Ulug„
zot
ning himoyasida bo‗lishi hikoya qilinadi. Bu qissa Rabg‗uziy tomonidan
ham keltirilgan. Ammo Navoiy uni ancha sayqallashtiradi va rivojlantiradi.
Masalan, Ibrohimning Namrud bilan munozarasi va Namrudning ojiz qolishi
Navoiy tomonidan kiritilgan.
Asardagi qissalar uchun Qur‘oni Karimdagi oyatlar asos vazifasini
o‗tagan. SHu sababli ham qissalarni o‗qir ekansiz, hamma narsani taqdirda
bo‗lishi
ba‘zan tushlar vositasida, ba‘zida esa farishtalarning
payg‗ambarlarga yetkazgan mujdalari vositasida berilganiga guvoh bo‗lasiz.
Yakkaxudolikka da‘vat etish g‗oyasi asarni bir tizimga birlashtiradi.
2.5.
“Hayratu-l-abror” va “Lisonu-t-tayr”
Navoiyning yuqorida ko‗rib o‗tilgan asarlari agiografiyaning to‗liq
ko‗rinishi deyish mumkin. SHu bilan birga sof didaktik ruhda yozilgan
“Hayratul – abror”
va tasavvufiy yo‗nalishda yaratilgan
“Lisonu-t-tayr”
asarlarida ham agiografik hikoyatlar keltirilgan. Masalan, Lisonu-t-tayr‖dagi
hikoyatlarni o‗z navbatida, ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1. Xalq og‗zaki namunalari asosidagi hikoyatlar.
2. Agiografik hikoyatlar.
Birinchi guruhga oid hikoyatlarda, asosan, ―bir kishi‖, ―bir savdogar‖,
―devona‖ kabi noma‘lum obrazlar ishtirok etsa, ikkinchi guruhga kiruvchi
hikoyatlarning qahramonlari mashhur kishilar, avliyolar, tarixda yashab
o‗tgan kishilardir. Asardagi V bob xalifa Abu Bakr haqidagi madhdan iborat
bo‗lsa, VI bobda Abu Bakr Siddiq haqidagi hikoyat keltirilgan. Yoki VIII
bobda xalifa Umar, X bobda mo‗minlar amiri Usmon, XII bobda xalifa Ali
57
haqidagi hikoyatlar keltirilgan. Bundan boshqa hikoyatlar Hudhud tilidan
rivoyat qilinadi.
Navoiy ushbu asarda hikoyatdan o‗z fikrini dalillash uchun foydalanadi.
Bunday hikoyatlar ichida Odam alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, shoh
Ibrohim ibn Adham (vafoti 777-yil), Arastu (m.av.384-322-yyda yashagan),
Hotam Tay (VI asr), Porso ( vafoti 1419-yil), Boyazid Bistomiy, Abu Bakr
Nishopuriy (853-935-y.yda yashagan), Abdulla Ansoriy (1005-1088-yyda
yashagan), Asmaiy (vafoti 828-y), Mansur Halloj (858-922), Xoja Bahouddin
Naqshbandiy (vafoti 1390-y), Shayx Najmiddin Kubro (vafoti 1221), Shayx
Abu Sayyid Abulxayr (vafoti 1048), Shayx Abu Turob Naxshabiy, Abulhasan
Haraqoniy (vafoti 1033-34-yy) kabi mashhur Shayxlar haqidagi hikoyatlar
alohida ajralib turadi. Masalan, ―Shayx Najmiddin Kubroning so‗zi va itga
tushgan ko‗zi haqida‖gi hikoyatda keltirilishicha, Shayx o‗z zamonasining
peshvosi hisoblangan va kimgaki nazari bilan qarasa, uning ko‗zi valilik nuri
bilan yorishib ketar ekan. Bir kuni shu nazarlari bir itga tushadi. Bu jonivor
barcha itlar orasida sarafroz bo‗ladi. Hamma itlar uning tevaragida parvona
bo‗lar edi. Bu it qazo qilgach, uni xuddi odamlardek ehtirom bilan Shayxning
kulba eshigi yonida ko‗madilar. Odamlar hattoki bu qabrni ziyorat qiladilar.
Navoiy ayni shu hikoyatda ―As‘hobi kahf‖ (―G‗ordagi birodarlar‖)
voqeasini ham yodga oladi
29
. Validan itga shunday tarbiyat yetgach, qushga
ham payg‗ambar lutf ko‗rguzsa, olamdagi qushlarning shu qushga tobe‘
bo‗lishlariga ajablanmaslik kerak, deydi buyuk mutasavvif. Bu voqea
haqiqatga qay darajada yaqin yo uzoqligidan qat‘i nazar hikoyatda mashhur
Shayxning karomati xususida gap borayotgani e‘tiborlidir.
Yana bir hikoyatda Xurosonlik mashhur Shayx Abu Sayyid Abulxayr
haqidagi hikoyatda bu zotning ishqdan mast bo‗lgan holati go‗zal tarzda
ifodalangan.
29
Алишер Навоий. Тарихи анбиѐ ва ҳукамо. Тўла асарлар тўплами, 10-жилдли, 9- ж.
Т: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2011. – 137-б.
58
Odam alayhissalom haqidagi hikoyatda esa barcha insonlarning otasi
bo‗lmish bu zotning Olloh tomonidan yaratilgani, uni barcha jonzotlar ichida
aziz va mukarram bo‗lgani, biroq Yaratuvchining taqdiri tufayli Odamning
gunoh qilib jannatdan haydalgani va yana Yaratuvchining inoyati bilan
tavbasi qabul bo‗lib, avvalgi maqomini qayta topgani hikoya qilinadi. Bu
hikoyatdagi voqealar Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖ida va Navoiyning
―Tarixi Anbiyo‖sida to‗la aks ettirilgan bo‗lsa-da, Navoiy ushbu asarda Odam
naslining gunohsiz bo‗la olmasligi, ammo tavba bilan to‗g‗ri yo‗lni topmog‗i
lozim ekani bayon etiladi va bu hikoyat ham ana shu maqsaddagina
qo‗llanadi.
Asarda Naqshbandiy haqidagi hikoyat ham keltiriladiki, bunda bu ulug‗
zotning o‗z muridlarining tarbiyasiga alohida e‘tibor berganliklarini
ko‗ramiz
30
.
Navoiy, ayniqsa, nafsni yengishni yuqori darajaga ko‗ratgan. Bir sohibdil
bobokalonimiz va to‗g‗ri yo‗lni topishga musharraf bo‗lgan bir shogirdi
haqidagi rivoyatda keltirishicha, muridlari orasida kiyimini go‗zal saqlovchi,
yurish-turishiga juda e‘tiborli bir muridi bor edi. U go‗zal matodan tikilgan
kiyimlarni xush ko‗rar edi. Shayx buni payqagach, uni qushxonaga jo‗natdi va
har kuni bir qo‗yning ichaklari solingan savatni oq sallasining ustidan
boshiga qo‗yib, Nasaf bozoridan aylantirib kelishiga buyurdi. Bu hol jo‗p bor
takrorlangandan keyin unga hammoda poklanishga ijozat berdi. Murid ana
shundan keyin kiyimni emas, o‗z badanini va o‗zini nafsidan pok tutish
muhim ekanligini anglab yetdi.
Bunday nafsni tarbiyalashga targ‗ib etish Abulhasan Haraqoniy haqidagi
hikoyatda ham yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Asarda
yuqorida
tasnif
etganimizdek,
obrazlarning
ismlari
keltirilmaydigan, ammo xalq orasida katta shuhrat topgan hikoyatlar ham
keltirilgan. Masalan, odil shohni izlab yo‗lga tushgan qushlar yo‗l
30
Ўша асар. – 242 – 244-б
59
qiyinchiliklaridan hafsalalari pir bo‗lib, o‗z uzrlarini Hudhudga bildiradilar.
Hudhud ularga javob aytar ekan, o‗z fikrini bir hikoyat bilan dalillaydi va
XXXV bobda o‗z uzrini bildirgan to‗tiga javob aytgan hudhud nafsiga qul
bo‗lgan kishi haqidagi hikoyatni aytadi. Unda keltirilishicha, egniga yashil
chakmon tashlab olgan bir kishi bozor aylanar ekan, nafsi ko‗p narsalarni
tusay boshladi. Shunda haligi kishi o‗z nafsini qondirish uchun o‗zi haqida
afsonalar ayta ketdi. Goh o‗zining kamolotga yetganini, goh shariat va aqlda
mumtozligini aytib, odamlardan yegulik undirar edi. Shu tobda bu yerga
sohibdil komil kishi paydo bo‗ldi va nafsiga qul bu kimsadan qo‗lga kiritgan
narsalarini ko‗rsatishini so‗radi. Nafsi buzuq kishi to‗rvasini ochib qarasa,
uning ichi zahar-zaqqum bilan to‗la ekan. Komil kishi qo‗liga yerdan bir
hovuch tuproq va tosh olgan edi, tuproq – oltinga, tosh esa qimmatbaho
toshga aylandi. O‗zining komillligi haqidagi loflarni urgan kishi xalq orasida
uyatga qoldi. Pir esa shu payt g‗oyib bo‗ldi.
Ushbu hikoyat qiyinchiliklarga dosh bermasdan to‗g‗ri yo‗ldan qaytuvchi
kishilarga qarata attilgan undov edi, aslida. Keltirilgan bu hikoyat ham
yuqoridagi hikoyatlar kabi nafs tarbirasi haqida bo‗lsada, undagi voqealarda
tarixda yashagan Shayx yoki mashhur faylasuflar ishtirok etmaydi. Ana shu
jihati bilan ham agiografik hikoyatlar alohida xususiyat kasb etadi.
Masalan, Arastu va shogirdi haqidagi hikoyatda ham nafsni tarbiralash
yetakchi g‗oya darajasiga chiqqan. Unda keltirilishicha, Sharqda Arastu nomi
bilan mashhur Arestotelning juda sevimli va dono shogirdi bo‗lib, u
falsafaning Arastudan keyingi bilimdoni bo‗lib yetishadi. Hattoki, u Iskandar
huzurida xizmat qilar edi. Kunlardan bir kuni u kofirlar eshigi yonidan
o‗tayotib bir go‗zal qizni ko‗rib oshiq bo‗lib qoldi. Unga uylanib,
mashg‗ulotlarni unutib qo‗ydi, ustozining huzuriga bormay qo‗ydi. Bundan
ranjigan ustoz maxfiy usul qo‗lladi: qizga behush qiluvchi dori ichirtirdi.
Qizning ahvolidan ranjigan shogird ustozining huzuriga bosh urib keldi va
undan ilojini topishini so‗radi. Aqlli ustoz qizni borib ko‗rdi va Iskandarning
huzuriga xizmatga ketaverishini, kelguniga qadar ilojini topishini aytdi.
60
Shogird ketgach, Arastu qizga miyani tozalovchi dori berdi, natijada qiz
kasallik oqibatida yig‗ilgan balg‗amlarni qayt qildi. Qiz holsizlandi. Shogird
kelib ko‗rdiki, qizning avvalgi go‗zalligi yo‗q. Ustozidan buning sababini
so‗raganida, aqlli ustoz qizning qayt qilganlarini keltirishlarini buyurdi va
shogirdning sevgisi ana shu jirkanch narsalardan boshqa narsa emasligini
aytdi. Yigit qilgan ishlaridan uyaldi. Olamni yaratgan zotga bo‗lgan muxabbat
qarshisida boshqa tuyg‗ular ojiz ekanini uqtirmoqchi bo‗ladi Navoiy.
Ayni shu hikoyat Attorning ―Mantiqu-t-tayr‖ asarida ham uchraydi.
Biroq bu hikoyat Attor asarida agiografik xususiyat kasb etmaydi. Voqealar
rivoji ham ancha farq qiladi. Unda Arastu nomi umuman zikr etilmaydi.
Qolaversa, qiz ustozining nikohida bo‗ladi. Iskandar obrazi ham uchramaydi.
Umuman olganda, Attor asarida faqat ilmning afzalligi, to‗g‗ri yo‗l ilm bilan
topiishi targ‗ib qilinsa, Navoiyning ―Lisonu-t-tayr‖ida nafs asl mohiyatdan
uzoqlashtirishi, ilohiy ishq qarshisida boshqa ishq ojiz ekani bayon etiladi.
Navoiyning ushbu hikoyatini agiografik asar sifatida baholash mumkin.
Sulaymon haqidagi hikoyat ham agiografik xarakterli bo‗lib, unda taqdir
va o‗lim motivlari ustunlik qiladi. Voqealar quyidagicha tasvirlanadi: barcha
turdagi jonzotlar bilan so‗zlasha oluvchi bu ulug‗ zot-Sulaymon alayhissalom
huzurida bir kishi xomush turar edi. Shu payt jon oluvchi malak Azroil paydo
bo‗ldi va xomush turgan kishining jonini Hind diyorida olishi lozimligini, bu
kishi esa Sulaymonning qoshida ekanini aytib, o‗z sababli uzoqroq joyga
sayohat qilishi uchun ijozat so‗radi. Sulaymon payg‗ambar unga ruxsat berdi
va shamol yo‗l ko‗rsatishini aytdi. Ayni paytda shamolga hind diyoriga
eltishini buyurdi. Behuzur kishi shu joyga yetgach, havosi yoqib, shu yerga
qo‗nim topdi. Azroil esa o‗z vazifasini ado etdi.
Navoiy ushbu hikoyatda taqdir masalasini qo‗yar ekan, barcha narsa va
hodisa Yaratguvchining ixtiyorida ekanini uqtiradi. Bu ham agiografik asarga
xos xususiyatdir.
Balxlik mashhur Shayx Ibrohim Adham haqidagi hikoyat ham juda
ibratlidir. Unda keltirilishicha, Ibrahim Adham shohlikni tark etib, rindlik
61
safariga chiqdi. Yetti yil tog‗da kunduzlari o‗tin terib, uni sotar va halol kun
kechirar edi.. ayni paytda ibodat-u ro‗za ham tutar edi. Uni sinash maqsadida
ikki kishi yo‗lini to‗sib, uni do‗pposlashdi. Ibrohim ularning qilmishiga
javoban ―Siz qidirgan narsa Balxda qolgan‖, dedi. Bu ikki kishi Ibrohim hali
shohlikni unutmabdi, o‗tin tagida yetilmabdi, deb qaytib ketishdi. Bir yil
o‗tgach, yana Ibrohimni do‗pposlashdi. Ibrohim esa hech narsa demadi. Haligi
ikki-uch kishi ―u endi o‗z maqsadiga erishibdi‖, deb ketdilar. Ibrohim esa asl
maqsadga yetdi
31
.
Hikoyatda
Ollohga
muhabbat
qo‗yish va bu
yo‗lda
barcha
qiyinchiliklarga bardoshli bo‗lish targ‗ib etiladi.
Ibrohim haqida turlicha rivoyatlar to‗qilgan bo‗lib, ulardan biri
Navoiyning ―Hayratu-l-abror‖ asarida ham keltiriladi. Voqealar esa
yuqoridagi hikoyatdan burunlay farqlanadi. Uning qahramonlari Robiai
Adaviya va Ibrohim alayhissalomdir. Hikoya qilinishicha, Ibrohim shohlik
taxtida kechib, 14 yil riyozat tortib, Ka‘bani ziyorat qilish uchun keladi.
Qarasaki, Ka‘ba o‗z o‗rnida yo‗q. Shunda Robia bilan birga uchib
kelayotganini ko‗radi va taajublanadi. Robia esa bunga javoban ta‘ma qiib
o‗qigan riyo namozi o‗z samarasini berganini aytadi. Ibrohim shohlikni tark
etib, jannat ta‘masi bilan yo‗lga chiqqan edi. Navoiy bu o‗rinda eng yuqori
martaba keltiruvchi ibodatning holis bo‗lishiga ishora qilar ekan, bunda oshiq
uchun faqat ishq lozimdir. Tinimsiz ibodat qilib hajga kelgan Ibrohim
ishqning oliy maqom keltirishini, uning aql va dindan yuqori darajada
turishini ifodalab bergan.
Har ikki hikoyat ham diniy xarakter kasb etgan. Ana shunday ishq
mavzusi yoritilgan hikoyatlardan yana biri mashhur arab tilshunos olimi
Asma‘iy va oshiq kishi haqidagi hikoyatdir. Unda keltirilishicha, Asma‘iy haj
safarida yurganida suv yoqasida dam olishga to‗g‗ri keldi. Shu paytda o‗yib
xat yozilgan bir toshni ko‗rdi va uni o‗qidi. Unda shunday yozigan edi: Ey
31
Ўша асар. – 174 – 176-б.
62
Hiijoz ahli,bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalo
bo‗lib, ishq uning sabru qarorini olgan bo‗lsa, ne qilsin?‖
Asmaiy shunday yozib qo‗ydi: ―Kimki bu halokatli girdobga tushib,
undan pok chiqmoqchi bo‗lsa, o‗zi tushgan yo‗ldan qo‗rqmasin.‖
Asma‘iy shunday javob yozdi va ertasi kuni kelib qarasa, yana savol
yozilgan ekan: ―Agar ozurda jon oshiq o‗zi pok bo‗lsayu, yana ishqini
pinhona saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez bo‗lib,
uning toqati toq bo‗lsa hamda vaslga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima
qilsin?‖ Bu so‗zlarni o‗qigan Asma‘iy savolga quyidagicha yozib qo‗ydi:
―Ishq ichra men nasihat qilgan o‗sha dardli va notavon kishi bu
nasihatlarimdan maqsadiga yetmagan bo‗lsa, o‗lsin va ishq o‗tidan o‗zini
xalos qilsin‖. Ertasi kun qarasa, haligi oshiq yuzlari sarg‗aygan, bechora bir
holda tosh ustidan boshi osilib yotardi. U azobdan chidolmasdan boshini
toshga shunday qattiq uribdiki, tishi sinib ketibdi. Bu shahid bo‗lgan zot
uchun Asma‘iy aza tutdi va o‗zi dafn etdi, juda ko‗p afsuslandi.
Haqiqiy ishq Navoiy fikricha, o‗zidan ayrilish demakdir. Bu ishq
hikoyasi dardli va o‗z kayfiyatini o‗quvchiga yuqtira olishi bilan ham ajralib
turadi. Bunday hikoyalardagi o‗ziga xoslikdan yana biri shuki, ularda bosh
qahramon ko‗p aziyatlar chekadi, ammo umrining oxirida yoki vafotidan
keyin saodatga erishadi. Yoinki Shayx bo‗lsa, muridlarining tushiga kirib, o‗z
holini bayon etadi. Bunday hikoyatlar juda ta‘sirchan chiqadi. Masalan, Shayx
Boyazid Bistomiy haqidagi hikoyatda ham u shogirdlaridan birining tushiga
kiradi. Ijodkor tush motividan ham o‗rinli foydalanadi. Umuman olganda,
hikoyatlar xoh pandnoma ruhda bo‗lsin, xoh ishqiy yoki mifologik xarakterga
ega bo‗lsin, bundan qat‘i nazar agiografik asarlarda biror mashhur tarixiy
shaxsning ma‘lum bir xarakter qirrasi ochib beriladi. Uni qanday maqsadga
xizmat qildirish ijodkorning ixtiyori va qanday o‗rinda qo‗llagani bilan
belgilanadi. Misol tariqasida ―Hayratu-l-abror‖ga murojaat etaylik. Unda
XLIX bobida Iskandarning yetti iqlimni egallab, bo‗sh qo‗l bilan olamni tark
63
etishi rivoyat qilinadi
32
. Hikoyaning ta‘sirchanligini ta‘minlagan bir nuqtaga
e‘tibor beraylik. Bu nuqta Iskandarning o‗limi oldidagi vasiyati bo‗lib, o‗z
tilidan keltirilgan bo‗sh qo‗l bilan ketishi tasvirlangan va Navoiy undan o‗rinli
va maqsadli foydalanadi. Unda olam o‗tkinchiligi, hech kimga vafo qilmasligi
aks ettiriladi. Umuman, barcha agiografik asarlarning umumiy birlashtiruvchi
jihati asarning
Do'stlaringiz bilan baham: |