Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

 
 
2.2. “Holoti Pahlavon Muhammad” 
―Holoti Pahlavon Muhammad‖ asari to‗lig‗icha agiografik asar bo‗lib, u 
Pahlavon Muhammadga bag‗ishlangan. Asarda Pahlavon Mahammadning bir 
qancha ijobiy fazilatlari keltiriladi. Bu avliyosifat zot tavsifini shartli ravishda 
2 ga bo‗lish mumkin: 
1. Komil inson sifatidagi madhi;
2. Ijodiy yetukligi madhi; 
―Tariq fanosida mufarrad va fano tariqida mujarrad, jahondag‗i 
pahlavonlarning pahlavoni jahoni va pahlavonlig‗ jahonining jahon pahlavoni, 
surat va ma‘nida beshabih va benazir, ya‘ni Pahlavon, shamsu-l-millati vad-
din (din va millatning quyoshi) Muhammad Kushtigir siyrat va suratida‖ deb 
izoh beradi ―Holoti Pahlavon Muhammad‖ asariga Navoiy. Qo‗shtigir- 
yakkama-yakka kurashuvchi pahlavonlarga nisbatan qo‗llanilgan sifat bo‗lib, 


25 
ayni paytda Pahlavon Muhammad shu taxallus bilan shuhrat topganiga ishora 
qiladi. Yana bir o‗rinda bu fikriga aniqlik kiritadi va shunday yozadi: 
―o‗zining dag‗i she‘r va muammo fannida tab‘i muloyim erdi va «Kushtigir» 
taxallus (qilur erdi)…‖
21
Bu valiyzotning tog‗asi Pahlavon Abusaidning ham ―zamonning 
pahlavon va musallam kushtigiri‖ bo‗lganini ta‘kidlab o‗tadi. Bu ulug‗ zotni 
ko‗pqirrali bilim egasi sifatida tasvirlar ekan, advor (musiqa nazariyasi) va 
musiqiy ilmlarni mukammal bilishi, go‗zal musiqalar yaratganini alohida 
ta‘kidlaydi. Boshqa bir o‗rinlarda uning ilmi sanoe‘ (badiiy san‘atlar) va aruz 
ilmini mukammal bilishi, Qur‘on tilovatida ham benazir ekanini aytadi. Bu zot 
haqida yana shunday tavsiflar keltiriladi: ―Yana nujum ilmin oncha bilur 
erdikim, har mavlid uchun royijai tole‘ bitiy olur erdi…Yana tibb va 
hikmatg‗a ko‗p muloyamati bor erdi…Yana fiqh ilmida ibodotdin faroyiz va 
sunan va vojibot va mustahabbot va bu ibodatg‗a muvofiq ad‘iyakim, ko‗prak 
fuqaho va zuhhodg‗a mazbut va mahfuz emas, Pahlavonga mazbut erdi…‖ 
(18) 
Navoiyning yozishicha, Pahlavon Muhammad har bir fanni o‗z davrining 
yetuk mutaxassisidan o‗rgangan. Masalan, tib ilmini o‗z zamonasining 
mashhur tabibi Mavlono Qutbiddindan o‗rgangani aytiladi. Bu ma‘lumotlar 
Navoiy bilan qariyb 40 yil bir zamonada yashagan va unga ustozlik qilgan bu 
ulug‗ valiyning noyob iste‘dod sohibi bo‗lganidan dalolat beradi
22

Navoiyning yozishicha, Pahlavon Muhammadni barcha birdek sevgan va 
qadrlagan. Hattoki, biror mashvarat va yig‗inlar, shuarolar majlisi usiz 
o‗tmagan. Shohlar ham bu inson bilan suhbat qurishdan lazzat topganlar. 
Navoiy Pahlavon Muhammadga yana shunday baho beradi: ―…Pahlavonning 
borcha nav‘ ishlarining xushlug‗i bayonida va har tavr siyrat va suratining 
21
Навоий, Алишер. Ҳолоти Паҳлавон Муҳаммад. Тўла асарлар тўплами, 10- жилд.Т: 
Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2011. – 18-b. – Keyingi 
o‗rinlarda bu asardan olingan parchalar yoki havolalar qavs ichida korsatiladi.
22
Султон, Иззат. Навоийнинг қалб дафтари. – Т.: Адабиѐт ва санъат, 1963. – 103-b. 


26 
dilkashlig‗ining sharhida zabonvarlar tili qosir (qusrli) va dostongustarlar 
nutqi ojizdur...‖ (24). 
Navoiy zoti sharifning ijodiga ham katta baho beradi va ―yaxshi 
ruboiylari bor…Va muloyim qit‘alari ham bor… Va ustod abyotin: masnaviy 
va qasida va g‗azal va har sinf she‘rdin xo‗b va ham ko‗p yodida erdi‖, deydi. 
Va yana shunday yozadi: ‖ ...qabuliyat va qobiliyat va axloqi hamida va atvori 
pisandida va zohir yuzidin muncha fazlu kamol va ma‘ni tarafidin muncha 
vajdi hol bera olurkim, bir jahon xalqin muloyamat bila sayd va bir olam ahlin 
zanjiri irodati bila giriftori beqayd qilg‗ay...‖ 
Navoiy bu ulug‗ zotning ijodiy didi yuksak bo‗lganini alohida 
ta‘kidlaydi. Ayniqsa, bir ajib voqea bo‗lganini xotirlaydi va asariga kiritadi: 
―Pahlavon iltifot yuzidin ma‘xud dasturi bila egnimni tutar erdi, 
muqaddima bunyod qildikim: 
– Seni bu kun derlarkim turkcha she‘rni yaxshi aytursen va turkcha 
nazm aytur eldin eshitib, bizga bu so‗zni musallam tutarlar. Bizning bir 
savolimiz bor. 
Javob beray, siz bori savolingizni ayting. 
Dedi: 
– Savolimiz budurki, turkiygo‗y, shuarodin ulcha she‘rlari ro‗zgor 
safhasida sabtdur, qaysi yaxshiroq aytibdurlar? Va sening aqidang aning 
yaxshi aytmoqig‗a borur, sen begonursen? 
Faqir dedim: 
– Borcha yaxshi aytibdurlar, men begonurmen. 
Pahlavon dedi: 
– Sen takalluf va kasri nafsni qo‗y, voqe‘ yuzidin so‗z aytki, buki: borini 
begonurmen dersen, borcha xud birdek emas, albatta tafovut bor. 
Faqir ayttimkim: 
– Mavlono Lutfiy holo musallamdurlar va bu qavmning ustodi va 
maliku-l-kalomidur.
Dedi: 


27 
– Nechuk Sayid Nasimiy demading? 
Faqir dedim: 
– Xotirg‗a kelmadi va bar taqdir kelmoq, Sayyid Nasimiyning nazmi 
o‗zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat 
tariqin ado qilibdur. Bu savolda sening g‗arazing majoz tariqida aytur el erdi. 
Pahlavon e‘tiroz yuzidin kinoyatomuz dediki: 
– Ravo bo‗lg‗ayki, Sayyid Nasimiy borida Lutfiy nazmini pisand 
qilg‗aysen va hol ulkim, Sayyid Nasimiyning nazmi zohir yuzidin majoz 
tariqig‗a shomildur va ma‘ni yuzidin haqiqat tariqig‗a va yuqori bitgan baytni 
o‗qudikim, faqir bu sahar aytib erdim. Chun matla‘ni o‗qudi, o‗zga ab‘yotin 
ham mutaoqib bayon qildi va taxallusikim, bu nav‘ voqe‘ bo‗lubturkim: 
Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko„rsa ranj, 
Yo„q ajab, nevchunki, xom etgan kishi ranjur erur

«Navoiy»ni «Nasimiy»g‗a tag‗yir berib o‗qudi va filvoqe‘ bu baytda 
Navoiy lafzidin Nasimiy lafzi munosibroqdur va faqir mutaajjib bo‗ldum. 
Ohistaroq ilgimni jaybimg‗a elttim va mulohaza qildim: o‗zum bitib 
jaybimg‗a solg‗on musavvada mavjud erdi, hayratu taajjubim ortti. Va 
Pahlavon hamul aytgan so‗zni ioda qiladur erdi va ul she‘rning abyotin 
mukarrar o‗qur erdi. Va bu faqir betahammul bo‗lub so‗rdumkim, ul ish 
kayfiyatin ma‘lum qilg‗aymen. Ul o‗zin yiroq tutti va o‗z so‗zida rusux 
ko‗prak zohir qildi. Faqir mubolag‗a qilg‗on soyy Pahlavon ham mubolag‗a 
ko‗rguzdi. Zarurat yuzidin so‗rdumki: 
– Bu she‘rni qachon yod qilib tutub erding? 
Dedi:
– O‗n ikki yil bo‗lg‗ayki, Bobur mirzoning majlisida bu she‘r o‗tar erdi, 
menga bag‗oyat xush keldi, bitib olib yod tuttum. 
Bori har hol bila bukun o‗tti, ul tak‘yasig‗a bordi. Tongla hamul dastur 
bila yana keldi, yana suhbat bo‗ldi, yana bu so‗z orag‗a tushdi. Yana faqir 
so‗rdum va ilhoh qildimkim, bu ish kayfiyatin ma‘lum qilg‗aymen. Bu qatla 
xud dediki: 


28 
– Ul vaqtki, men bu she‘rni yod tuttim, kushtigirlardin ham nechasi bor 
erdilar ham o‗rgandilar, – deb uch-to‗rt piyoda sort kushtigirniki, aning bila 
kelib erdilar tilab dediki: «O‗qung, andoqki mening bila o‗rganib erdingiz». 
Alar dag‗i paydarpay ravon o‗qudilar. Faqirg‗a taajjub ustiga taajjub voqe‘ 
bo‗ldi va Pahlavon so‗zi sidqida mubolag‗a qilur erdi. Agarchi mubolag‗a 
xojat emas erdi, nevchunkim, sidqi da‘vosida necha tonuq ham o‗tkardi. 
Oqibat andoq ma‘lum bo‗ldikim, egnimni ulaydurg‗onda jaybimda 
qog‗oz ko‗rubtur, ohistaliq bila ul qog‗ozni chiqorib ko‗rubtur va ma‘lum 
qilibdurki, ushbu yaqinda aytilg‗on she‘rdur. U qog‗ozni ochuq yonida 
qo‗yubdur va yod tutubdur …‖ (26-27). 
Bu ulug‗ zot Jomiydan bir yil keyin vafod etadi. Aslida, asar ana shu 
munosabat bilan yaratilgan. Asarda Pahlavon Muhammad qusrlardan xoli 
tarzda tasvirlanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish