Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet4/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Avtobiografik yozuvlar nomi bilan saqlangan toshbitiklarda fir’avnlarning sayohatlari, urushdagi qahramonliklari va zafar madhiyalari aks etgan. Fir’avn Pepi II davrida yaratilgan, mual­lifi Uni bo‘lgan avtobiografik (avtobiografik deb atalishiga sabab shuki, ular birinchi shaxs tilidan yozilgan, tarixiy shaxs o‘zi yozmagan bo‘lishi mumkin, biroq matn uning nomidan bayon qilin­gan) yozuvlardan birida shunday yurish taassurotlari aks etgan. Shunisi e’tiborliki, ular she’riy shaklda, etti banddan iborat qofiyali, ritmik va fikriy tugallangan matnlardir. Pepi II no­mi­dan aytilgan “Men haqiqat qildim, men haq gapni aytdim, men yaxshi gapni aytdim va yaxshi (so‘z)ni (har doim) takrorladim” so‘z­lari misrliklarning nafaqat e’tiqodidan, balki estetik ideali­dan ham guvohlik beradi. “Yaxshi so‘z” kalimasi haq so‘z sifatida qabul qilingan va “ezgu so‘zni takrorlash” ma’lum ma’noda haqi­qat­ning ifodasi bo‘lib xizmat qilgan. Ayni davrda “Imxotep na­si­hatlari” (saqlanmagan) asari ta’sirida yozilgan “Jedefxor na­si­hatlari” qadimgi misrliklarning estetik tafakkur tarzini tax­minlashga yordam beradi: “Agar sen e’tiborli kishi bo‘lsang, birinchi navbatda, so‘zingga ehtiyot bo‘l. O’ylab topganingni ga­pir... Aqlli nutq (so‘z) aytish hamma narsadan qiyindir”. “Yolg‘on aytma, garchi (aniq) eshitgan bo‘lsang ham. Eshitilganni emas, ko‘­rilganni gapir (yoz)!” “Bilag‘onlar bilan maslahatlashganing kabi bilmaydiganlar bilan ham kengash. Bilish va bilmaslikning chega­rasi aniq emas. San’at chegara bilmaydi. Yashirin saqlangan ma’­noli so‘z zumraddan go‘zalroq”. Nasihatlarda aytilishicha, yozuvchi (yozadigan kishi) o‘z davri amaldorlarining ideali bo‘lgan va har bir zodagon bunga intilgan.
Demak, Qadimgi podshohlik davri manbalarida o‘sha davr ki­shi­sining dunyoqarashi ham, estetik ideali ham o‘z ifodasini top­gan. Abadiyatga qoladigan yozuvlar (ya’ni adabiyot) qanday bo‘lishi kerakligi haqida ayrim talablar bildirilgan. Rost so‘zlash, haqni yozish har doimgiday qadimgi misrlikning adabiyotdan kutgan ma’­naviy ehtiyoji edi. Go‘zal so‘z (zumraddan ham) o‘zining haqligi bilan go‘zal sanalgan, ko‘rganni aytish (eshitganni emas) yozish qoidalaridan eng muhimi hisoblangan.
Qadimgi podshohlik davrining so‘nggiga kelib, Misrda ij­timoiy-siyosiy vaziyat o‘zgargan. Ehromlar qurishga berilish, bu­ning uchun inson mehnatini ayamay istifoda etish, ichki nizolar nati­jasida podshohlik tanazzul sari yuz tuta boshladi. Misrda yagona suv inshooti tizimi yo‘qligi dehqonchilikning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Er.a. XXI asrdan boshlab yagona birlikka intilish harakatlari kuchaydi. Bu harakat, eng avvalo, bizgacha saqlanib qolgan ieroglifik yozuv manbalarida aks etgan6.
“Shunday qilib, Qadimgi podshohlik davrida yozuvning ierogli­fik tizimi to‘la shakllangan, aholi orasida bu yozuvda ish ko‘radigan savodlilar soni ko‘p foizni tashkil qilgan. Lekin badiiy adabiyotga doir asarlar yozish, asosan, O’rta podshohliklar davrida haqiqiy ko‘rinish kasb etgan”7.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish