Adabiyotshunoslik tarixi


-mavzu. QADIMGI DAVR (MISR, SHUMER, XITOY, HINDISTON) SHARQ ADABIYOTSHUNOSLIGI



Download 0,86 Mb.
bet3/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

2-mavzu. QADIMGI DAVR (MISR, SHUMER, XITOY, HINDISTON) SHARQ ADABIYOTSHUNOSLIGI
Reja:

  1. Qadimgi Misrda adabiyotshunoslikning ilk manbalari.

  2. Shumer va Bobilda adabiy-nazariy qarashlar. Adabiy ta’lim o‘choqlari.

  3. Qadimgi Xitoyda «adabiyot» tushunchasining talqini.

4. Hindistonda Sanskrit poetikasi. She’riyat haqidagi qarashlar.
Qadimgi Misr adabiyotshunosligi manbalari
So‘z san’atining ildizlari va ilk adabiy-nazariy qarashlarni kuzatganda, adabiyot ayrim san’at turlaridan, xususan, rasm yoki raqs v.b.dan keyinroq vujudga kelgan, degan qarashlar mavjud. Qadimshunos olim E.M.Meletinskiy shunday yozadi: “So‘z san’ati, kuzatilishicha, boshqa san’at turlaridan nisbatan kechroq vujudga kelgan, chunki uning materiali, birlamchi unsuri so‘z va nutqdir... So‘z san’atining vujudga kelishi uchun esa tilning kommunikativ vazifasiga ko‘ra, yuksak darajada shakllangan va murakkab gramma­tik-sintaktik birliklar vujudga kelishi kerak edi”1. Biroq Qur’o­ni karimda aytilgan barcha yaralmishlar ichida dunyoga birin­chi bo‘lib SO’Z kelgani haqidagi ta’limotni eslasak, So‘z ilohiy kalom sifatida dastlab mavjud bo‘lgan, dunyo ham, inson ham so‘zdan (“Kun! - Yaral!”) yaralgan. Ayni fikrlar boshqa muqaddas kitoblarda ham tilga olingan bo‘lib, Yangi Ahd kitobi (Injil)­dagi Yuhannoning birinchi maktubida shunday yozuv bor: “Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo nazdida edi. Kalom – Xudo edi. Azaldanoq U Xudoda edi” (Yuh. 1, 1.2). “U O’z qudratli kalomi ila koinotni asraydi” (Ibr. 1,3)2. Demak, so‘zni dunyoning ibtidoyu intihosi deb bilish faqatgina musulmon olamiga xos bir ruhoniy holat emas, balki barcha yaralmishlar tomonidan fitrat etilgan (yaratilgan) ne’matlarda ulug‘ kalom sifatida aks etgan. Biroq san’atning turi sifatida, so‘z san’ati nisbatan kechroq, insoniyat o‘zligini tanigandan so‘nggina shakllangan, degan qarashlarda ham ma’lum bir ilmiy asos bor.
So‘z san’ati haqidagi qarashlar ham, tabiiyki, badiiy adabiyot vujudga kelganidan keyin shakllangan, xuddi yozma adabiyotning ibtidosi og‘zaki adabiyotda uchragani kabi adabiy-estetik qarash­lar­ning ibtidosi ham badiiy asarlar tarkibida uchraydi. Badiiy adabiyot haqidagi dastlabki savol-javoblarda, ayrim adabiy hodi­salar haqidagi bahs yoki suhbatlarda tug‘ilganini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bunday og‘zaki shaklda bayon qilingan adabiy-nazariy qarashlar esa, bizgacha yozma manbalar orqali etib kelganini unut­maslik kerak. Yozma adabiy-nazariy manbalar deyilganda, nafaqat ilmiy-nazariy risolalarni, balki badiiy asarlar tarkibida uch­ra­gan so‘z san’atiga doir suhbat va mulohazalarni ham inobatga olish kerak bo‘ladi. Nazariy qarashlar dastlab tafakkurda shakl­lan­gani uchun uni inson fikrlash tarzining boshqa shakllari: ax­loqiy normalar, diniy inonch-e’tiqod yoki ayrim ijtimoiy masa­lalar haqidagi qarashlarda ham ko‘rish mumkin.
Qadimgi Misr nazariy tafakkuri ildizlarini izlaganda, davr ma’naviyatidan xabardor qiluvchi moddiy madaniyat unsur­lari: toshbitiklar, ehromlar, pergament va papiruslardagi belgi va yozuvlar vositasida ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Chunki Misr ada­biyoti adabiy istiloh sifatida mana shu kabi xususiyatlarni bir­lash­tirar ekan, ular tarkibidagi badiiy asarlarni va ularning tal­qiniga bag‘ishlangan qarashlarni o‘zida mujassam etadi. E’ti­bor­li jihati shundaki, qariyb uch mingyillik (er. a.) davrni bir­lashtirgan madaniy obidalar, asosan, bir tilda yaratilgan. Qisman o‘zgarishlarga va hududiy tafovutlarga qaramasdan keyinroq Misr adabiy tili deb nomlangan madaniy hodisaning shakllanishiga xiz­mat qilgan omillar sifatida akad. N.I.Konrad qadimgi til (er. a. XXX-XXII asrlar), o‘rta yoki mumtoz (klassik) til (XXII-XVI asrlar), yangi til (XVI-VIII asrlar), demotik til (er. a. VIII-mi­lodning III asrlar) va kopt tili – qibtiy til (milodning III asri­dan) kabi lisoniy hodisalarni keltiradi3. O’z yozuviga ega bo‘lgan misrliklarning bu tili er. a. 332 yil makedoniyalik Iskandar to­monidan Misr fath etilib, ellinizm madaniyati tarkibiga, keyin Rim imperiyasi tarkibiga kiritilgunga qadar (er. a. 30 yil) mada­niyat ko‘zgusi sifatida iste’molda bo‘lgan. Misr madaniy tari­xini davrlashtirishda ham mutaxassislar mana shu shakllangan adabiy tilning taraqqiyot xususiyatlaridan kelib chiqib ish ko‘r­ganlar: “Misr davlatining mustaqil tarixi o‘z tarkibiga juda katta – taxminan er.a. 3200 yillikdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Ilmda Misr tarixidagi to‘rt davrni farq­lash qabul qilingan:
Qadimgi podshohlik – er.a. III minginchi yilliklar.
O’rta podshohlik – er.a. XXI-XVII asrlar.
Yangi podshohlik – er.a. XVI-IX asrlar.
So‘nggi podshohlik – er.a. VIII asrdan milodiy III asrgacha”4
Bundan tashqari har bir sulolalar o‘rtasida o‘tish davri deb belgilangan bir necha o‘n, hatto yuz yillik tarixlar ham mavjud bo‘lgan. Mana shu darlashtirish tartibiga Misr adabiyoti tarixi ham bo‘ysunadi. Faqat 1852 yildagina topilgan Misr papirus qo­g‘oziga bitilgan “Ikki og‘a-ini ertagi”ga qadar bu adabiyotdan Evro­pa olami xabarsiz edi. Britaniya muzeyida ”Chester Bitti” no­mi bilan saqlanayotgan asarda “Bu kitobni o‘qib, ularning nom­la­rini tilga oladilar; hali ular hayot, ularning xotiralari abadiy­dir” so‘zlari yozilgan. Bu badiiy adabiyot yaratuvchilari haqidagi, ijodkor shaxsining abadiyati haqidagi dastlabki tasavvurlardir.
Qadimgi mifologik tafakkurda diniy e’tiqodlar bilan bir vaqtda xalqning badiiy tafakkuri ham yorqin majoziy-ramziy su­rat va manzaralarda aks etadi. Qadimgi Misrda dunyoviy turmushda va oxiratdagi hayotda insonlar taqdiri haqida jiddiy, ijti­moiy-falsafiy fikrlar badiiy tafakkur taraqqiy etishiga olib keldi. Bu holni fanda “Ehrom matnlari” nomi bilan iz qoldir­gan XIX asrning oxirlarida frantsuz olimi G.Maspero tomonidan Qohira yaqinida topilgan er. a. XXV asrning oxiri - XXIII asr o‘rtalariga tegishli bo‘lgan Misr fir’avnlarining V-VI sulolalariga oid yozuvlar sabab bo‘ldi. Ularda “Sening suyaklaring maydalanmaydi, sening badaning og‘rimaydi, sening a’zolaring bir-biridan ajral­maydi”, “Boshingni baland tut, ular quyi tushmasin, suyakla­ringni saqla, ular sochilib ketmasin” kabi yozuvlar bor. Ma’lum bo‘lishicha, bu matnlar zamirida inson vafotidan so‘ng uni oxi­rat­ga etkazish uchun ruhi bilan bir qatorda jasadi ham butun qolishi kerak, degan g‘oya mavjud bo‘lgan. Buning natijasida esa, fir’avn­larni vafotlaridan keyin mo‘miyolash va maxsus maqbaralar qur­dirib, ularda saqlash urf bo‘lgan. Fir’avnlar ilohlarga yaqin deb tasavvur qilingan, fir’avn moddiy o‘limi bilan abadiy hayot topadi va abadiy yashaydigan (tug‘ilmagan va tug‘maydigan) iloh­lar­ga yaqinlashadi. Qadimshunos B.A.Turaevning talqinicha, “o‘limdan ke­yin o‘lmaslik” (ya’ni abadiy hayot) g‘oyasi ustuvor bo‘lgan5. Masa­lan, VI sulola fir’avni Tetining vaziri Merduk uchun shunday maqbara, ya’ni 31 inshootdan iborat “abadiy uy” qurilgan. Uning devorlari maxsus bareleflar va yozuvlar bilan bezatilgan. Qadim­shunos F.Leksning talqinicha, nomi bo‘lmagan narsaning o‘zi bo‘lmagan, shuning uchun nomning saqlanishi, uning abadiy yashashi uchun imkoniyat beradi va misrliklar o‘zlarining nomlarini shu jihatdan abadiylashtirishga harakat qilganlar.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish