Tabiatdagi и!кап narsa.
Tirik jo n iv o r la r o rasid a eng
kattasi - baliq, jonsizlar o rasida - qamish; jonlida baliq
ulkan, jonsizda qamish y o ‘g ‘on.
D u ny o d ag i eng k a tta tog* - K ap -tau, eng k a tta suv
M uhit, eng k atta daraxt
qamish, hayvonlar shohi - sher,
arslon, qushlardan semurg‘dir. Sem urg‘ningikki boshi bor.
Bir boshi o d am larg a xos gapiradi, ikkinchisi qushlardek
kuylaydi. Eng k atta ilon - ajdaho, eng k atta baliq jayin.
Q o‘rqmas sigir.
Q adim zam o n]ard a Surayyo o ‘n ikki
yulduzdan iborat ekan. U pay tlard a bahor, yoz b o ‘lmagan,
faqat boqiy qish h u k m ro n lik qilgan. S h u n d a hayvonlar
Surayyoni tutish va uni y o 'q o tish g a q a ro r qilishibdi. Ot
t o i 'tta , tuya esa ikkita yulduzni ushlabdi va uni oyo g ‘ining
o stig a olib, m a ja q la b ta s h la b d i. O ltitasi esa sigirning
t u y o q l a r i o s tig a t u s h i b d i . A m m o s ig ir y u ld u z l a r n i
czg'ilamabdi, oltovi ham sog‘-omon qolibdi. Shundan beri
qish olti oy d av o m cta d ig a n boMibdi. S h u n d a b a r c h a
hayvonlar ajablanishib, sigirdan s o ‘rashibdi.
20
- Nega yulduzlarni qo'yib yubording?
Sigir shunday javob beribdi:
- Issiqda qovjiragandan k o ‘ra, saharlab sovuqda yurgan
yaxshi.
Shundan beri sigirlar sovuqdan qo'rq ish m as ekan.
ANIM IZM
Animizm (lat. Anim a - jon, ruh
) odam larning tabiatga
sig‘inishi va unga itoat etishi asosida yuzaga kelgan din shakli
hisoblanadi. Anima («jon» va «ruh») odam vafot etganidan
so ‘ng uning joni tabiatdagi jonsiz narsalarga k o ‘chishiga
inonishdir. Animistik tushunchaga k o 'ra. inson tabiatdagi
narsa-hodisalar bilan o ‘zini mushtarak holda tasavvur etadi,
tabiat inson qiynalganida, u ojizlikka tushib qolganida unga
jonli o d a m d e k y o rd am beradi. T u rk iy xalqlar o ‘rtasida
saqlangan k o 'p la b afsonalarda animizm tushunchasi o ‘z
ifodasini topgan. Masalan, o ‘zbek xalq og'zaki ijodidagi «Oq
b ilakxon» e rta g id a yigit to sh g a aylanishi, «Ochil-ochil
qamishlar», «Yoriltosh»da qizlarning iltijolari, yolvorishlari
natijasida mo'jizalar r o ‘y berishi buning yorqin misolidir.
Qadimgi turkiylar tabiat kuchlarida pinhoniy kuch va
ruhning borligiga ishonishgan. Ularning fikricha, oy, quyosh,
m om aqaldiroq va chaqm oqlarning ham o ‘z ruhi mavjud.
G o ‘yo ruhlar erkaklik va ayollik jinsiga mansub edi. Ayol
ruh malikasi « 0 ‘may» deb atalgan. M ahm ud Koshg'ariy ona
qornidagi bolalarni 0 ‘may muhofaza qiladi, deb hisoblashi
ham uning ruhlarga bo'lgan ishonchini k o ‘rsatadi. Yer va
suvni, ayniqsa. kuchli ruhga ega deb hisoblashgan. Bular
turkiy qavm lar o ‘rtasida turlicha nom da «Yer-Su», «Yer-
Sub», «Y er-S uv», «Suv-Yer», «Y ir-Sub», « S u b-Y er» )
aytilgan. Qadimda turkiy qavmlar istiqomat qilgan Sibir (Sib
il) vodiysining nomi ham ana shu muqaddas tushunchalar
hosilasi bo'lgan degan farazlar mavjud.
Qadimgi turkiy xalqlarga mansub «Odamning yaratilishi»
afsonasi ham animizm mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |