BOB. MENEDJMENT MADANIYATI TUSHUNCHASI
Madaniyat va menejment
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bolib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so‘z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo‘linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat fark kilinadi. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirish darajasi ko‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli maiumot darajasi, meditsina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday kilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo‘lib, kishilarning awalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.Insoniyat madaniyati o‘suvchan, o‘zgamvchan, chunki hozirgi avlod awalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.
O‘zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni saqlash, rivojlantirish ko‘p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari - fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir. Inson hayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo‘lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir.
“Ma’naviyat” arabcha so‘z bo‘lib, rux, aql, ong, idrok, ruxiy holat, ichki kayfiyat, jalillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish did kabi bir necha ma’nolarni anglatadi. Ma’naviyat - odamning ruxiy va aqliy olarni yigindisidir. Ma’naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruxiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, mdrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy- ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o'zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topib boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor kuchli e’tibor berilayotganligining bo‘lsi ham shunda.
Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma’naviyat insonning ruxiy olarnidir!
Ma’naviyat keng tushuncha bo‘lib, ma’rifat va madaniyat tushunchalarini qamrab oladi. Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va tashqi dunyosida namoyon bo‘ladi. Bu rux va aql bilan uzviy bog‘liq. Menejment madaniyati juda muhimdir. Insoniyat o‘z rivojlanish jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilish kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, awalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog‘liqdir, chunki, menejment yoilari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yoii bilan, ularning eng yaxshilari tajribasida qo‘llashi uchun ajratib olindi.
Horijiy manbalardan birida menejment madaniyatiga qo'yidagicha ta’rif
berilgan: “Menejment madaniyati - jamiyat va tashkilotdagi boshqruv faoliyati va boshqaruv munosabatlarining mohiyatini belgilaydigan bilim, qadriyatlar, meyorlar, stereotiplar va xulq-atvor namunalari to‘plarni”.
Yana bir yirik manbada: “Madaniyat-bu jamiyatning (mamlakatning) tarixiy rivojlanishi davomida erishilgan va ishlab chiqilgan va odamlarning hayot sharoitlarini egallash darajasini ifodalovchi moddiy va ma’naviy qadriyatlarining yig'indisidir” deyilgan.
V.N. Ivanov va P. Patrushevlar menejment madaniyatini 4 tipga ajratadi:
1. ma’muriy-buyruqbozlik;
2. axborot-tahliliy;
3. ijtimoiy yo‘naltirilgan;
4. integrallashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |