Агиографик асарлар тавсифига доир


Tengri, yalovoch, bizma, biznima, izsunlar, ikagu, yoning



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Tengri, yalovoch, bizma, biznima, izsunlar, ikagu, yoning, 
azinlar
kabi so‗zlar toshbosmadagi: 
Mavlo taolo, payg„ambar, bizlar ham, 
bizlar, yuborsinlar, ikki kishi, qoyting, o„zgalar
so‗zlari bilan o‗rin 
almashgan. Yoki baytlardagi farqlarga e‘tibor qarataylik: 
Nashrda: 
“Sodiq ul-va‟d atanibon va‟dasin qildi vafo, 
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzuq, 
Bo„ldi zamzamning suvini, bo„ldi illatg„a shifo. 
Ka‟baning toshin tashib qurbon qilg„an ul Zabih, 
Tegrasinda tog„ tanuqlar Marva erdi ham Safo. 
Xalq aro ortuq bag„irsoq erdi mavlog„a muti‟”
.(1-kitob, 74-
bet) 
Toshbosmada

“Sodiq ul-va‟d atanibon va‟dasin qildi vafo, 
Tebti bir ikki ayog„in, tobti yerda bir qazug„. 
Bo„ldi zamzamning suvini, bo„ldi olamg„a shifo. 
Ka‟baning toshin teshib, farmon qilibon ul Zabih. 
Tegrasida tog„, tupug„da Marva erdi ham Safo. 
Xalq aro ortuq big„ayri soq erdi mavlog„a muti‟”

tarzida ifodalanadi. Nashrdagi: 
tepti, azoqin, topti, quzuq, illatg„a, tashib, 
qurbon, tanuqlar, bag„irsoq
so‗zlarini toshbosmada: tebti, ayog‗in, tobti, 
qazug‗, olamg‗a, teshib, farmon, to‗pug‗da, beg‗ayri, soq tarzida o‗qiymiz. 


77 
Baytlarning bir-biridan keskin farq qilishi, nashr va toshbosmaning bir-biridan 
farqini o‗zida yaqqol namoyon qiladi

37

Hozirgacha bu asar tekstologik tadqiq etilmagan. Yuqorida nomlari 
keltirilgan boshqa agiografik asarlar ham yetarlicha matniy tadqiq etilmagan. 
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, agiografik asarlarning matniy tadqiq etilishi 
ularning ilmiy-tanqidiy matnini mukammal yaratish uchun asosiy vositadir. 
Bu esa matnshunoslik sohasidagi vazifalardandir. 
 
Umuman, shuni ta‘kidlash lozimki, agiografik asarlar taraqqiyotida 
tasavvuf katta rol o‗ynagan. Mutasavviflarning xizmati bilan katta salmoqqa 
ega manqabalar vujudga keldi. Manoqib yaratish qoilarining tadrijiy 
deformatsiyasi natijasida adabiyotimiz tarixidan mustahkam o‗rin olgan bir 
qator qissa va dostonlar yozildi. O‗zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti fondida birgina Sobir Sayqaliyning (XVIII-XIX 
asrlar) ―Qissai hazrat imom Hasan va Husayn‖, ―Qissai imom Hasan‖, ―Qissai 
imom Husayn‖, ―Imom hanafiy jangnomasi‖, ―Mavludnomai Muhammad 
(a.s.)‖, ―Manoqibi Muhammad (a.s.)‖, ―Vafotnomai hazrat Muhammad (a.s.)‖, 
―Qissalar‖ (1. ―Qissai Ibrohim Adham‖, 2. ―Qissai Muhammad (a.s.)‖ 3. 
―Qissai imom Hasan‖, 4. ―Qissai imom Husayn‖ (bu qissalar muxammas, 
musaddas, mustazod janrlari ko‗rinishida yozilgan), ―Qissai imom Hasan‖ 
(Husayn Voiz Koshifiyning ―Ravzatu-sh-shuhado‖ asarining masnaviy yo‗lida 
qayta ishlangan varianti), ―Sayqaliy qissalari‖ (1. ―Qissai imom Husayn‖, 2. 
―Qissai Ibrohim Adham‖), ―Vafotnomai Muhammad (a.s.)‖, ―Manoqibi 
Muhammad a.s‖ ―Vays al-Qaran‖ kabi asarlarining bir necha variantda 
yaratilgan nusxalari bor. Bundan tashqari XVIII-XIX asrlarda ―Bayoni 
me‘roji rasul alayhi-s-salom‖, ―Tarixi Muhammadiy‖, ―Me‘rojnoma‖, 
37
Акбаров М.
―Қисаси Рабғузий‖нинг бир тошбосма нусхаси хақида. //Адабий манба: 
ўрганишнинг замонавий тамойиллари ва нашр муаммолари (Мақолалар тўплами). – 
Қарши: Насаф, 2013. – 86 – 90-b.


78 
keyinchalik avliyosifat zot Mashrab haqida ―Qissasi Mashrab‖, ―Devonai 
Mashrab‖ kabi asarlar yaratildi.
Ularning yaratilishida manoqiblar asosiy material bo‗lib xizmat qilgani 
shubhasiz. Agiografik asarlar yaratish an‘anasini Navoiyda ham davom 
etganini yuqorida ko‗rib o‗tdik. Ammo XVI asrlardan boshlab agiografik 
asarlar o‗rnini payg‗ambar yoki payg‗ambarsifat kishilarga bag‗ishlangan 
qissa va dostonlar egallab bordi, natijada, agiografik asarlar keng taraqqiy 
etmadi yoki biroz boshqacharoq shaklda taraqqiy etdi. Biroq agiografik asarlar 
boshqa janrlarga kuchli ta‘sir etdi va ularning mavzuviy mundarijasi va hatto 
ba‘zi bir yo‗nalishlarini tubdan isloh qildi yoki yangi yo‗nalishlardagi 
asarlarning paydo bo‗lishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, XV-XVIII asrlarda 
payg‗ambarlar haqida, xususan, ―Yusuf va Zulayho‖ nomi ostida asar yaratish 
ancha urf bo‗ldi. Jomiy, Durbek, Mirzo Olim Devona, Xolis kabi yirik 
ijodkorlar ―Yusuf va Zulayho‖ dostonlarini yaratdilar. Bu dostonlarning 
tagzamirida, avvalo, Quroni Karimda keltirilgan ―Yusuf‖ surasi turadi va 
keyinchalik bu sura turkiy tilda Rabg‗uziyning ―Tarixi anbiyo va hukamo‖ 
asarida badiiy talqin etilgan. Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidir. Bu asar 
haqida Uz. MU tadqiqotchisi D.Jumaeva shunday yozadi:
―O‗zbek 
adabiyoti 
tarixida 
dunyoviy 
hayotni 
o‗zida 
to‗la 
mujassamlashtirgan, zamon ruhini o‗zida ifoda etgan birinchi dostonlardan 
biri Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidir. Durbek asari qahramonlari 
xarakterini, ruhiy kechinmalarini XV asr boshlaridagi o‗zbek xalqi hayoti 
bilan bog‗lay oldi. SHoir ijodi murakkab bir davrga to‗g‗ri keldi. U ilg‗or 
g‗oyalarni o‗rtaga tashlashga va ularni zamon talabi bilan hal etishga intildi.
Shoir ―Yusuf va Zulayxo‖ dostoni orqali XIV asr oxiri va XV asr 
boshlaridagi muhim voqealarni berishga muvaffaq bo‗ldi. Durbekning dostoni 
ham an‘anaviy muqaddima – Ollohga hamd bilan bilan boshlanadi. So‗ngra 
na‘t, kitob nazmining sababi kabi fasllar beriladi.
Doston yaxlit syujet va kompozitsiyaga ega bo‗lgan asardir. Ijodkorning 
o‗ziga xos mahorati dostondagi ishq mavzusini salaflariga qaraganda ancha 


79 
keng va chuqur talqin qilishida namoyon bo‗lgan. Garchi tayyor syujetga 
murojaat qilgan bo‗lsa-da, uni o‗ziga xos ravishda ishlab chiqdi. U murojaat 
qilgan mavzu o‗zi yashagan zamon nafasi bilan sug‗orildi, unga yangi 
mazmun kiritildi. Durbek dostonga o‗zi yashab turgan muhitda yuz bergan 
tarixiy voqealarni, xalq boshiga tushgan og‗ir kulfatlarni kiritishga muvaffaq 
bo‗ldi. U Yusuf va Zulayxo timsolida ikki yosh o‗rtasida tug‗ilgan haqiqiy 
muhabbatni O‗rta Osiyo tabiat manzaralariga, turmushiga bog‗liq holda 
mohirlik bilan tasvirlay oldi. Dostonning pafosi tinch-totuv yashashga 
chaqirishdan iboratdir. Demak, Durbek ilgari surgan g‗oya ahillik, totuv hayot 
kechirishdir. 
Qisqa qilib aytganda, Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidagi asosiy 
voqea Yusufning sarguzashtidir. Boshqa voqea va sarguzashtlar u bilan uzviy 
bog‗lanib boradi, uni to‗ldiradi, takomillashtiradi. Qul xotin va Bashir voqeasi 
esa dostondagi asosiy voqeani mazmun va badiiy jihatdan boyituvchi vosita 
bo‗lib xizmat qiladi ―.
Musulmon Sharqida eng ko‗p tarqalgan mavzulardan yana biri Hazrat Ali 
va uning avlodlari haqidagi qissa va dostonlar bo‗lib, ular dastlab agiografik 
xarakterdagi qissalar ko‗rinishida shakllandi va ma‘lum bir tsiklni tashkil 
qildi. Keyinchalik bunday asarlar agiografik xususiyatini yo‗qota bordi va 
ishqiy sarguzasht xarakter kasb etdi. ―Zaynu-l-arab‖ dostoni ham ana shunday 
asar sifatida dunyoga keldi. 
Binobarin, agiografik asarlar badiiy adabiyot taraqqiyotiga qator 
ishlangan obrazlar, syujetlar va uslublar taqdim etgani bilan katta tarixiy 
ahamiyat kasb etadi. Bizning nazarimizda, bunday asarlarni maxsus bir nom- 
―agiografiya‖ nomi ostida birlashtirish va ularning manbalarini to‗plash juda 
muhim. Zero, yuqorida ko‗rilgan asarlardagi umumiy o‗xshashliklar 
agiografiyaning maxsus janr ekanidan dalolat beradi. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish