73
Yoki har ikki nashrda ham Sa‘diy
Sheroziy haqida gapirilganda,
―rahmatulohuoli‖ so‗zi qo‗llangan. Bizningcha, bu so‗z ―rahmatullohi alayh‖
bo‗lishi kerak (9-bet) . Yoki
mu‟taqid
so`zi bir o‗rinda 2011-yilgi nashrda
mu‟takid
tarzida,
ahlulloh
so‗zi
ahluloh
tarzida,
majma‟i
so‗zi
majmai
tarzida,
uzrxohliqlar
so‗zi
uzrxoxliqlar
tarzida (9-bet),
muhtasham
so‗zi
muhtashar
tarzida (13-bet), shu so‗z 1990-yilgi nashrda
muxtasar
tarzida (52-bet)
keltirilgan. ―Holoti Pahlavon Muhammad‖da Mavlono To‗tiy haqida
gapirilganda, unga alayha rahma iborasini ham qo‗shib keltirilgan (har ikki
naashrda shunday). Biroq bu birikma ―
alayhi-r-rahma”
shaklida bo‗lishi
lozim.
chorzarb
so‗zi
chorzab
tarzida (nashrlarda 19-va 54-bet) qo‗llangan.
“Nazmu-l-javohir”
asarida esa 1990-yilgi nashrda
«Ana madinat al-olam
va ala bobiha»
degan hadis keltiriladi va uning izohi quyidagicha beriladi:
Men olam markaziman (shahriman) va uning eshigi mening ustimda”.
Bu
esa 2011-yilgi nashrda quyidagicha keltiriladi: ―Ana madinaul-ilmi Aliyyun
bobuho‖ va uning izohi quyidagicha: ―
men ilm shahridurman va Ali uning
eshigidir”.
Yoki
“Aynan tasammo”(1990) va
―
Aynan tusammo
‖ (2011) hamda
“Va yansuraka Allohu nasran azizan»(
1990) oyati 2011-yilgi nashrda
―Va yansuranallohu nasran azizan‖ tarzida xato qo‗llangan.
Agiografik asarlarning matniy tadqiqi keng
va murakkab, ko‗p bosqichli
ish bo‗lgani hamda qo‗lyozma nusxalarni tadqiqot ob‘ektiga aylantirish
imkoni anchagina chegaralanganligi sababidan biz ―Qisasi Rabg‗uziy‖ning
XIX asrga oid tashbosma nusxasi va nashriy varianti haqida fikr yuritamiz. Bu
nusxani M.Akbarov o‗rganib chiqib, ―Qisasi Rabg‗uziy‖ nomli maqola yozdi.
Biz ana shu maqoladan ba‘zi o‗rinlarni oldik. unda shunday yoziladi:
―…―Qisasi Rabg‗uziy‖ XIV asrda yaratilgan bo‗lib, uning turli davrlarda
ko‗chirilgan bir qancha qo‗lyozma nusxalari mavjud. Ular dunyoning turli
kutubxona va qo‗lyozma fondlarida saqlanib kelinmoqda. Britaniya muzeyida
saqlanayotgan qo‗lyozma nusxa XV asrda ko‗chirilgan, hozirgi kunda u
asarning eng qadimiy nusxasi hisoblanadi. Bu nusxaning faksimilesi mashhur
74
matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948 yili
Kopengagen shahrida nashr
qilingan. Asarning boshqa nusxalari keyingi davrlarda ko‗chirilgan bo‗lib,
ularning leksikasi vaqt taqozosiga ko‗ra o‗zgargan. XIX asrning ikkinchi
yarmi va XX asrning boshlariga kelib, u Toshkent va Qozon shaharlarida
litografiya usulida bir necha bor nashr qilingan. Rus turkiyshunos olimi
N.I.Ilminskiy tomonidan 1859 yilda asarning to‗la
matni Qozon shahrida
nashr qilingan bo‗lib, u nisbatan keyinroq ko‗chirilgan nusxaga asoslangan
35
.
Shu jihatdan yuqorida zikr etilgan qadimiy nusxaga qaraganda bir qancha
farqlar mavjud. Qo‗limizda asarning toshbosma nusxasi mavjud bo‗lib, uning
boshlanish varaqlari yo‗qolgan. Taxminimizcha, u 1859 yilda Qozon shahrida
bosilgan N.I.Ilminskiy nashri nusxasidir. Uning qog‗ozi, yozuv shakli va
nashr uslubi shu davrga xosligidan dalolat beradi. Ushbu yodgorlikni tadqiq
etish jarayonida uni yangi nashr bilan qiyoslaganimizda, haqiqatan, bir qancha
farqlar borligi aniqlandi. Ulardan ba‘zilari haqida to‗xtalishni lozim deb
topdik. Nashrda Yerning yaratilishi mavzusi ―Sifati al-arzina‖
tarzida
keltiriladi
36
. Toshbosmada uni ―Sifatu-l-arz‖ tarzida o‗qiymiz. Sarlavhaning
nashrdagi
shakli
matnshunoslar
tomonidan
forscha
va
Yevropa
sharqshunoslari tomonidan qo‗llanadigan arabcha birikmalar ko‗rinishida
berilgan: ―Sifat‖dan keyin berilgan
-i
qo‗shimchasi forsiy izofa belgisidir.
Arabcha birikmadagi aniqlik alomatini avvalgi so‗zdan ajratib o‗qish ko‗proq
yevropaliklarga xos. Arab tilida bunday birikmalar uchun maxsus qoidalar
bo‗lib, ularga ko‗ra qaratqich va qaralmish sonda bir-biri bilan moslashadi.
Nashrdan olingan misolda esa ular moslashmagan. Ya‘ni ―sifat‖ birlik,
―arzina‖ (birligi: arz) ko‗plik sonda. Shuningdek, Yer ma‘nosidagi so‗zni
ko‗plik sonda ishlatish ham maqsadga muvofiq, deb bo‗lmaydi. Toshbosmada
ularning mosligiga, ya‘ni birlik sonda qo‗llanganiga guvoh bo‗lamiz.
35
Рабғузий, Носируддин Бурҳонуддин. Қисаси Рабғузий. Биринчи китоб. – Тошкент:
Ёзувчи, 1990 – Б. 3. – Bundan keyin keltirilayotgan parchalardan so‘ng qavs
ichida kitob
jildi va sahifasi ko‘rsatiladi.
36
Ўша аср. – Б. 13.
75
Toshbosmada qissa nomlari ―Qissai Odam alayhissalom‖ yoki ―Muso
alayhissalom diydor tilagani‖ shaklida keltirilgan bo‗lsa, nashrda: ―Qissai
Odam safiy alayhis-salom‖ (Birinchi kitob, 15-bet) yoki ―Muso yalovoch
diydor tilagan qissasi‖ (Ikkinchi kitob, 5-bet) shaklida keltirilgan. Ya‘ni qissa
qaysi payg‗ambar haqida bo‗lsa, shu payg‗ambarning boshqa payg‗ambardan
farqli bo‗lgan sifati yoki unvoni sarlavhalarda keltirilgan. Bundan tashqari
tushib qolgan yoki almashgan so‗zlarga ham duch kelamiz. Masalan, nashrda
matn ―
Ilk qat yer birining oti Ramko turur. Aqim otlig„ yel uza yetmish ming
burunduq birla. Tekma bir burunduqi yetmish ming farishta ilkinda
‖ (Birinchi
kitob, 13-bet) shaklida bo‗lsa, shu matn toshbosmada ―
Avval qat yerni
yaratdi. Oti Rakmo turur. Aqiym otlig„ el uzo turur. Yetmish ming burunduq
bila yetmish ming farishta ilkinda tutar
‖ tarzida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: