Mavzu: vatan himoyasi muqaddas burch reja: Vatan himoyasi muqaddas burch



Download 10,01 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi10,01 Kb.
#401379
Bog'liq
110-guruh Odilova Farzona

Mavzu: VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH

Reja:

1.Vatan himoyasi muqaddas burch

2.Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

3.Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon ishlatamiz? Chunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib o'sadi. Kishining tug'ilganda kindik qoni to'kilgan yer uning Vatani hisoblaniladi. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, ximoya qilish xar bir insonning muqaddas burchidir. Axir donolarimiz bekorga aytishmaganku:

Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas,

Yurt qo'riganning yurti buzilmas.

Yurtda vatanni sevadigan, ardoqlaydigan va himoya qiladigan mardlar bor ekan shu yurt doimo yuksalaveradi, gullayveradi. Xar bir el, xar bir millat uchun o'zining tug'ilib o'sgan vatanidan ardoqliroq maskan bo'lmasa kerak. Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida Makkai mukarrama tomonga yuzlanib: «Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o'z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo'lar edim»,- degan ekanlar.

Demak, ona vatanini sevish, undagi bor narsalarni ardoqlash va sog'inib yashashlik insoniyat fitratida mavjud bo'lgan nozik his-tuyg'udir. Qaerga bormasin kishi o'z vatanini baribir qumsayveradi. Chunki, inson dunyo yuzini ko'rgach birinchi bo'lib vatanidagi havodan nafas ola boshlaydi, vatanidagi tuproqda ilk qadamlarini qo'yib yurishni o'rganadi, dunyoni tanishni shu vatanni anglashdan boshlaydi. Ilk kindik qoni to'kilgan, dastlabki qadamlarini qo'ygan tuproqni himoya qilishlik barchamizning Vatan oldidagi muqaddas insoniylik burchimiz hamdir.

Mustaqillik yillarida yurtimizda davom etayotgan moddiy va ma'naviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida ulkan natijalarga erishildi. Shu maqsadda 1992-yil 14-yanvar` kuni mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim voqea yuz berdi. Huddi mana shu kun Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topdi. 1993-yildan e'tiboran 14-yanvar` yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni»- deb e'lon qilindi. Bu yil Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 25 yil to'ladi. Bunday qisqa vaqt davomida milliy armiyamiz hech bir mamlakatdan ortda qolmaydigan darajadagi qurol-aslahalarga, jangovor uskunalarga ega bo'ldi. Respublikamiz Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan askarlarning saviyasi esa ham ma'nan, ham jismonan yuksak darajaga yetib ulgirdi desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Yurtitmizda xar yili 14-yanvar` kuni «Vatan himoyachilari kuni» ga bag'ishlab turli bayram dasturlari, ko'rik-tanlovlar, davra suxbatlari, musobaqalar o'tkaziladi va o'z Vataniga chin sadoqat bilan hizmat qilib kelayotgan bir qator xarbiylarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish;

milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;

yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;

O‘zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.


Download 10,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish