65
asarlarda uchratish mumkin. Bunday diniy hukmlarni qo‗llash asarning
ta‘sirchan bo‗lishini ta‘minlaydi va agiografik asarlarning o‗ziga xosligini
ko‗rsatadi. Yoki ―Holoti Pahlavon Muhammad‖da
foniylikka rixlat qilgan
kishilar haqida gapirilganda, ―qaddasallohu ruhahu‖ qo‗shiladi. Masalan,
―Mavlono Nuriddin Abdurahmon al-Jomiy (qaddasallohu ruhahu)‖. Boshqa
asarlarida biror zoti ulug‗lar haqida gapirilganda, qavs ichida fikrni to‗ldirib,
aniqlik kirituvchi qo‗shimcha ma‘lumotlar-remarkalar keltiriladi: ―Abu
Ya‘qub Aqta‘ q. t. s. [
Junayd bilan maktublar yozishib turardi
]…‖
Yoinki
quddisa sirrihu
{ …Hazrati Xoja Hofiz Sheroziy (quddisa
sirrihu)},
qaddasallohu ruhahu
{Hazrat Bahovuddin Umar (
qaddasallohu
ruhahu)}, rahmatullohi taolo
{Nasr Porso (
rahmatullohi taolo)}, alayhir-
rahmah {…
Shayx Ziyoratgohiy (
alayhir-rahmah)}
kabi arabiy istilohlar
ayniqsa, ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖da ko‗plab uchraydi. Yoki ―Hayratu-
l-abror‖da Jomiy haqida gapirar ekan, ―
madda zillahul-oliy vasfikim”
degan
birikmani qo‗llaydi. Yuqorida keltirilgan bu kabi istilohlar o‗tgan kishilar
haqqiga rahmat tilab aytiladigan kichik duolar vazifasini
bajargan va bunday
so‗zlarning ayrimlari bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan.
Asarda badiiyllikni oshirish, fikrni isbotlash kabi maqsadlarda turli
janrdagi she‘rlar qo‗llangan. Bunday she‘rlarning bir necha xususiyatiga ko‗ra
tasniflash mumkin:
a) tazkirachilik xarakteridagi baytlar.
b) Navoiy qalamiga mansub baytlar.
Tazkirachilik xarakterida yozilgan she‘rlar, asosan, zamondosh ustozlari,
o‗tgan buyuk zotlar yoki xalq orasida mashhur bo‗lgan hikmatga boy she‘rlar
bo‗lib, bular orasida Lutfiy, Jomiy, Pahlavon Muhammad kabilarning ijod
namunalarini kiritish mumkin. Masalan, ―Holoti Pahlavon Muhammad‖da bu
ulug‗ zoti sharifga tegishli ushbu mat‘la‘ni keltiradi:
Guftamash: dar olami ishqi tu koram bo g„am ast?
Guft xandon zebi lab: “gam nest, kori olam ast”.
66
Tarjimasi:
unga aytdimki, sening ishqing olamida ishim g‗amdin iborat
bo‗ldi, u kulgi aralash miyig‗ida ―g‗am emas, olamning ishqidir‖, dedi.
Bundan ko‗rinib turibdiki, Pahlavon Muhammad fors tilida betakror
she‘rlar bitgan va ta‘bi nozik ijodkorlardan bo‗lgan. Yoki ana shu asarda bu
zotning ko‗plab
ruboiylarini ham keltiradi, ayni paytda, Pahlavon
Muhammadning baytlariga o‗zi ham o‗xshatmalar bitganiniaytib o‗tadi, ba‘zi
o‗rinlarda ularni keltiradi. O‗quvchi bu asarni o‗qir ekan, Navoiydek buyuk
darg‗ani qoyil qoldirgan bu zotga tasannolar aytadi.
Navoiy Pahlavonning o‗z zamonasidagi ijodkorlarning bisotidn baytlar
bilishini ta‘kidlar ekan, o‗zining bir nechta baytlarini keltiradi.
SHuni ham
ta‘kidlash lozimki, Navoiy o‗z asarlarida fard, qit‘a, bayt, ta‘rix, masnaviy
kabi bir necha xil ahe‘riy janrlardagi ijod namunalaridan keltiradi. Ularning
asosiysi turkiycha, biroq fors tilidagi baytlaridan ham keltirib o‗tadiki bu
zullisonayn shoirning ikki tilda ham tengsiz ekanidan dololat beradi.
―Nasoyimu-l-muhabbat‖ asarining tili biroz murakkabdek tuyuladi.
Sababi, bu asarda o‗tgan aziz avliyolardan tortib o‗z
zamonining mashhur
Shayxlari-yu, ulug‗ zotlari haqida gapirilar ekan, 30 dan ziyod o‗tganlar
haqqiga aytiluvchi duolar va duo mazmunidagi arabiy istilohlar qo‗llangan.
Ularning ba‘zilariga to‗xtalamiz
33
:
Do'stlaringiz bilan baham: