6.
Badiiy asar sifatida shakllangan agiografik rivoyat va hikoyatlar
o‗zbek adabiyotida ko‗proq dunyoviy xarakterga ega. Keyingi davrlarda ular
badiiy xususiyatining pasaya borishi kuzatiladi. Lekin ularda mavzu
dolzarblashib, turli ijtimoiy munosabatlar yechimini ifodalashga harakat
qilindi.
7.
Buyuk so‗z san‘atkori Alisher Navoiy o‗z asarlarida agiografik rivoyat
va hikoyatlardan ustalik bilan foydalangan. Uning ―Tarixi anbiyo va
hukamo‖, ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖, ―Holoti Pahlavon Muhammad‖ va
―Nasoyimu-l-muhabbat‖ asarlari bevosita agiografiyaga taalluqli bo‗lsa,
―Hayratu-l-abror‖ va ―Lisonu-t-tayr‖ kabi dostonlari agiografik rivoyat hamda
hikoyatlardan keng ko‗lamda foydalanib yaratilgan asarlardir. Bundan
tashqari, shoirning ―Saddi Iskandariy‖ dostoni va ―Xamsatu-l-mutahayyirin‖
biografik essesi ham agiografik rivoyat hamda talqinlarga asoslanadi.
Binobarin, Alisher Navoiy o‗zbek adabiyotida agiografik rivoyat va
hikoyatlardan eng ko‗p hamda samarali foydalangan ijodkor sifatida ham
mustahkam o‗rin egallaydi.
8.
Odatda, agiografiya ma‘lum shaxs yoxud qahramon (aziz avliyolar)
yashab o‗tgan davrdan ancha keyin yoziladi, lekin Navoiyning ―Holot‖lari
muallif bilan yonma-yon yashagan shaxslar haqidadir. Navoiy Sayyid Hasan
va Pahlavon Muhammadni komil insonlar, Haqqa yaqin zotlar – avliyolar
sifatida talqin qiladi. Ularning bu darajaga chiqishlarida qol va hol ilmlarini
puxta egallashlari barobarida dunyoviy bilimlardan yaxshi xabardor
ekanliklari ham katta ahamiyat kasb etishi ta‘kidlanadi.
83
9.
Alisher Navoiy ―Holot‖larda, umuman, agiografik asarlarida
insonning ikki fazilatini ulug‗laydi, bular: komil inson sifatidagi madhi; ijodiy
yetukligi madhi kabilarda aks etadi.
10.
Asarda zikr etilgan Shayxu-l-islomlar ta‘rifiga e‘tibor beradigan
bo‗lsak, unda ikki xil yo‗nalish ko‗zga tashlanadi:
a) sof tazkira tipidagi ta‘riflar;
b) tazkira va rivoyatlarning uyg‗unlashuvidan iborat ta‘riflar;
Birinchi turga oid asarlar tazkirachilik deb atalgan alohida yo‗nalishni
aniqlab bergan bo‗lsa, ikkinchi turga kiruvchi asarlar agiografik yo‗nalishdagi
asarlarning shakllanishiga asos bo‗lgan.
11.
Navoiy o‗z ijodi bilan agiografik asarlar janriy tavsifi va ularning
tasnifini yaratishga ham imkon yaratdi. Xususan, ―Nasoyimu-l-muhabbat‖
asari agiografik tazkiraning yuksak namunasi bo‗lishidan tashqari, bu
turkumdagi asarlarning yaratilishiga xos uslubiy ko‗rsatma bo‗lib ham xizmat
qiladi. Zero, unda avliyolar qatorida sanaluvchi har bir shaxs o‗ziga xos
xarakter, hayotga o‗ziga xos munosabatdagi inson sifatida namoyon bo‗ladi.
Ularning qiyofasidan turli adabiy asarlarning qahramonlari – badiiy obrazlar
sifatida foydalanish mumkin.
12.
Navoiy asarlarida agiografik rivoyatlar bir vaqtning o‗zida ikki
vazifani bajaradi. Ularning birinchisi diniy mohiyat, ilohiy xilqat ifodasi
bo‗lsa, ikkinchisi insoniy yuksak fazilat, axloqiy kamolot talqinidir.
13.
O‗zbek mumtoz adabiyoti matnlari til tarixi bo‗yicha olib borilgan
tadqiqotlarda qisman o‗rganilgan. Ularda, asosan turkiy so‗zlarning
xususiyatlari tadqiq qilingan. Agiografik asarlarni o‗rganish shuni
ko‗rsatadiki, bu turkum asarlar tili bir qadar murakkab bo‗lib, alohida
tekshirishlar olib borishni taqozo qiladi. CHunki ularning matni diniy asarlar
tiliga muvofiqlashtirilgan. Ular oyat, hadis va arab tilida ifodalangan islom
tasavvufi hodisalari, ism va maqollar ko‗pligi bilan ajralib turadi.
14.
Agiografik asarlar nashrlarida bir qator kamchiliklar ko‗zga
tashlanadi. Ularning aksariyati tekstologik tadqiq qilinmasdan nashrga
84
tayyorlangani bois matndagi nozik ma‘no belgilari e‘tibordan chetda qolib
kelayotir.
Birgina, oddiy
muhtasham
so‗zining bir nashrda
muhtashar
tarzida,
boshqasida
muxtasar
tarzida keltirilishi buning dalilidir.
15.
Agiografik asarlarning tili va matni ularning transliteratsiyasi uchun
maxsus imlo lug‗ati va izohlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi. Izohlar
matn
tarixi nazariyasi
asosida yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |