Davlatning markaziy ma’muriyati. Movarounnaxrdan tashraridagi yerlarning turt ulusga bo’linishi. Suyurg’ol tizzimi. harbiy islohat va rushinning to’zilishi. Amir Temur zamonasining mashhur sarkardasi. "Temur tuzuklari" davlat boshqaruvi va harbiy san’atini namoyon riluvchi asardir. Amir Temurning ilm - fan rivojiga e’tibori. Mamlakatni obodonchiligiga alohida ahamiyat berishi.
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaligi, diplomatliligi va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli milliy yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan suQorilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-mo’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurQol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boqargan. Temur Movarounnahrdan taqaridagi yerlarini to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida o’zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi.
Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni shundaki, sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan bo’lsa-da, davlat mafkurasining boqaruv tayanchi kuchli hokimiyat ekanligini tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim deb hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat ahlidan xabardorlik, to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur hukmronlik qilgan davlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yiQish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan boQliq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda yerga egalikning ba’zi turlari mavjud bo’lib, ular suyurQol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy yer egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad soliQi-xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron boQ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasida xiroj soliQi olingan. Undan taqari ushr, mol, suvloq kabi soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yiQish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov sohibqiron Amir Temur tuvalludiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qilib, Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo’lsa, zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat-xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi... Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo’lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to’satdan paydo bo’lmaydi”,1 deb takidlagan edi. Haqiqatda ham ma’lum bir murakkab siyosiy vaziyatlarda xalqda o’z sarboniga, yetakchi dono rahbarga ehtiyoj paydo bo’ladi. CHunki XIV asrning 50-60 yillarda Movarounnahr o’z boshidan alg’ov-dalg’ovli, qattol, siyosiy parokandalik, o’zaro kurash davrini kechirayotgan edi. SHunday murakkab vaziyatda Amir Temur o’z hayoti uchun o’ta xafli, Vatani, millati uchun sharafli yo’lni tanladi. Bu –purhikmat, Olloh inoyat qilgan mustaqillik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot, xalqaro nufuz yo’li edi. Zero Amir Temur dunyoga kelgan zamin qadimdan iqtisodiy, madaniy taraqqiy etgan, jahonga yuzlab ulug’ aql-zakovat sohiblarini bergan ulkan ma’naviy imkoniyatlarga ega bo’lgan makon edi. SHuningdek, murakkab siyosiy vaziyatlar, ijtimoiy inqorozlar holatida millatning alp o’g’lonlari, ulug’ siyosatdonlar, sarkardalar Vatan farzandlari sifatida milliy g’urur va salobat bilan kurash maydoniga chiqishlari muqarrarligi qonuniyatini ham mushohada doirasida tutishimiz zarur.
Amir Temur Turkistonni, Islom Karimov O’zbekistonni dunyoga olib chiqadilar. Mustaqil O’zbekiston –Amir Temur boshqargan ulug’ Turkiston davlatining qonuniy vorisi. Sohibqiron Amir Temur ham Prezident Islom Karimov ham tarixiy shaxslar. Hayotida bundan ulug’ baxt bo’lmasa kerak.
Mustabid sovet “dohiylari” “tarixning yaratuvchisi xalq, davlat boshliqlari, sarkardalar yoki alohida bir shaxslar tarixni yarata olmaydilar,” degan asossiz, g’ayri ilmiy g’oyani targ’ib qilgan edilar. Tarixni xalqning faqat ijtimoiy- siyosiy faol, quvvai hofizasi baland, ma’naviy salohiyatli qatlami, olimlari, sarkardalari, davlat arboblari yaratadilar. Sohibqiron Amir Temur, Prezidnet Islom Karimov o’z xalqning yangi tarixini yaratgan arbobdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |