Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Labing ko„rgach iligim tishlaram har dam tahayyurdin
Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurmen
. (8) 
Navoiyning yozishicha, Ardasher turkiygo‗y shoirlardan Lutfiyni, 
forsiyda esa Hofiz Sheroziy, Shayx Muslihiddin Sa‘diy Sheroziy, Shayx 
19
Навоий, Алишер. Ҳолот Саййид Ҳасан Ардашер. Тўла асарлар тўплами, 10- 
жилд.Т: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2011. – 6-7-b. – Keyingi 
o‗rinlarda bu asardan olingan parchalar yoki havolalar qavs ichida korsatiladi.


22 
Farnduddin Attor, Shayx Aziz Nasafiy kabi mutasavvuf ijodkorlarni sevib 
o‗qigan.
Yana bir e‘tiborli jihati shundaki, asarda Ardasher rind va rindlar 
homiysi sifatida tasvirlanadi: 
“Yigitlik ayyomidakim, rindliq (islomiy 
amallarni aqliy tark etganlar) va lavandvashliqlar (yalqov, bebosh) boshidur, 
bu toifa kunduz va kechalar alarning maskanidin chiqmaslar” 
(9). 
Yoki: ―
Ardasher «uy sizningdur, har qachon iltifot qilsangiz xizmatg„a 
turubmiz», deb uzaturlar erdi va alarning hamida axloqi om erdi. Ulug„-
kichikka suchuk so„z va mufrit xulq zohir qilurlar erdi
‖ (10). Yana uni saxiy 
zot deb ta‘riflaydi. Va "haddan ortiq borcha rindlarni aziz tutqaylar‖ deya 
tavsif beriladi. Hatto ularning xatolarini kechirib yuborishi, keyin sira 
yuzlariga solib, xijolat qilmasliklari ham aytiladi. Yana bu zot yumshoqso‗z, 
juda tavozu‘li, halim, betakalluf va barchaga mehribon, so‗z ma‘nisini yaxshi 
bilgan va o‗rinsiz kalom aytmaydigan avliyosifat zot tarzida tasvirlanadi. 
Ammo barcha sifatlaridan keyin uni rind sifatida tasvirlanadi. Bu lavha juda 
ta‘sirli ifodalangan. Bu zot boshqa rindlardan 2-3 barobar ko‗p ichsada, mast 
bo‗magani, aksincha, sarmast kishilarni uylariga kuzatib yoki o‗zlarining 
amnobod (tinch) xonasiga joylashtirib, o‗zi esa tahorat olib, xufton namozini 
o‗qigani, hattoki Ollohga munojoot bilan tavbalar qilganlari, biror marotaba 
ham qastdan namoz qazo qilmaganliklari juda ta‘sirli va ishonarli tarzda 
rivoyat qilinadi. 
O‗z muxlaslari Mavlono Boyazid Puroniy, Hazrat Xoja Abu Nasr
Porso, Xoja Muhammad Kusaviy, Hazrat Bahovuddnn Umar, Shayx 
Ziyoratgohiylar uchun fotihalar daryo‗za (tilash, so‗rash) qilgani haqidagi 
ma‘lumotga tayanib, shuni aytish mumkinki, bu zotga Olloh tomonidan ilohiy 
bilimlar berilgan va ayni paytda uning nuqsonlari ham ilohiy bo‗lgan. 
Asardagi yana bir chizgi borki, yuqoridagi rivoyatni mantiqan to‗ldirishi bilan 
alohida ahamiyatga ega. Unda aytilishicha, Ardasherni o‗z zamonasining 


23 
hukmdori mamlakat ishlarida maslahatchi qilib tayinlaydi
20
. Ardasher 60 
yoshdan o‗tgach, shohning qarshiligiga qaramay bu ishdan iste‘fo oladi. 
Shohni yuzxotir qilib, ikki yilcha qo‗shinda xizmat qiladi, lekin biror marta 
ham in‘om olmaydi. Navoiy ushbu holni 
uning tabiatida tug„ma yo„qlik 
borligi 
bilan izohlaydi va Ilohiy ishq kuchlilik qilganini ta‘kidlaydi. Shoh 
iltimosi shu darajaga boradiki, bundan ortig‗i zulmga aylanishi mumkin edi. 
Hech kimni ranjitmaydigan bu ulug‗ Shayxning o‗z hukmdori buyrug‗iga 
itoatsizlik qilishini faqat ana shu tug‗ma yo‗qlik, ya‘ni ilohiy oshiqlarga xos 
telbalik deb baholash mumkin edi. Va shundan keyin Ardasher o‗z davrining 
mashhur Shayxlaridan Mavlono Shamsuddin Muhammad Tabodgoniyga
murid bo‗ladi. Bu zotning sabr-toqatda ham tengsiz zot bo‗lganini Navoiy 
alohida ta‘kidlaydi. Bu hol, ayniqsa, yolg‗iz farzandi Sayyid Muhammad 
(Navoiy uni 14 yoshidan o‗z farzandidek ko‗rib, tarbiya va ilmiga e‘tibor 
beradi, ustozlik qiladi) ning vafot etishi voqeasi juda ta‘sirli berilgan. 
Ayniqsa, O‗z o‗g‗lining ta‘ziyasida ma‘rakada yig‗ilganlarga, xususan, 
shogirdi Navoiyga ham tasalli berishi har qanday kitobxon qalbida bu 
avliyosifat zotga nisbatan cheksiz mehr uyg‗otishi shubhasiz. Ardasher 
xarakterini ochib beruvchi uning bir nechta falsafiy mazmundagi hikmatli 
so‗zlari keltirilgan. Masalan:
“Alar der erdilarkim, dunyo johining mastlig„i chog„ir mastlig„ig„a 
o„xshamaskim, chog„ir mastlig„i ichgan kunidur, ammo joh mastlig„i agar 
sohibi joh yillar joh ustidadurkim, mastdur, aning maxmurlig„i johdin ma‟zul 
bo„lg„onidadur. Ne muskir xamrdurkim, sarmastlig„i odamiyni yillar o„zidin 
bexabar qilg„ay...”
“Qarilig„da hech nimaning zavqi yigitlikdagicha ermas: g„izodin va 
sharbatdin, hatto suvg„a deguncha...”
(14). 
20
Комилов Н. Дарвеш Саййид Ҳасан таърифида // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т., 1990. 
- № 6. – Б. – 6.


24 
Asarda bu zotning haj ibodatini niyat qilib, ammo bajara olmagani 
aytiladi. SHu o‗rinda yana bir ma‘lumotga e‘tibor beraylik. Ardasher 
Samarqandga Hazrati Xoja Nosiruddin Ubaydulloh huzuriga tez-tez borib 
kelgan (Navoiy ma‘lumotiga ko‗ra Samarqand ahli Xojani «Qutb»g‗a nisbat 
berganlar). Bu zot esa Naqshbandiya tariqatidan bo‗lgan. Navoiy boshqa 
asarlaridan birida o‗zining Naqshbandiya ta‘limotida ekanini aytadi. Demak, 
Navoiyning tasavvufiy ta‘limni chuqur o‗zlashtirishida Ardasherning ham 
katta xizmati bo‗lgan. Ardasher 73 yoshida vafot etadi. Ammo umrining 
oxirigacha tariqat ahkomini mahkam tutadi. Navoiy shu munosabat bilan 
«Jannati pokash makon bud‖ (pok jannat makoni bo‗lg‗ay) nomli ta‘rix 
yozadi va undan 894 (1488-89-yy ) yil kelib chiqadi. Asarda Ardasher garchi 
nuqsonlardan holi tarzda tasvirlanmasada, uning ko‗plab ijobiy fazilatlari ahli 
avom va ahli ishq uchun o‗rnak bo‗lishga arzirlik tarzda tasvirlanadi. 
Agiografik asar qahramonlariga xos xususiyatlardan biri, yuqorida 
aytganimizdek, sabr-matonat hisoblangan va bu fazilat Ardasher obrazi uchun 
ham xarakterlidir. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish