Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

4.
 
Natijalarning joriy va e‟lon qilinishi
. Mavzu 2011 yilning dekabr 
oyida O‗zbek adabiyoti kafedrasi yig‗ilishida tasdiqlanib universitet 
ilmiy kengashiga tavsiya qilingan. Universitet ilmiy kengashining 
_____ majlisida tasdiqlangan. Mavzu bo‗yicha 2 ta maqola e‘lon 
qilingan (1.Agiografik rivoyatlar tavsifiga doir. Adabiy manba: 
o‗rganishning zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari. 2013. 75-
81 betlar 2. Bashorat rivoyatlar va ularning talqini. Fan.Taraqqiyot va 
yoshlar. 2013. 63-65bet).
 
5.
 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
.
 
Dissertatsiya ishning umumiy 
tavsifini aks ettirgan kirish, uch asosiy bob, to‗qqiz fasl, umumiy 
xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topgan bo‗lib, 
85 betni tashkil qiladi.
 



I bob.
AGIOGRAFIK ASARLARNING MANBALARI VA 
ULARNING JANRIY TASNIFI
 
1.1. Agiografik asarlar manbalari
Diniy hikoya va qissalarni qayta ishlab, sof badiiy asar yaratish fors-
tojik va turkiy adabiyotda avvaldan ma‘lum bo‗lgan. Homidjon Homidiy fors 
va turkiy tillarda Farididdin Attor, Jomiy, Navoiy, Sayfiddin Ali Safiy, Fanoiy 
kabilar diniy hikoya va qissalarning go‗zal namunasini yaratganliklarini 
ta‘kidlaydi. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotida, xususan, Farididdin Attorning 
―Tazkiratu-l-avliyo‖ va ―Mantiqu-t-tayr‖ asarlarida agiografik hikoyatlarning 
betakror namunalarini uchratamiz. XIV-XV asrlarga kelib bunday asarlar 
yaratish keng tus oldi. Fors adabiyotining ko‗zga ko‗ringan namoyandalaridan 
Abdurahmon Jomiy o‗zining ―Nafohatu-l-uns mina-l-hazaroti-l-quds‖ asarini 
shunday yo‗nalishdan foydalangan holda yaratdi. Hamidjon Homidiy XV-
XVI asrlardagi agiografik asarlarga oid hikoyachilik xususida shunday 
yozadi: ‖Dastlab Abdurahmon Jomiy, keyinchalik Navoiy sardorlik qilgan bu 
katta ijodiy maktabda ilmiy-nazariy bahslar qissaxonliklardan tashqari 
voizlik, latifago‗ylik, lutf va zarofatga juda katta e‘tibor berilardi. Mushoira-
yu mubohislarda adib va noqillar o‗z nuqtalarida o‗tmish va zamon voqealari, 
buyuk kishilar hayoti va faoliyati xususida hikoyatlar keltirishar, Qur‘oni
Karim-u payg‗ambar hadislaridan qiroat qilishardi. Keyinchalik bunday 
hikoyatlar ―Habibu-s-siyar‖, ―Makorimu-l-axloq‖, ―Majolisu-n-oshiqin‖, 
―Badoe-ul-vaqoe‖, ―Nafohat-ul-uns‖, ―Futuvvatnoma‖ singari asarlar 
tarkibiga kiritildi‖.
10
Turkiy tilda yaratilgan Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖, keyinroq 
yaratilgan Alisher Navoiyning ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖, ―Holoti 
Pahlavon Muhammad‖, ―Nasoyimu-l-muhabbat‖, ―Tarixi anbiyo va hukamo‖ 
kabi asarlari sof agiografik asarlardir. Bundan tashqari Alisher Navoiyning 
―Hayratu-l-abror‖, ―Lisonu-t-tayr‖ kabi asarlarida ham agiografik 
10
Hamidjon Homidiy, Ko‘hna Sharq darg‘alari, T-1999, 239-b. 



hikoyatlarning go‗zal namunalari uchraydi. Biz turkiy tilda yaratilgan, 
yuqorida nomlari sanab o‗tilgan asarlarni tadqiqot ob‘ekti sifatida tanladik. 
Ularning har biri haqida keyinroq mufassal fikr yuritamiz. 
Fanoiyning ―Majolisu-l-ushshoq‖ asariga Homidjon Homidiy bergan 
tavsifga kora, ushbu asar tazkira tarzida yozilgan bo‗lib, unda ―Hazrati Imom 
Ja‘far Sodiq raziyallohu anhudan tortib, Husayn Boyqarogacha 78 bobda 
aksariyat mashhur mashoyixlar hamda ilm va davlat arboblari haqida g‗oyatda 
qiziqatli ma‘lumotlar beriladi
11
. Mansuri Halloj, Junayd Bag‗dodiy, Boyazid 
Bastomiy, Sa‘diddin Taftazoniy, mavlono Muhammad Tabadgoniy, Shayx 
Najmiddin Roziy, Abulhasan Harraqoniy, Shayx Najmiddin Boxarziy, Shayx 
Aziz Nasafiy, Farididdin Attor, Qosim Anvor, Amir Imodiddin Nasimiy, 
Majudiddin Sanoiylar xususidagi ma‘lumotlar bu zotlar siymosini yanada 
to‗laroq tasavvur etishga yordam beradi. Muallifning o‗tmish mutafakkirlari 
haqidagi tafsilot va ma‘lumotlari ikki jihati bilan kishi diqqatini o‗ziga jalb 
etadi: birinchidan, adib u yoki bu mutafakkirning hayoti, ijtimoiy kelib 
chiqishi, maslagi haqida fikr yuritar ekan, ko‗pincha tug‗ilgan yili, manzili, 
bolalik va yigitlik onlari, qaysi kasb evaziga kun kechirishi, faoliyati haqida 
batafsilroq ma‘lumot berishga intiladi. Ayni paytda o‗sha donishmandning 
dunyoqarashi, ustodi-piri, nasl-nasabini ham uqtiradikim, bu uning ruhiy 
olamini chuqurroq idrok etishda muhim omil hisoblanadi. Masalan, ―Ilm-adab 
ahli orasida Mavlono Muhammad Mag‗ribiy nomi bilan shuhrat qozongan 
Mavlono Muhammad Shirin Shayx Abdurahmon Isfaroiniy muridlaridandir, 
Mavlono 
Husayn 
Xorazmiy 
Kubraviy 
Shayx 
Najmiddin 
Kubro 
sahobalaridandir. Ikkinchidan, har bir Shayx siymosini kitobxon nazarida 
to‗laroq namoyon etish maqsadida Fanoiy o‗sha mutafakkir hayotida ro‗y 
bergan favqulodda ruhiy holatlardan, ilmiy va jismoniy qudrati-yu 
karomatlaridan eng diqqatga molik lavhalarni keltirib o‗tadi. Shayx Zunnun 
Misriy, Ibrohim Adham, Abulhasan Harraqoniylar faoliyatlari bilan bog‗liq 
11
Hamidjon Homidiy, Ko‘hna Sharq darg‘alari, T-1999, 237-b.


10 
ba‘zi tafsilotlar bunga misol bo‗la oladi‖,- deb yozadi H. Homidiy o‗zining 
―Ko‗hna Sharq darg‗alari‖ asarida. 
Sayfiddin Ali Safiyning ―Turli toifalar haqidagi latifalar‖, Zayniddin 
Vosifiyning ―Badoye‘u-l-vaqoye‘‖ (―Ajoyib voqealar‖) kabi kitoblarida ham 
agiografik hikoyat va rivoyatlar ko‗zga tashlanadi. Ushbu asarlarda, ayniqsa, 
Ulug‗bek siymosi go‗zal tavsif etilgan. Masalan, ―Badoe‘u-l-vaqoe‘‖ da 
shunday hikoyat keltiriladi: 
Kunlardan bir kuni bir kishi Ulug‗bek Mirzo huzuriga kelib arz qiladi: 
-Ey podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoroga safarga chiqqanimda 
hamyon-xaltamda 1000 tanga pulim bor edi. Shahardan chiqib 2 farsah (16 
kilometr) yo‗l yurgach, bir daraxt soyasiga – suv bo‗yiga dam olgani o‗tirdim. 
Men endi ovqatlanayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do‗stim paydo 
bo‗lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqatlandik, hamyonni o‗zim 
bilan eltishni lozim ko‗rmadim-da, uni haligi do‗stimga berib, shaharga 
borgach, uyga eltib berishini iltimos qildim. Safardan qaytib kelgach, bilsam 
o‗sha do‗stim hamyonni uyimga eltib bermabdi. Uning oldiga borib 
omonatimni so‗radim, u tan olmadi. Davogarning so‗zlarini tinglab turgan 
Ulug‗bek Mirzo o‗sha do‗stini chaqirtiradi va ikki do‗stni yuzma-yuz qiladi. 
Haligi kishi yana aybiga iqror bo‗lmagach, shoh davogarga ikki o‗rtoq birga 
dam olishgan o‗sha daraxt bargidan keltirishini buyuradi. Davogar yo‗lga 
tushishi bilan shoh firibgar do‗stga bir hikoya ayta boshlaydi. Hikoyaning eng 
qiziq joyiga kelganida shoh firibgarga qarab: 
-Davogar o‗sha daraxt tagiga yetib bordimikan?- deb savol tashlaydi. 
Firibgar esa: u daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan bo‗lishi 
kerak,-deydi. Shunda dono shoh kulib: 
-Axir sen bu odamni ham, daraxtni ham ko‗rmaganingni aytmabmiding, 
qanday qilib do‗stingni u yerga yetib bormaganini bilding?-deya xiyonatkor 
do‗stning aybini isbotlab beradi. Ta‘magir do‗st shunday qilib olgan pulini 
to‗laydi. (―Yolg‗onchining izza bo‗lishi‖ hikoyatidan). ―Ulug‗bek va sayyoh‖, 
―Kambag‗al va qozi‖ kabi hikoyatlarda ham Ulug‗bek dono va adolatli shaxs 


11 
sifatida tasvirlanadi. Agiografik asar deganda, avliyo-yu anbiyolarga 
bag‗ishlangan asar tushunilar ekan, ―Qisasi Rabg‗uziy‖ni alohida ta‘kidlab 
o‗tish joiz. Asar jami 72 qissadan iborat bo‗lib, asarda Hazrati Odamdan 
Muhammad (a.s.v) payg‗ambarimizgacha bo‗lgan davrdagi payg‗ambarlar 
qissasi hikoya qilinadi. Ushbu asarni garchi ko‗pchilik Qur‘oni Karimning 
tarjimasi va sharhi sifatida qabul qilsa-da, asar sof badiiy asar tarzida 
yozilganini e‘tirof etish zarur. Asarda qo‗llangan oyat, hadis va she‘rlarning 
barchasi qissalarning badiiyligini ta‘minlagan. Shu sababdan ushbu asarni 
to‗lig‗icha agiografik asar sifatida o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Asarning dastlabki qissasi ―Qissai Odam safiy alayhi-s-salom‖ deb 
nomlanadi. Bu qissada Odam (a.v,s)ning yaratilishidan tortib jannatdan 
quvilishi, yer yuziga tushib, Momo Havo bilan qayta topishishi va ov qilib 
risqlanishi mufassal hikoya qilinadi. Bu qissa boshqa qissalardan hajm 
jihatidan kengroq. Asarda farishta Jabroil juda ko‗p qo‗llanilgan va hattoki 
yetakchi obraz darajasiga ko‗tarilgan. Keyingi qissa ―Qissai Qobil va Hobil‖ 
deb nomlanadi. Bu qissada Odam alayhi-s-salom zurriyodlarining tug‗ilishi, 
ularning kamolga yetishi va ular o‗rtalaridagi adovat tufayli Qobil tomonidan 
Hobilning o‗ldirilishi, Qobilning dafn etishni o‗rganishi kabilar hikoya 
qilinadi. 
Shis haqidagi qissadan boshlab asardagi qissalarni bog‗lab turuvchi obraz 
Muhammad alayhis-salom faol ko‗zga tashlanadi. Keyin Hazrat Umar va 
Imom Shayx Jo‗ybori haqidagi ikki hikoyat keltiriladi. So‗ng Idris alayhis-
salom haqidagi qissa va undan keyin juda mashhur bo‗lib, xalq og‗ziga 
tushgan ―Qissai Nuh nabiy alayhis-salom‖ qissasi keltiriladi. Unda 
aytilishicha, Nuhga odamlarni yakkaxudolik diniga da‘vat etish buyuriladi. 
Itoat etmaganlar uchun to‗fon haqida bashorat beriladi. Keyin o‗g‗illari Xom, 
Som va Yofasning musulmon bo‗lishi, yana bir o‗g‗li Kan‘onni otasining 
da‘vat etgan diniga kirmasdan kofir bo‗lgani, oqibatda uni to‗fon halok 
qilgani haqida hikoya qilinadi. Shundan keyin Nuh Olloh taoloning buyrug‗i 
bilan kema yasaydi va hamma hayvonlardan bir juftdan kemaga kiritadi. 


12 
Qissada Nuh olamni asrab qolgan dindor kishi sifatida tasvirlanadi. Nuh 
haqidagi voqealar diniy manba‘larda ham uchraydi
12
. Biroq bu qissa badiiy 
jihatdan to‗yintirilgan va kengroq berilganligi bilan xarakterlidir. 
Qissalar orasida Odam alayhissalomning qizi Unuqning o‗g‗li Avj 
haqidagi qissa keltiriladi. Shu qissaning tarkibida Muso haqidagi kichik bir 
hikoyat keltirilgan. ―Qisasi Rabg‗uziy‖ qissalaridagi voqealar turli hajmdagi 
hikoyatlar bilan boyitilgan va eng xarakterli tomoni shundaki, bu hikoyatlar 
ham avliyo va anbiyolar haqidadir. 
Qissalar ichida ―Qissai Ibrohim alayhis-salom maa Namrud alayhil-
la‘na‖ alohida ajralib turadi. Asarda keltirilishicha, Namrud ismli shoh bir 
tush ko‗radi. Tushida bir qo‗chqor uning taxtini surib tashlaydi. Ta‘birchilar
yaqinda bir o‗g‗il tug‗ilib, katta bo‗lgach, uning taxtni egallashini bashorat 
qiladilar. Namrud barcha tug‗ilayotgan o‗g‗il bolalarni o‗ldirtiraveradi. 
Shohning inog‗asi Ozarning xotini Ibrohimga yukli bo‗lgach, uni pinhon 
tutadilar. Ibrohim tug‗ilgach, otasi o‗g‗lining o‗lishini xoxlamay, tog‗ga 
tashlab keladi. Ollohning buyrug‗i bilan unga Jabroil onalik qiladi. 
Ibrohimning holidan volidasi ham tez-tez xabar olib turadi. Kun sayin katta 
bo‗lgan Ibrohim yetti yoshga kirganda onasini: ―Mening tangrim kim?‖- deya 
so‗roqqa tuta boshlaydi. Ibrohim shu darajaga yetadiki, iloha-butlarni sindirib, 
odamlarni jonsiz narsaga sig‗inishdan qaytarardi. Oxiri uni o‗tga yoqmoqchi 
bo‗ladilar va 40 kun yoqadilar. Ollohning amri bilan qaldirg‗ochlar o‗tga suv 
sepib turadi, Ibrohim yonmaydi. Uni sudrab, manjaniqqa eltmoqchi bo‗ladilar. 
Lekin farishtalar arqonni bosib turaveradilar. Shu zaylda Ibrohim g‗olib 
qilinadi. 
Bundan ko‗rinib turibdiki, Ibrohim payg‗ambarning tug‗ilishi bashorat 
qilinadi. Yoshligida ham boshqa tengdoshlaridan o‗zgacha bo‗lganligi, umrida 
12
Qarang

Қуръони Карим (таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуддин Мансур). – 
Тошкент: Чўлпон, 1992.


13 
ko‗plab qiyinchiliklarga duch kelgani qissada batafsil yoritiladi va ayni shu 
jihati boshqa payg‗ambarlarning ham qismat yozug‗i bo‗lgan. 
Asarda Is‘hoq, Ya‘qub, Yusuf kabi payg‗ambarlar haqidagi qissalar ham 
keltirilgan. ―Qisasi Rabg‗uziy‖da hajman eng yirik va mazmunan ham eng 
latif qissa Yusuf haqidagi qissa bo‗lib, yuqorida keltirgan fikrimizni bu 
qissaga nisbatan ham to‗g‗ri deb aytish mumkin. Rabg‗uziy bu qissada bir 
nechta hikoyatlar bilan birga g‗azal va baytlar ham keltiradiki, bular asarning 
badiiy quvvatini oshirgan. Qissada Yusuf aka-ukalariga nisbatan kechirimli, 
xalqiga nisbatan mehribon va jonkuyar, ota-onasiga ardoqli farzand sifatida 
tasvirlanadi. Qissaning mashhurligiga yana bir sabab shuki, Yusuf o‗z aka-
ukalaridan yomonlik ko‗rganda ham ularga yaxshilik bilan javob qaytaradi va 
u shu bilan o‗z qavmiga halimlik, mehr-oqibat, sahovat, sabr-matonat nima 
ekanini amalda isbotlab beradi. Bu qissa eng dardli qissalardan bo‗lib, ota-ona 
va farzand, aka-uka munosabatlari negizida el-yurt qayg‗usi, vatan tuyg‗usi 
ham teran ifodalanganini ko‗rish mumkin. Bu qissa garchi birgina Yusufning 
boshidan o‗tkazgan sarguzashtlarigina tarzida dunyoga kelgan bo‗lsada, 
zohiran barcha payg‗ambarlarning qismatiy belgilangan umr chizgilari va 
ularning ko‗plab mashaqqatlarga duch kelishlari, biroq ularning sabrli 
bo‗lishlari lozimligi haqidagi ogohnoma tarzida o‗qiladi. 
Bundan tashqari, ―Jodularning yolg‗on so‗zlari‖, ―Chugurtka qissasi‖, 
‖Muso alayhissalomning Shomga borgani qissasi‖, ―Tavrotning qissasi‖ kabi 
ko‗plab qissalar ham kelgan bo‗lib, keyingi kelgan qissalarning aksariyati 
Muso alayhis-salom haqidadir. Ammo qissalarni yakkaxudolik dini bo‗lmish 
islomga da‘vat qilish va uni isloh qilish g‗oyasi bog‗lab turadi. Asardagi 
avliyo-yu anbiyolar haqidagi qissalar oyat va hadislar bilan bezatilgan bo‗lsa-
da, qissa va unda keltirilgan hikoyatlar g‗oyatda qiziq va ishonarli chiqqani 
bilan ahamiyatlidir. ―Qisasi Rabg‗uziy‖ning shakllanishida xalq og‗zaki va 
yozma adabiyotida anbiyo va avliyolar haqidagi qissa va hikoyalar nihoyatda 


14 
muhim manba vazifasini o‗tagan
13
. Bu asar ham, o‗z navbatida, juda ko‗plab 
asarlarning yaralishi uchun asos vazifasini bajardi. Jumladan, Navoiyning 
―Tarixi anbiyo va hukamo‖ asari aynan shu asar asosida yaratilgan. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish