O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
AGROBIZNES VA RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI
AGROBIZNES VA MARKETING KAFEDRASI
“Qishloq xo'jaligi menejmenti” fanidan
Menejment madaniyati va uslubi mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: “Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo’nalishi
3.66-guruh talabasi: Qobiljonov Odiljon _______o’g’li
Qabul qiluvchi: Iskandarov Sanjarbek
Andijon – 2022y
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………....2
ASOSIY QISM.
1.BOB. MENEDJMENT MADANIYATI TUSHUNCHASI …………………….4
Madaniyat va menejment …………….………………………………..4
1.2. Menejment madaniyati va uning darajasi ……………………………..7
2.BOB. MENEJMENT MADANIYATINING ASOSIY ELEMENTLARI …….12
2.1. Boshqaruv xodimlari madaniyati ………………………………..…..12
2.2. Boshqaruv madaniyatining unsurlari …………………………….…15
3.BOB. RAHBARLIKNING BOSHQARUV USLUBI TUSHUNCHASI ..…….19
3.1. Boshqaruv uslubi tushunchasi ………………………………………..19
3.2. Boshqaruvning demokratik va liberal uslublari ……………………..24
XULOSA ………………………………………………………………….……...31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………..…32
KIRISH
Insoniyatning har qanday faoliyat turi menejment asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok yetuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari menejment jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi «Menejment nazariyasi» fani butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy menejment ilmini o'rganishda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida menejmentni amalga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar menejmentni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi, ko‘p jihatdan, u egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa, uning boshqarish uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotni difersifikatsiyalash sharoitida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy korxonalarda boshqaruvfaoliyatini samarali tashkil qilishda rahbarlik faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va takomillashtirish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashai taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun yurtimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalq qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanishga e’tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan qobiliyatlardan foydalanish va u orqali korxona va tashkilotlarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish ahamiyatlidir.
Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim malaka, tajriba qolaversa, uning muhim hislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo'ladi. Bu fanning maqsad vazifalari ham shularni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va prinsiplari, funksiya va vazifalari, shuningdek boshqaruv tizimida menejer o‘mi, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |