmaydi. Shu sababli ular hosil bo’lgan joydagina o’z ta’sirini namoyon qiladi. Bunday "hujayra gormonlari"dan tashqari "to’qima gormonlari" ham bor. Ular organizmning belgili qismlarida, muayyan to’qimalarda hosil bo’ladi va hosil bo’lish jarayonida qo’shni to’qimalarga sizilib o’tib turadi, shunday qilib, bir muncha mahalliy ta’sir ko’rsatadi.

Gormonlar nerv impulslariga qaraganda sekin tarqaladi, biroq, uzoqroq ta’sir ko’rsatadi. Gormonlar, ferment emas. Ammo ular fermentlarni faollash yo’li bilan o’z tasirini namoyon qilsa kerak. Shu sababli ular hujayralardagi jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatib, hujayralar membranasi o’tkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini, ularning ion tarkibini o’zgartira oladi. Gormonlar ta’siri tufayli to’qimalarda sezilarli miqdorda 3’, 5’ - adenozin monofosfat topiladi. Bu modda gormonlar ta’sirini hujayralarga o’tkazadigan "vositachi" bo’lib hisoblanadi. Hujayra va to’qimalarga bevosita ta’sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli reseptorlarga ham ta’sir ko’rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga ham ta’sir ko’rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar, kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNKga ta’sir ko’rsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, qoplovchi modda-gistonlardan xolos bo’lishiga yordam beradi. Informasion RNKning har bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o’sha gistonlardan xolos bo’lgan qismidagina hosil bo’ladi. Informasion RNK esa oqsil biosintezini, demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi.

2. Organizmdagi barcha endokrin bezlar fuksional jihatdan bir-biriga juda aloqador, ular nerv tizimi faoliyati bilan ham mahkam bog’langan. Ichki sekresiya bezlari nerv tizimining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan, o’zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz o’zgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi. Markaziy nerv tizimi, birinchi navbatda, gipotalamus va undagi tegishli yadrolar organizmdagi turli organlarning holati, to’qimalardagi tegishli moddalarning miqdori to’g’risida muntazam ravishda axborot olib turadi. Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga nerv impulslari yuboradi va u orqali ko’pchilik endokrin bezlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog’liqki, gipofizning bez qismi boshdan-oyoq nerv to’qimalaridan tuzilgan va gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o’z navbatida, organizmdagi ichki sekresiya bezlarining eng asosiy, "rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa bezlarning faoliyatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Gipotalamusdan tashqari markaziy nerv tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim sharining po’stlog’i ham ichki sekresiya bezlari faoliyatining boshqarilishida ishtirok etadi.

Muayyan ichki sekresiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan organlar faoliyati bilan muntazam ravishda o’zaro aloqada, qaytar bog’lanishida bo’ladi. Boshqacha aytganda, tegishli endokrin bezlardan nechog’li ko’p gormon ajralishi o’sha bez ta’siri o’tadigan organ holatiga bog’liq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya’ni bezning gormoni boshqasining holatiga ta’sir qiladi va aksincha. Endokrin bezlarning o’zaro aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy o’zaro plyus-minus yoki minus-plyus ta’sir to’g’risidagi prinsipni olg’a surdi. Bu tamoyil prinsipga ko’ra, o’zaro bog’liq bo’lgan ikkita endokrin bezdan birining gormoni ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsasa, ikkinchisining gormoni birinchisining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Haqiqatdan ham aksariyat endokrin bezlar o’rtasida shunday bog’lanish mavjud. Masalan, gipofiz oldingi qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim gormonlari gipofizning oldingi qismidan molekulalar etilishini tezlashtiruvchi gormon ajralishini susaytiradi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.

Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu prinsipga bo’ysinavermaydi. Shunday bo’lsa-da, endokrin bezlarning qaytar bog’lanishida ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral yo’l bilan boshqarilishida salmoqli o’rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil gormon ajratadi. Bu gormonlarning ayrimlari bir funksiyaga bir xil yo’nalishda ta’sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta’sir qiladi. Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar etilishini jadallashtiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta’sir qiladi. Me’da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadi. Ularning birinchisi qonda qandni kamaytirsa, ikkinchisi ko’paytiradi. Shunday bo’lishidan qat’iy nazar, endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga nihoyatda mos keladigan bir ravishda ajraladi.

Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda keng foydalaniladigan usullar quyidagilardir:

1. Eksterpasiya - operasiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va shundan keyin organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarni kuzatish.

2. Transplantasiya - endokrin bezini ko’chirib o’tkazish (auto, gomo va getero transplantasiya).

3. Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni hayvonga yuborib, kuzatiladigan o’zgarishlarni o’rganish.

4. Parabioz - ikki hayvon o’rtasida biologik uzviylik hosil qilish. Buning uchun ikki yoki undan ortiq tajribadagi hayvonning qon tomirlari bir-biriga ulanadi. Keksa va yosh, jinsiy jihatdan etilgan va etilmagan, bichilgan va bichilmagan, urg’ochi va erkak hayvonlar qon aylanish tizimini bir-biriga ulash va keyin tegishli kuzatuvlarni olib borish yo’li bilan belgili endokrin bezlar faoliyatini o’rgansa bo’ladi.

5. O’rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonning fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko’rish yoki angiostamiya usuli.

6. Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlarning organizmda sintezlanishini, almashishini o’rgansa bo’ladi.

Bulardan tashqari endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda boshqa turli-tuman fizologik, bioximik, morfologik usullar qo’llaniladi.

Qalqonsimon bez barcha umurtqali hayvonlarda bo’ladi. Sut emuzuvchilarning bo’yni sohasida, qalqonsimon tog’ayning ikki yonida joylashgan bo’lib, shaklan qalqonga o’xshab ketadi. Bu bez o’zaro tutashgan ikki bo’lakchadan iborat. Qalqonsimon bezning hajmi har xil turdagi hayvonlarda turlicha bo’lib, bir turdagi hayvonlarda ham bir muncha farq qiladi. Uning kattaligi hayvonning yoshi, jinsi, organizmning holati, yilning fasli va bir qator omillarga bog’liq. Jumladan, ser sut qoramollarda bu bez og’irligi 23-41, go’shtdor shoxlilarda esa 21-36, cho’chqalarda 12-30, arxarlarda 20-35, qo’ylarda 4-7 grammni tashkil qiladi.

Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta’minlanib turadi. Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali bir kunda 16 marta aylanib, oqib o’tishi mumkin.

Bezning parenximasi va stromasi bo’ladi. Parenximasi o’ziga xos pufakchalardan, ya’ni follikulalardan tashkil topgan. Bu pufakchalarning devori sekretor epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus kolloid modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalarning ichi o’sha kolloid moddalar bilan to’la turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so’ng qon va limfaga o’tadi. Follikulalarning orasida biriktiruvchi to’qima bo’lib, u bezning stromasini tashkil qiladi.

Qalqonsimon bezning asosiy gormoni tiroksindir.Tiroksin tarkibida yod bor. Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga o’zi bilan kiradigan yodning asosiy qismi qonga so’rilgandan keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez hujayralari uni ushlab qoladi. Bu erda anorganik yo’d sitoxromoksidaza va peroksidaza fermentlarining ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. So’ngra taxminan ikki soat davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi. Oqibatda monoyodtirozin va diyodtirozin molekulalari hosil buladi. Tetrayodtirozin tiroksin gormoninig o’zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma molekulalarini hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab glyukoproteiddir. Uning molekulasida 10 ta polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan aminokislotalardan tashqari glyukoza, galaktoza, mannoza ham saqlanadi. Tireoglobulin follikulalarning ichidagi kolloidda yig’iladi, ayni vaqtda uning ma’lum qismi parchalanib ham turadi. Shunda triyodtirozin va tetrayodtirozin - tiroksin hosil bo’lib, qonga so’riladi. Ular qondagi oqsillar bilan birikadi va tegishli to’qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi vaqtlarda olingan malumotlarga qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin to’qimalarda oksidlanib, dezaminlanadi. Oqibatda triyodtiroasetat va triyodtiropropinant kislotalar hosil bo’ladi. Bular tiroksin va triyodtironinga qaraganda 80-300 baravar faolroqdir.

Tiroksin va triyodtironin to’qimalarda shu birikmalar holida ta’sir qiladi deb hisoblanadi.

Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o’sishi, rivojlanishida, unda oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Bu gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qalqosimon bezda hosil bo’ladigan tiroksin, triyodtironin va triyodteroasetat kislota va boshqa ba’zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning mitoxondriyasidagi oksidlanish jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril guruhlarga aylantirib, ularni faollashtiradi. Organizmda qalqonsimon gormonlari etishmay qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo’ladi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg’ochi hayvonlarda ovulyasiya va urug’lanish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion bo’g’ozlikning boshidayoq halok bo’ladi.

Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari etishmaganida (gipofunksiyasida) yosh hayvonlar o’sishdan, rivojlanishdan qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi.

Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz) kretinizm kasalligini paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu paytda bo’y o’smaydi, uning og’zi doimo ochiq bo’lib, tili chiqib turadi. Chunki til haddan tashqari o’sib ketib og’izga sig’may qoladi. Voyaga etmagan hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi etarlicha ishlamasa, Miksedema kasalligi paydo bo’ladi. Bu vaqtda asosiy almashinuv pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi, to’qimalarda suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo bo’ladi. Organizmda yod kamchiligi paytida bo’qoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez to’qimasining etarlicha ishlamayotganligi tufayli u gipertrofiyalanib, katta bo’lib ketadi, follikulalari ko’payadi, ammo, ajralayotgan gormonlarning miqdori kam bo’ladi. Chunki ularning sintezlanishi uchun yod etishmaydi. Infitireoid, ya’ni qalqonsimon bez gormonlarining faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga tiomochevina, tionrasil, metiltionrasil va qalqonsimon bezda gormonlarning hosil bo’lishini tormozlaydigan ko’pchilik sulfanilamid preparatlar kiradi. Ular anorganik yod molekulalarini yodgacha oksidlovchi, tirozining yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta’sir qilganda organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan o’zgarishlar ro’y beradi. Ammo bu moddalar qonda mavjud bo’lgan va tashqaridan yuboriladigan gormonlarga ta’sir qilmaydi. Tireoid gormonlar organizmga yuborilganda oqsillar, yog’lar va uglevodlar tez parchalanib, ko’p sarf bo’ladi. Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan mochevina hisobiga ko’payadi. Manfiy azot muvizanati kuzatiladi. Jamg’arilgan yog’ ko’p miqdorda kamaya boradi. Tiroksin yuborilganda, yog’ depolaridagi yog’ning miqdori 70% gacha kamayib ketadi, qonda xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishi tezlashib, qonda qand miqdori bir oz ko’payadi. Oqibatda organizmning fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez ko’payadi. Ma’lum me’yorda tiroksin yuborib turish sut beruvchi hayvonlarning sut mahsuldorligini, sutning yog’liligini oshiradi. Tovuqlar patining o’sishini yaxshilaydi, tuxum ko’payadi.

O’sayotgan bolalar tishining normal o’sib chiqishi, to’qimalarning regenerasiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga bog’liq. Bu gormonlarning markaziy nerv tizimining funksional holatiga ta’sir qilishi diqqatga sazovordir.

Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin yuborilib turgan hayvonlar qo’zg’aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan bo’lib qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo’lishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya po’stlog’idagi qo’zg’alish jarayonlari pasaytirilsa, organizmga tiroksin yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar miya po’stlog’i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Tiroksin bosh miya retikulyar formasiyasida to’planadi degan ma’lumotlar bor. Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, uni qonga yuborgan paytdagidan ko’proq kuchayadi. Normada qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi, ya’ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning bo’g’ozlik, laktasiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning giperfunksiyasi buyrak usti bezining faolligini bir muncha tormozlaydi. Fiziologik gipofunksiya (bez faoliyatining normadan pasayishi), qishda uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki uxlash vaqtida kuzatiladi.

Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon ham hosil bolishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin follikulalar ichiga o’tmaydigan bo’lgani uchun ularning ichidagi kolloid suyuqlikning tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan polipeptid bo’lib, tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibi turli hayvonlarda har xildir. Tireokalsitonin qonda kalsiy va fosforning miqdorini kamaytiradi. U suyaklardan qonga kalsiy chiqarilishiga to’sqinlik qilib, siydik bilan fosforning ko’p chiqarilishiga sabab bo’ladi va parotireoid bezlarning gormoni bo’lmish paratgormonning antogonisti hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda kalsiy ko’payib ketganda sezilarli miqdorda ajralib, qon ion tarkibining bir me’yorda saqlanishida katta rol o’ynaydi.

Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib boradi. Simpatik nerv tizimining bezga keladigan tolasi qo’zg’atilganda bezning giperfunksiyasiga xos belgilar kuzatiladi, chunonchi, ko’z cho’qqayib qorachig’i kattalashadi, asosiy almashinuv kuchayadi. Parasimpatik nerv tolalari esa bez faoliyatini susaytiradi. Shu bilan birga, bosh miyada qo’zg’alish jarayonlari ustun turganda bez faoliyati kuchaysa, tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez faoliyati susayadi. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning oldingi qismidan ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning parchalanishini, gormonlarning sintezlanishini, ularning bezdan qonga o’tishini va bezga yod kelishini kuchaytiradi. Gipofiz esa gipotalamus bilan mahkam bog’langan bo’lib, ikkalasi yaxlit tizimni tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi.

Binobarin, qalqonsimon bez faoliyatiga nerv tizimi bilan va endokrin tizim chambarchas bog’langan holda, birlashtirib ta’sir ko’rsatadi. Miya po’slog’i ham qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz tizimi orqali ta’sir ko’rsatadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin: qalqonsimon bezning nerv aloqalari uzilsa, bu vaqtda asosiy almashinuvni shartli reflektor yo’l bilan kuchaytirish mumkin. Ayni paytda miya po’stlog’i gipofizdan tireotrop gormon ajralishini kuchaytirish yo’li bilan qalqonsimon bezga ta’sir ko’rsatadi. Ammo bezning nerv aloqasi uzilgandan so’ng gipofizning po’stloq bilan aloqasi ham uzilsa, asosiy almashinuvni endi shartli reflektor yo’l bilan kuchaytirib bo’lmaydi.Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya’ni paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo’ladigan bu bezchalar ko’pchlik sut emizuvchi hayvonlarda to’rtta bo’ladi. Ular aksar qalqonsimon bez yonidan joy oladi-yu, lekin ba’zi hayvonlarda shu bez to’qimasi bilan bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qo’shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va asidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan, asitofill hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik nerv tizimi tolalari bilan ta’minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham oladi.

Paratireoid bezchalar ishlamay qo’yganda nimalar ro’y berishi otlar, itlar ustida shu bezchalarni olib tashlab o’tkazilgan tajribalarda o’rganildi. Itlarda to’rtala bezlarning hammasi olib tashlansa, ikki-uch sutka o’tgandan so’ng itlar ishtahasi yo’qolib, juda qiyinlik bilan yuradigan, bosh va tanasining ayrim muskullari tinmay titrab turadigan bo’lib qoladi. Bu titroq vaqt o’tishi bilan tobora kuchayaveradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan-oyog’iga tarqalib, umumiy talvasaga aylanadi, talvasa tutishi tobora tezlashaveradi va oxirida it halok bo’ladi.

Paratireoid bezchalar to’la olib tashlanmasa, hozir aytib otilgan hodisalar kamroq darajada namoyon bo’ladi, ammo shunda ham hayvon ozib ketadi, junlari to’kilib shilliq pardalariga qon quyiladi, meda va ichaklarida uzoq vaqt davomida tuzalmaydigan yaralar paydo bo’ladi. Paratireoid bezchalar olib tashlangandan keyin titroq (tetaniya) paydo bo’lish muddati va nechog’li namoyon bo’lish darajasi ozuqaga ham bog’liq. Jumladan, paratireoid bezlari olib tashlangan itlarga go’sht berish titroq paydo bo’lishini tezlashtirsa, sut va o’simlik ozuqalarini berish tetaniyaning kechroq to’tishiga sabab bo’ladi. Chunki o’simlik dunyosidan olingan ozuqalar va sut tarkibida kalsiy go’shtdagiga qaraganda ko’proq, fosfor kamroqdir. Paratireoid olib tashlangandan keyin kuzatiladigan kasallik belgilarining go’shtxo’r hayvonlarda o’txo’r hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq avjiga chiqishiga sabab ham shu. Paratireoid bezlarning hammasini butunlay olib tashlash barcha turdagi hayvonlarda ham ertami-kechmi albatta o’limga olib kelishini aytib o’tish kerak. Bo’g’ozlik, laktasiya kabi fiziologik jarayonlar paytida organizmning kalsiyga bo’lgan ehtiyoji oshadi. Demak, paratireoid bezlarni shu davrda olib tashlash zo’r tetaniya tutushiga sabab bo’ladi. Paratgormon etishmasligidan paydo bo’ladigan tetaniya yosh hayvonlarda voyaga etgan hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq bo’lib o’tadi.

Organizmga kalsiy to’planib qolishiga sabab bo’ladigan moddalar - kalsiy va vitamin Dni etarli miqdorda berib turish tetaniya paydo bo’lishiga vaqtincha to’sqinlik qiladi. Paratireoid bezchalardan ishlanib, qonga o’tib turadigan paratgormon oqsil modda bo’lib, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon etishmaganda qonda kalsiy kamayadi. Odatda, organizmda paratgormon suyak to’qimadan belgili miqdordagi kalsiyning qonga chiqib turishini va shu tariqa qondagi kalsiy miqdorining normal darajada saqlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, paratgormon ichaklardan kalsiyni qonga so’rilishini, buyrak kanalchalarida kalsiy reabsorbsiyasini kuchaytiradi, suyaklarda asteoklastlarning ko’payishini ta’minlaydi.

Natijada qonda kalsiy miqdori odatda doimo bir me’yorda (normada 9-12 mqr % atrofida) saqlanib turadi. Paratgormon siydik bilan fosfatlar chiqishini kuchaytiradi. Paratireoid bezchalar olib tashlanganda yoki ular faoliyati buzilganda, paratgormon etishmay qolishi tufayli qonda kalsiy miqdori kamayib 7 hafta 5 mqr % ga tushib qoladi. Fosfatlar ko’payib ketadi. Bu esa, miya po’stlog’i funksional holatining buzilishiga olib keladi. Orqa miya uzunchoq miyaning qo’yorog’idan kesib qo’yilsa, tetaniya hodisalari to’xtaydi. Paratgormon hayvonga ichirilganda uning aksariyat qismi oshqozon-ichak tizimida faolligini yo’qotadi. Shuning uchun ham bu gormonni qonga yuborish yaxshi natija beradi. Paratgormon uzoq vaqt davomida organizmga ko’p miqdorda yuborilsa, yoki paratireoid bezlarning funksiyasi kuchayib kesa, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buziladi. Qonda kalsiy miqdori ko’payib, muskullarning ish qobiliyati pasayadi, organizm tez charchaydigan bo’lib qoladi. Siydik va axlat bilan kalsiy ko’p chiqariladi. Paratgormon - organizmga paydar-pay ko’plab yuboriladigan bo’lsa, buyrak faoliyati buzilib, organizm halok bo’lishi mumkin.

Paratireoid bezchalar faoliyatining boshqarilishi.Qondagi kalsiy ionlari bez to’qimasiga bevosita faol ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lganidan bu bezchalar faoliyatining boshqarilishida qondagi kalsiy miqdorining ahamiyati katta. Qonda kalsiy kamayganda, paratireoid bezlar ichki sekresiyasi kuchayadi, ko’payganda esa susayadi. Paratireoid bezlardan tarkibida kalsiy ionlari bo’lmagan qon o’tkazilsa (perfuziya), paratgormonning ko’p ajralishini ko’ramiz. Demak, qondagi kalsiy ionlari miqdori bilan paratgormonning ajralishi o’rtasida qaytar bog’lanish mavjud. Qondagi kalsiy miqdori ham paratgormon tufayli nisbatan doimo o’zgarmas darajada bo’ladi.

3. Ko’pchilik umurtqali hayvonlarning buyrak usti bezlari juft organ bo’lib, buyraklarning ustida joylashgandir. Ayrim hayvonlarda bu bezlar buyrakka bevosita tutashib tursa, ikkinchi bir xil hayvonlarda buyrakdan bir oz nariroqda joylashgan bo’ladi. Buyrak usti bezlari bir-biridan farq qiladigan ikki qavatdan, po’stloq (interinal to’qima) qavati va mag’iz (xromofin to’qima) qavatidan tashkil topgan. Organizmda mag’iz va po’stloq qavatlarining hujayralaridan iborat mayda bezchalar, ayrim hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo’shimcha holatida ham uchraydi.

Bu qavatlar o’zining funksional jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Mag’iz qatlami kalsiy bixromat bilan bo’lganda sarg’ish-jigarrang turga bo’linadi, bu qavat hujayralarning xromotin hujayralar deb atalishiga ham sabab shu. Buyrak usti bezlari qalqonsimon bezga qaraganda qon bilan kamroq ta’minlanadi. Har bir bezga uchta arteriya qon tomiri keladi. Ular bezning kapsulasiga kapillyarlar to’rini hosil qilib, mag’iz qavatiga yo’naladi. Shunday qilib, bezning mag’iz qavati po’stloq qavatining sekretiga to’yingan qon bilan taminlanadi.

Po’stloq qismining faoliyati. Buyrak usti bezining po’stloq qavati hujayralari o’zining kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki zona. Buyrak usti bezining po’slog’idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortiko steroidlar ajratib olingan, biroq ularning 8 tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari po’stloq qavati steroidlari besh guruhga bo’linadi:

1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Indrogenlar; 4. Istrogenlar; 5. Gestogenlar.

Bularning ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar katta ahamiyatga egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi. Mineralokortikoidlarga dezoksikortikosteron va aldesteron kiradi, aldesteron faolroq va asosiy mineralokortikoid gormon bo’lib hisoblanadi. Mineralokortikoidlar koptokchali zonada ishlanib chiqadi. Ular buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini kuchaytirib, kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Oqibatda, qon, limfa va to’qima oraliq suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko’payib, kaliy kamayadi. Shu sababli osmotik bosim oshib, organizmda tegishlicha tuz ushlanib turadi, qon bosimi va boshqa xavfli muhim ko’rsatkichlar normal darajada saqlanadi. Mineralokortikoidlarning etishmasligi organizmdan ko’p miqdorda natriy chiqib ketishiga, natijada bir qator xavfli muhim ko’rsatkichlarning o’zgarib qolishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham buyrak usti, bezlarning po’stloq qavati olib tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o’lib qoladi. Bunday hayvon organizmiga ko’p miqdorda natriy yoki mineralokortikoidlar yuborib turish yo’li bilan hayotini saqlab turish mumkin.



Glyukortikoidlarga kortizon, girokortizon va kortiko-steronlar kiradi. Qo’y va echkilar buyrak usti bezining po’stloq qavatida kortikosteron, yirik shoxli mollarda, cho’chqalarda, it va mushuklarda esa bularning har ikkalasi sezilarli miqdorda hosil bo’ladi.

Glyukortikoidlar tutamli zonada ishlanib chiqadi va oqsillarning uglevodlarga aylanishini tezlashtiradi. Bu vaqtda oqsillarning parchalanishi tezlashib, jigarda oksidlanish va dezaminlanish reaksiyalari kuchayadi. Oqibatda qonda qand, jigar va muskullarda glikogen miqdori ko’payadi. Bu gormonlar uglevodlarni yog’ga aylanishiga ham to’sqinlik qiladi. Ular ko’p miqdorda organizmga yuborilganda muskul va biriktiruvchi to’qima oqsillari kamayib ketadi. Erkaklik jinsiy gormonlari - androgenlar, urg’ochilik jinsiy gormonlari - istrogenlar va gestrogenlar, jumladan, progesteron to’rli zonada hosil bo’ladi. Steroid gormonlarning organizmda almashinuvi natijasida yuzaga kelib, qonda mavjud boladigan 17 kortikosteroidlarning miqdorini aniqlash yo’li bilan buyrak usti bezlari po’stloq qavatining funksional faolligi tog’risida fikr yuritiladi. Chunki qondagi eozinofillar va limfositlar miqdori ham bir nav ko’rsatkich bo’lib, xizmat qilishi mumkin, chunki glyukokortikoidlar bu hujayralar hosil bo’lishini tormozlaydi. Buyrak usti bezlarining po’stloq qavatining gormonlari turli kasalliklarga, har xil turdagi noqo’lay sharoitlarga (sovuq, issiq haroratga, gipoksiya va hokazolarga) organizm chidamini oshirishda katta rol o’ynaydi. Buyrak usti bezlarining po’stloq qismidan gormonlar ajralishini gipotalamus va gipofiz idora etib turadi. Gipofiz olinib tashlangan hayvonlarda bu bezlarning po’stloq qatlami (koptokchali zonasidan tashqari) atrofiyaga uchraydi. Gipofiz buyrak usti bezlarining faoliyatini o’zi ishlab chiqaradigan adrenokortikotrop gormon (AKTg) vositasi bilan idora qiladi. Gipofiz olib tashlangan hayvonlarga shu gormonlardan belgili miqdorda yuborib turish yo’li bilan buyrak usti bezlari po’stloq qavatining atrofiyaga uchrashiga yo’l qo’ymaslik mumkin. Bu gormon organizmga surunkali ravishda yuborib turilsa, bez po’stloq qavatida sintez jarayonlari kuchayib, gipertrofiyaga uchraydi. Bez to’qimasidagi xolesterin va askorbin kislota kamayadi, chunki bular kortikosteroidlarning sintezlanishi uchun sarflanadi. Demak, AKTgning organizmga takroriy yuborilishi qonda kortikosteroidlar miqdorining ko’payishiga sabab bo’ladi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, AKTg koptokchali zonaning faoliyatini va undan ajraladigan aldosteron gormoni sekresiyasini boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi. Keyingi vaqtda olingan ma’lumotlarga qaraganda, aldosteron sekresiyasini epifizning adrenoglomeronlotropin gormoni stimullab turadi. Bu gormonning organizmga yuborilishi koptokchali zonada tegishli o’zgarishlar yuz berishiga va ko’p miqdordagi aldosteronning qonga chiqarilishiga sabab bo’ladi. Ammo, epifiz olib tashlanganda aldosteron sekresiyasi qisqa vaqt ichida ko’payib kesa-da, keyinchalik o’z-o’zidan oldingi holatiga kelib qoladi. Bundan tashqari, qon, limfa va to’qima oraliq suyuqliklaridagi kaliy va natriy miqdori aldosteron sekresiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agarda organizmning ichki muhitida kaliy natriydan ko’payib kesa, aldosteron ham qonga ko’proq chiqariladi. Organizmda kaliyning kamayishi aldosteronning kam ajralishiga sabab bo’ladi. Bu gormon sekresiyasi buyrak ham ishtirok etadi degan ma’lumotlar bor. Buyrakda ajraladigan renin qonga o’tib, unda tegishli oqsilni gipertenzinga aylantiradi. Bu modda o’z navbatida sezilarli miqdorda aldosteron ishlanib chiqishiga sabab bo’ladi. Buyrak usti bezi po’stloq qavati faoliyatining boshqarilishida miya po’stlog’i ham ishtirok etadi.

Mag’iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag’iz moddasidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo’ladi. Adrenalinning ta’siri simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta’siriga o’xshashdir. Uning ta’siridan ko’z qorachig’i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o’tkazuvchanligi va qo’zg’aluvchanligi kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, bronxalarni kengaytiradi, ichak peristalikasini tormozlab, muskullarini bo’shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo’zg’atib, sfinkterlarning epilishiga olib keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok etib, glikogenning parchalanib, glyukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini bir me’yorda turishini ta’minlaydi, markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin qon tomirlari devorining muskullariga ta’sir etib, ularning qisqarishi, natijasida tomirlar yo’lining torayishi va qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Me’da - ichak devorlari, o’t pufagi muskullariga juda zaif ta’sir ko’rsatadi. Uglevodlar almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir ko’rsatadi.

Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi, shunga ko’ra bu gormonlarning ta’siri ko’p cho’zilmaydi.

Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati. Me’da osti bezining shira ajraluvchi sekretor bo’lakchalari orasida o’zining chiqaruv yo’liga ega bo’lmagan alohida hujayralar guruhi bor, ular shu hujayralarni birinchi marta tasvirlagan olimning nomi bilan Langergans orolchalari deb ataladi.

Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida bu orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta, gamma hujayralar deb ataladi. Shulardan beta hujayralar hammasidan ko’p (itlarda qariyb 75 %) bo’ladi. Beta hujayralar insulin (latincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi. Me’da osti bezining mayda chiqaruv yo’llaridagi epiteliy hujayralaridan lipokain gormoni ishlab chiqadi, degan ma’lumotlar bor. Bez ekstraktlaridan yana bir necha gormon - vagoxonin, kallekrin va sentropeninlar topilgan.

Me’da osti bezining eng muhim gormoni insulindir. Mering va Minkovskiylar me’da osti bezi olib tashlangan organizmda uglevodlar almashinuvini keskin buzilishi oqibatida hayvon halok bo’lishini 1889 yildayoq kuzatganlar. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati har qancha tekshirilsa ham gormonni uzoq vaqt sof holda ajratib bo’lmadi. Nihoyat, 1901 yilda Z.V.Sobolev me’da osti bezidan ichki sekresiya mahsuloti - insulin gormonini ajratib olish usulini taklif qildi. U tabiatan oqsil bo’lgani uchun bezni qirqib olib, maydalaganda, gormoni oqsilni parchalovchi pankreatik shirasi ta’sirida parchalanib ketadi, deb o’yladi. Buning oldini olish uchun Z.V.Sobolev ikkita usulni taklif qildi. Bu usullardan biri hayvon me’da osti bezi olib tashlashdan 4-5 kun oldin bezning pankreatik shira chiqaradigan yo’llarini mahkam bog’lab qo’yishdir. Bu vaqtda shira ajratuvchi tashqi sekretor hujayralar degenerasiyaga uchrab, nobud bo’ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan shira qolmaydi. Ikkinchi usul embrionlar me’da osti bezidan gormon ajratib olishdir. Chunki bu vaqtda ularda hali hazm shirasi ishlanib chiqmaydigan bo’ladi.

1922 yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga muyassar bo’ldi. Insulinning kimyoviy tuzilishini o’rganish natijasida uning disulfid bog’lari bilan birikkan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan iborat polipeptid ekanligi aniqlandi.

Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez yo’li bilan olingan. Insulin organimzdan tashqarida sintezlangan birinchi oqsildir. Turli hayvonlarning me’da osti bezidan olingan insulin o’z molekulasidagi aminokislotalarning joylashuviga qarab bir-biridan farq qiladi. Insulinning molekulasida ruh (Zn) yo’q, lekin u ruhni biriktira oladi, ayni vaqtda uning ta’siri uzayadi va kuchayadi. Organizmga olloksan yuborilganda, beta hujayralarning faoliyati buzilib, insulin sintezlanmay qoladi, bu esa diabet kasalligiga, ya’ni qandning organizmda o’zlashtirmay, siydik bilan chiqib ketishiga sabab bo’ladi.

Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va uning parchalanishiga to’sqinlik qiladi. Demak, periferik qonda qandning bir muncha kamayishiga sabab bo’ladi. Organizmda uglevodlar almashinuvining oraliq mahsulotlaridan yog’ va oqsillarning hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qondagi qand miqdori bilan me’da osti bezidan insulinni ajralishi o’rtasida bog’lanish bor, boshqacha aytganda, qonda qand ko’paysa, insulin ham ko’proq ishlanib chiqadi va aksincha. Beta hujayarlar faoliyati kuchayganda yoki organizmga anchagina miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning aksariyat qismi glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo’lishi ham mumkin, bunda markaziy nerv tizimining qisqa muddatli qo’zg’alishidan keyin hayvon darmoni qurib, juda bo’shashib qoladi, og’ir hollarda esa, talvasaga ham tushadi va hokazo.

Glyukogon me’da osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan gormondir. Bu gormon ta’siridan jigarda glikogenining parchalanishi tezlashib, qondagi qand miqdori ko’payadi. Shuning uchun ham bu gormon toza holda ajratib olinmasidan ilgari giperglikemik faktor deb yuritilardi. Qondagi qand miqdorini idora etishda insulin bilan glyukogenning o’zaro ta’siri alohida o’rin egallaydi. Alfa hujayralarining faoliyati kuchayishi natijasida qonda qand miqdori oshadi - giperglikemiya kelib chiqadi. Shuning uchun bu hujayralar faoliyatining kuchayishi ham qandli diabetga sababchi bo’lishi mumkin. Bu hujayralarning faolligi sulfanilamid preparatlar va kobalt to’rlari ta’sirida kuchayadi.

Glyukogon sun’iy yo’l bilan sintezlangan. U kristall holdagi modda bo’lib, kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi.

Sipokain - polipeptid bo’lib, me’da osti bezining chiqaruv yo’lining epiteliysida ishlanib chiqadi. U hazm shirasi fermentlar ta’sirida parchalanmaydi. Sipokain fostafidlar (lesitin) hosil bo’lishini, ya’ni yog’larning sarflanishiga yordam beradi. Jigarni yog’ bosib ketishidan saqlaydi. Bu gormon etishmasa, jigarni yog’ bosadi va siydik bilan birgalikda ko’p miqdorda keton tanachalari chiqarila boshlaydi (diabetning bir ko’rinishi).

Me’da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa ham u ikki - uch oy o’tgach, jigarini yog’ bo’sishi natijasida halok bo’ladi. Ammo uning organizmiga insulin yuborish bilan birga ovqatiga me’da osti bezi qo’shib beriladigan bo’lsa, hayotini saqlab qolish mumkin. Bu tajribalar me’da osti bezidan insulin va lipokain gormonlari haqiqatan ham alohida-alohida ishlanib chiqishidan dalolat beradi. Lipokain gormoni o’z ta’sirini ko’rsatish uchun boshqa lipotrop (yog’ to’planishiga to’sqinlik qiluvchi) moddalar ham bo’lishi kerak. Vagotonin - oqsil modda bo’lib, kimyoviy tuzilishi haligacha aniqlanmagan. Bu gormon organizmga yuborilganda adashgan nerv yadrolarining tonusi kuchayib, parasimpatik nervning faolligi oshadi. Bundan tashqari, vagotonin qon hosil bo’lish jarayonlarida ham ishtirok etadi.

Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas markazini qo’zg’atib, bronxlarni kengaytiradi, gemoglobinga kislorod birikishini kuchaytiradi. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyatini nerv tizimi boshqarib boradi. Jumladan, o’ng tomondagi adashgan nervning bu bez uchun sekretor nerv ekanligi isbotlangan. Simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda insulin sekresiyasi tormozlanadi. Ko’p miqdorda glyukoza iste’mol qilishi va natijada qonda qand ko’payishi, jismoniy ish, hayajonlanish (emosiya) natijasida ro’y beradigan giperglikimiya insulin sekresiyasini kuchaytiradi. Me’da osti beziga bevosita ta’sir etmaydigan gormonlar (buyrak osti bezining mag’iz va po’stloq qavati, qalqonsimon bez gormonlari) uglevodlar almashinuvini o’zgartirib, insulin sekresiyasini kuchaytiradi.

Gipofiz yoki pastki miya ortig’i kalla suyagining turk egari sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka) yordamida miya bilan tutashgan toq ichki sekresiya bezidir. Bu bez ustki tomondan biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula bilan o’ralgan. Turli hayvonlarda gipofizning shakli va kattaligi turlichadir. Jumladan, sigirlarda 3.8, itlarda 2.1, qo’ylarda 0.4, cho’chqalarda 0.3 grammni, tulkilarda 50 mgni tashkil qiladi va h.k. gipofiz uch qismdan: oldingi (adenogipofiz), oraliq va orqa qism (neyrogipofiz)dan tashkil topgan.

Gipofiz hujayralarining xili organizmning holati va boshqa ko’pgina omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Adenogipofiz ichki uyqu arteriyasidagi nerv tuguni va gipotalamusdan nerv tolalarini oladi (innervasiyalanadi). Ko’pgina fizologik tekshirishlar adenogipofizga parasimpatik nerv tizimi ham ta’sir qilib turishini ko’rsatadi. Neyrogipofiz gipotalamusdan suprooptik - gipofizar, paraventrikulyar - gipofizar, tubero - gipofizar yo’llar orqali nerv tolalari o’tadi.

Gipofiz organizmning turli funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadi. Shu bilan birga boshqa ichki sekresiya bezlarining faoliyatiga ham o’zining tegishli gormonlari bilan faol ta’sir ko’rsatadi.

Gipofiz gipotalamus bilan chambarchas bog’langan bo’lib, gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil qiladi. Gipofizning oldingi qismi - adenogipofiz uch xil: asidofil, bazofil va xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda topilgan. Asidofil va bazofil hujayrlar xromotob hujayralardan hosil bo’ladi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop, tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon follikulasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlarni ishlab chiqaradi.

Asidofil hujayralardan somatrop yoki o’sish gormoni va prolaktin ishlab chiqadi. Oldingi bo’lakning hamma gormonlari oqsil moddalar bo’lib, organizmning o’sib rivojlanishini, bir qator ichki sekresiya bezlarining faoliyatini, moddalar almashinuvi va ko’payish jarayonlarini, boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning oldingi qismi olinib tashlanganida, kasallik tufayli faoliyati susayganida, organizmda turli xil o’zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, yosh hayvonlar o’smay qoladi, jinsiy bezlarining rivojlanishi susayadi, organizmning umumiy quvvati pasayib, moddalar almashinuvi buziladi, junlarning o’sishi susayadi.

Gipofizning oldingi qismi gipotalamus bilan chambarchas bog’liqdir. Gipotalamusni elektr toki bilan ta’sirlanishi gipofiz oldingi qismidan ko’proq gormonlar qonga chiqishiga sabab bo’ladi. Tiroksin gormonining ko’proq ishlanib, qonga chiqarilishi esa gipofiz oldingi qismi gormonlarining ajralishiga to’sqinlik qiladi. Bu gormonlarning ajralishiga yorug’lik ijobiy ta’sir ko’rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Masalan, parandalarni kechasi yaxshi yoritilgan xonaga kiritish gipofizdan gonadotrop gormonlar ko’proq ajralib qoniga o’tishiga sabab bo’ladi. Hayvonlarni oziqlantirish, parvarish qilsih sharoiti ham gipofizning faoliyatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Gipofiz oldingi qismidan ajralib chiqadigan gormonlardan somatotrop gormon yoki somatotropin (STg) o’sish va rivojlansih jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon sut emuzuvchi hayvonlarning gipofizidan toza holatda ajratib olingan. Turli hayvonlarning somatotrop gormoni tarkibidagi aminokislotalar soni, molekulalari og’irligi va boshqa bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Somatotrop gormon hujayralar bo’linishi, oqsillarning sintezlanishini tezlashtiradi va organizm to’qimasining miqdor jihatdan ko’payishiga sabab bo’ladi. Uning ta’sirida azot muvozanati musbat bo’lib qoladi. Energetik ehtiyoj o’sishi tufayli yog’ kamayadi. Bu gormon tog’ay to’qimasiga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko’rsatadi, naysimon suyaklarning uzunasiga o’sishi va suyaklashishini tezlashtiradi. Somatotrop gormon uglevod almashinuviga, ichki organlarning o’sib rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Bu gormon yosh hayvonlarda (41-rasm) zo’r berib ishlanib chiqadigan bo’lsa, gigantizm avj oladi, ya’ni hayvon juda o’sib, odatdagisidan katta bo’lib ketadi. Katta yoshdagi hayvonlarda esa somatotropinning ortiqcha ishlanishi akromegliya kasalligiga sabab bo’ladi.

Adrenokortikotrop gormon (AKTG).Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavati funksiyasining boshqarilishida ishtirok etadi va tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Gipofiz olib tashlansa, buyrak usti bezining po’stloq qavati, ayniqsa, to’rli va tutamli zonalari atrofiyaga uchraydi. Biroq shunda ham buyrak usti bezining po’stloq qavati organizm uchun etarli miqdorda gormon ishlab chiqarishi mumkin. Organizmga kortikosteroidlar yuborilganda qanday o’zgarishlar kuzatilsa, AKTG yuborilganda ham xuddi shunga o’xshash o’zgarishlar kuzatiladi. AKTG yuborilganida periferik qonda eozinofil va limfositlar sonining kamayib ketishi bu gormon ta’sirining xaraterli tomonidir. Bundan tashqari, AKTG buyrak kanalchalaridan natriy xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuningdek, yog’ va aminokislotalardan qandning hosil bo’lishiga, organizmdan azotning chiqarilishiga ta’sir ko’rsatadi.

Tireotrop gormon (TTG). Bu gormon qalqonsimon bezning faoliyatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham gipofizi olib tashlangan hayvonlarning qalqonsimon bezi atrofiyalanib, yodni almashtirishi va tiroksinni sintezlashi susayadi. Organizmga tireotrop gormon yuborilganda xuddi tiroksin yuborilganidek o’zgarish lar kuzatiladi. Gipofiz bilan qalqonsimon bez funksional jihatdan bir-biriga mahkam bog’liq, shu hol organizmda yaxlit gipofiztireod kopmleks mavjud deb aytishga asos bo’ladi. Ko’pchilik endokrinologlar gipofizda tireotrop gormonning ta’siri jihatdan bir-biridan farq qiladigan bir necha fraksiyasi hosil bo’ladi, deb hisoblaydilar.

Ganadotrop gormonlar.Bu gormonlar ham gipofizning oldingi qismida hosil bo’lib, jinsiy bezlarning funksiyalariga ta’sir qiladi, gonadotrop gormonlarning uch xili bor: A) follikulalarning etilishini tezlashtiruvchi; B) interstisial hujayralarning etilishini tezlashtiruvchi gormon; V) lyuteinotrop gormon.

Follikulalarning etilishini tezlashtiruvchi gormon erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlarining epiteliylarini rivojlantiradi. Erkak hayvonlarda spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Interstisial hujayralarning etilishini tezlashtiruvchi gormon esa follikulalarning etilishini isterogen gormonlarining ajralishini, sariq tana hosil bo’lishini, progesteron, testosteron gormonlarining ishlanib chiqishini kuchaytiradi. Lyuteintrop gormon (prolan B) - sariq tanadan progesteron gormoni ishlanib chiqishini tezlashtiradi. Bu gormon sut bezining rivojlanib etilishiga laktasiyaga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham ayrim mualliflar bu gormonni prolaktin gormoni bilan bir deb qaraydilar. Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil topgan bo’lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda, sudralib yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi muhitning ba’zi noqulay sharoitlaridan, xususan, quyosh nurlaridan himoya qiladigan rang paydo bo’lishini ta’minlaydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terining qorayishiga sabab bo’ladi. Kuchli yorug’likning ta’siridan intermedinning hosil bo’lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil bo’lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo’g’ozlik davrida ham intermedin ko’proq hosil bo’lib turadi. Gipofizning keyingi qismida ko’pgina neyrogliol hujayralar ham bor. Bezning bu qismi o’zidan uch xil gormon vazopressin, oksitosin va oktididenrevin ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning o’zida hosil bo’lmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar yadrolarida hosil bo’lib suprooptik gipofizar yo’l orqali gipofizga chiqariladi deb xisoblanadi.

Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.

Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo’ladi. Antidiuretin oqsil ta’sirotlari tufayli ko’p ajraladi. Qattiq og’riq vaqtida siydik chiqmay qolishi (og’riq annuriyasi) ham shunga bog’liq. Antidiuretin gormonining etarli darajada ajralmasligi natijasida qandsiz diabet kasalligi kuzatiladi. Bu kasallik paytida hayvon odatdagiga qaraganda ko’p miqdorda suv ichib qiyadi. Masalan bu paytda itlar sutkasiga 80 litrgacha suv ichib shuncha ajratishi mumkin. Ayrim mualliflar vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini bajaruvchi bir xildagi gormon deb xisoblaydilar.

Oksitosin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish xususiyatiga ega.

Jinsiy siklning turli fazalarida bachadon silliq muskulining oksitosinga sezuvchanligi o’zgarib turadi, jumladan, hayvon kuyikkan paytda oksitosinga seziluvchanlik eng baland bo’ladi. Gipofizning keyingi qismidan ajraladigan gormonlarning kimyoviy tarkibi o’rganilgan. Jumladan, oksitosin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan Bu gormonlarning 6 ta aminokislotasi bir xil bo’lib, ikkitasi bir-biridan farq qiladi (oksitoinda - leysin va izoleysin, vazopressinda esa fenilalanin va arginin bor). Bu gormonlar sun’iy yo’l bilan sintezlanib olingan.

Gipofizning sekresiyasi, ya’ni undan gormonlar ajralishi organizmning holatiga, tashqi muhitning o’zgarishiga ko’p bog’liq. Ekstero va interoreseptorning turli yo’l bilan ta’sirlanib qo’zg’alishi gipotalamus orqali gipofizga uzatiladi. Gipofizning barcha qismlari bilan gipotalamus o’rtasida chambarchas bog’lanish mavjud. Yuqorida aytilganidek, gipotalamusning suprooptik va paraventrikulyar yadrolarida hosil bo’ladigan sekretlar alohida yo’llar orqali gipofizning keyingi qismiga o’tadi va u erdagi maxsus terining tanachalarida yig’iladi. So’nqra keladigan nerv impulslarining soni va kuchiga yarasha qonga chiqarilib turiladi. Shuningdek gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va qon orqali gipotalamus bilan bog’langandir. Gipofizning oyoqchasini kesib gipotalamus bilan aloqasini uzsak, gipofizdan follikulalarni stimullovchi, lyuteinlovchi, somatrop, tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishi ma’lum vaqt to’xtab, melanofor gormoni sekresiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz faoliyatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan ishlanib chiqishi gipotalamusning muayyan, neyrosekretiga bog’liq. Keyingi paytlarda adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining gipofizdan ishlanib, qonga chiqarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddalar - omillar gipotalamus to’qimasidan olindi.Organizmdagi boshqa endokrin bezlarning gormonlari ham gipofizning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri va nerv faoliyati vazifasi bilan ta’sir qiladi.

Jinsiy bezlar urug’ yoki tuxum hujayralarini etkazib berishdan tashqari, bir qator gormonlarni ishlab qonga chiqarib turadi. Jinsiy gormonlar jinsiy apparat funksiyasini hamma tomonlariga, organizmning umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi va boshqa bir qator jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. Urug’donlarda erkaklik, tuxumdonlarda urg’ochilik jinsiy gormonlari hosil bo’ladi.

Erkaklik jinsiy gormonlari yoki androgenlar jumlasiga testosteron, androsteron, izoandrosteron, degidroandrosteron va boshqalar kiradi. Bu gormonlarning ichida eng faoli testosterondir. U urug’donlardagi Leydig hujayralarida ishlanadi. Erkaklik jinsiy gormonlarining ishlanishida Sertoli hujayralari ham ishtirok esa kerak. Urug’donlarning ichki sekretorlik faoliyati ulardagi spermatogenez jarayoni bilan chambarchas bog’liq. A.V.Nemlonning fikricha, erkaklik jinsiy gormonlarining hosil bo’lishi Sertoli simplastida spermatozoidlar ishlanib chiqishiga aloqador.

Jinsiy anomaliyalari ham bo’ladi. Ayrim hollarda bir hayvonning o’zida ham erkakka, ham urg’ochiga xos jinsiy bezlar (ham urug’don, ham tuxumdon) mavjub bo’ladi. Bunday holat germafroditizm deyiladi. Lekin bunda ikkala jins uchun ham xos bo’lgan belgilar bir xilda uchramaydi va odatda, biror jinsga xos belgilar boshqasidan biroz bo’lsa ham ustun turadu.

Agar jinsiy bezlar tug’ilishidan rivojlanmay qolsa yoki o’z faoliyatini yo’qosa, bunga evmixoidizm deyiladi. Hayvon jinsiy tizimi rivojlanmay qolsa, katta bo’lganida yosh hayvonlar uchun xos belgilarni saqlab qolishi mumkin, bunga infontilizm deyiladi.

Plasenta juda mihim ichki sekretor organ bo’lib hisoblanadi. Plasentada bo’g’ozlikning mutadil kechishi uchun zarur gormonlar, jumladan, progesteron gormoni hosil bo’lib turadi. Plasentaning xorionida esa gonadotropin gormoni ishlanib chiqiladi. Plasentada shuningdek, estrogenlar, androgenlar, glyukokortikoidlar, oksitosin, melanofor va o’zining fiziologok ta’siri jihatidan somatotrop, tireotrop, andrenokortikotrop gormonlariga o’xshab ketadigan gormonlar sintezlanishi keyingi paytlarda aniqlandi. Relaksin tug’ish aktida, bachadon muskulining qisqarishida katta ahamiyatga egadir

Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori domboqchalari orasida joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga tutashgandir. Barcha umurqali hayvonlarda mavjud bo’lsa-da, baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda kamroq, sut emizuvchilarda esa yaxshiroq rivojlangan. Bu bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham noma’lum edi. Hozir bu bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.

Serotonin yoki S - oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda ko’proq ishlanadi. Organizmda serotonin triptofan aminokislotasidan hosil bo’ladi. Serotonin arteriolalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o’zi torayib, qon bosimi oshgan bo’lsa, serotonin ichak peristaltikasini, gipofizning keyingi qismidan qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi, antidiuretik xususiyati ham bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslarni o’tkazish - mediator vazifasini ham o’taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlarning terisida bo’ladigan maxsus pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo’lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekresiyasini kuchaytiradi.

Bu bezning mag’iz va po’stloq qavatlari bor. Po’stloq qavati retikulyar hujayralardan tashkil topgan bo’lsa, mag’iz qavati limfoid to’qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda kattaroq bo’ladi, organizmlar jinsiy etilishi bilan bu bez rivojlanishdan to’xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Bu bezning ajratadigan moddasi hayvonning o’sishida, organizmda mineral moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lsa kerak. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spesifik immunitet hosil bo’lishida, ba’zi allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida katta ahamiyatga ega deb xisoblanmoqda.

Bulardan tashqari, organizmning xilma-xil organlaridagi maxsus hujayralar ham ichki sekretor faoliyatiga ega. Jumladan, buyrak yuksta moduleyar kompleksining mioneyroepitelial hujayralari renin degan biologik faol modda ajratadi. Renin aldosteronning hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, u bilan birga organizmda suv va tuzlar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari u qon bosimini ko’taradi, buyrakda qon aylanishining boshqarilishida qatnashadi.

Organizmdagi endokrin bezlarining o’zaro aloqasi asab tizimi orqali bajariladi va uning ishtirokida gormonlar organizmning funksiyalarini o’zgartiradi.

Ichki sekresiya bezlarining deyarlik hammasi efferent vegetativ nervlar bilan juda yaxshi ta’minlangan va ularda reseptorlar yoki afferent tolalari uchlarini saqlaydi. Demak, ichki sekresiya bezlarining faoliyati reflektor holda o’zgarishi mumkin. Reseptorlar mavjudligi tufayli bezlar reflekslar hosil bo’lish maydoniga aylanishi mumkin.

Hayvonlarda o’tkazilgan surunkali tajribalar asosida, aniqlanishicha endokrin bezlar (bo’yrak usti, qalqonsimon va qalqonsimon bez oldi bezlari) funksiyalari, ulardagi reseptorlarning qo’zg’atilishi natijasida asab tizimiga tushayotgan efferent impulslari tufayli reflektor ravishda o’z-o’zini boshqaradi.

Endokrin bezlaridan chiqayotgan afferent impulslari ham skelet muskullarining funksional holatini reflektor holda o’zgarishini chaqiradi. O’z navbatida muskul faoliyati paytida proprioreseptorlarning qo’zg’atilishi adrenalinning giperglekimik ta’sirini kuchaytiradi va insulinning gipoglikimik ta’sirini pasaytiradi (motor-endokrin reflekslar, P.M.Kaplan, 1963).

Nerv tolalarining kesilishi va qo’zg’atilishi ichki sekresiya bezlarining sekretorlik funksiyasini jiddiy darajada o’zgartiradi. Masalan, qorin nervining kesilishi, bo’yrak usti bezidan adrenalinning ajralishini kamaytiradi: depressorli nervlarning qo’zg’atilishi esa qalqonsimon va bo’yrak usti bezlarining sekretorlik funksiyasini tezlashtiradi: qorin yoki adashgan nervlar uchlarini qo’zg’atilishi qonda me’da osti bezining gormoni insulinni paydo bo’lishi hisobiga qonda qandning miqdorini kamayishiga olib keladi.

Vegetativ asab tizimining va ichki sekresiya bezlarining o’zaro bog’liqligi:

1) ichki sekresiya bezlarining funksiyasi vegetativ asab tizimining ta’siriga o’xshash, 2) qator ichki sekresiya bezlarini vegetativ asab tizimining periferik organlari deb qarash mumkin, 3) gormonlar vegetativ asab tizimining funksional holatiga ta’sir qilishda namoyon bo’ladi.

Asab tizimi qonga gormonlarni tushishini boshqaradi va barcha organlarni yaxlitligini va o’zaro aloqasini ikkita fiziolgik mexanizimlar bilan ta’minlaydi:

Nerv va nerv, gumoralli yo’llar bilan organizm funksiyalarini bajarishda uning tashqi muhit bilan birligini ta’minlashda asosiy rolni bajaradi. Nerv va nerv-gumoral mexanizmlar bir-biga bog’liq va bir vaqtda faoliyat ko’rsatadi. Asab tizimi ichki sekresiya bezlari funksiyalarini boshqaradi, gormonlar esa asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi.

4. Organizmdan gormonlar ishlab chiqarilishi, yosh ulg’ayishi bilan o’zgarib boradi. Gipofizning samototrop va ganadatrop gormonlari yosh o’tgan paytda ham uzoq muddat saqlanib qoladi va ayrim vaqtlarda, hatto ularning sekresiyasi ortishi mumkin, tireotrop gormonni sekresiyasi kamayadi bu esa qalqonsimon bezning ichki sekresiyasini kamayishga olib keladi. Adenogipofizning ichki sekresiyasi yosh o’lg’ayganda, bo’yrak usti bezning po’stloq qismining bug’unli zonasini sekresiyasidan oldin kamayadi. Demak, V.N.Nikitinning (1968) ta’kidlashicha turli bezlarning sekresiya xususiyati yoshga qarab turlicha o’zgaradi.

Bosh miya qayta yarim sharlari, ichki sekresiya bezlarining funksiyasini organizmni tashqi muhit moslashishini shartli va sharsiz reflekslar bilan birgalikda ta’min etadi. Shu yo’l bilan organizmni tashqi muhit sharoitlariga va uning ichki muhitini o’zgarishiga murakkab, lekin aniq moslanishini bajaradi, qaysiki organizmni hayotini va uning rivojlanishini ta’minlaydi.

Emosional holatlar paytida (qo’rqish,g’azab,og’riq va boshqa) juda ko’plab himoyaviy fiziologik jaryonlar bajariladi, qaysiki organizm bo’lg’usi talablariga nisbatan moslanish xususiyatlari bilan lol qoldirib kelmoqda. Emosiya – bu odam va hayvonlar organizmiga tashqi muhitning ma’lum darajadagi ta’sirini bosh miya katta yarim sharlari faoliyati tufayli yaxlit holda bajarilishini belgilovchi ko’rsatkich hisoblanadi.

Emosional qo’zg’alishlar jigar va muskullardagi zahirada saqlovchi glikogenlarni adrenalin ta’sirida glyukozaga aylanishi tufayli qon tarkibidagi qandlik darajasini oshishi bilan birgalikda kechadi. Xuddi shunday adrenalinning ajralishining ortishi og’riqli qo’zg’alishlarda ham kuzatiladi. Buyrak usti bezi olib tashlangan paytda har qanday kuchli g’azablanish ham siydik tarkibidagi qandning ajralishini chaqirmaydi. Og’riqli qo’zg’alishlar gipofiz funksiyasiga ta’sir ko’rsatishi aniqlangan, Masalan, kuchli og’riqli qo’zg’atish gipofizning ganodatrop gormonlarini ajralishini kuchaytiradi. Qator hayvonlarda jinsiy aloqa paytida reflekslar qo’zg’alishi tufayli gipofizning ganodotrop gormonlarini ajralishini chaqiradi.

Ichki sekresiya bezlarining olib tashlanishi moddalar almashinuviga bosh miya yarim sharlarining ta’sirini o’zgartiradi. Turli gormonlar yoki mediatorlarni organizmga kiritish yo’li bilan shartli reflekslar hosil qilinishi tufayli bosh miya yarim sharlarining ichki sekresiya bezlari faoliyatiga ta’sir qilishini ko’rsatib turibdi.

Organizmning ichki muhitida, asab tizimiga mediatorlar va metobolitlar ta’sir qiladi va uning funksiyalariga nerv-gumoral yo’l bilan turlicha ta’sir ko’rsatadi.

Mediatorlar asab tizimida neyronlararo sinapslarda va organlardagi nerv uchlarining oxirlarida hosil bo’ladi, ular nerv jarayonlarida ishtirok etadi. Ular asetilxolin, adrenalin, noradrenalin, serotenin, gamma-aminomoy kislotasi, R-moddasi (polipeptid), glutamin va aspargin kislotalari kiradi.

Asetilxolin, neyrogormon sifatida markaziy asab tizimining neyronlararo sinapslardagi asab jarayonlarini o’tkazishda ishtirok etadi, bundan tashqari, mionevralli apparatlarda, organlardagi bo’g’inlardan keyingi parasimpatik tolalarning uchlarida, barcha qo’zg’atuvchi bo’g’indan oldingi simpatik tolalarning uchlarida va teri bezlaridagi bo’g’indan keyingi simpatik tolalarning uchlarida yuz beradigan asab jarayonlarida ham ishtirok etadi. Uning lisitin fosfopipteddan hosil bo’lishida xolinesteraza fermenti ishtirok esa, uning parchalanishida xolinestereza fermenti faollik ko’rsatadi. Uning sintezlanishi uchun metionin aminokislotasining ishtiroki zarur, me’da osti bezidan ishlab chiqariladigan va glyutonin va lipokainlar xuddi xolin singari ta’sir ko’rsatishi aniqlangan.

Buyrak usti bezining adrenalin va noradrenalin gormonlari bir vaqtning o’zida ham neyron ham gormon mediatorlar bo’lib hisoblanadi. Ular simpatik tolalarning bug’undan oldingi tormozlovchi sinapslarida hosil bo’ladi, noradrenalin esa-ter bezlaridan tashqari barcha simpatik tolalarning bug’indan oldingi uchlarida tirozin aminokislotasidan hosil bo’ladi va perokatixalaminlarning (katixolaminlar) hosilalari hisoblanadi. Adrenalindan adrenoxolin hosil bo’ladi, qaysiki qo’rqqan paytda qonda kuzatiladi agglyutinasiya chaqirib qon tomirlarini toraytiradi. Monoaminooksidaza fermenti yordamida parchalanadi.

B guruhi vitaminlarning ayrimlari, masalan, tiamin va riboflavinlar odatda hujayralarni havo bilan taminlanishi va nafas olishda ishtirok etuvchi kofermentlarni hosil bo’lishi uchun material tashuvchilar hisoblanadi va aynan shu vitaminlarni roli okidlovchi fosforlanish jarayoniga asoslangan. Shu sababli yuqorida qayd qilingan B guruh vitaminlari va kofermentlar organizmga simpatik nervlari kabi ta’sir ko’rsatadi.

Nevrogormon sifatida qo’zg’atuvchi metobolitlarni eng muhimlaridan biri – gistamin hisoblanadi. U asab jarayonlarini utkazishda ishtirok etadi, qon aylanishi va me’da shirasida xlorid kislotasining ajralishini boshqaradi. Bu gistidin aminokislotasining hosilasi hisoblanadi va uning parchalanishida monoaminooksidaza yoki gestoaminaza fermentlari ishtrok etadi. Gistamin uzoq davom etuvchi bosh og’rig’i, terining qichishini va shishishini chaqiradi, shuning uchun ham u mahalliy og’riq chaqiruvchi gormon hisoblanadi. U oqsillar bilan birikkan bo’ladi, uni birikkan holatidan vitaminlar B va sirotalar xolos etadi, hamda uning ta’sirini kuchaytiradi.

Gormonlar faqatgina ichki sekresiya bezlarida hosil bo’lmagan. Juda ko’plab moddalar almashinuvi va organizmlarning funksiyalarini boshqaruvchi gormonlar bosh miyada ayniqsa uning balandlik ostida nafas va ayiruv organlari hamda ovqat hazm kanalida ham ajraladi. So’lak bezlaridan qon tarkibidagi kalsiy miqdorini pasaytiruvchi protein ajraladi. Hamda insulin gormoni kabi ta’sir qiluvchi, ya’ni qondagi qand miqdorini kamaytiruvchi modda ham hosil bo’ladi.

Mavzu bo’yicha savollar: Nazorat savollari

1.Bolalarda ayirish organlari qanday tuzilgan?

2.Siydik ayirish organlari ketma-ketligini izohlab bering?

3.Bolalar va o’smirlarda buyraklar qanday tuzilgan?

4.Nefronlar qanday vazifalarni amalga oshiradi?

5. Odam organizmida qanday byezlar bo’ladi?

6. Ichki syekryetsiya byezlarining qanday ahamiyati bor?

7. Gipofiz byezi qayyerda joylashgan?

8. Gipofiz byezining oldingi bo’lagidan qanday gormonlar ishlab chiqiladi?

9. Epifiz byezi qayyerda joylashgan va qanday gormonlar ishlab chiqadi?

10. Qalqonsimon byez qayyerda joylashgan va qanday gormonlar ishlab chiqadi?

11. Mye'da osti byezi qanday gormonlar ishlab chiqadi?

12. Buyrak usti byezining po’stloq qismidan qanday gormonlar ishlab chiqiladi?

13. Erkaklarning jinsiy byezlari qanday gormonlar ishlab chiqadi?

14. Ayollarning tuxumdonida qanday gormonlar ishlab chiqiladi?

15. Qizlarda hayz ko`rish necha yoshda boshlanadi?

Ma'ruza : Mavzu Analizator (sezgi a'zolari) lar fiziologiyasi. Tuzilishi, funksiyasi, yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

MAVZU: A’nalizatorlar (sezgi a’zolari) fiziologiyasi va yosh xususiyatlari, gigiyenasi.

REJA


1. Sezgi a'zolarining ahamiyati

2. Ko'rish a'zosi (ko'rish analizatori) Ko'rish gigienasi

3. Eshitish a'zosi (eshitish analizatori)

4. Muvozanat a'zosi (vestibulyar analizator)

5. Muskul, pay va bo'g'imlar orqali sezish (harakat analizatori)

6. Teri, ta’m bilish va hid bilish analizatorlari

7. Ichki a'zolaming sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator)

Sezgi a'zolarining ahamiyati

Ma'lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko'ra juda rang-barang bo'ladi. Atrof muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog'liq. Bu bog'lanish sezgi a'zolari orqali ta'minlanadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi a'zolariga ta'sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.

Bosh miya po'stlog'ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to'plami joylashgan bo'lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi a'zolarining markazlari) deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan:

1. Analizatorning periferik qismi, ya'ni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi bo'lib, tananing turli qismlarida (teri, pay, ko'z, quloq, burun, til, ichki a'zolar va qon tomir devorlarida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko'p, masalan, terining I sm' sathida 200-400 tagacha,butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor

Barcha ichki a'zolarda taxminan I mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha o'zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.

Retseptorlar joylashuviga ko'ra ikki xil bo'ladi:

2. a) tashqi retseptorlar - bular tashqi muhit ta'sirini (o'zgarishlarini) qabul qiladi. Bularga ko'rish, eshitish, muvozanat, teridagi og'riqni, issiq-sovuqni, siypalashni sezuvchi, til va og'iz shilliq qavatidagi ta'm bilish, burun shilliq qavatidagi hid bilish retseptorlari kiradi;

b) ichki retseptorlar - bular odam tanasining ichki qismidagi o'zgarishlarni qabul qiladi. Bularga me'da-ichak va boshqa ichki a'zolarda, qon tomir devorlarida, tan a muskullarida, pay va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar kiradi.

2. Analizatorning 0 'tkazuvchi qismi - bu sezuvchi nerv tolasidan iborat bo'lib, u retseptordan ta'sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o'tkazadi.

3. Analizatorning markaziy qismi bosh miya po'stlog'ining turli sohalarida joylashgan sezuvchi nerv markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a'zolaridagi retseptorlardan kelgan ta'sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko'ra javob reaksiyasi hosil bo'ladi

Analizatorning yuqorida aytilgan uchala qismining qaysi biri shikastlansa (kasallansa), muayyan sezgi a'zosining ish faoliyati buziladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganidek, odam organiz¬mining atrof-muhit bilan munosabati, ya'ni tashqi muhitning rang-barang ta'siri va o'zgarishlarini qabul.qilish - ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va teri analizatorlari orqali ta'minlanadi.

Ko'rish a'zosi (ko'rish analizatori). Ko'rish analizatorining ahamiyati. Ko'rish a'zosi - ko'z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi; rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlaridan bahramand bo'ladi, tabiat go'zalliklaridan zavqlanadi.

Ko'rish odamning mehnat faoIiyatida muhim o'rin tutadi. Ko'rish orqali inson o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko'rish orqaIi odamning ichki dunyosi boyiydi, uning tevarakatrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aql¬idroki, ongi rivojlanadi.

Ko 'zning tuzilishi. Ko'z bosh suyagining maxsus chuqurchasida - ko'z kosasida joylashgan. Ko'z ko'z soqqasidan, ko'rish nervi va yordamchi qismlardan (ko'z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat (Prezintatsiyaga qarang). Ko 'z soqqasi yumaloq tuzilgan bo'lib, oldingi va orqa qutblarga ega bo'ladi. Ko'z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi - fibroz, o'rta - qon tomir va ichki - to'rsimon pardadan tashkil topgan. lchki qismiga ko'z ichi suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko'z soqqasining tashqi - fibroz pardasi ikki qismga bo'linadi. Uning oldingi qismi shox parda deb ataIib, u shishadek tiniq, yorug'Iik nurlarini sindirish xususiyatiga ega. Tashqi fibroz pardaning yon va orqa qismi ko'zning oq pardasi (sklera) deb ataladi. Ko'z soqqasining qon tomir qavati nomiga monand, qon tomirlariga boy bo'lib, ko'z to'qimalarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi.

Bu qavatning oldingi qismi rangli parda deb atalib, uning rangi hammada har xil (qora, ko'k, sarg'imtir va hokazo) bo'ladi. Bu pardaning o'rtasida yumaloq teshikcha bo'lib, u ko'z qorachig'idir. Teshikcha atrofida ko'z qorachig'ini kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar bo'ladi. Ko'z soqqasi¬ning ichki - to'rsimon pardasi, ayniqsa muhim ahamiyatga ega,chunki uning orqa qismida yorug'likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo'lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir. To'rsimon pardaning orqa qismida ko'rish nervining tolasi kiradigan teshikcha bo'lib, u orqali ko'rish nervi to'rsimon pardaga o'tadi va mayda tolachalarga bo'linib, tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarga tutashadi.

Ko'z soqqasining ichki qismi ko'z gavhari, ko'z ichi suyuqligi va shishasimon tanadan iborat. Bularning hammasi tiniq, shishasimon bo'lib, ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirish xususiyatiga ega.

Ko'rish nervining mayda tolachalari ko'z soqqasi ichki to'rsillion pardasining orqa yuzasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo'lib, ulardagi qo'zg'alishni qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko'rish nervi tolasini hosil qiladi va u to'rsimon pardaning orqa qismida joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o'rta miyaga va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'iga boradi. So'ngra bosh miyaning o'tkazuvchi yo'llariga birlashib, bosh miya po'stlog'ining ensa qismida joylashgan ko'rish markazining nerv hujayralariga tutashadi (Prezintatsiyaga qarang).

Ko'zning yordamchi qismlariga ko'z soqqasini harakatlantiruvchi oltita muskul va ularning nervlari, ko'z yoshi bezlari va ularning kanalchalari, ko'z yoshi qopchasi hamda qovoq va kipriklar kiradi. Muskullar ko'z soqqasini harakatlantirib, ko'rish doirasini kengaytiradi. Ko'z yoshi bezlaridan ajraladigan suyuqlik ko'zning shox pardasini namlab, uni changdan yuvib turadi. Qovoqlar va kipriklar ko'z soqqasini tashqi muhitning noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi.

Ko'zning funksiyasi. Biz yuqorida ko'rish a'zosi - ko'zning tuzilishi bilan tanishib chiqdik. Ma'lum bo'ldiki, ko'z bajaradigan funksiyasiga ko'ra ikki qismdan: ko'zning optik sistemasi va retseptor qismidan iborat ekan.

Ko'zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko'zichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirib o'tkazadi va uni ko'zning ichki to'r pardasida joylashgan retseptorlarga to'plab beradi. Yorug'lik nurini sindirib o'tkazishda ayniqsa ko'z gavhari muhim o'rin tutadi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o'zgarishi akkomodatsiya deb atalib, u gavhar atrofini o'rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo'shashishi orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko'zning uzoqni va yaqinni ko'rish qobiliyatini ta'minlaydi.

Ko'z qorachig'i - ko'zning rangli pardasi o'rtasida joylashgan teshikcha bo'lib, uning atrofi aylana va to'g'ri yo'nalgan muskullar bilan o'ralgan. Ular parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ko'z qorachig'i gavharga va to'r pardaga yorug'likni, faqat markaz qismdagi nurlarni o'tkazadi, atrofdagi nurlarni esa o'tkazmaydi. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko'rinishi va boshqa xususiyatlari ko'zning to'r pardasiga aniq o'tkaziladi.

Yorug'lik ko'p bo'lganda ko'z qorachig'i torayadi va to'r pardaga o'tkaziladigan nur oqimi kamayadi, yorug'lik kam bo'lganda esa qorachiq kengayadi va to'r pardadagi retseptorlarga o'tkaziladigan nur oqimi ko'payadi. Bundan tashqari, odam hayajonlanganda, qo'rqqanda, og'riq sezganda ko'z qorachig'i kengayadi.

Bu simpatik nervning qo'zg'alishi va buyrak usti bezining mag'iz qismidan ajraladigan adrenalin, noradrenalin gormonlari ko'payishi tufayli ro'y beradi.

Odam yaqinga qaraganda (o'qiganda, yozganda) ko'z qorachig'i kengayadi va ko'z ichidagi bosim ortadi, bu holat uzoq davom etsa, ko'z toliqadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganda esa qorachiq torayadi, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi.

Ko'zning ichki to'r pardasida joylashgan tayoqchasimon retseptorlar tashqi muhitda yorug'lik kam bo'lgan vaqtda qo'zg'alib ko'zni qorong'ulikda ko'rishini ta'minlaydi (Prizentatsiyadagi-rasm). Kolbachasimon retseptorlar esa tashqi muhitda yorug'lik yetarli bo'iganda qo'zg'alib, ko'zning «kunduzi» ko'rish xususiyatini ta'minlaydi. Bundan tashqari, kolbachasimon retseptorlar rang bilish xu-susiyatiga ega. To'r pardada 100 mln dan ko'proq tayoqchasimon va 5 mln ga yaqin kolbachasimon hujayralar joylashgan.

Tayoqchasimon retseptorlar tarkibida rodopsin moddasi bo'lib, u oqsil va A vitaminidan tashkil topgan. Kolbachasimon retseptorlar funksiyasiga ko'ra uch xil: ko'k, yashil va qizil ranglami qabul qiluvchi bo'ladi. Ular uchalasining turli kombinatsiyada qo'zg'alishi boshqa ranglarni, uhalasining baravar qo'zg'alishi esa oq rangni ko'rishga imkon beradi. Tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlardagi qo'zg'alish ko'rish nervi tolalariga o'tib, u orqali bosh miyada joylashgan ko'rish markaziga boradi va nurni, ranglarni ko'rish - sezgi hosil bo'ladi.

Ko'rish o'tkirligi. Ko'rish o'tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo'shilib ketmasdan, alohida-alohida ko'rinishi uchun zarur bo'lgan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko'rish o'tkirligi normal bo'lgan odam 60 sekund burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko'rish o'tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi. Aniqlash usuli laboratoriya mashg'ulotida berilgan.

Ko'zning ko'rish maydoni. Ko'z soqqasini qimirlatmay ma'lum bir nuqtaga (buyumga) qaralganda uning tasviri ko'zning to'r parda qavatidagi markaziy chuqurchaga tushadi, bu markaziy ko'rish bo'lib, markaziy chuqurchaning atrofiga tushgan tasvirlar esa chetki ko'rish bo'lib hisoblanadi. Ko'zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko'ra olish xususiyati (markaziy va chetki ko'rish yig'indisi) ko'rish maydoni deb ataladi. Ko'zning har xil rangdagi buyumlarni ko'rish maydoni bir xil bo'lmaydi. Oq rangni ko'rish maydoni eng katta, ko'k va sariq ranglarni ko'rish maydoni undan kichikroq, qizil va yashil ranglarni ko'rish maydoni yanada kichik bo'ladi. Ko'zning har xil ranglarni ko'rish maydoni turlicha bo'lishi to'r qavatning turli qismlarida tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar har xil joylashishiga bog'liq. Ko'zning ko'rish maydoni chegarasi perimetr asbobi yordamida aniqlanadi.

Ko'rish a'zosi funksiyasining buzilishi. Odamda ko'rishning turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan eng ko'p uchraydigani yaqindan ko'rish va uzoqdan ko'rishdir. Bunga ko'z soqqasining shakli, ko'zning shox pardasi yoki ko'z gavharining egriligi normal bo'lmasligi sabab bo'ladi.

Yaqindan ko'radigan (miopiya) odamning ko'z soqqasi cho'ziqroq shaklda bo'ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko'zning to'r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tu¬shadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko'rinmaydi. Bu holat ko'z gavharining do'ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Miopiya holati rug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi.

Uzoqdan ko'rish (gipermetropiya) asosan tug'ma bo'ladi. Bunday odamlarda ko'z soqqasi qisqaroq bo'ladi. Bunda yaqindagi buyumlarning tasviri ko'z to'r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi. Uzoqdan ko'rishning ikkinchi sababi ko'z gavhari do'ngligining kamayishidir. Bu ko'pincha keksalarda hayoti mobaynida sodir bo'ladi.

Ko'rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishlari sezilgan zahoti ko'z shifokoriga murojaat qilish zarur.

Ba'zi odamlarda ko'zning ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo'ladi. Ular qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi. Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Buning sababi ko'zning to'r pardasida joylashgan rang sezuvchi ko!bachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta'sirida qo'zg'aladigan nervlar bo'imasligidir. Daltonizm kasalligi nasldan-naslga o'tadi. Bu kasallik erkaklar orasida ko'proq uchraydi. Bunday odam transport vositalarini haydashi mumkin emas, chunki ular svetoforning qizil va yashil ranglarini farqlay olmaydi. Shuningdek, ular rassomlik kasbida ham ish lay olmaydi. Shunga ko'ra, yoshlar kasb tanlaganida ko'zining rang ajratish qobiliyatini hisobga olishi kerak.

Ko'rish funksiyasi buzilishiga yuqorida aytilganlaridan tashqari, uning shox qavatida oq parda hosil bo'lishi, ko'z shikastlanishi natijasida shox qavatining yaralanishi, ko'z gavharining kasallanishi (katarakta), ko'z ichidagi bosimningoshishi (glaukoma) kabi kasalliklar ham sabab bo'ladi.

Ko'z kasalliklarini o'rganuvchi oftalmologiya fani rivojlanishi natijasida oftalmolog olimlar murakkab operatsiya usullarini ishlab chiqdilar. Ular yordamida yuqorida ko'rsatilgan kasalliklarga chalinib, ko'rish qobiliyati pasaygan yoki butunlay yo'qolgan kishilar ko'pchiligining sog'lig'ini tiklashga muvaffaq bo'lindi.

Ko’rish gigiyenasi: Ko'zning ko'rish qobiliyati normal saqlanishi ko'p jihatdan har bir odamning o'ziga bog'liq. Buning uchun quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilish zarur:

- ish, o'qish joyida yorug'lik yetarli (100-150 lyuks) bo'lishi talab etiladi. Yorug'lik chap tomondan tushishini ta'minlashga e'tibor berish kerak. Shu bilan birga, haddan tashqari kuchliyorug'lik nuri ko'z to'r pardasidagi retseptorlarni o'ta qo'zg'atib, ko'zning tez toliqib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ish joyida qo'llaniladigan elektr lampasining usti soyabon bilan to'sib qo'yiladi;

- o'qiganda, yozganda daftar va kitob ko'zdan 35-40 sm uzoqlikda bo'lishi kerak. Shuningdek, chizmachilik, tikish va boshqa mayda nozik ishlarni bajarganda ham shu qoidaga amal qilish kerak;

- o'quv-yozuv, chizmachilik, tikish kabi mashg'ulotlar bi¬Ian shug'ullanganda har 12-15 minutdan keyin yarim-bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash lozim. Chunki yaqinga qarab ish bajargan vaqtda ko'z qorachig'i kengayib, ko'z ichidagi bosim ortadi va ko'z toliqadi. Uzoqqa qaraganda esa ko'z qorachig'i torayib, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi;

-avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o'qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo'ldagi

kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab turadi.

Bu esa ko'z gavhari shaklining uzluksiz o'zgarib turishiga sabab bo'ladi va ko'zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, yotib o'qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko'rish ham ko'zni toliqtiradi:

- ko'zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu'lasidan, changdan va shunga o'xshash noqulay ta'sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko'zni qo'l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko'z qichishsa, toza bint yoki ro'molcha bilan avaylab qovoq ustidan silash mumkin;

- kundalik ovqat tarkibida A vitamin yetishmasligi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar faoliyati buzilishiga va ko'rish o'tkirligi pasayishiga sab.ab bo'ladi. Shuning uchun tarkibida A vitamini bo'lgan taomlar Uigar, tuxum, sariyog', sabzi, qovoq, baliq ikrasi kabilar)ni muntazam iste'mol qilish kerak;

- zararli odat bo'lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko'zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi;

- bolalar ko'zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o'yinchoqlarni, rasmlarni ko'rsatib, ularning rangini aniqlashga o'rgatib, chiniqtirib borish kerak;

- ko'zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug'ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.

Eshitish a'zosi (eshitish analizatori). Eshitish analizatorining ahamiyati. Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta'siri ostida o'tadi: qushlar, hayvonlar, odamlarning ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi - bularning barchasi odamning eshitish a'zosiga ta'sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.

Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog'liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish a'zosi normal bo'lishi kerak, ya'ni u eshitgan so'zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug'ilishidanoq eshitish a'zosining faoliyati buzilgan bo'lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so'zlarni takrorlay olmaydi, ya'ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug'ma karlar gung ham bo'ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo'igan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.

Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotdagi ba'zi voqealarni ko'rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to'liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganida to'liqroq tushunchaga ega bo'ladi.

Binobarin, eshitish a'zosining faoliyati normal bo'lishi avvalo har bir odamda bolaligidan bosh lab nutq paydo bo'lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishida, hunar o'rganishida, musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o'rin tutadi.

Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish a'zosi bo'igan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat (6-rasm).

Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo'lgan tog'aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo'lining oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bo'lib, u tashqi quloq yo'lini o'rta quloq bo'shlig'idan ajratib turadi.

O'rta quloq bo'shlig'i Evstaxiy naychasi yordamida burun halqumga tutashgan. O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) tovush to'lqinlari ta'sirida nog'ora pardada hosiI bo'igan tebranishni ichki quloqqa o'tkazadi.

lchki quloq - bo'shliq va ilonizisimon kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo'shliqda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo'ladi. Suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.

Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibulyar analizator retseptorlari joylashgan.

Eshitish a'zosining funksiyasi. Yuqorida aytiIgan tashqi, o'rta va ichki quloqning har biri o'ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to'lqinlarini to'plash va uni quloqning tashqi yo'liga yo'naltirish vazifasini o'taydi. Ayniqsa yuksak rivojlangan umurtqali hayvonlarda (it, ot, quyon, qo'y) quloq suprasi muskullari yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini ding qilib harakatlantira oladilar. (Prezintatsiyaga qarang).



Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo'lmasa-da, u tovushni to'plash va uni quloq yo'li tomon yo'naltirish imkoniyatiga ega.

Tashqi quloq yo'li tovush to'lqinlarini nog'ora parda tomon o'tkazadi. Tovush nog'ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning 'chig'anog'i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlantiradi. Ularning to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo'zg'atadi. Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo'lib, endolimfa to'lqinlanganda ular silkinadi va qo'zg'aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko'proq bo'lib, ularning ayrim to'plamlari maxsus tovushlarni qabul qiIish xususiyatiga ega (xuddi dutor yoki tanburning har qaysi tori o'ziga xos tovush berganidek). Ma'Jum tovushni qabul qiIadigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo'qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalish ga o'rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga im-. kon beradi. Retseptorlarning qo'zg'alishi eshitish nervi tolasi orqali miya ko'prigi, o'rta miyada joylashgan po'stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo'zg'atadi. Bumarkazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi. Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to'lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to'lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo'lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kerakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo'lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta'sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar kuchli tovushga o'rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolishi mumkin. Kuchli tovush ta'siriga moslashmagan odam esa sershovqin korxonalarda bo'iganida o'zini yomon sezadi. Eshitish a'zosi gigienasi. Odam eshitish a'zosining yaxshi rivojlanishi, sog'lom bo'lishi uchun quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilishi zarur: - yashash, o'qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish lozim. Chunki yuqori kuchdagi tovush (shovqin) to'lqinlari nog'ora pardaga salbiy ta'sir ko'rsatib, bora-bora uning elastiklik xususiyati yo'qolishiga olib keladi. Natijada odamning eshitish o'tkirligi pasayadi va u sekin tovushlarni aniglash qobiliyatini yo'qotadi. Bundan tashqari, uzoq ta'sir qiladigan kuchli shovqin nerv sistemasini haddan tashqari qo'zg'atib, uyqusizlik, tez jahl chiqish, yurak sanchish, qon bosimining ko'tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo'ladi; Tashqi quloq yo'lini qoplab turuvchi terida juda ko'p mayda bezlar bo'lib, ulardan yog'simon sarg'ish suyqlik ajraIadi. Ba'zan shu suyuqlik to'planib qolishi tufayli quloq bitadi, g'uvullaydi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho'pi uchiga o'ralgan bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo'lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo'li kirlanishining oldini olish uchun haftada bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo'lini artib turish maqsadga muvofiqdir. - odam og'iz, burun, tomoqning shamollashi va gripp kasalJiklaridan saqlanishi kerak. KasalJik paydo bo'lganida esa vaqtni kechiktirmasdan shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur. Aks holda og'iz, burun, tomoqdagi mikroblar shu yerdagi shilliq pardaning yallig'lanishi natijasida hosil bo'ladigan shilimshiq suyuqlik bilan birga Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o'rta quloq bo'shlig'iga o'tib, uni yallig'lantiradi. Ba'zan o'rta quloq bo'shlig'ida yiring to'planib, undan nog'ora parda zararlanib teshilishi mum¬kin. Bu esa quloqdan yiringli suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim hollarda. o'z vaqtida davolanmaslik oqibatida yiring ichki quloqqa o'tib, eshitish reseptorlarining zararlanishi tufayli kar bo'lib qolish mumkin.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'rtaquloq bilan bosh miya orasidagi suyak juda yupqa bo'iganligi uchun quloqning yiringli kasalliklarida yallig'lanish jarayoni miya pardasini va to'qimasini ham yallig'lantirib, meningit, ensefalit kabi og'ir kasalJiklarga sabab bo'lishi mumkin.

Muvozanat a'zosi (vestibulyar analizator). Muvozanat a'zosining ahamiyati. Muvozanat a'zosi vestibulyar analiza tor deb ham ataladi. U odam tanasining fazoda ma'ium muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko'tarilganda va pastga tushganda, arg'imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil transportda yurganda, ya'ni fazoda odam tanasi eng oddiy holatdan eng murakkab holatga o'tganda tanasining muvozanatini ta'minlovchi asosiy a'zo vestibulyar (apparat) analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo'qoladi. Bu analizator juda qattiq zararlangan bo'lsa, opam hatto o'rnidan turganida uning boshi aylanadi, ko'zi tinadi; ko'ngli ayniydi, u tezda o'tirishga yoki yotishga majbur bo'ladi. Vestibulyar analizator kuchsiz zararlanganda odam murakkab harakatlarni, ya'ni tez yugurish, sakrash, aylanish, zinaga chiqib-tushish. kabilarni bajarganda tanasini muvozanatda tutib turishi qiyinlashib, o'zini noxush sezadi. Agar yoshligidan bosh lab odamning vestibulyar analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, uning ishi ma'ium darajada pasayadi. Bu, ayniqsa, odam tanasi fazoda murakkab hoiatlarda bo'iganida seziladi. Chunonchi, mototsiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda aylanganda, har xil transport vositalarida yurganda boshi aylanadi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, ba'zida hatto hushini yo'qotishi mum kin. Muvozanat a'zosining tuzilishi. Yuqorida esbitish a'zosi bayon etilganda, ichki quloqning tuzilishi batafsil aytilgan edi. Chunonchi, ichki quloq uch qismdan: chig'anoq, dahliz va yarim aylana kanalchalardan iborat. Chig'anoqning ichida eshitish retseptorlari, dailliz va yarim aylana kanalchalar ichida esa vestibulyar analizatorning sezuvchi hujayralari (retseptorlar) joylashgan (6-rasmga qarang). Retseptorlarning qo'zg'alishi v(:stibulyar nervga o'tib, miya ko'prigidagi po'stloq osti muvomnat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi muvozanat markaziga boradi.

Muvozanat a'zosining ishi!. Odam tanasining turli xil harakat-larida, uning fazodagi turli xil holatlarida vestibulyar analizator retseptorlari qo'zg'aladi. Harakat tezligi qancha yuqori bo'lsa, retseptorlar shuncha kuchli qo'zg'aladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ichki quloqning yarim doira kanalchahri va xaltasimon tuzilmalardagi retseptorlarning har qaysisi ma'lum bir harakatlarda qo'zg'alish xususiyatiga ega. Odamning muvozanat a'zosi normal rivojlangan va sog'lom bo'lsa, uning turli xil murakkab harakatlari, fazoda turli holatlarda bo'lishi biror noxush hollarni yuzaga keltirmaydi. Bu a'z,o yaxshi chiniqtirilgan bo'lsa, odam har qanday silkinish, tebranish, aylanish harakatlariga va samolyotda uchishga, suv kemalarida yurishga bardoshli bo'ladi. Muvozanat a'zosi funksiyasining buzilishi. Muvozanat a'zosining funksiyasi har xil kasalliklar, shikastlanish hamda bu a'zoning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi tufayli buziladi. Bunda vestibulyar retseptorlar juda qo'zg'aluvchan bo'ladi. Odam harakati bir oz tezlashganda, aylanganda, tebranganda, transportda yurganda bu retseptorlarning o'ta sezuvchanligi ularning miya ko'prigida joylashgan nerv markazida kuchli qo'zg'alishni yuzaga keltiradi. Qo'zg'alishning vegetativ nerv sistemasi markaziga tarqalishi ichki a'zolar ishining buzilishiga saba' bo'ladi. Buning natijasida esa bosh aylanishi, ko'z tinishi, yurak urishi tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, ko'ngil aynishi va qusish, ba'zan esa hatto hushdan ketish mumkin. Muvozanat a'zosi mutlaq chiniqmagan odam, hatto avto transportda yurganda ham unda yuqoridagi holatlar yuz berishi mumkin. Vestibulyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so'ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o'yinlari bilan shug'ullanish, raqsga tushish kabilar bu a'zoni chiniqtiradi.

Muskul, pay va bo'g'imlar orqali sezish (harakat analizatori) «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida aytilganidek, odamning barcha harakatlari tananing ko'ndalang yo'lii muskullari, paylar va bo'g'imlar orqali am alga oshadi. Har bir muskulning qisqarishi va tananing ma'lum bo'g'imidan harakat o'tishi uchun bu to'qimalarda mazkur qo'! yoki oyoqning fazodagi holati haqida sezish impulslari hosil bo'lib, ular miya¬ning harakat markaziga o'tkaziladi. Harakat markazi bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining oldingi markaziy pushtasida joylashgan.

Muskul, pay va bo'g'imlarda retseptorlar bo'lib, ular proprio¬retseptorlar deb ataladi. Muskul qisqarganda uning paylaridagi retseptorlar, muskul bo'shashganda esa uning tolasi orasidagi retseptorlar qo'zg'aladi. Bu retseptorlarda paydo bo'igan qo'zg'alish sezuvchi nerv tolalari orqali bosh miyadagi harakat markaziga boradi. Qo'zg'alish harakat markazida analiz va sintez qilingach, tananing u yoki bu qismida harakat bajariladi, Muskul va paylardagi sezuvchanlikni I. M. Sechenov chuqur o'rgangan. Odam yurganida u har bir qadamda oyog'ini qanday qo'yish kerakligini ko'zi bilan qarab o'tirmaydi, chunki oyoq muskuli va paylardagi sezuvchanlik xususiyati orqali qadamlar o'z-o'zidan ishonch bilan tashlanaveradi. Qizig'j shundaki, muskul va paylarning sezuvchanlik xususiyatini kishi bilmaydi va II bu xususiyat asosan ko'rish, eshitish a'zolarining funksiyasi deb o'ylaydi. Shuning uchun ham Sechenov muskul va paylardagi sezuvchanlikni qorong'i yoki yashirin sezgi deb atagan. Bu sezuvchanlik uzoq vaqt mashq qilinishi natijasida takomillashadi. Masalan, malakali basketbolchilar ko'zi bog'langan Holda ham to'pni savatga tushira oladi. Bu ularda nafaqat nozik harakatlarning, balld muskul, paylardagi sezuvchanlikning nihoyatda takomillashganligidan dalolat beradi. Proprioretseptiv analizatorni chiniqtirish natijasida yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari ko'zini bog'lagan holda ham chang'i uchish, velosiped yoki mototsiklda yurish kabi xilma-xil murakkab harakatlarni bajaradi.

Teri orqali sezish (teri analizatori) Teri qavatida retseptorlar joylashganligi aytilgan edi. Terida uch xil: og'riqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptor lar bor (7-rasm). Og'riqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan II millionga yaqin. Ular himoya vazifasini o'taydi, ya'ni og'riq sezish tufayli odam o'zini noqulay ta'sirdan chetga oladi, himoyalanadi. Mashhur fransuz faylasufi Volter 200 yil muqaddam «hamma xavf-xatarda og'riq odamning eng ishonchli qo'riqchisidir, u doim ehtiyot bo'ling, hayotin gizni avay]ang va asrang, deb uqtiradi»,- deb yozgan edi.Teridagi og'riqni sezuvchi retseptorlarning qo'zg'alishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po'stloq osti markziga va nihoyat, bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida ta'sir analiz va sintez qilinib, og'riqning tabiati aniqlanadi. Ta'kidlash lozimki, ichki a'zolarda sodir bo'lgan og'riq, shu a'zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga, tananing mazkur a'zo joylashgan teri sohasiga ham tarqaladi. Masalan, yurak sanchib og'riganida ko'krak qafasining chap tomonida va chap qo'l sohasida og'riq seziladi. Bundan tashqari, tananing qaysi qismida og'riq paydo bo'lsa, mazkur to'qimalardagi retseptorlarning qo'zg'alishi miyadagi og'riqni sezuvchi markazdan tashqari, boshqa to'qima va a'zolarning markazlariga ham tarqaladi. Shuning uchun ham tananing qaysi bir qismida og'riq paydo bo'lsa, juda ko'p boshqa refleks reaksiyalari yuzaga keladi, ya'ni muskullarning tarangligi ortadi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi, qon bosimi ko'tariladi, odam terlaydi, ko'z qora¬chig'i torayadi va boshqa noxush belgilar paydo bo'ladi. Bunday holat simpatik nerv sistemasining qo'zg'alishi, buyrak usti bezidan adrenalin gormoni ajralishining ko'payishi tufayli sodir bo'ladi. Bu o'zgarishlar odam organizmi o'zini himoya qilish, og'riqqa bardosh berish uchun ichki rezerv kuchlarini safarbar qilganligini ko'rsatadi.

Teridagi haroratni sezuvchi retseptor]arning soni 300 ming atrofida bo'lib, ulardan 30 mingtasi sovuqni, qolganlari issiqni sezadi. Sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarog'ida, issiqni sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan.

Siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlar 500 ming atrofida. Bu retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismiarida bir xil emas. Burnn uchida, lab terisida, qo'l barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojiangan bo'ladi. Shuning uchun ko'zi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab qulay yo'lni topadi, qo'l barrnoqlari bilan paypaslash orqali pulni va boshqa buyumlami aniqlaydi. Ko'rinib turibdiki, siypalash retseptorlari ma'lum darajada ko'rish a'zosi funksiyasini bajarishi mumkin. (Prezintatsiyaga qarang).

Teri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi muhit ta'sirlariga moslashishdir. Masalan, qo'l issiqroq suvga botirilganda oldiniga issiqlik kuchli sezilib, so'ngra u bilinmay qoladi. Bunga harorat sezuvchi retseptorning moslashuvi yokiadaptatsiya deb ataladi. Retseptorlarning bu xossasi odam turli haroratda chiniqishiga imkon beradi. Muntazam ravishda badanni sovuq suvga ho'lIan¬gan sochiq bilan artish, yuvinadigan suv haroratini asta-sekin pasaytirib borish natijasida odam sovuq haroratga moslashadi, chiniqadi.

Shuningdek, teridagi retseptorlar og'riqqa va bosimga ham moslashishi mumkin. Boksyor sportchilar uzoq vaqt mashq qilishi natijasida og'riqni kam sezadigan bo'lib qoladi.

Qichishish. Ayrim hollarda teri qichiydi. Mutaxassislarning fikricha, qichishishni va og'riqni sezuvchi retseptorlar bir xil bo'ladi. Chunki og'riqni kamaytiruvchi kimyoviy dorilar og'riqni ham, qichishni ham kamaytiradi yoki yo'qotadi.

Hid bilish a'zosi (hid bilish analizatori) Hid bilish retseptorlari burun bo'shlig'i shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni o'rtacha 30-40 mln atrofida. Bu hujayralarda ko'plab mayda tukchalar bo'lib, ularning uzunligi 1-2 mikronga teng. Burun bo'sWig'ining hid biluvchi sathi 5 sm2. bo'lib, sezuvchi hujayra tukchalarining ko'p bo'lishi hisobiga hid bilish sathi 100 - 150 marta ortadi. Hid bilish retseptorlari tashqi muhit havosi tarkibidagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar ta'sirida qo'zg'aladi. Ularning qo'zg'alishi hid bilish nervi tolasi orqali bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi (8-rasm). Bu markazdagi nerv hujayralarida ta'sir analiz va sintez qilinib, hidning tabiati aniqlanadi.

Hid bilishning odam uchun ahamiyati katta. Bu xususiyat yordamida biz atrof-muhit havosining toza va itlosligini, iste'mol qilinadigan taomlar va ichimliklarni hidiga qarab ularning sifatini, iste'mol qilish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaymiz. Hayvonlarda hid bilish sezgisi odamlardagiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Shu xususiyatiga ko'ra ular ovqat izlab topadi, dushman yaqinlashayotganini sezadi. (Prezintatsiyaga qarang).

Odam hid bilish analizatori yordamida taomlarning yoqimli hidini aniqlaydi, uning ishtahasi ochiladi. Hid bilish analizatori ham moslashish, ya'ni adaptatsiya xususiyatiga ega. Biror hid uzoq vaqt davomida muntazam ravishda ta'sir qilishi natijasida burundagi hid bilish retseptorlari mazkur hid ta'siriga moslashadi va odam bu hidga o'rganib, unga e'tibor bermaydigan bo'lib qoladi. Hid bilish analizatori upaelik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida, oshpazlarda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Burun shilliq pardasining tez-tez yallig'lanishi (tumov bo'lish) va uni o'z vaqtida davolatmaslik hid bilishning buzilishiga sabab bo'ladi.

Ta'm bilish a'zosi (ta'm bilish analizatori) Ta'm bilish retseptorlari til so'rg'ichlarida, yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida retseptorlar ko'p bo'ladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar ta'sirida qo'zg'aladi. Ularning qo'zg'alishi til-halqum nerv tolalariga o'tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq miyadagi ko'rish do'mbog'i, so'ngra bosh miya yarim sharlari po'stlog'i chakka qismining yuqori sohasidagi ta'm bilish markaziga boradi. Bu markazda ta'sir analiz va sintez qilinib, uning tabiati ta'm sifatida aniqlanadi (9-rasm).

Odam to'rt xil ta'mni: sho'r, nordon, shirin va achchiqni bilish qobiliyatiga ega. Til uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari sho'r va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar achchiqni sezadi. Oshpazlarda ta'm bilish analizatori yaxshi rivojlangan bo'ladi.

Ichki a'zolaming sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator) Ichki a'zolarda, ya'ni o'pka, yurak, oshqozon, ichak, jigar, taloq, buyrak, siydik pufagi hamda qon tomirlari devorida retseptorlar joylashgan bo'lib" ular vistseroretseptorlar deb ataladi. Bu retseptorlar mazkur a'zolarda sodir bo'ladigan mexanik, kimyoviy, harorat va bosim o'zgarishlari ta'sirida qo'zg'aladi.Qo'zg'alish sezuvchi nerv I.olalari (vegetativ nerv sistemasi) orqali orqa va bosh miyadagi nerv markazlariga boradi. Markazlardagi nerv hujayralarida analiz va sintez qilinib, ta'siming tabiati aniqlanadi. Buning natijasida mazkur tomirlar kengayib yoki torayib qon bosimining oshishi va pasayishi, ichki a'zolarning sezish va harakatlanish faoliyati amalga oshadi.Shuni alohida qayd qilish kerakki, vistseroretseptorlar boshqa sezgi a'zolari retseptorJaridan farq qilib, ularning hamma qo'zg'alishi odamga sezilavermaydi. Balki bu retseptorlarning ba'zilarining qo'zg'alishi.ni odam sezadi. Masalan, och qolish, chanqash, siydik, najas ajratishga taalluqli retseptorlar qo'zg'alishini odam sezadi va shunga ko'ra chora-tadbir ko'radi. Ammo ko'pchilik vistseroretseptorlarning qo'zg'alishini odamsezmaydi. Masalan, yurak, o'pka, taloq, jigar, buyrak kabi a'zolar hamda qon tomirlari devoridagi retseptorlarning qo'zg'algani va ularning ishi o'zgargani odamga ko'pineha bilinmaydi. Biroq ichki a'zolar kasallanganda ularda sodir bo'ladigan o'zgarishlar retseptorlarning kuchli qo'zg'alishi natijasida odamda kasallikning noxush belgilari seziladi. Masalan, kasallangan a'zo sohasida og'riq, achishish, ichaklarda gaz to'planishi tufayli qorin sohasida g'uldurash eshitilishi kabilar shular jumlasidandir.

Nazorat uchun savollar:

1. Sezgi a'zolarining ahamiyati nimada?

2.Ko'rish a'zosi (ko'rish analizatori) ko'rish gigienasi deganda nimalar tushuniladi?

3.Eshitish a'zosi (eshitish analizatori) tuzilishi va gigiyenasi qanday ?

4.Muvozanat a'zosi (vestibulyar analizator) qanday ahamiyat kasb etadi?

5.Muskul, pay va bo'g'imlar orqali sezish (harakat analizatori) qanday amalga oshadi ?

6.Teri, ta’m bilish va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish va turli falokatlli holatlardan saqlanish uchun nimalar qilish zarur ?

7.Ichki a'zolaming sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator) qanday kelib chiqadi?

Ma'ruza:Bolalar va o’smirlarda nafas olish va yurak qon-tomirlarining yoshga oid xususiyatlari

111-BOB: NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI.

Nafasning ahamiyati. Nafas olish – bu organizm va uni o‘rab turuvchi atrof-muhit orasidagi gazlarning tinimsiz almashinuvidir.

Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof-muhitdan tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda sitoplazma tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan ajraladigan uglerod va vodorod bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarning oxirgi mahsulotlari – karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan kislorodning katta miqdorini o‘zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra sitoplazmasi tarkibiga kiradi.

Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiyani ajratuvchi biokimyoviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta’min etadi. Shu sababli uning to‘qimalarini kislorod bilan yetarlicha ta’minlamasdan organizm hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Hayvon qanchalik murakkab darajada tuzilishga ega bo‘lsa, u kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari to‘xtashi bilan bir necha daqiqa ichida o‘ladi.

Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda – diffuzli nafas olish mavjud – ya’ni gazlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujayra po‘stlog‘i orqali o‘tishidir. Quyi tabaqali ko‘p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi hasharotlarda gazlarning almashinuvi tana yuzasidagi hujayralar orqali bajariladi (teri orqali nafas olish). Teri orqali nafas olish maxsus nafas organlari mavjud bo‘lgan quyi tabaqali umurtqalilarda (baliqlar, amfibiya, sudralib yuruvchilarda) katta rol o‘ynaydi. Bu organlar yashash sharoitiga qarab rivojlangan bo‘ladi.

Suvli nafas organlari bo‘lib turli tuzilishga ega jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas olish), havoli nafas olish organlari bo‘lib – kekirdak va o‘pka (kekirdakli, o‘pkali nafas olish) hisoblanadi. Barcha baliqlarda jabrali nafas olish mavjud, lekin ayrim baliqlar teri hamda ichaklar orqali ham nafas oladilar.

Ichak naychalaridan suzish pufakchalari rivojlanadi va uning hujayralari kislorodni o‘ziga faol singdirib oladi (gazlar sekretsiyasi). Masalan, cho‘rtan baliqning suzish pufagida 35 %, dengiz okunida 88 % gacha kislorod saqlanadi. Bundan tashqari, suzish pufagi harakatlarni koordinasiyalashda ham ishtirok etadi.

Suv umurtqalilarida tashqi hamda ichki jabralar mavjud. Umurtqasiz hayvonlarda havoni qayta ishlovchi nafas organlari bo‘lib qayta o‘zgargan jabralar hisoblanadi. Ko‘pchilik hasharotlarda kekirdakning nozik o‘simtalarining murakkab turidan tashkil topgan kekirdakli tizim bo‘lib, u orqali to‘qimalar kislorod bilan ta’minlanadi. Repitiliya va amfibiyalarda gazlar almashinuvining 2/3 qismi teri orqali va 1/3 qismi o‘pka orqali (o‘pkali nafas olish) bajariladi.

Parrandalarda nafas organlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularda ham reptiliylardagi singari diafragma yo‘q. Kekirdak o‘pka ichidan to‘g‘ri havo xaltalariga o‘tadigan 2-ta bronxga bo‘linadi. O‘pka unchalik katta emas va qobirg‘alar bilan aralashib ketgan.

Havo, o‘pkadan undan o‘tadigan bronxlar shoxlariga, bronxiolalar va havo kapillyarlari hamda havo xaltalariga kelib tushadi. Uncha katta bo‘lmagan havo xaltalari – ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Barcha havo xaltalari o‘simtalarga yega va ularning ayrimlari oyoqlarning uzun naysimon suyaklari bilan tutashgan bo‘ladi. Nafas olinganda qobirg‘alarning qismlari orasidagi burchaklarning ortishi hisobiga vertikal yo‘nalishdagi ko‘krak hujayralarining hajmi ortadi. Gazlar almashinuvi qon kapillyarlari bilan juda yaxshi ta’minlangan, bu jarayon o‘pka va havo kapillyarlarda bajariladi va ular orqali havo nafas olish va chiqarish vaqtida ikki marta o‘tadi (havo xaltalari va orkaga).

Havo xaltalari – ancha katta havo rezurvuari bo‘lib uchish paytida qushlarni tanasini ushlab turish hamda tanani sovutish va uzoq muddat nafas olinmaganda hayotini saqlab qolinishini ta’minlaydi. Suvda suzuvchi parrandalarga esa tana zichligini kamaytiradi, natijada parrandalar suvga kam botadi.

5-Mavzu: Bolalar va o’smirlarda nafas olish organlarining yoshga oid xususiyatlari

REJA


1. Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar

2. Chaqaloqlik davrida va bolalikning turli davrlarida nafas olishning xususiyatlari

3. O’pkada gazlar almashinuvi,

4. Nafas olish organlari gigienasi

Tayanch iboralar: nafas muskullari,alveolalar,o’pka parenximasi,asinus, ovoz yorig’i, bronxlar, diafragma, nafas olish chastotasi,nafas hajmi,spirometriya,o’pkaning tiriklik sig’imi,o’pka ventilyasiyasi,gipok-siya

1.Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar

Nafas tizimi –nafas yo’llari, o’pka, nafas muskullari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlarga ajratiladi. Nafas yo’llari-odatda yuqori,o’rta va pastki nafas yo’llariga ajratiladi. Yuqorigi nafas yo’llariga burun va tomoq kiradi. Chaqaloqning burni nisbatan kichik bo’ladi. Yuqorigi va o’rta burun yo’llari ancha kalta 1 mm atrofida bo’ladi. Shu sababdan bola burun orqali nafas olganida havoning o’tishiga qarshilik yuqori bo’ladi.Chaqaloqning og’iz orqali nafas olishi qiyin, chunki til xiqildoq usti tog’ayini orqaga surib, havo yo’lini to’sib qo’yadi. Go’dakning tomog’i ham kichkina va tor bo’ladi.

O’rta havo yo’llari- hiqildoq, kekirdak va bronxlardan tashkil topgan. Uch yoshgacha o’g’il va qiz bolalarda hiqildoqda farq bo’lmaydi. To’rt yoshdan boshlab o’g’il bolalar hiqildog’i tez o’sa boshlaydi. O’n yoshga borib o’g’il bolalar ovozi ham o’zgarishga uchray boshlaydi. Bola tug’ilganida uning o’pkasi ancha nozik bo’ladi. Chaqaloq o’pkasida hammasi bo’lib, 20 million pufakchalar (alveolalar) uchraydi. Bu pufakchalar tashqaridan kirgan xavoni o’zida saqlab turishda xizmat qiladi.

Bola hayotining birinchi uch oyi davomida o’pkasi og’irligi ikki marta -50 g.dan 95 g gacha ortadi. Sakkiz yashar bolaning o’pkasi og’irligi chaqaloqnikidan 8 marta, 12 yoshar bolaniki 10 marta, kattalarniki esa 20 marta ko’p. Bolalar va o’smirlarda nafas olish va chiqarish jarayonini –uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi tartibga solib, boshqarib boradi.

Uzunchoq miyada nafas olishni ta’minlab turadigan ko’plab neyronlar bo’lib, bu neyronlar avtomatik tarzda ishlaydi. Nafas olish va chiqarish jarayonida ko’krak qafasi muskullari, diafragma muskullari( diafragma odamning ko’krak va qorin bo’shlig’ini ajratib turuvchi parda), tashqi va ichki qovurg’alararo muskullar ishtirok etadi. Bola nafas olganida ko’krak qafasi bir oz yuqoriga ko’tariladi, o’pkaga xavo kiradi,tashqi qovurg’alararo muskullar va diafragma muskullari qisqaradi ya’ni nafas olish yuzaga keladi. Nafas chiqarilganida ko’krak qafasi kichrayadi,o’pkadagi xavo ichki qovurg’alararo muskullar va qorin muskullari faoliyati natijasida tashqariga katta bosim ostida siqib chiqarib yuboriladi. Demak,bolada nafas olish va chiqarish jarayonlari ana shu tariqa amalga oshiriladi.

2. Chaqaloqlik davrida va bolalikning turli davrlarida nafas olishning xususiyatlari

Chaqaloq ilk bor nafas olganidan boshlab, uning nafas olish organlari muntazzam ishlay boshlaydi. Demak, chaqaloqlik va bolalikning turli davrlarida tashqi nafas ko’rsatkichlari quyidagicha bo’ladi:

Chaqaloqda nafas olish-bir daqiqada 44 marta

1 yoshli bolada-35 marta

5 yoshli bolada-25 marta

8 yoshli bolada-22 marta

12 yoshli bolada-18 marta

16 yoshli o’smirlarda-17 marta

Kattalarda esa o’rtacha 16 martani tashkil etadi.

Odamda o’pkaning xavoni sig’dira olish qobiliyati mavjud bo’lib,u –o’pkaning tiriklik sig’imi deb ataladi. O’pkaning tiriklik sig’imi ham bolalarda turlicha bo’ladi.

5 yoshli bolada-1300ml;

8 yoshli bolada-1600 ml;

12 yoshli bolada-2100 ml;

16 yoshli bolada-3200 ml;

Kattalarda esa o’pkaning tiriklik sig’imi o’rtacha-3500-4000ml ni tashkil etadi. Voyaga etgan odam har bir nafas olganida 500 ml havo oladi.Bu oddiy nafas xavosi deyiladi. Agar odam chuqurroq nafas olsa yana o’pkaga 1500 ml xavo kiradi.Bu qo’shimcha xavo deyiladi. Agar yanada chuqurroq nafas olinsa o’pkaga yana 1500 ml xavo kirib boradi. Bu rezerv havo deb ataladi. Demak, o’pkaning tiriklik sig’imi 3500 ml ni tashkil etadi.Odam o’pkasining tiriklik sig’imi spirometr asbobi bilan o’lchanadi.

3.O’pkada gazlar almashinuvi,nafas olish organlari gigienasi

Biz nafas olayotgan atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 % karbonat angidrid, 79,3 % azot gazi bo’ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdorda bo’ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3 % kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot bo’ladi. Ma’lumki ikkala o’pkaning ish bajaruvchi asosiy qismi, yoki struktura birligi bu-o’pka pufakchalari (alveolalari) hisoblanadi. Bu pufakchalarning soni ikkala o’pkada 750 millionga yaqin bo’ladi. Bu o’pkadagi pufakchalarning devori juda yupqa ya’ni 0,004 mm bo’ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to’rsimon shaklda o’rab olgan bo’ladi. O’pka pufakchalari ichidagi havo kapillyar qon tomirlari orqali qonga o’tib butun to’qima va hujayralarga tarqaladi. O’z navbatida qondagi zaxarli gazlar kapillyarlar orqali pufakchalarga o’tadi va organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Tinch holatda voyaga etgan odam bir daqiqada atmosfera havosidan 250-300 ml sof kislorod qabul qiladi. O’pkadan qonga o’tgan kislorod qizil qon tanachalari-eritrositlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to’qimalariga boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo’lganligi uchun u to’qimaga o’tadi, to’qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo’lib, u qonga o’tadi.

Shunday qilib, to’qimaga kelgan arterial qon kislorodni to’qimalarga o’tkazadi va to’qimalardan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Mana shu tariqa o’pka va to’qimalar o’rtasida gazlar qon orqali almashinib turadi. Atmosfera bosimi 760 mm sim.ustuniga teng bo’lsa,barcha fiziologik jarayonlar normal kechadi. Agar yuqori tog’ cho’qqilariga chiqilsa,yuqorida bosim past bo’ladi. Ya’ni havo tarkibida kislorod kam bo’ladi. Natijada nafas olish qiyinlashadi va bolalarda tog’ kasalligi deb ataluvchi kasallik yuzaga keladi. Agar g’orlarga, suv tubiga tushilsa aksincha u erda bosim yuqori bo’ladi va odamda Kesson kasalligi paydo bo’ladi. Nafas olish a’zolarining normal rivojlanishi, ularni har-xil kasalliklardan himoya qilishda xar bir yosh shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishlari lozim bo’ladi. Buning uchun bolani yoshligidan og’iz bilan emas, burun bilan nafas olishga o’rgatish lozim. Shunda o’pka bir tekisda rivojlanib boradi. Bundan tashqari bolani yoshligidan doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishini ta’minlash xar hil gripp, laringit, faringit kabi nafas olish organlari kasalliklaridan himoya qiladi. Bundan tashqari yoshlik davridan boshlab chekish turli nafas olish organlarida rak ya’ni o’sma kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Tamaki tutini tarkibida yuzlab zaharli moddalar borligi aniqlangan. Demakki, gigiena qoidalariga amal qilish, uzoq umr ko’rish garovidir.

4. Nafas olish gigiyenasi. Nafas olish va chiqarish harakatlarini to‘g‘ri bajarish nafas olish gigiyenasida muhim ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida bolalarni to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatiladi. Nafas olish organlarini rivojlantirish uchun bolalarga o‘tirish, yugurishda, suzishda, velosiped haydash,konkida uchish va gimnastika bilan shug‘ullanganda nafas olish qoidalarini o‘rgatish, ya’ni ularni burundan nafas olishga o‘rgatish kerak, chunki burundan nafas olganda organizmni yallig‘lanish kasalliklariga va infektsiyalarga chidamlilik darajasi ortadi. Og‘iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismida ko‘krak qafasining rivojlanishida kamchiliklar ko‘zatiladi.

Jismoniy jihatdan chiniqqan bolalarda o‘pka ventilyasiyasi kuchli va nafas olish chuqur bo‘ladi, bu yurak-tomir va asab tizimiga, hamda boshqa organlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bolalar va o‘smirlar yilning barcha fasllarida imkoni boricha sof havoda ko‘proq bo‘lishi, kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalar har kuni ochiq havoda kamida 5 soat, kichik maktab yoshidagi bolalar 3 soat bo‘lishi shart.Maktab, lisey va kollejlarda sinf xonalari, laboratoriya, ustaxonani tez-tez shamollatib turish kerak. Bolalar yozda hovli yoki uyda derazani ochib qo‘yib, qishda esa fortochkalarni ochib qo‘yib uxlashi lozim. Ana shunda ular toza havodan yaxshi nafas oladilar

YURAK QON-TOMIRLAR FIZIOLOGIYASI

Qon aylanishi tizimi. Gubkalarda (suv jonivori-bulut) kanalchalardan tizilgan bo‘lib, ularda oziqlanish, nafas olish va ajratish manbalari hisoblanuvchi suyuqlik harakat qiladi. Kovakichlilar va quyi chuvalchanglarda oshqozon ritmik ravishda qisqaruvchi va gidrolimfa aylanib yuruvchi radial kanallarga chiqadi. Bo‘g‘imoyoqlilar va molyuskalarda (gemolimfa aylanib yuruvchi) ritmik qisqaruvchi tomirlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning to‘qimalarga o‘tishda-lakunlarga o‘tadi, shu sababli bu jonzotlarda lakunarli yopiq bo‘lmagan qon aylanish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Birinchi yopiq qon aylanish tizimi yuqori darajali chuvalchanglarda kuzatilgan. Bu tizimda harakatlanayotgan qon hujayralargacha yetib bormaydi, to‘qimalar limfa bilan yuviladi. Yopiq qon aylanish tizimlari qorin va yelka tomirlaridan tashkil topgan bo‘lib, asosan yelka tomirlar qismini pulsi sezilarli bo‘ladi. Lansetnikda yurak rolini pulslanuvchi qorin tomiri bajaradi.

Past tabaqali umurtqalilarda yuraklar hosil bo‘ladi. Baliqlarda yurak ikki kamerali, amfibiyalarda esa uch kamerali va kichik qon aylanish doirasi rivojlangan. Quyi repiteliyalarda to‘rt kamerali yuraklar xuddi oliy darajadagi reptiliylardagi kabi yaxshi rivojlangan.

Muskulli yurakni hosil bo‘lishida arterial tizimni – venoz tizimi bilan bog‘lovchi, qaysiki yurak qorinchalarida rivojlanuvchi keskin ortuvchi bosim qarshiligini kapillyarlarda yuzaga kelishida asosiy rolni o‘ynaydi.

Parranda va sut yemizuvchilarni yuragi to‘rt kamerali bo‘lib, to‘lig‘icha o‘ng va chap qismlarga bo‘lingan ular bir-biri bilan faqat katta va kichik qon aylanish doiralari qon tomirlari orqali aloqada bo‘ladi.

Qon tomirlari: arteriyalar, venalar va kapillyarlar. Arteriya qon tomirlari uchta po‘stloqdan iborat bo‘lib: tashqi-biriktiruvchi to‘qimalardan, o‘rta silliq muskul to‘qimalardan va ichki bir qatlamli yassi epiteliyalardan iborat bo‘ladi. Ular elastik va muskul tipidagi arteriallarga farqlanadi. Birinchi tipga aorta va o‘pka artteriyasi kirib, ularning o‘rtangi qatlami yelastik tipdagi tolalardan tashkil topgan bo‘ladi. Muskul tipidagi arteriyalarga qolgan barcha arteriya tomirlari kiradi.

Venalar tuzilishi bo‘yicha arteriya tomirlariga juda o‘xshash, faqat ularning o‘rtangi qavati jiddiy darajada yupqa bo‘lib, ularda qonning orqaga qarab oqishiga qarshilik ko‘rsatuvchi klapanlar joylashgan. Venalar arteriyalarga nisbatan biroz keng.

Kapillyarlarning devorlari bir qavat epitelial hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida yulduzsimon qisqaruvchi Ruje hujayralari joylashgan.

Odamlar va sut yemizuvchi hayvonlarning qon tashuvchi tizimi nisbatan yopiq, qaysiki kapillyarlar devorlari katta miqdordagi suv bilan unda yerigan to‘yimli moddalar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari uchun o‘tkazuvchan va ular orqali alveolyar epiteliya hujayralari va kapillyarlarning epitelial hujayralari orasida hamda kapillyarlar joylashgan to‘qima bilan kapillyarlarni yepitelial hujayralari orasida gazlar almashinuvi kechadi.

Tomirlar funksional jihatdan ham turlichadirlar va ular 6 guruhga bo‘linadi; 1)ammortizasiyalovchi tomirlar–aorta va o‘pka venasi, 2) qarshilik ko‘rsatuvchi–barcha katta va mayda arteriyalar; 3) almashinuv–barcha kapillyarlar; 4) anastomoz–to‘g‘ridan to‘g‘ri arteriyalarni venalarga tutashtiradi; 5) sfinkterli–kapillyarlarga qon o‘tishini ta’minlovchi sfinkterli tomirlar; 6) hajmli–kovak va katta hajmli venalar.

Mavzu: Bolalar organizmida qon va yurak-tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari

REJA

Bolalarda qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari



Bola qonining miqdori va funksiyalari

Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari

Qon aylanish tizimi va gigienasi.

Tayanch iboralar: qon yaratuvchi a’zolar,suyak ko’migi,taloq,ayrisimon bez,limfoid kompleks,qonning shaklli elementlari,immunitet,gemoliz,

gipokeniziya, osmotik chidamlilik,aortalar,klapanlar,kovak venalar

1.Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari

Qon tizimi juda murakkab bo’lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. Ularga qonning o’zi, qon yaratuvchi a’zolar, qon yemirilishini ta’minlovchi a’zolar kiradi. Qon yaratuvchi a’zolar ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan qonning shaklli elementlarini, ikkinchidan,gumoral immunitetni ta’minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a’zolarga bo’linadi.

Qizil suyak ko’migi va ayrisimon bez odamning markaziy qon yaratuvchi a’zolarini tashkil qilsa,chetdagi qon yaratuvchi a’zolarga –limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi, asosan ovqat hazm qilish tizimi devoridagi l i m f o i d to’qima kiradi. Bu a’zolarning hammasida yoshga bog’liq sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko’migi. Bola tug’ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi, qonga bo’lgan ehtiyoj ortadi.Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan suyak ko’migida rivojlanadi.Bola to’rt yoshga yetganida naysimon suyaklarida sariq ilik paydo bo’ladi va balog’atga yetish davrida suyaklarning bu qismini to’ldiradi. Qonning shaklli elementlarini yaratuvchi o’zak hujayralarining asosiy qismi qizil ko’mikda joylashgan. Qizil ko’mikda umuman uchraydigan bir million hujayraga 50 ta o’zak hujayra to’g’ri keladi. Ulardagi ko’mikda qonning quyuq qismini tashkil etuvchi shaklli elementlar-eritrositlar, donali barcha leykositlar,trombositlar,limfositlar rivojlanadi.

Shu bilan birga ko’mik eritrositlarini yemirishda, ulardan ajralib chiqqan temirni qayta o’zlashtirishda va qon tarkibiga kiruvchi gemoglobin moddasini sintez qilishda ishtirok etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, chaqaloqlik davrida qon yaratuvchi a’zolarning tiklovchilik qobiliyati juda yuqori, ular yo’qotilgan qon o’rnini tez-tez to’ldira oladi. Limfoid kompleksga-ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va ovqat hazm qilish tizimidagi l i m f o i d to’qima kiradi. Ayrisimon bez- u bolalarda alohida o’rin tutadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bu bezi 7-34 g gacha bo’ladi.Bola uch yoshga yetgunicha bu bez katalashadi,3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklasha boshlaydi.Bu bez immunologik xotira a’zosidir.Ayrisimon bezdan ajraladigan gormonlar bolaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydi va ayniqsa bolaning immunitet tizimini rivojlanishida o’ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Limfatik tugunlar Limfa tomirlari bo’ylab juda ko’p limfa tugunlari joylashgan.Tanada bu limfatik tugunlarning umumiy massasi 1,5-2 kg atrofida bo’ladi. Limfatik tugunlarning qon yaratilishidagi ishtiroki T va V limfositlar ko’payishini, ularning antigenga mos holda ixtisoslashishini va maxsus antitelolar-(odam organizmini yot moddalar ya’ni antigenlardan himoya qiluvchi moda) ishlab chiqarishini ta’minlashdan iborat.Taloq –u qon yaratuvchi a’zolar orasida tuzilishi jihatidan eng murakkab bo’lgan a’zo hisoblanadi. U qonning shaklli elementlarini muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yemirilishini ta’minlaydi. Chaqaloq talog’ining og’irligi 10 gr keladi.Shuningdek taloqda organizmdagi ortiqcha qon zahira holida saqlanadi va organizm kerakli paytda taloqdagi zahira qondan foydalanadi.Taloq yana organizmni immunitet xususiyatini oshirishda ham xizmat qiladi.

2. Bola qonining miqdori va funksiyalari Ma’lumki bolalarda va kattalarda qon asosan ikki qismdan iborat bo’ladi. Qonning 55-60%qon plazmasi ya’ni suyuq qism,qolgan 40-45% ini qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elemetlar tashkil etadi.Qonning shaklli elemetlariga qizil qon hujayralari –eritrositlar, oq qon hujayralari –leykositlar va qon plastinkalari-trombositlar kiradi. Qon plazmasi bolaning o’sishi va rivojlanishini ta’min etadi.Shaklli elementlardan eritrositlar qizil ilikda hosil bo’lib,120 kun yashaydi va keyin parchalanib ketadi.Eritrositlarning tarkibida gemoglobin moddasi mavjud bo’lib, u temir moddasidan va globin nomli oqsildan iborat bo’ladi. Eritrositlar organizmda kislorod va karbonat angidrid kabi bir qator gazlarni tashish vazifasini bajaradi,miqdori esa kattalarda 1 mm qonda o’rtacha 5mln.dona atrofida bo’ladi. Agar eritrositlar kamayib ketsa, organizmda animeya ya’ni kam qonlik kasali vujudga keladi. Oq qon hujayralari leykositlar esa organizmda 3-5 kungina yashaydi va o’z navbatida o’ta muhim bo’lgan organizmni begona moddalardan himoya qilish ya’ni fagositoz vazifasini bajaradi va ularning miqdori kattalarda 6-8 ming dona bo’ladi. Trombositlar esa organizm jarohatlanib qon oqa boshlaganda tezda to’siq hosil qilib, qon ivishini ta’minlab beradi va miqdori kattalarda 300-400 ming dona bo’ladi.

Tana og’irligiga nisbatan hisoblaganda, chaqoloq qonining miqdori 12-15% ni tashkil (katta odamlarda o’rtacha 7%) etadi.Bola bir yoshga to’lganida qonning miqdori 10-11% ga teng bo’ladi. Demak, chaqaloq tanasi og’irligining 1kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga 100 ml, katta yoshli odamda 70 ml qon to’g’ri keladi. Bolalarda qon miqdorining ko’pligi organizmning kislorodga bo’lgan yuqori ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bir kunlik chaqaloq qoni hajmining 54% ini shaklli elementlar, 46 % ini plazma tashkil etadi.Balog’atga yetish davrida bu ko’rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi.

Yangi tug’ilgan bolalarda eritrositlar 1 mm qonda 5 mln. 250 ming dona bo’ladi. Chaqaloq eritrositlarining umri qisqa 2-3 kungina bo’ladi.Bola bir yoshga kirganidan so’ng eritrositlar kattalarnikidek 120 kun yashaydi.Chaqaloqda eritrositlar tarkibidagi gemoglobin miqdori kattalarnikidan ko’proq bo’ladi (17-18 g %).Xuddi shuningdek chaqaloqlarda va yosh bolalarda leykositlar, trombositlarning soni,tarkibi ham kattalarnikidan anchaga farq qiladi va voyaga yetish davri oldidan kattalarnikiga tenglashadi.Endi qonning funksiyalari haqida quyidagilarni aytish mumkin: 1) Qon organizmda tashuvchanlik vazifasini bajaradi; 2) qon immunitet vazifasini bajaradi; 3) qon organizmni nerv sistemasi bilan birgalikda gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) qon tana haroratini doimiy bo’lishini boshqarishda ishtirok etadi.Bular qonning asosiy vazifalari hisoblanib,bulardan tashqari qon yana bir qator funksiyalarni ham bajaradi.

3.Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari Ma’lumki, yurak odamda qonni tomirlarga xaydab beradigan va tinimsiz ravishda avtomamik tarzda urib turadigan organ hisoblanadi. Yurak to’rt kamerali hisoblanadi ya’ni ikkita o’ng va chap bo’lmachalar xamda o’ng va chap qorinchalardan iboratdir.Chaqaloq yuragining og’irligi 16-24 gr ga teng bo’lib,tana og’irligining 0,68-0,89 % ini tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda yurak erkaklarda 220-300 gr ga, ayollarda 180-220 ga teng bo’lib,tana og’irligining 0,48-0,52 % ini tashkil etadi.

Katta odamlarda yurak bir daqiqada 70-72 marta ursa, chaqaloqlarda ancha yuqori ya’ni 120-140 martani tashkil etadi.Bolalarda yurakning o’sishi ikki yoshgacha ancha tez bo’ladi, ikki yoshdan keyin esa sekinlashadi. Bolalar yurak qon- tomir tizimi o’sish va rivojlanish davrida neyrogumoral tizim tomonidan boshqarilib boriladi.Puls- Yurakning qisqarish chastotasi ya’ni puls chaqaloq tug’ilgan kunida bir daqiqada 140 marta, 2-3 oyligidan boshlab, 127 marta, bir yoshdan boshlab, 2 yoshgacha 120 marta, 2-4 yoshgacha 115 marta, 5 yoshda-100 marta, 7-10 yoshda 85-75 marta va nixoyat 14 yoshdan boshlab esa kattalarnikiga tenglashadi ya’ni 70-72 martaga yetadi.

4.Qon aylanish tizimi. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat bo’ladi. Kata qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning o’ng bo’lmachasiga kelib qo’yilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish doirasining vazifasi burun bo’shlig’i orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali barcha organ va to’qimalarga tashilib, yetkazilib beriladi ya’ni to’qima va hujayralar kislorod bilan ta’minlanadi.O’z navbatida to’qima va organlardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan zaharli,qoldiq gazlar katta qon aylanish doirasi orqali yurakning o’ng bo’lmasiga olib kelinadi.

Kichik qon aylanish doirasi –yurakning o’ng qorinchasidan boshlanib,o’pka arteriyasi deb nomlanadigan qon tomiri orqali ikkala o’pkaga boradi.O’pkada mayda qon tomirlari orqali zaxarli gazlar tashqariga chiqarib yuboriladi va kislorodga to’yingan toza qon tomirlarga o’tadi.O’pkada toza qonga aylangan qon o’pka venalari nomli qon tomirlari orqali yurakning chap bo’lmasiga kelib quyiladi va shu tariqa qon aylanish tizimi tinimsiz ravishda tanada aylanib boraveradi.

Demak, qon aylanish doiralari organizmni qon bilan ta’minlab turadi. Qonning tomirlarda aylanayotganida albatta qon bosimiga ham e’tibor berish lozim. Qon bosimi kattalarda yuqorisi 110-120 ga pastki chegarasi esa 80-70 ga tengdir. Bolalarda bu ko’rsatkich ham o’z navbatida ancha past ko’rinishga ega bo’ladi. Qon bosimi Karotkov yaratgan tanometr yordamida o’lchanadi.

Yurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasi. Kun tartibi yurak-tomir tizimiga kuchli ta’sir etadi. Bolaning kun tartibi to‘g‘ri tashkil yetilsa, yurak-tomir tizimi mutadil ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og‘ir-yengilligi, ularning yoshiga mos bo‘lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakasizlik yurak-tomir tizimi ishini buzadi.

Bolalarning kiyimi, poyafzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarda qon damlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak. Poyafzal tor bo‘lsa, oyoqning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo‘ladi. Bolalarning sof havoda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarning normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.

Nazorat savollari

Bolalarda qonning fizik-kimyoviy xususiyatlarini gapirib bering ?

Qon tizimi yoshga oid o’zgarishlarga egami?

Bolalarda yurak qanday xususiyatlarga ega?

Bolalar yuragining hajmi va tuzilishini izoxlang?

Qon aylanish tizimi xaqida tushincha bering?

Yurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasi nimalarda namyon bo’ladi?.

Ma'ruza: MARKAZIY ASAB SISTEMASI FUNKSIYASINING YOSHGA QARAB O‘ZGARISHI

MARKAZIY ASAB SISTEMASI FUNKSIYASINING YOSHGA QARAB O‘ZGARISHI.

Asab tizimining tuzilishi. Nerv sistemasi faqat tirik organizmlarga xos bo‘lib, turlicha tuzilgan va murakablik darajasi ham har xil. Nerv sistemasi odam organizmining barcha to‘qimalari va organlarining o‘zaro aloqasini va bir butun bo‘lib harakat qilishini taminlayda. Uning yordamida turli-tuman ta’sir idrok yetiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga ko‘ra javob reaksiyalari shakllanadi, ya’ni organizmng o‘z-o‘zini idora qilishi va moslashuvi jarayonlari boradi.

Nerv sistemasi organlar va tuqimalarga turli moddalar yordamida qon orqali ta’sir qiladigan gumoral sistema bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi. Biroq nerv mexanizmi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki taassurot nerv tolalari bo‘ylab faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi.

Butun nerv sistemasini tuzilishi jihatidan markaziy va periferik sistemalarga bo‘lish mumkin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya, periferik nerv sistemasiga somatik va vegetativ nerv sistemasi kiradi. Bosh miya kalla qutisi ichida, orqa miya umurtqa pogonasining orqa miya kanalida bo‘ladi. Periferik nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan barcha organlar va to‘qimalarda bo‘ladigan reseptorlar va yeffektorlar orqali bog‘lanib turadi.

Nerv to‘qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. Ular tanadan va ikkita tarmoq (o‘siq)- dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘zaro va turli orgaiiiarning to‘qimalari yordamida birikadi. Neyronning asosiy funksiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impulslari ko‘rinishida uzatishdir.

Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi. Akson-uzun o‘simta bo‘lib, u ham tarmoqlanishi mumkin, unda yon va oxirgi o‘simtalar hosil bo‘ladi. Akson qo‘zg‘alishni neyron tanasidan boshqa hujayralariga yoki to‘qimalarga o‘tkazishga moslashgan, uzunligi 1 m ga yaqin bo‘lishi mumkin.

Agar akson:atrofdagi to‘qiimalariva boshqa nerv tolalarining elektr-ximiyaviy ta’siridan himoya qiladigan miyelin parda bilan o‘ralgan bo‘lsa,. nerv impul’sini o‘tkazish tezligi ortadi. Hamma sezuvchi va harakatlanuvchan nerv tolalari, shuningdek, vegetativ tolalarning bir kismi ham shunday parda bilan o‘ralgan. Ko‘p sonli aksonlardan nerv tolalari va nerv sistemasining o‘tkazuvchi yo‘llari shakilanadi.

Har bir o‘simta sinaps nomini olgan qoplama bilan tugallanadi. U nerv impul’sini bir neyrondan ikkinchisiga yoki biror to‘qimaga o‘tkazishni ta’minlaydigan fiziologik aktiv moddalari bo‘lgan pufakchalar -mediatorlar bilan to‘lgan bo‘ladi. Shunday qilib, nerv sistemasi bo‘ylab axborot o‘tkazish elektr va ximiyaviy tabiatga ega. Agar neyronning tanasi shikastlansa, akson va dendritlar nobud bo‘ladi, agar u saqlanib qolsa, unda yangi o‘simtalar hosil qiladi.

Hayot mobaynida neyron o‘simtalari tarmog‘ining soni o‘zgarishi -niifrikinfigi aniqlangan, shu tufayli bosh miya o‘sadi va rivojlanadi. itilgah nerv hujayrasi bo‘lini’shiga va o‘zi singari vaqtida ;shakllanadigan 10-14 mlrd neyron keyin bir dona ham ko‘paymaydi. 3u tarkibiy qismlar 5-7 yoshli bolada, ayniqsa jadal o‘sadi. Shunga muvofiq : neyronlarning sinaptik bog‘lari soni ham ortadi mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, nerv hujayrasi yuzasining taxminan 80% sinapslar bilan qoplanishi mumkin va ularning miqdori neyron bog‘laridan .dalolat beradi. Turli nerv hujayralarida ularning ;soni o‘zgarib turadi va neyronlarning funksional ishi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. ,Masalan, tug‘ilishdan boshlab, sog‘lom hayvonlar tajriba tariqasida mutlaqo qorong‘ida boqilsa, ularda neyronlarning rivojlanishi, ko‘rish, markazi bilan sinaptik aloqalari rivojlamaydi, yorug‘lik axboroti qabul qilinmaydi va qayta ishlanmaydi. Natijada :ko‘rish organining barcha struktura elementlari bo‘lishiga qaramay, hayvonlarning ko‘zi ko‘rmaydi.

Nerv to‘qimasi hujayralarining ayrim o‘ziga xos :qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik xossalari bor. Qo‘zg‘aluvchanlik tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni qabul qilish va ularga qo‘zg‘alish reaksiyasi bilan javob berish xususiyatidan iborat. Nerv hujayralari va boshqa ayrim hujayralar, masalan, muskul hujayralarining qo‘zg‘aluvchanligi ayniqsa yuksak va ular ta’sirga tez javob berishga moslashgan. Bunga o‘tkazuvchanlik xossasi, ya’ni to‘qimaning qo‘zg‘alishni o‘tkazish qobiliyati tufayli erishiladi. Qo‘zgaluvchanlik va o‘tkazuvchanlik xossalari membranada va hujayralar ichida bo‘ladigan qator bioximiyaviy, fizik va elektr hodisalari bilan bog‘liq va shular tufayli amalga oshiriladi.

Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nerv tolalari mavjud. Markazga intiluvchi nervlar qo‘zg‘alishni reseptorlardan markaziy nerv sistemasiga o‘tkazadi va ular sezuvchi, ya’ni markazga intiluvchi nervlar deyiladi. Markazdan qochuvchi nerv tolalari bo‘ylab impuls markaziy nerv sistemasidan periferiyaga, ishchi organlarga-yeffektorlarga keladi. Bu tolalar yana harakat tolalari ham deyiladi. Aralash nervlarda tolalarning ikkala turi ham bo‘ladi.

Dendritlar axborotni boshqa nerv hujayralaridan yoki odam tanasi yuzasida, shuningdek, ichki organlarning to‘qimalarida joylashgan muvofiqlashgan sezuvchi hujayralar-reseptorlardan oladi. Redeptorda vujudga kelgan qo‘zg‘alish jarayoni sezuvchi neyron bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga tarqaladi, u yerda harakat neyroniga o‘tadi va u bo‘ylab yeffektorga borib etadi hamda to‘qima tipining qandayligiga ko‘ra, muayyan reaksiya ko‘rinishida tugallanadi. Bu, masalan, muskullar qisqarishi, biror bezning sekretsiyasi kabilarda yuzaga chiqishi mumkin.

Tasvirlangan nerv strukturasi reflektor yoy deb ataladi, tashqi yoki ichki muhitdan markaziy nerv sistemasi ishtirokida bo‘ladigan ta’sirga organizmning javob reaksiyasi yesa refleks deyiladi. Reflektor yoylar ikkita va undan ko‘p neyronlardan iborat bo‘lishi va ulardagi qo‘zg‘alish faqat bir yo‘nalishda o‘tkazilishi mumkin.

Ontogenez jarayonida asab tizimi turli bo‘limlarining shakllanishi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq orqa miyasining vazni 3-4 g va uzunligi 14-16 sm bo‘ladi. Bosh miyasi taxminan 400 g bo‘ladi. Dastlabki 3 yilda miya to‘qimalarning jadal o‘sishi ko‘zatiladi va dastlabki ikki yil mobaynida o‘sishda orqa miyani keyinda qoldiradi. Keyiichalik orqa miya bosh miyadan tezroq o‘sadi.

Bosh miya tez orada katta odam miyasiga yaqin o‘lchamlarga ega bo‘ladi. 3 oylikda uning vazni ikki baravar oshadi, 3 yoshda uch baravar oshadi va 4 yoshda taxminan 1200 g ga etadi. Tug‘ilgan davrdan boshlab katta bo‘lguncha (20 yoshga to‘lguncha) orqa miyaning vazni 8 marta, bosh miyaniki 4 marta ortadi.

Uzunchoq miya va ko‘prikcha yadrolari tug‘ilish vaqtiga kelib shakllanib bo‘ladi va 7 yoshda ularning yetilishi, asosan tugallangan miya bu bo‘limlarning tuzilishi katta odamnikidan farq qilmaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘rta miyasi ham tuzilishiga ko‘ra katta odamnikiga o‘xshaydi Kalla suyagi, miya nervlarining yadrolari yaxshi rivojlangan. Boshqa nerv markazlarining yadrolari ham, rivojlanish jihatidan bir xil bo‘lmasa-da, mavjud bo‘ladi. Chunonchi, qizil yadro neyronlari pigmentasiyasi 2 yoshdan boshlanadi va 4 oshga kelib tugallanadi. Qora substansiyaniki 3 yoshdan 7 yoshgacha davom etadi.

Miyacha tuzilmasining shakllanishi tug‘ilishdan keyin juda tez boradi. Bir yoshda uning vazni to‘rt marta ortadi, 3 yoshda katta odam niyachasi o‘lchamlariga mos keladi va 7-8 yoshga kelib, jadal rivojlanish jarayoni tugallanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda oraliq niya yadrolarining kattagina qismi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Jigarning rivojlanishi va tabaqalanishi 17 yoshgacha davom etadi.

Gipotalamus yadrolari 3 yoshga borib yetiladi. Bazal yadrolari dastlabki ikki yilda jadal o‘sadi va bu vaqt ichida ular to‘qimasining massasi; ikki baravar ortadi.

Vegetativ nerv sistemasining rivojlanishi bolada harakat funksiyalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib 12-14 oshda , katta yoshli odamdagi darajaga etadi.

Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari

Har qanday ta’sirga organizm o‘ziga xos tarzda javob beradi, beriladigan javobning amalga oshishi, ko‘rsatilayotgan ta’sirotchining ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek, organizmning markaziy asab tizimi tomonidan sodir qilinadigan o‘z reaksiyasi bo‘ladi. Beriladigan javob ta’sir kuchiga mos kelmasligi, kuchsizroq bo‘lishi, :kuchli yoki tashqi tomondan sezilmasligi mumkin. Bu esa ikki nerv holatining / qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘zaro ta’siri orqali bo‘lishi mumkin.

Tormozlanish qaysidir reflekslarning zaiflashishi nerv sistemasining haddan ziyod qo‘zg‘alishiga va kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘alish organizmning har qanday ta’sirga javlb reaksiyasini ta’minlaydi. Organizmning javob reaksiyalari bir-biridan ajralgan holda emas balki murakkab reflektor faktlarga birlashib sodir bo‘ladi.

I.P.Pavlov reflekslarni ikkiga: shartli va shartsiz refleksga ajratgan. «Shartsiz refleks» atamasi ta’sirlovchining reseptorlarga ta’siridan so‘ng shartsiz (mukarrar ravishda) paydo bo‘luvchi reflekslarni belgilash uchun kiritilgan. Masalan, og‘izga ovqat solinishi bilan so‘lak ajralishi, nina sanchilganda barmoqni tortib olish va hokazolar. Har qanday shartsiz refleks markaziy nerv sistemasining ko‘p bo‘limlari orqali ta’minlanadi, lekin asosan u markaziy nerv sistemasining quyi pog‘onalari faoliyati (orqa miya, bosh miya o‘qi) bilan bog‘liq. Shartsiz reflekslar odam va hayvonlarning o‘ziga xos tug‘ma xatti-harakatini ta’minlaydi, bu esa tug‘ilgandan keyin shartli refleks bilan birgalikda turg‘unlashadi. Ular ota-onadan meros qoladi va butun umr davomida saqlanadi. Shartsiz reflekslarga, masalan, oziqlanish, himoya va mo‘ljal olish reflekslari kiradi.

Odam o‘z hayoti davomida ko‘nikish reaksiyalarini kasb etadi. Ular shartli qo‘zg‘aluvchilar bilan shartsiz reflektor faktlari o‘rtasidagi vaqtincha aloqalar asosida paydo bo‘ladi.

Shartli refleks shartli qo‘zg‘atuvchiga bog‘liq holda kelib chiqadi. Tashqi yoki ichki sharoitning har qanday o‘zgarishi biron shartsiz faoliyat bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelsa, u shartli qo‘zg‘atuvchi bo‘la oladi. Masalan, doimiy ovqat vaqtida so‘lak oshqozon shirasining ajralishi, avval zaharlanishga olib kelgan ovqatning hidi yoki ko‘rinishidan ko‘ngil aynishi, limonni ko‘rish yoki yeslash bilan so‘lak ajralishi, qandaydir faoliyatning stereotipligi va hokazolar shular jumlasidandir.

Shartli reflekslarning shakllanishida bosh miya po‘stlog‘i katta rol o‘ynaydi. Agar paydo bo‘lgan shartli reflekslardan foydalanish zaruriyati bo‘lmasa, ular sekinlashadi va hatto yo‘qoladi, yangilari paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham shartli reflekslarning biologik ahamiyati shartli reflekslarning tez almashinuvi natijasida organizmning yangi sharoitga moslashuvida ko‘rinadi.

Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun quyidagi sharoitlar zarur:

1. Indifferent (shartli), ya’ni shu javob reaksiyasiga xos bo‘lmagan qo‘zg‘atuvchining mavjudligi.

2. Mustahkamlangan shartli qo‘zg‘atuvchining bir necha bor qaytarilishi, ya’ni bir vaqtning o‘zida sharsiz refleks paydo qiluvchi qo‘zg‘atuvchi qo‘llanilishi kerak.

3. Boshqa kuchli qo‘zg‘atuvchilar bo‘lmasligi.

Shartli refleksning 30 ga yaqin turi ma’lum. Shulardan o‘quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy bo‘lgan bir necha turi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bular vaqt, sharoit va taqlid reflekslaridir. Bolaning xulqi yoki qandaydir faoliyatining shakllanishida birinchi tartib shartli reflekslar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolani bir vaqtda ovqatlantirish refleks uyg‘onishiga olib keladi. Bu yesa ma’lum vaqtga kelib, ochlik hissi uyg‘onishi natijasida, ya’ni ovqat sharsiz reflekslari miya tuzilishiga ta’sir ko‘rsatishi, ularni qo‘zg‘atib, uyg‘onishga olib kelishi oqibatida ro‘y beradi. Shunday qilib, bolaning xatti-harakatini o‘zgartirish uchun vaqt shartli refleks signalidir. Bola katta bo‘lganida bu qo‘zg‘atuvchi saqlanadi, ammo uning xatti-haraqatlari murakkablashadi va ovqat qabul qilishgacha bir qancha qo‘shimcha harakatlar bajarilishi kerak bo‘ladi: turish, yuvinish, kiyinish va hokazolar.

Murakkab, ammo har doim muayyan izchillikda takrorlanadigan harakatlar ularning bir necha bor takrorlanuvchi bitta qo‘zg‘atuvchini qabul qilishi ta’siridan paydo bo‘ladi. Bu ketma-ketlik bosh miya po‘stlog‘i va uning boshqa tuzilishlarida asta-sekin mustahkamlanadi va keyinchalik oson qaytarilishi mumkin. Buning uchun avval qo‘llangan barcha qo‘zg‘atuvchilirning ishlashi shart yemas, qayd qilingan tartibda butun harakatning takrorlanishi uchun birgina qo‘zg‘atuvchi yetarli bo‘ladi.

Rivojlanuvchi stereotipni qabul qilish odatda, avtomatik tarzda vaqt, sharoit qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan paydo bo‘lgan birlamchi shartli-reflektor javoblar sistemasi bilan mos holda bo‘ladi. Ishlab chiqilgan stereotipga yozuv, o‘qish, musiqa asboblari chalish, ovqatlanganda qoshiq, pichoqdan foydalanish, yugurish, sakrash, chang‘ida uchish, mashina haydash va ko‘pgina boshqa narsalar misol bo‘ladi. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishda harakatning stereotipini ishlab chiqishda kun tartibiga uzoq vaqt rioya qilish katta ahamiyatga ega.

Hosil qilingan stereotip har bir kishining o‘zini tutishi, xulqi asosida bo‘ladi va ular o‘zgarishlarga juda qiyin berilishini ko‘zda tutish kerak. Shuning uchun ham bolalarni hayotining dastlabki oylaridayoq o‘zini to‘g‘ri tuta bilishga ahamiyat berish, shu maqsadda ta’lim-tarbiyaning mos keluvchi usullaridan foydalanish kerakki, toki kelajakda ularni kayta tarbiyalashga to‘g‘ri kelmasin.

Reflektor faoliyatida taqlid reflekslari katta o‘rin tutadi, ular bolalar va o‘smirlarning kattalar va o‘z tengdoshlarining xatti-harakatlarini takrorlashida namoyon bo‘ladi. Xatti-harakat murakkablashganda bola bir qator aniq harakatlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Shartli reflekslar faqat biron bir xatti-harakatni sodir qilishda yemas, balki bola shunday xatti-harakatni sodir qilishdan o‘zini tiygan hollarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, choynakdagi issiq choydan bir marta kuygan bola boshqa hyech qachon unga yaqinlashmaydi. Bu holda mumkin bo‘lgan reaksiyaning tormozlanishi namoyon bo‘ladi, bu yesa yerkin ravishda inson xohishi bilan amalga oshadi.

Bola xatti-harakati bir butunligini tashkil etuvchi reaksiyalarning salbiy yoki ijobiy tomonlarini tushunib yetishi (shartli tormozlanis qo‘zg‘atuvchilariga) ancha samarali ta’sir ko‘rsatish shaklidir.

Ichki tormozlanish asta-sekin shartli qo‘zg‘atuvchilam qo‘llash bilan hosil qilinadi, bu qo‘zg‘atuvchilar avval hosil bo‘lgan shartli ijobiy reflekslarni chetlashtiradi va ular yo‘qoladi.

Salbiy shartli reflekslarning paydo bo‘lishi bolalarning xulq-atvor normalari, bilim, ko‘nikmalar va boshqa harakatlarning qayta o‘rganishlari masalalari bilan bog‘liq. Bu jarayon ilgari hosil qilingan va xatti-harakatlar normasiga aylangan stereotipni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham uzoq davom etadi va murakkab bo‘ladi. Shu bilan birga ichki tormozlanishning shakllanish jarayoni markaziy nerv sistemasini rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lganlig‘i uchun ham o‘z xususiyatlariga ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bolalarda shakllangan nerv tormozlanishi jarayoni maktab yoshida namoyon bo‘lishi uning yetuklik darajasidan guvohlik beradi.

Tormozlanish jarayoni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayonining kuchsizlanishida, xatti-harakatlarning birmuncha mo‘’tadil lashuvida namoyon bo‘ladi.O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishda dominantalar nomi bilan mazkur hodisalar muhim ahamiyatga ega.

Dominantalar ko‘pgina ruhiy jarayonlar bilan bog‘liq, bular: his yetish, qabul qilish, fikrlash, xotira, xayol, diqqat kabilar bo‘lib, ular faoliyatni ta’minlovchi bosh miya bo‘lmalari vazifalarining mutanosibligini talab qiladi. Bu atama insonning ayni shu vaqtda kuchliroq bo‘lgan-reflektor faoliyati haqida gapirmoqchi bo‘lgan holatda ishlatiladi. U 1923 yilda A.A.Uxtomskiy tomonidan taklif yetilgan.

Oliy asab faoliyatining xususiyatlari. Katta yarimsharlar po‘stlog‘ining hujayralari bola hayotining dastlabki davridayoq tashqi signallarni qabul qilishga va organizmning moslashish faoliyatiga bo‘lgan ichki imkoniyatlarini safarbar qilishga qodir bo‘ladi. Shunday doimiy o‘zaro aloqa asosida, ayni vaqtda nerv to‘qimasining o‘sishi, nerv tuzilmalarining shakllanishi bilan birga ularning funksiyasi rivojlanadi va reassiyalarning tobora murakkab shakllari paydo bo‘lib boradi. Ular tug‘ma reflekslar, ya’ni bola tug‘ilganda mavjud bo‘lgan reflekslar negizida hosil bo‘ladi. Ularning soni ko‘p emas: ovqat refleksi, muhofaza refleksi, ushlash refleksi, yo‘tal refleksi va yashab ketish uchun muhim ahamiyatiga ega bo‘lgan ba’zi bir reflekslar shular qatoriga kiradi.

Tashqi olam signallarini qabul qilish va tahlil qilishni ta’minlaydigan va ularni organizmning muayyan javob reaksiyasi shaklida ro‘yobga chiqaradigan asab mexanizmlari oliy nerv faoliyati deyiladi.

Uning belgilari markaziy nerv sistemasi bo‘lgan hamma organizmlarga xos va ular tug‘ma (shartsiz) va hayot jarayonida orttirilgan (shartli) refleks ko‘rinishida reflektor xususiyatga yega bo‘ladi. Shartli reflekslar-rag‘bat bo‘lmaganda yo‘qolish yehtimoli bo‘lgan yoki zarurat bo‘lganda hosil bo‘la oladigan vaqtinchalik aloqalardir.

Tug‘ilishdan keyin hayotning dastlabki 4 oyida hosil bo‘ladigan reflekslar soni g‘oyat chegaralangan bo‘ladi va ular juda sekinlik bilan yuzaga keladi.

Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib, unda ikkinchi signal sistemasi faoliyati namoyon bo‘ladi, u asta-sekin murakkablashib boradi.Bolaning jadal o‘sishi barcha to‘qimalari va organlariga nozik va fiziologik aktiv moddalar, kislorod yetkazib berilishi va metabolizm mahsulotlarining‘ chiqarib tashlanishi bilan ta’minlanadi. Bu ko‘p jihatdan qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, issiqlik almashinuvini idora qiladigan uzunchoq miya va ko‘prikcha, oraliq miya nerv markazlarining ishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bola hayotining uchinchi yilida ko‘p sonli murakkab shartli reflekslar tez va oson hosil bo‘ladi, tayanch-harakatlanish apparati jadal rivojlanadi, «bu nima?» degan tadqiqot refleksi juda tez avj olib boradi va lug‘at fondi yendi taxminan 700 so‘zni tadshkil etadi. Bola nutq o‘rganadigan yeng qulay davr 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lishi adabiyotlarda yaxshi tasvirlangan. Shunisi xarakterliki, 5-6 yoshdan keyin lug‘at fondini egallash juda qiyinlashadi, nutq esa rivojlanmay qolishi mumkin.

Maktab yoshiga kelib, nerv jarayonlarining kuchi, vazminligi va serharakatligi muayyan darajada rivojlanadi.

Bola hamma narsani bilib va o‘rganib olishga juda qiziqadi. Nutqi rivojlanib boradi va uning so‘z boyligi tez ortib boradi. So‘zning ahamiyati birmuncha kuchayadi va umumlashtiruvchi funksiyani kasb etadi. Kichik maktab yoshi davrida 11 yoshgacha oliy nerv faoliyati rivojlanishda davom etadi.

Diqqatni beixtiyor jamlash qobiliyati kuchayib boradi. 7 yoshdan 14 yoshgacha his-hayajon va instinkt ustidan kortikal nazorat birmuncha kuchayadi. Bu davrda bola nerv sistemasining tipi, xulq-atvor stereotipi, xul-atvori, odatlari, uzil-kesil shakllanib bo‘ladi. Bu yoshda yuksak jismoniy va aqliy zo‘riqish nerv sistemasining normal qo‘zg‘aluvchanligini buzadi, bolalar oliy nerv faoliyatining turli-tuman buzilishiga sabab bo‘ladi. O‘rta maktab yoshida 16 yoshgacha qo‘zgalish jarayonlarining kuchayishi kuzatiladi. Bu oyoq-qo‘llar, gavda, boshni ortiqcha harakatlantirishda ko‘rinadi.

Bolalarda shartli refleks hosil bo‘lish tezligi va turg‘unligi

Bolalarda ovqatlanishga nisbatan shartli reflekslarning tez hosil bo‘lishi ishtahaga, nerv sistemasidagi ovqatlanish markazining qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bolaga ovqatlanishdan oldin qand yoki boshqa shirinlik berilsa, uning ishtahasi pasayadi, yani ovqatlanishga reflektor reaksiya susayadi. Bolalarda tovushga, so‘zga va boshqalarga shartli reflekslar ancha tez hosil bo‘ladi. Shartli va sharsiz ta’sirlovchi 5-30 sekund davomida 2-10 marta takrorlab va mustahkamlanib turulgandagina shartli refleks hosil bo‘ladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi va tormozlanishi oliy nerv faoliyatining tiplariga va mijozga bog‘liq.

Bolalarda so‘lak ajralishiga hosil qilingan shartli refleksning yashirin davri taxminan 3 sekundni, harakatlanishga shartli refleksning yashirin davri esa 0,3 sekundni tashkil etadi. Bola o‘sib kattalashgan sari yashirin davrning davomiyligi qisqarib boradi. Bolalar jinsiy balog‘atga yetgan davrda shartli reflekslarning hosil bo‘lishi bir qadar sekinlashadi. Yosh katta bo‘lgani sari tashqi muhit ta’sirlovchilariga paydo bo‘lgan harakat shartli reflekslari shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Bolalarda shartli reflekslarning tormozlanishi. Bolalarda shartsiz induksion tormozlanish tevarak-atrofdagi ta’sirot va ichki organlardan keladigan nerv impulslari ta’sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to‘lishi, yuzaga keltirilgan shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta’sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligini va bolaning yoshiga (bola qancha yosh bo‘lsa, shartli refleks shuncha tez tormozlanadi) bog‘liq bo‘ladi.

O‘ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so‘nish tezligi bolaning yoshiga, sog‘lig‘iga oliy nerv faoliyatining tipi hamda hosil bo‘lgan shartli refleksning turi hamda mustahkamligiga bog‘liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so‘nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo‘lgan shartli refleksni so‘ndirish qorni och bolalarda qorni to‘q bolalardan nisbatan qiyinroq bo‘ladi. Sog‘lom bolalarda shartli tormozlanish o‘ziga xos xususiyatga yega bo‘lib, differensiyalashgan, shartli refleks 2-6 martalab mustahkamlanganda vujudga keladi.

So‘ngan shartli tormozlanish vaqt o‘tishi bilan yana asl holiga keladi. Shartli tormozlanishdan so‘ng ketma-ket tormozlanish rivojlanadi. Ba’zi hollarda shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so‘ng, induksiya asosida qo‘zg‘alish rivojlanadi. Bolalarda befarq ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi ikkilamchi, uchlamchi va bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishni hosil qilishi mumkin. Ular ham uzoq saqlanishi va so‘nishi, asli holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish o‘qitishda, odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega .

Orqa miya umurtqa pog‘onasi ichida joylashgan bo‘lib, markazida orqa miya suyuqligi bilan to‘lgan orqa miya nayi bor. Orqa miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi. Orqa miyaning markazidagi kulrang moddasi qo‘shimcha va harakatlantiruvchi neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun o‘simtalaridan iborat. Nerv qo‘zg‘alishlari orqa nervlar orqali a’zolardan miyaga, oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a’zolarga chiqadi. Har ikkala nervlar umurtqa pog‘onasining ikki yonida qo‘shilib, 31 juft aralash nervlarni hosil qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh muskullar yoki terining ma’lum qismini boshqaradi.

Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Ko‘pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi.

Orqa miyada yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni idora etadigan nerv markazlari bor. Nerv markazlari juda ko‘p qo‘shimcha neyronlardan iborat.

Savollar.

1. Asab tizimi qaysi qismlardan tuzilgan?

2. Asab tizimining organizm faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati nimadan iborat?

3. Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati qanday xusiyatlarga ega?

4. Bolalarda qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘ziga xos

xusiyatlarga egami?

5. Shartli reflekslarni hosil bo‘lishi uchun qanday sharoitlar talab qilinadi?

6. Shartli reflekslaming tezligi va turg‘unligi qanday kechadi?



7. Shartli tormozlanish qanday ahamiyatga ega?

8. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‘zaro qanday ta’sirga ega?.
Download 84,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish