Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Abu Ya‟qub Mazkuriy q. s

Andin so‗rdilarkim, tavakkul nedur? Dedi: ixtiyor tarki. Sahl b. Abdulloh 
Tustariydin so‗rdilar, dedi: tadbir tarki. Bishr Hofiydin so‗rdilar, dedi: rizo. 
Abu Hafs Haddoddin so‗rdilar, dedi: musabbibni ko‗rmak, Fath Mavsiliydin 


33 
so‗rdilar, dedi: sababdin malol. Shaqiq Balxiydin so‗rdilar, dedi: ajzda g‗arqi 
diydor. SHibliydin so‗rdilar, dedi: ko‗ngul diydorida barcha elni unutmoq. 
Abu Ya‟qub Maydoniy q. t. s. 
Nusaybin mashoyixlaridindur. Shibliy Bag‗doddin. Misrga borur erdi, 
halollik tilagalikim, shug‗li chog‗ida birovning yerig‗a ot qo‗yg‗on eqandur. 
Ya‘qub Maydoniyg‗a yo‗luqti. Va ul hanuz bu ishka yangi kirib erdi va 
irodatining avvali erdi. Shibliy iligin aning boshita surtub indurdi va dedi: 
[Alloh sening kamchiliklaringni to‗g‗rilasin]1. Abu Ya‘qub aytti: omnn! 
Andin so‗ngra Abu Ya‘qubg‗a yetti, ulcha yetti. SHibliy debdurkim, chun ilig 
aning boshig‗a surtub [Alloh kamchiliklaringni to‗g‗rilasin]2 dedim, aning 
a‘zosida hech tuk yo‗q erdiki, omin demadi.
Abo Ya‟qub Xarrot Asqaloniy q. s. 
U debdurki, Abulhusayn Nuriy xizmatig‗a yettim va mening bila 
mihbarayi erdi. Manga dedi: .Ey o‗g‗ul, tilarsenki, nnma bitigaysen? Dedim, 
bali! Necha bayt badihada imlo qildi va dedikim, biti! Bitidim. Abyotning 
hosili ma‘nosi bu erdikim, har ne siz bu avroqda isbot qilursiz va bitirsiz, biz 
alarni mahv qilibbiz. Lojaram siz ul isbot sababidin ulcha maqsuddur, aning 
idroku fahmidin mahjub bo‗ldungiz. Va bizga ul mahv sababidin maqsud 
idroku fahmining abvobi beintiho va inqito‗ ochildi. Va bizga, : bu mav‘izat 
boisi sizning nekxohligingizdur. Necha ko‗rgaybizki, siz avroqqa nima 
bitigaysiz va o‗zunguzni bu jihatdin ulcha maqsuddur, andin mahjub 
qilg‗aysiz 
Abu Ya‟qub Kuratiy q. t. s. 
Shayx ul-nslom debdur, men ani ko‗rubmen. Ro‗shan piri erdi, sohibi 
vaqtu karomot. Abu Mu‘ammar Molikiy debdurki, bir kun ul o‗tar erdi. 
Jamoati mashg‗ullar o‗lturub erdilar. Alarga o‗qudikim, [ularni bir deb 
hisoblaysiz dillari xilma-xildir] va o‗tti… (132). 
Asarda zikr etilgan Shayxu-l-islomlar ta‘rifiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, 
unda ikki xil yo‗nalish ko‗zga tashlanadi: 
1. Sof tazkira tipidagi ta‘riflar; 


34 
2. Tazkira va rivoyatlarning uyg‗unlashuvidan iborat ta‘riflar; 
Birinchi turga oid asarlar tazkirachilik deb atalgan alohida yo‗nalishni 
aniqlab bergan bo‗lsa, ikkinchi turga kiruvchi asarlar agiografik yo‗nalishdagi 
asarlarning shakllanishiga asos bo‗lgan. Navoiyning ―Holoti Said Hasan 
Ardasher‖ va ―Holoti Pahlavon Muhammad‖ asarlari dastlabki guruhga 
mansub bo‗lsa, ―Tarixi anbiyo va hukamo‖ asari keyingi yo‗nalishni 
shakllantirdi. 
Navoiyning bu asari agiografik asarlar yo‘nalishini belgilab bergani 
shubhasiz. Unda keltirilgan rivoyatlar mavzuida quyidagi yo‘nalishlar 
ta‘kidlanadi: 
Avliyolarning ulug‘laridan sanalgan 
abdol
(
budalo
) sifatida zikr etish. 
Ularning to‘rt zohiriy va to‘rt botiniy xislatlari borki, avliyo zikr etilganda 
ularni soqit qilib bo‘lmaydi. Binobarin, to‘rt zohiriy xislat: kam gapirib, ko‘p 
fikrlamoq; erta turmoq va kam uxlab, kechaning ko‘p qismini riyozatda 
o‘tkazmoq; oz yeb, ochlikka sabr qilmoq; uzlat, Haqqa yaqin bo‘lmoq 
kabilardan iborat. Botiniy xislatlarni esa tajarrud – Haqqa tamoman 
bog‘lanmoq; tafrid – vahdat siriga erishmoq; jam‘ – Haqni Haqda topmoq; 
tavhid – tavhid siriga voqiflik kabilan tashkil qiladi. 
Turgan joyida jasad va suratni qoldirib safarga chiqmoq, bir vaqtning 
o‘zida turli joylarda ko‘rinmoq abdolning xislatlaridandir. Bularning maqomi 
Ibrohim a.s.ning qalbi ustida, degan aqida bor. Lekin Navoiy bu xislatlar 
ustida ko‘p to‘xtalmaydi, balki zohiriy xislatlarda sanalgan xususiyatlarni 
ko‘proq diqqatmarkazida tutadi. 
Avliyoni 
avtod
sifatida zikr etish. Ularning ham to‘rt zohiriy va to‘rt 
botiniy xislatlari bor. Zohiriy xislatlari: ko‘proq ro‘zador bo‘lmoq; tunlarni 
ko‘proq ibodat bilan o‘tkazmoq; ilohiy amrlarga mustahkam bog‘lanmoq; 
ko‘proq munojot qilmoq. Botiniy xislatlar: tavakkul sohibi – iymonda 
mustahkam bo‘lmoq; barcha ishlarini Ollohga taslim qilmoq; har bir ishda 
sadoqatli, xiyonatni bilmaslik; salomlashishga ahamiyat bermoq. Bular shu 


35 
fazilatlari bilan koinotni tutib turadilar, degan aqida bor. Ular dunyoda ko‘p 
emas, bor-yo‘g‘i to‘rtta bo‘lib, dunyoning to‘rt tomonida turadi
26

Asarda Navoiy insonning ulug‘ligini yuqorida qayd etilgan botiniy 
xislatlar bilan birga uning ―a‘molu af‘oli, muomilotu riyoziyoti‖, ya‘ni halol 
kasbi koru axloqiy fazilatlar belgilashini ta‘kidlaydi. Jumladan, Shayx Abu 
Said Harroz, Abdulloh Ansoriy kabilarning etikdo‘z, Shayx Muhammad 
Sakkok – pichoqchi, Abu Hafiz Haddod – temirchi, Abu Said Abulxayr – 
qassob, Shayx Abulhasan – najjor va hokazo kasb qilganlariga urg‗u beradi. 
Avliyolar shariat amallarida mustahkam va tariqat odobida sobit insonlar 
sifatida talqin qilinadi. Ular har bir ulug‘ va kichik insondan o‘zlarini kamroq, 
faqirroq hisoblaydilar. 
Navoiy o‗zidan oldin tuzilgan tazkiralarda tilga olinmagan ko‗p shayxlar 
haqida ham ma‘lumotlar beradi. Bunda u ularning, yuqorida aytilganlardan 
tashqari, hilm, rizo, sabr, sidq, azim riyozat kabi xislatlarga egaligini inobatga 
oladi. 
Umuman olganda, asarda juda ko‗plab anbiyolar haqida fikr yuritiladi, 
ularning shaxsiga oid ma‘lumotlar Navoiygacha yaratilgan agiografik 
asarlarga nisbatan ancha aniqlikka asoslangani va keyingi davrdagi ulug‗ 
zotlar zikri keltirilganligi bilan ham xarakterlidir. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish