Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Bob bo„yicha xulosalar 
1.
Agiografik asarlarning dastlabki manbalari ilohiy kitoblar, xususan, 
―Qur‘oni karim‖ va Hadis hisoblanadi. Lekin o‗zbek adabiyotida ular dastlab 
xalq og‗zaki ijodi namunasi sifatida paydo bo‗lgan va asta-sekin yozma 
adabiyot doirasiga kirib kelgan. 
2.
Agiografik asarlarning dastlabki namunalari sof diniy mazmunga ega 
bo‗lib, diniy manfaatlarni himoya qilgan va diniy g‗oyalarni targ‗ib qilish 
maqsadida yaratilgan. 
3.
Agiografiya o‗zbek adabiyotida janr sifatida istifoda etilmaydi. Ularni 
faqat bir adabiy turkum sifatida tavsiflash maqsadga muvofiq. 
4.
O‗zbek adabiyoti tarixida qo‗llanib kelgan holot, manoqib, manqaba, 
maqoma, ba‘zitazkira, shajara va tarix kabi janrlarda yozilgan adabiy asarlar, 
umumiy xarakteriga ko‗ra, agiografik turkumni tashkil qiladi. 
5.
Agiografik asarlar o‗ziga xos motivlarga ega bo‗lib, ular uzoq davrlar 
ishlanishi jarayonida qat‘iylashgan.
6.
 
Badiiy asar sifatida shakllangan agiografik rivoyat va hikoyatlar 
keyingi davrlarga kelib dunyoviy xarakterga ega bo‗la bordi va turli ijtimoiy 
munosabatlar yechimini ifodalay boshladi.



20 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II bob. ALISHER NAVOIY IJODIDA AGIOGRAFIK ASARLARNING 
O„RNI 
 
2.1. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” 
―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖ asari hajman uncha yirik emas. Navoiy 
asar qahramoni Ardasherni eng yaqin ustozlaridan va hattoki o‗z otasidek 
e‘zozlaganini aytadi. Asar Ardasherning vafotidan 2 yil o‗tib yaratilgan. 
Asarda Ardasher obrazi bor bo‗yi-basti bilan tasvirlanadi, ya‘ni undagi qusrlar 
va kamchiliklar ochiq gapiriladi. Biroq, qusrlarining bezararligi juda go‗zal va 
ishonarli chizilgan. Navoiyning ma‘lumotiga ko‗ra, Ardasher Boysung‗ur 
Mirzo huzurida xizmat qilgan. Yoshligidan ―o‗qumoq va bitmakka‖ qobiliyati 
bo‗lgan. Ammo odob, hayo, tavoze‘ va muloyimlik unda juda kuchli bo‗lgan. 
Navoiy uning fazilatlarini madh etar ekan, quyidagilarni yozadi: 
“sarf va nahv 
(grammatika) va lug„at va arabiyat (arab tili va adabiyoti) va mantiq (logika) 
va kalom (e‟tiqod ilmi) va fiqh (huquq) va hadis va tafsir (diniy 
atamashunoslik) dur va soyir tasnifot, misli: she‟r va muammo va ta‟rix va 


21 
nujum va advor (musiqa nazariyasi) va musiqiy bo„lg„ay agar ba‟zi majolisda 
so„z o„tsa erkandur, bovujudn ulki, majlis ahlining ko„pidin yaxshiroq bilur 
erkandurlar ham hayo va adab jihatidin, ham birovga, ilzomu xijolat 
yetmasun deb, ko„p so„z aytmas ermishlar, balki ko„p majolisda takallum ham 
qilmas ermishlar”
19

Navoiy bu zotning yaxshi xulqini juda yuqori darajada madh etadi va 
hattoki hukmdor o‗z o‗g‗illariga nasihat qilsa, Ardasherni o‗rnak qilib 
ko‗rsatishini aytadi. Bu esa ulug‗ zotning go‗zal axloqi naqadar keng 
yoyilganini ko‗rsatadi. O‗z xotiralarini Navoiy shunday davom ettiradi: ―Bir 
kun alar mulozamatig‗a yetmasam erdi, sabru toqatim qolmas erdi va alar ham 
kelib ahvol so‗rarlar erdi: «tashvishe bo‗lmamish bo‗lg‗aykim, bukun sendin 
xabar topa olmaduq ―. 
Ardasher asarda ―tug‗ma yo‗qlik‖ ya‘ni Olloh tomonidan berilgan tariqat 
ilmining egasi sifatida madh etiladi. Navoiyni ham tariqat haqida she‘rlar 
bitishga da‘vat etgani haqidagi ma‘lumotlarni o‗qir ekanmiz, Ardasherning 
tasavvuf she‘riyatini ham yaxshi tushungani ayon bo‗ladi. Navoiy bu 
paytlarda Xurosonda mashhur edi. Asarda keltirilishicha, Ardasher 
o‗tmishdagi ijodkorlarni yaxshi tushungan va ularning ijodidan ko‗p baytlar 
yod bilgan. Shu bilan birga, o‗z zamondoshlarining ijodi bilan ham yaxshigina 
tanish bo‗lgan. Masalan, Navoiyning bir qancha baytlarini yod bilgani, 
xususan, ushbu bayti unga juda yoqqanini Navoiyning o‗zi e‘tirof etadi: 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish