Hujjat yuritish hajmini hisobga ohsh. Hujjatai yuritish hajmi - bu yil davomida kiruvchi, chiquvchi va ichki hujjatlarning umumiy yigindisi hisoblanadi. Hujjatni yuritish hajmi hisobga olish bo‘limlarni, alohida ishchilarni va tashkilotlarni umumiy holatini aniqlash uchun zarurdir. Ushbu maiumotlar ofis ishlarini takomillashtirish va hujjatlarni qayta ishlash uchun avtomatlashgan vositalarni joriy etish masalasini hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Kiruvchi, chiquvchi, ichki hujjatlar, fuqarolarning takliflari va arizalari alohida hisobga olinishi kerak. hujjatlarning nusxalari, ya’ni tezkor ko'paytirish vositalari tomonidan tayyorlangan hujjatlar alohida hisobga olinadi. Jami hujjatlar ro‘yxatga olinganda “/” belgi orqali ifodalanadi, bu yerda “/’’dan oldingan raqam asosiy hujjatlar sonini bildiradi va “/’’dan kyingi raqam hujjatlarning nusxalari sonini bildiradi. kiruvchi va chiquvchi hujjatlar ma’muriyatning hisobga olish bo‘limida alohida kirish va chiqish daftarlarida hisobga olinadi. Ichki hujjatlarni ro‘yxatga olish yoki tayyorlash joyida hisobga olinadi. Har bir hujjat bir marta hisobga olinadi. hujjatlarni yuritishni muntazam hisoblash uning o‘sish dinamikasini aniqlash imkonini beradi.
3.BOB. RAHBARLIKNING BOSHQARUV USLUBI TUSHUNCHASI
3.1. Boshqaruv uslubi tushunchasi.
Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o'ziga xos yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan kuyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
- boshqaruv uslubi;
- ish uslubi;
- raxbaming ish uslubi
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbaming boshqaruv jarayonida qoluvchi o‘ziga xos va o‘zgarmas usul va harakatlari yig‘indisidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbaming bo‘ysunuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuasidir.
Masalan: mamlakat boshqaruv organlarining:
- vazirlik, qo‘mita, hokimiyatlarning;
- sud, prokuraturalarning;
- korxona, sexlarning;
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar.
Mutlaqo o‘xshash kishilar bo‘lmagani kabi vazifalar ko‘pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo‘lmaydi. Rahbar faqat o‘ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o‘ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbami shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadi ko‘ra biladi va unishu maqsad sari yo‘naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chukur urgangan holda mutaxassislar faoliyatini mohirona birlashtirish va yo‘naltirishi kerak.
Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha rahbar va mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning har bir vazifasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga ko‘p usullarni talab etadi.
Nazariy jihatdan boshqaruv apparatining umumiy uslubi alohida boshqaruv tashkilotlari uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak. Lekin amalda alohida tashkilotlarning turli uslublari o‘zaro birlashib, bir-birini boyitadi, butun boshqaruv apparatiga xos bo‘lgan o‘zga xos boshqarish uslubi vujudga keladi.
Hisobchining yuksak darajadagi aniqligi, mexanikaning ehtiyotkorligi, iqtisodchining rejaliligi va hakazolar bilimlarni boshqaruv uslubini belgilovchi majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bo‘ladi. Jamoaning har bir a’zosi o‘z uslubini kiritadi va shu yo'l bilan ushbu jamoaning boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Ko‘pincha jamoadan biror xodim ketib, o‘miga yangi kishi keladi. U odatda Jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. U mavjud uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga to‘g‘ri keluvchi uslub yaratishi lozim. Albatta, uning ishlash uslubi mehnat jamoasi uslubiga ham ta’sir ko'rsatadi. Zamonaviy uslub jamoaning xar bir a’zosi oldiga katta talab kuyadi, va shu bilan birga o‘z-o‘zidan mamnun bo‘lish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor qiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yigindisi kishilarni tashkil etish kunikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va, nihoyat, uslub boshqaruv xodimlarining mxiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, qat‘iylik, va qo‘rqmaslik, boshqa kishilar faoliyati ni yunaltira olish kabilarni kamrab oladi. Bundan tashkari rahbar tasawur etish, anik fikr yuritish, qayishqoqlik, ilmiy fikmi tushuna olish va yetkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Rahbar menejment, iqtisodiyot va moliya, huquq, sotsiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy qarashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv faqat ilmiy bilimlariga ega bo‘lishni emas, balki boshqarish san’atini bilishni xam talab qiladi.
Boshqaruv tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi awalo o‘z- o‘zini tarbiyalay olishi, o‘zini boshqara olishi zamr. Buning uchun u doimo va muntazam o‘zini-o‘zi tarbiyalashi kerak.
Rahbarlarning shaxsiy madaniyati, shu jumladan:
-professionallik va mahorat darajasi;
-axloqiy tarbiya;
-shaxsiy gigiyena va tashqi ko‘rinish;
-boshqaruv uslubi va usullari;
-boshqaruv faoliyatining barcha elementlari bo‘yicha ish vaqtini oqilona taqsimlashi;
-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish madaniyati;
- nutq va aloqa madaniyati;
-tashkiliy madaniyat ishni tashkil etish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ladi.
Rahbar uslubi eshitish va o‘qish, so‘zlash va yozish, ya’ni axborotni qabul qilish va uni boshqalarga o‘zatish malakasida ifodalanadi. Rahbar uchun zarur bo‘lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatuv rahbar va mutaxassislar oldiga qat’iy talablar qo‘yadi. Ular yuqori ishbilarmonlik va ahloqiy sifatlarga, tadbirkor bo‘lishi, ahil jamoa tashkil etish va mehnat jamoasi bilan davlat manfaatlarini o'zaro mutanosiliklarini ta’minlay olishlari kerak.
Zamonaviy rahbarlar yuqori malakaga ega bo‘lishliklari, istiqbolga ko'ra olishi va samarali xo‘jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr yuritish, shaxsiy intizomga ega bo‘lishi, tashabbuskorlik ko‘rsatish, tavakkalchi bo‘lishi kerak. Javobgarlik oldidida qo‘rqish- kuchsizlik beligsidir!
Javobgarlikdan qo‘rqqan kishi rahbar bola olmaydi. Rahbar qo‘l ostidagilar bilan shunday munosabatda bo‘lishlari kerakki, toki ular uning oldiga maslahat uchun bemalol kirsinlar. Rahbar o‘z qol ostidagilarni yaxshi bilishi, ular bilan suhbatlashishi, ular qobiliyati, bilimi, malakasi egallagan lavozimiga mosligini va aksincha, ular bilim, qobiliyat, malaka va ahloqiy sifatlaridan foydalanish yetarli
ekanligini aniqlash lozim.
Obro‘ga ega bolmay muvaffaqiyatli rahbarlik qilish mumkin emas, lekin obro'ga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o‘z misolida ko‘rsatish bilan,uni qanday bajarish haqida so‘zlash bilan, faqat talabchanlik va qat’iylik bilan emas, bilim va ko‘nikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega bolmagan rahbar qabul qilingan qarorlar samarali bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Lekin inson rahbar bo‘lib tugllmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Rahbar ish uslubi korxona faoliyati yakuni natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko‘rsatadi. Ularning har biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog‘liq holda ta’sir qiladi va uslubning foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsa1kichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi boglovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi.
Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o‘zaro aloqasi tizimi rahbarlar bilim va ko‘nikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mehnat intizomi vositasida amalga oshadi va rahbar tomonidan qo‘llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog‘liq bo‘ladi.
Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli madaniyva tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslari-ga rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga:
*belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish;
*muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting;
*muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli
vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotganmuammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin;
-muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari
odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim;
*o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga
murojaat etmaslik kerak;
-ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham izohlash bilan gapirish kerak;
*muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak;
*ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim;
*muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirish kerak;
*o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir
qilishdan tashqari hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun
minnatdorchilik xatini yuborish lozim;
*sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini
qabul qilganligingizni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |