Adabiyotshunoslik tarixi


Adabiy-estetik tafakkurning Bobil manbalari



Download 0,86 Mb.
bet8/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Adabiy-estetik tafakkurning Bobil manbalari. “Inanna Er ostida” dostonining Bobilda qayta ishlangan versiyasida Inanna Oy ilohasining qizi Ishtar bilan almashtiriladi. Bobilshunos olima V.Afanaseva har ikkala matnni yaxshi o‘rganib chiqib, asliyatiga nisbatan akkad va xett tillariga tarjima qilib, qayta ishlangan va Ashshurbanipal tashabbusi bilan Nineviya kutubxonasi xazinasida saqlangan variant ancha mukammalligi bilan farqlanadi, degan xulosaga keladi19. Sevgi ilohasi Ishtar va uning sharafiga ibodat qiluvchi kohin qiz (rohiba)lar qadimiy sevgi kulti, diniy e’tiqodiga ko‘ra, sevgilisi yigit bilan uchrashish maqsadida o‘zlarini farishtaday ko‘rsatib, ko‘chada, bog‘­larda yurar ekanlar. Dostonning Bobil versiyasida iloha Ishtar­ning o‘z sevgilisini o‘limga yuborganidan qayg‘urishi, uni sog‘inib, iztiroblanishi tasvirlangan. “Gilgamish” dostonida Shumer va­rian­tida bosh qahramonning, asosan, Gerakl kabi etti jasorat (yunon miflarida 12 jasorat) ko‘rsatishi tasvirlansa, Bobil va­riantida u ko‘proq turkumlashib, qahramonning kamolotga etish bosqichlari epos poetikasiga muvofiq keng ko‘lamda tasvirlangan.
Birinchi bosqichda Gilgamish bahodir kuch-quvvatini qayoqqa sarflashni bilmaydi, o‘tgan-ketgan bilan janjallashadi, birov­ning qo‘lidan tortsa, qo‘li uziladi, oyog‘idan tortsa, oyog‘i uziladi. Ikkinchi bosqichda qahramon Enkidu bilan do‘stlashib, uning ta’sirida oliyjanobligi o‘sib, ma’naviy jihatdan yuksaladi, butun dunyoda yovuzlikni, yomonlikni yo‘qotishga ahd qiladi. Yovuz dev Xunbobu (Xuvova) bilan olishib, uni asir qiladi. Uchinchi bosqichda Gilgamish hayot va o‘lim muammolari haqida o‘ylovchi donishmand maqomiga etadi. O’lmaslik gulini izlab topadi, lekin o‘zini emas, do‘stini o‘ylab, og‘ir mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Demak, Bobil bitikchilari ilmiy-nazariy tafakkurda ham ilg‘or­lashgan. Badiiy asarda mangu muammolarni o‘ylovchi kuchli xarak­terlar borligi Arastudan ming yillar avval ham uchrashi qiziqar­lidir.
Shumer va Bobil madaniyati obidalarini, runiy yozuvlarni topib, o‘rganish sohasida ingliz olimi S.Kramer, frantsuz olimi Shampalon, amerikalik A.L.Oppenxeym, chex shumershunoslari B.Grozniy, Y.Klima, rus olimlari V.V.Struve, M.M.Kuzmin, I.Dyakonov, M.Korostovtsev va boshqalar fidoiylarcha mehnat qilganlar.
Assiriolog, bobilshunos, shumershunos evropalik olimlar keyingi asrlarda (XIX-XX) o‘z davlatlarining yaqin Sharq, asosan, arab mamlakatlaridagi kuchli ta’sir doirasidan foydalanib, ikki daryo oralig‘i - Mesopotamiyada juda ko‘p qadimiy adabiy, madaniy, tarixiy yodgorliklarni izlab topdilar. Atoqli bobilshu­noslardan F.Gommel, B.Landsberger, dinshunoslar A.L.Oppenheym, U.Lambert, Yohan van-Deyk, rus bobilshunoslari I.Dyakonov, M.Kuzmin, I.Klochkov va boshqalar yangi kashf etil­gan asarlarning matnlarini o‘qish, tarjima qilish, imkoni boricha sharhlashda qunt bilan mehnat qildilar.
Qadimgi shumerlar va bobilliklarni umuminsoniy abadiy-falsafiy muammolardan quyidagilari juda qiziqtirgan:
1. Ilohiy taqdirni pok, musaffo yashash, gunohlardan qutulish bilan, yaxshiliklar qilish bilan ijobiy tomonga o‘zgartirish mum­kinligi masalasi. Ular alohida Taqdir ilohasi (zardushtiylarda Porloq Tole’, rimliklarda Fortuna)ga iltijo qilib, pok musaf­fo yashashga ahd, va’da qilganlar.
2. Mangu hayot yoki aqalli uzoq yashash va inson ruhining abadiy o‘lmasligi masalasi. Barcha diniy e’tiqodlarda bu dunyo hayoti va oxirat olamida yashashga ishonch-e’tiqod, tasavvurlar yaxshi rivoj­langan. Bu hol Shumer va Bobilda yanada kuchli.
Z. Bu dunyoda gunohkor, yovuz, adolatsiz odamlarga Taqdir, Tole’ kulib boqishi va yaxshi, sofdil odamlarning baxtsizligi haqidagi ziddiyatlar muammosi.
“Gilgamish” dostonida sevgi ma’budasi Inanna (Bobil va­riantida-Ishtar) bilan Marhumlar olamining malikasi (o‘lim ilohasi Ereshkigal) opa-singillar deb tasvirlanadi. Dostonda sevgi ma’budasi o‘zining ma’shuqi shahzoda-cho‘pon Dumuzini o‘lim olami elchilari jinlar qo‘liga topshirib yuborishi ramzida, bizningcha, bunday hayot falsafasi bor: Sevguvchi, oshiq-doimo sa­doqatli, lekin sevilguvchi-ma’shuqa, mahbuba doimo bevafodir. Odamzod hayotni sevadi, lekin hayot odamzodga bevafo va bebaqo. Sevgi ilohasining singlisi - o‘lim ilohasi Ereshkigal dostonda adolatli, bir so‘zli, va’dasiga sodiq deb ulug‘lanadi. Hayot ham­maga bir xil qaramaydi, yomonlarni alqab, yaxshilarga azob beradi. O’lim esa hammaga birday qaraydi, unga shoh bilan gadoning farqi yo‘q.
“Gilgamish” dostonida sevgi ma’budasi Inanna (Ishtar) bahodir pahlavon (Gilgamish)ni o‘ziga yor qilib (to‘g‘risi, o‘ziga asir qilib) olmoqchi bo‘lib, shirin so‘zlar aytadi. Ammo donish­mand bahodir Gilgamish unga aldanmaydi. U Inanna (Ishtar)ning hech kimga vafo qilmasligini, yaxshi odamlarni yo‘ldan uruvchi fohisha ekanligini aytadi. Doston davomida Gilgamish, malika Ishtarga “Avval sevgi ma’budasi eding, endi fohishalar ma’bu­dasi bo‘lding, endi sen qasrlar, bog‘larda emas, ko‘cha-ko‘yda, bozor­larda jazman izlaysan”, deydi. Boshqa joyda Enkidu unga “Men­ga xotin bo‘la turib, boshqa erkaklarni yo‘ldan urding, eng kuchli arslonni sevarding, unga etti joyda choh qaziding, sevimli oting­ni urib qiynading, yana bir cho‘pon sevgilingni bo‘riga aylantirib, itlarga talatding”, - deb la’natlaydi. Shumer va Bobil badiiy adabiyotida sevgi ilohasi baxtsizlik keltiradi deb qoralanadi. Bularning barchasi majoziy tasvirlar bo‘lib, hayot voqealarining in’ikosi sifatida talqin qilinadi.
Qadimgi Bobil adabiyoti durdonalaridan yana biri falsafiy doston “Bobil teoditseyasi” deb shartli nomlangan asardir. Mazkur falsafiy doston matnini ilk marta S.Strong 1895 yilda e’lon qildi. 1896 yilda qadimiy Sippar shahridan asarning boshqa nusxasi topildi va uni F.Marten tarjima qilib, sharhlashga urindi. 1919 yilda E.Ebeling qadimiy Ashshur-poytaxt shahardan topilgan shu asarning yana bir matnini e’lon qildi. Qadim­shu­noslar fikricha, mazkur asar miloddan avvalgi 1400 va 800-yillar orasida yozilgan. Keyinroq bu doston muallifi Isagul-Kinubbib 1069-1048 yillarda podshohlik qilgan Is-Sin (yoki As-Sin) hukm­ronligi davrida yashaganligi aniqlandi. Lekin biz uchun muhimi asarning falsafiy mazmuni, poetik xususiyatlari, muallifning badiiy qarashlarini aniqlashdir.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish