Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Alayhir-rahmah
- unga (Allohning) rahmati bo‗lsin! (a.r.) 
Alayhis-salom
- unga (Allohning) salomi bo‗lsin. (a.s.) 
Vallohu a‟lam
- Alloh bilguvchiroq. (v.a.) 
Nafa‟ano bihima
–ikkalasi tufayli (Alloh) bizga naf yetkazsin. (n.b.) 
Nuvvira marqaduhu nuran
- uning qabri nurga to‗lsin. (n.m.n.) 
Navvara marqaduhu nuran
- (Alloh) uning qabrini nurga to‗ldirsin. 
(n.m.n.) 
Karamallohu vajhahu
- Alloh uning yuzini mukarram qilsin. (k.v.) 
Rahimahullohu
- Alloh unga rahm qilsin. (r.) 
33
Bu yerdagi misollar asosan ―To‗la asarlar to‘plami‖ (2011)dan keltirildi. 


67 
Raziyollohu anh(u)
–Alloh undan rozi bo‗lsin. (r.a.) 
Rahmatullohu alayhi
- unga Allohning rahmati bo‗lsin. (r.a.) 
Salovotur-rahmoni alayhi
- unga rahmonning salovoti bo‗lsin. (s.r.a.) 
Qaddasa arvohahum
- Alloh ularning ruhlarini muqaddas qilsin. (q.a) 
Qaddasallohu taolo asrorahum
- Alloh ularning sirlarini muqaddas qilsin. 
(q.t.a.) 
Qaddasallohu taolo ruhahu
- Alloh taolo uning ruhini muqaddas qilsin. 
(q.t.r.) 
Qaddasallohu taolo sirrahu
- Alloh taolo uning sirlarini muqaddas qilsin. 
(q.t.s.) 
Navoiyning yuqorida keltirilgan agiografik xarakterdagi asarlarining til 
xususiyatlari anchagina murakkab bo‗lib, buning sabablaridan biri asarlarda 
arabiy-forsiy so‗zlarning ko‗p qo‗llangani va ba‘zi turkiy so‗zlarning ham 
bugungi kunga kelib tushunarsiz bo‗lib qolganligidir. Bunday so‗zlar 
ko‗pchilikni tashki qilsada, ba‘zilarini keltirib o‗tishni joiz deb topdik: 
Arba‘in chiqarmoq – toat-ibodat qilib chilla o‗tirmoq demakdir. 
Al-hukmu lilloh – ollohning hukmi bilan. 
G‗ufron – kechirim, shafqat. 
Muqtazoyi ojil – o‗lim. 
Advor – musiqa nazariyasi. 
Naqsh – kuy, ashula. 
Amal – kuy, ashula, ohang. 
Qavl – so‗z, gap, musiqaga solingan she‘r. 
Maqomot – musiqashunoslik ilmida SHashmaqom, Horazm maqomlari
va Farg‗ona - Toshkent maqom yo‗llarining majmuasi ma‘nosida 
qo‗llaniladi. 
Shuabot – musiqa yo‗llari. 
Chorzarb – musiqiy kuy nomi. 
Savt – musiqiy kuy. 


68 
Sanoyi‘ – san‘at so‗zining ko‗pligi, hunarlar ma‘nosida ham keladi. Bu 
yerda adabiy san‘atlar nazarda tutiladi.
Aruz – she‘rning vaznlari, o‗lchovlari haqidagi fan. 
Qofiya – she‘rda bayt yoki misralar oxiridagi so‗zning ikkinchi bayt 
yoki misra oxiridagi so‗zga mos ohangdosh bo‗lishi. SHarq poetikasida 
qofiyaning o‗ziga xos nazariyasi bor. SHuning uchun qofiyaga oid adabiy ilm 
mavjud. 
Tajvid – Qur‘on karimni talaffuz qoidalari bilan o‗qish. Bu ham ilm 
darajasida o‗rganilgan, 
Ilmi nujum – osmon jismlari va uning haraktlarini o‗rganuvchi ilm, 
astronomiya. 
Mavlid uchun royijai tole‘ – keyingi vaqtlarda keng tarqalgan 
garaskopni anglatadi. 
Fiqh ilmi – dinning yo‗l-yo‗riqlari, qoidalari to‗g‗risidagi ilm. 
Ashriba va favoqih va halviyot – sharoblar, xo‗l mevalar va holvalar 
(qand-qurslar ham kiradi). 
Mafosil marazi – bo‗g‗imlarning zirqirash kasali. 
Asarlarda forsiy baytlar ham anchagina qo‗llangan. Asar oxirida ularning 
izohi ham berilgan.
Umuman olganda, agiografik asarlar tili yozuvchi yashagan davrdagi til 
xususiyatlarini aks ettirishi jihatidan tubdan farqlanadi. Rabg‗uziyning asarida 
turkey til an‘analari Navoiy asarlaridagidan ko‗ra ancha ko‗proq. Sababi, 
Alisher Navoiy yashagaan davrda arab va fors tilining nufuzi baland bo‗lgan 
va asarlar, asosan, shu tilda yaratilgan. Ammo bu asarlarning til xususiratidagi 
umumiy o‗xshashlik ham mavjud bo‗lib, bu arabiy-forsiy istilohlarning diniy 
xarakterda ekanligidir. Shu bilan birga bu asarlarda keltirilgan obrazlarning 
ham takror qo‗llanilishi hollari juda ko‗p. muhim jihati shundaki, bu 
ko‗pchilik obrazlar haqidagi ma‘lumotlar Qur‘on, Hadis yoinki tarixiy va 
tazkira asarlarida ham uchraydi. Masalan, Rabg‗uziyning qissasida ham Nuh 
kemasi bilan bog‗liq rivoyat keltirilgan. Unda aytilishicha, Nuhga odamlarni 


69 
yakkaxudolik diniga da‘vat etish buyuriladi. Itoat etmaganlar uchun to‗fon 
haqida bashorat beriladi. Keyin o‗g‗illari Xom, Som va Yofasning musulmon 
bo‗lishi, yana bir o‗g‗li Kan‘onni otasining da‘vat etgan diniga kirmasdan 
kofir bo‗lgani, oqibatda uni to‗fon halok qilgani haqida hikoya qilinadi. 
Shundan keyin Nuh Olloh taoloning buyrug‗i bilan kema yasaydi va hamma 
hayvonlardan bir juftdan kemaga kiritadi. Qissada Nuh olamni asrab qolgan 
dindor kishi sifatida tasvirlanadi. Navoiyning ―Tarixi anbiyo va hukamo‖sida 
bu qissa quyidagicha keltirilgan: ―Nuh binni Malik binni Matushlax binni 
Idris payg‗ambari mursaldur va Baxiyulloh aning laqabidur. Ba‘zi qirq 
yoshtin so‗ngra, ba‘zi ellik yoshtin so‗ngra debdurlarki, anga vahy nozil 
bo‗ldi. Va aning zamonida olam xaloyiqi butparast bo‗lub erdilar To‗quz yuz 
ellik yil elni o‗z dinig‗a da‘vat qildi. Sekson kishidin ortuq qabul qilmadilar. 
Kuffordin anga izolar tegar erdi. Ul so‗z aytsa, eshitmoli deb qulog‗larin tutar 
erdilar. Haddin o‗tkondin so‗ng, Nuh duo qildi: «Rabbi lotazarni alal arzi 
minal kafirina dayyoro» duosi mustajob bo‗ldi. Jabrail a. s. bir dona kelturub 
buyurdikim, ani Nuh a. s. ekti va ul yetkoch yig‗ochi bo‗ldi. Necha yildin 
so‗ngra ul yig‗och ulg‗oydi. Amr bo‗ldikim, ani kesib, kema yasag‗ay. Ul 
kemaning tuli uch yuz qari va arzi va umqi anga ko‗ra. Debdurlarkim, kema 
tugangondin so‗ngra, haq taolo to‗fon oshkor qildi. Andoqkim, ham osmondin 
yog‗ar erdi, ham yerdin suv qaynab chiqar erdi. Rivoyat mundoqdurkim, suv 
avval Nuh a. s. tanuridin qaynab chiqti. Alqissa, olti oyg‗acha hol bu erdi, to 
tamom olamni suv tutti. Va Nuh avval imon kelturgon sekson kishi bila 
kemaga kirib, uch o‗g‗li dag‗i kemaga kirib, chun kema uch tabaqa erdi, bir 
tabaqada vuhush yuz bahoyim va sibo‗ kirib, yana bir tabaqada bashar kirib, 
kema yerdin ko‗tarilib, andoq bo‗ldikim, suv tog‗lardin qirq qari o‗tti. 
Derlarki, Nuh a. s. kemasi haq taolo amri bila iki qotla mashriqdin mag‗ribqa 
va yana bir qotla mag‗ribdin mashriqqa bordi.
Chun tamom olamda kema ichidagi maxluqotdin o‗zga hech maxluq 
qolmadi, borcha halok bo‗ldilar. To‗fon taskin topti va suv ozola boshladi. Va 
Nuh a. s. kemasi Mo‗sulda Judi tog‗i ustida qaror tutti. Va Nuh a. s. muharram 


70 
oyining o‗nida kemadin chiqib, hamul yerda taskin tutub, ul el bila bir kent 
yasadilar. Va Nuh a. s. umri ming olti yuz yil bo‗lg‗ondin so‗ng olamdin o‗tti. 
Va rivoyat budurkim, Odam zamonidin Nuh a. s. zamonig‗acha iki ming besh 
yuz yildur va Nuh davridin Ibrohim Xalil salavotu-r-Rahmon alayh 
davrig‗acha ming besh yuz yil va - Ibrohim a. s. ahdidin Muso a. s. ahdig‗acha 
to‗rt yuz oltmish yil va Muso a. s. chog‗idin Iso a. s. chog‗igacha ming to‗quz 
yuz o‗tuz yil va Iso a. s. ayyomidin Hazrat Risolat s.a.v. farxunda 
ayyomig‗acha yuz sekson yil voqe‘dur.
Olam ahli aksari Nuh naslidindur. Bu jihatdin ani ikinchi Odam 
debdurlar. Va aning to‗rt o‗g‗li bor erdi: Yofas va Som va Hom va Kan‘on. 
Va bu Qan‘on kofir erdikim, Nuh a. s.ga imon kelturmadi va to‗fonda halok 
bo‗ldikim, «innahu laysa min ahlika»9 aning sha‘nida nozil bo‗ldi. Rivoyat 
budurkim, Nuh a. s. kemadin chiqqondin so‗ng, ul sekson kishi andoq halok 
bo‗ldilarkim, alar naslidin kishi qolmadi. Nuh a. s. Turon va Xo‗tanni Yofasqa 
berdi va Eronni Somg‗a va Hindistonni Homg‗a. Bu mazkur bo‗lg‗on 
mamolik ahli bu uch kishining naslidindurlar. Bu jihatdin Yofasni Abut-Turk 
va Somni Abul-Ajam va Homni Abul-Hind debdurlar. Va Homning rangi 
qaro erdikim, hind ahli qaro voqe‘durlar. Va aning jihati bu erdi.
Debdurlarkim, Nuh a. s. o‗yub erdi va avrat uzvi ochilib erdi, Hom 
ko‗rub kuldi. Va Yofas va Som man‘ qilib yoptilar. Nuh a. s. uyg‗onib 
ma‘lum qilib, Homni yomon duo qildi. Ul jihatdin rangi qaro bo‗lub, 
payg‗ambarliq aning naslidin munqati‘ bo‗ldi. Va Nuh a. s. kemaga kirarda, 
Odam a. s. so‗ngokin madfanidin chiqorib, kemag‗a kiyurub erdi, kemadin 
chiqqonda, ba‘zi debdurlar Madyan yerida, ba‘zi derlar Najafda dafn qildi―. 
Yoki 
Yofas
haqidagi qissani ko‗rib chiqaylik: Yofasni payg‗ambari 
mursal debdurlar. Va ani yeti o‗g‗li bor erdi: Buka, Xizr, Suqlob, Rus, Bik, 
Chin, Kamo. Ba‘zi sekiz o‗g‗ul debdurlar va sekizinchi Torax debdurlar. Va 
Iskandar Zulqarnayn Yofasning to‗rtinchi o‗g‗lidur Rus naslidin. Chun Yofas 
Xito mulkida mutamakkin bo‗ldi, bu o‗g‗lonlarig‗a har yerniki berdi, ul yerni 
ul o‗g‗li oti bila atadilar. Chun bu tarixki bitiladur, xotirda andoqdurkim, 


71 
Sultoni sohibqiron holot va ansobi mazkur bo‗lg‗ay, insho alloh taolo ul Yofas 
tarixig‗a mavqufdur. Chun bo‗lg‗usidur muncha bila ixtisor qilildi.
Somni ham ba‘zi payg‗ambari mursal debdurlar va ko‗prak anbiyo. Va 
Eron muluki aning naslidindurlar. Va aning olti o‗g‗li bor erdi. Ba‘zi to‗quz 
o‗g‗ul ham debdurlar. Kayumarsni ham aning avlodidin tutubdurlar. 
Arfaxshad aning naslidindur. To‗rtinchi, Basti Qahiton Qole‘g‗a yetishurkim, 
ibri Qole‘ naslidindur. Arabning ko‗pi Qahiton naslidindurlar. Qahitondin 
uchunchi pusht Sibog‗a yetarkim, a‘robdin Xamandiy va Vaxmiy va O‗miriy 
va Qazo‗iy va Ash‘ariy va Ozdiy va Toiy Sibo naslidindur.
Va Somning ikinchi o‗g‗li Olimdurkim, Xuroson va Misol aning 
o‗g‗lonlaridurlar. Iroq Xuroson o‗g‗lidur. Va Kirmon va Makron Misol 
o‗g‗lonlari. Va uchunchi o‗g‗li Asva-durkim, Ahvoz va Pahlu aning 
o‗g‗lonlaridur. Va Fors Pahluning o‗g‗lidur. Va to‗rtinchi o‗g‗li Budazdurkim, 
Ozarbayjon va Aron va Arman va Far‘on aning o‗g‗lonlaridurlar. Va 
beshinchi o‗g‗li Ovadurkim, Od va Samud qavmi aning naslidindurlar. Va 
oltinchi o‗g‗li Sag‗rdurkim, SHom va Rum aning o‗g‗lonlaridurlar―. 
Qissadagi voqealar deyarli farqlanmasa-da, ularni asar tili ajratib turadi. 
Har ikki asarning ham asosida Qur‘ondagi Nuh haqida nozil bo‗lgan sura 
tursada, bu diniy manbada kelgan Nuh voqeasi anbiyolar haqidagi asarlarda 
sayqallanib, badiiy jihatdan to‗yintirilgan hamda Nuh voqeasi mifologik 
xasrakter kasb etgan.
Bundan tashqari Navoiy ijodida bunday asarlarni ma‘lum bir maqsadga 
yo‗naltirish, o‗z ideali va g‗oyalarini singdirishga xizmat qildirish hollari ham 
uchraydi. Masalan, Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖ asari bilan Navoiyning 
―Tarixi anbiyo va hikamo‖ asarlari tubdan farq qiladi. Rabg‗uziy faqatgina 
diniy qissalarga ishlov berib, uni chinakam badiiy asarga aylantirish bilan 
cheklangan bo‗lsa, Navoiy bunday badiiy qissalarga umr o‗tkinchiligi 
haqidagi falsafiy-tasavvvufiy qarashlarini ham qo‗shib ifodalaydi. Demak, 
yuqoridagi agiografik asarlarni davr xususiyatlari va ijodkorning asar oldiga 
qo‗ygan maqsadini nazarda tutgan holda ham farqlash mumkin bo‗ladi. 


72 
Agiografik asarlarni yaratuvchi muallif xalq og‗zaki ijodidagi avliyo va 
avliyosifat kishilar haqidagi mashhur hikoyat, rivoyat hamda qissalarni 
yaxshilab o‗rganganidan keyin shu tipdagi asarlardan andoza olgan holda o‗z 
uydirmalari-yu ijodiy fantaziyasi asosida ma‘lum bir maqsad negizida yangi 
bir asar yaratgan. 
Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, agiografik asarlarning til 
xususiyatlari turlicha va bu asarlarning har biri o‗z tadqiqini kutib turibdi. 
Ularning ko‗pchiligi, ayniqsa, tazkiralar va tarixlar ko‗rinishidagi asarlar tili 
deyarli o‗rganilmagan. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish