18-mavzu. Til ta’limi va pragmalingvistika Reja



Download 25,22 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi25,22 Kb.
#718494
Bog'liq
18-mavzu


18-mavzu. Til ta’limi va pragmalingvistika


Reja

  1. O‘zbek tiliga substansial-pragmatik yondashuvning vujudga kelishi.

  2. Ona tili ta'limining kognitiv-pragmatik texnologiyasi.

Adabiyotlar


1. Dressler.V.Problema teorii teksta. –M: MGU, 1978.
2. Van Deyk T.A., Kinch V.Strategii ponimaniya svyaznogo teksta // Novoe v zarubejnoy lingvistike. Vыp. 23. Kognitivnыe aspektы yazыka. - M: Progress, 1988.
3. Veynrix G. Kommunikativno-funksionalnoe i issledovanie yazыkovыx yavleniy. –M: Nauka, 1983. -163 s.
4. Dridze T.M. Tekstovaya deyatelnost v strukture sotsialnoy kommunikatsii.- M.: Nauka, 1984.- 268 s.
5. Grays G.P. Logika i rechevoe obщenie. V kn.: Novoe v zarubejnoy lingvistike. - Vыp.16, Lingvisticheskaya pragmatika. - M.: Progress, 1985.-S 217-237.
O‘zbek tiliga substansial-pragmatik yondashuvning vujudga kelishi fan o‘zining yangi empirik bosqichiga qadam qo‘yayotganligini ko‘rsatadi. Yondashuvning empirikligi shunda namoyon bo‘ladiki, u tiklangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqyelanishini umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida tekshiradi. Ilk empirik bilish bosqichida o‘rganish ob'ekti “xususiylikdan umumiylikka” prinsipi asosida, “nutq→lison” yo‘nalishida tadqiq etilgan bo‘lsa, ikkinchi empirik bosqich o‘rganish manbaiga “lison→nutq” prinspi asosida munosabatda bo‘ladi. Bu yo‘nalish faktlarni to‘plash, saralash va uni nazariy umumlashtirish uchun tayyorlash vazifasi bilan shug‘ullanuvchi birlamchi abstraksiya bosqichidan nazariy xulosalarni amaliyotda sinab ko‘rish, nazariyani tasdiqlovchi amaliy faktlarni izlash va ilmiy talqin qilish bilan shug‘ullanadi.
Tilshunos B. Mengliev ta'kidlashicha, substansial-pragmatik yondashuv o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi sifatida lisoniy imkoniyatlarni muayyan so‘zlovchi va tinglovchining o‘zaro munosabati hamda real muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatdan amaliy foydalanishi esa so‘zlovchi hamda tinglovchi xususiyati, nutq maqsadi, nutq turlari, shakli, nutqiy strategiya va taktika kabi qator nolisoniy omillar bilan yaxlitlikda namoyon bo‘ladi (1). Pragmatika tilshunoslikda, va, umuman fanda, yangilik emas. Sho‘ro adabiyotlarida burjua manfaatlariga mos indiviudalizmni yoqlovchi fan oqimi sifatida tavsiflangan pragmatika tilshunoslikka falsafa orqali kirib kelgan. Ma'lumki, garchi struktur tilshunoslik o‘tgan asrning 20–30- yillarida alohida yo‘nalish sifatida e'tirof etilgan bo‘lsa-da, uning dastlabki kurtaklari qadimgi hind tilshunosligida, xususan, mumtoz tilshunos Panini asarlarida, o‘rta asrlardagi universal grammatikalarda, R. Dekart va G.V. Leybnitsning falsafiy-lingvistik grammatikalarida uchraganligi kabi pragmatik yondashuv ham tilshunoslik bilan qariyb tengdoshdir. Biroq yangi davrda pragmatik yondashuv boshqa yo‘nalishlarga nisbatan faollashdi.
Bugungi kunda g‘arbda pragmatika bir zamonlardagi strukturalizm kabi keng miqyosda urf bo‘ldi. Chunki har bir hodisaga real voqyelik bilan bog‘liq ravishda munosabatda bo‘lish davrning o‘tkir muammolariga javob berishning eng qulay va istiqbolli yo‘llaridan biridir. Pragmatizmfalsafiy oqim sifatida XIX asrning 70-yillarida AQShda shakllangan va taraqqiy etgan. U kishilarning turmush tarziga, mamlakatning ma'naviy hayotiga, ijtimoiy ongiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan va ko‘p hollarda an'anaviy falsafani tahrir qilish yo‘lidan borgan. Pragmatizm klassik nazariy falsafani hayotdan uzilib qolganlikda, quruq nazariyabozlikdan iboratlikda, voqyelikni chetdan kuzatuvchi va unga bevosita aralashmaydigan passiv ta'limot sifatida baholagan. Pragmatiklar klassik falsafani borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etish bilan cheklanib qolganlikda ayblashadi. Asl falsafa kishilarning, jamiyatning oldida ko‘ndalang bo‘lib turadigan, turli hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida duch kelinadigan muammolarni hal qilishi kerak, degan g‘oyani ilgari suradilar. Umuman olganda, pragmatiklar amaliyotda insonga nima ko‘proq foydali bo‘lsa, o‘shanga ko‘proq ahamiyat berish zarur, inson hayoti bilan bog‘lanmaydigan xulosalar bilan shug‘ullanish foydasizdir, degan qarash tarafdoridirlar(7, 164– 165). Shu boisdan u sho‘ro ijtimoiyotida burjua, individualistik falsafiy oqimi sifatida baholangan. Pragmatiklarning uqtirishicha, har qanday nazariya dunyoqarashni biror kishiga foydali bo‘lgan taqdirdagina haqiqat deb hisoblash mumkin (5, 43).
Yangi davr pragmatikada ijobiy tomonlarni ham ko‘rish metodologiyasini vujudga keltirdi. Shu boisdan pragmatizm g‘oyalari barcha fanlar qatori tilshunoslikka ham kirib keldi va dastlab semiotika sohasida ish ko‘rgan bo‘lsa, bugungi kunda til ilmining boshqa sohalarini ham zabt etmoqda. Umuman olganda, “pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bo‘ladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi ko‘rinishga ega emas; uning doirasiga so‘zlovchi sub'ekt, adresat, ularning aloqaaralashuvdagi o‘zaro munosabati, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bog‘liq ko‘plab masalalar kiradi. Pragmatika g‘oyalari evristik (yo‘naltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qo‘llanadi” (7, 164–165). Bugungi kunda pragmatizmga xolis va ob'ektiv yondashuv, har qanday “-izm”lar iznisiz munosabat shakllanmoqda. Xususan, ijtimoiy taraqqiyotga radikal yoki konservativ munosabatlar oralig‘idagi o‘rinni egallaydigan, har ikkalasidan ham ustun turadigan, ulardagi ayrim oqilona qoidalar va fikrlarni real borliq talabiga ko‘ra ijodiy o‘zlashtiradigan, ammo oraliq holatni egallashi bilan birga, har ikki yondashuvning qarashlarini mexanik ravishda qorishtirmaydigan, lekin jamiyat va inson manfaatlaridan, real hayotning o‘zidan kelib chiqadigan pragmatizm ijtimoiy hayotda “har bir masalaga, shu jumladan, davlat siyosatini belgilashda amaliy ijobiy natijaga erishish, turli dogmatik mafkuraviy qoliplar, andozalar yoki g‘irt xayolparastlikdan iborat sarob orzu-istaklar va populistik yangiliklar nuqtai nazaridan emas, balki aniq hamda real maqsadlarni ko‘zlab, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda, oqilona yondashishdir” (7, 164–165). Demak, pragmatizm taraqqiyotni “falaj” holatiga tushirish mumkin bo‘lgan radikalizmni ham, eski tutumlarga yopishib oladigan, taraqqiyot oyoqlariga kishan bo‘ladigan konservatizmni ham falsafiy ma'noda inkor qiladi va “yashnoq hayot daraxti” sifatida rivojlanadi. Pragmalingvistika uchun o‘rganish ob'ekti sifatida muloqot vaziyati tanlanganligi bejiz emas. Chunki u – real hodisa. Har qanday boshqa hodisalar kabi muloqot vaziyati ham serqirraligi bilan xarakterlanadi. U turli qirralari bilan turli tizimlarga kirishini, bu esa, o‘z-o‘zidan, ularga turlicha yondashuvni taqozo qiladi. Lekin bu qirralarnng namoyon bo‘lish davri, sharoiti turlicha bo‘lishi ham, shunga muvofiq ravishda, tadqiq maydoniga, ijtimoiy zaruratga ko‘ra, barcha qirralarini tortish mumkin emasligi ham ayon. Shu ma'noda aytish mumkinki, muloqot ham tilning o‘zi kabi polifunksional bo‘lib, bir fan doirasida uning barcha jihatlarini qamrab olishning imkoni yo‘q. Bugungi kunda shu sababli pragmatika tilshunoslik yordamiga ehtiyoj sezmoqda, uni “yollash” choralarini ko‘rmoqda. Shu ma'noda tildan uzilib, o‘rganish ob'ektini pragmatik muammolar doirasidan qidirayotgan tilshunoslarni ma'lum ma'noda pragmatikadagi “gastarbayter”larga qiyoslash mumkin. Barcha pragmalingvistlarning qarashlarini umumlashtirga holda aytish mumkinki, ularning ozchiligi til birliklarining funksionallashuvini nutq vaziyati bilan bog‘liq ravishda tadqiq qilishni pragmalingvistikaning o‘rganish predmeti sifatida e'tirof etadilar.
Ammo aksariyat tadqiqotchilar kommunikativ faoliyat va muloqot kategoriyasini pragmalingvistikaning o‘rganish ob'ekti sifatida e'tirof etadilar. Muloqot jarayonida lisonning “ko‘prik” vazifasini o‘tashi tan olinib, faqat shu nuqtai nazardan unga munosabatda bo‘ladilar va til kommunikativ muhit, kommunikativ maqsad, kommunikativ vaziyat, kommunikativ muloqot, lisoniy shaxs kategoriyalari “soya”sida qolib ketadi. Lekin lingvopragmatika va pragmalingvistikani ma'lum darajada farqlashga intilgan tilshunos Sh. Safarov qarashlarida nisbatan tilshunoslikka yon bosish ko‘zga tashlanadi: “pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, uning tadqiqot doirasiga muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta'siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma'nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi” (4, 76).
Tilni pragmatik tadqiq qilish tilshunoslik sohasimi yoki pragmatika sohasimi degan savolning qo‘yilishi ma'lum darajada masalani jo‘nlashtirgandek bo‘ladi, aslida, ana shu soddalikda haqiqatga eltadigan, muammo yechimini belgilaydigan holat mavjudligini ko‘rish mumkin. Zero, substansial-pragmatik yo‘nalish til imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda masalaga yondashar ekan, u asosiy diqqatini substansial asoslarda tiklangan lisoniy umumiyliklarga qaratadi va tahlilni amalga oshirish jarayonida muammoga lison orqali kirib keladi. “Nutqiy voqyelikni lisoniy imkoniyatdan uzilgan holda tadqiq qilish tavsifiy xarakterga ega; u fanning amaliy samaradorligini ta'minlamaydi. Shu boisdan o‘zbek tilshunosligida nutqiy voqyelikni lisoniy imkoniyat asosida tadqiq qilish, ona tili darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikma va malakalarini, nutq madaniyatini o‘stirishga xizmat qiladigan lingvistik ta'minotni yaratishni substansial-pragmatik yo‘nalish o‘z zimmasiga oladi” (1). Demak, aytish mumkinki, e'tiborni pragmalingvistika (ya'ni pragmatik lingvistika)ning an'anaviylashgan o‘rganish ob'ekti bo‘lgan muloqot faoliyati, jarayoni va tizimidan lisoniy imkoniyatlarga o‘tkazish to‘la ma'noda lingvopragmatika (ya'ni lingvistik pragmatika)ning pragmatikadan mustaqilligini ta'minlaydi va uning substansial lingvistikaning vorisi sifatidagi maqomini ta'minlaydi.
O‘zbek substansial lingvistikasining asoschilaridan biri H. Ne'matov va vakillaridan biri D. Yo‘ldoshevaning haqli e'tirof etishlaricha, “ilmiy yo‘nalish ijtimoiy zarurat, qat'iy maqsad, ongli (uqilgan), izchil amal qilinadigan metodologik tamoyillar va aniq tadqiqiy metodlar zaminida shakllanar va rivojlanar ekan, uning yuksak muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishini, jamiyat taraqqiyoti silsilasida ma'lum tarixiy o‘rin egallashini xayrixohlik bilan bashorat qilish mumkin” (2). O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat miqyosidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasidagi keskin o‘zgarishlar asosidagi taraqqiyot natijasida til siyosati ham to‘la ma'nodagi evrilishlar maydoniga aylandi. Ayniqsa, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Davlat tili haqida”gi Qonun bu siyosatning tayanch metodologik asosi sifatida namoyon bo‘ldi. U to‘la ma'noda til siyosati, ilmi va ta'limi taraqqiyotining istiqbollarini belgilab berdi. Asrlar mobaynida yig‘ilib qolgan muammolarning yechimi esa, taraqqiyot taqozosiga ko‘ra, oldimizga yangi-yangi vazifalarni ham qo‘ymoqda. Zero, “biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrabavaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur” (1, 87). Ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirishning markazida esa undan amaliy foydalanish samaradorligini ta'minlash turadi. Chunki “ba'zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari ham uchrab turishi bu masalaning hali-hanuz dolzarb bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi” (1, 89). Ko‘rinadiki, davr til siyosati va ma'rifati masalasida yangi-yangi vazifalarni oldimizga qo‘ymoqdaki, uni ijtimoiy buyurtma sifatida qabul qilishimiz, tadqiq metodologiyasi, metodikasi va metodlarini ushbu buyurtma talablariga muvofiq tarzda uyg‘unlashtirimiz zarur. Ma'lumki, fanlarning, ilmiy bilishning rivoji uzluksiz va uzviy zanjirsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Bu zanjir esa empirik yondashuv → nazariy 37 yondashuv → empirik yondashuv → nazariy yondashuv →.... bo‘g‘inlaridan borat bo‘ladi (3). O‘zbek til ilmi bugungi kunda o‘zining ikkinchi empirik bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Formal yondashuv o‘rnida ratsional bilish ustuvor bo‘lgan, maqsadi til birliklarining immanent imkoniyatlarini aniqlash bo‘lgan substansial tilshunoslikdan keyin navbat yana empirik tahlil usullariga keldi (3).
O‘zbek tilshunosligining ilk empirik bosqichi ijtimoiy-ma'rifiy buyurtmani o‘z zimmasiga olgan edi. O‘tgan asrning 50-60-yillariga kelib bu ijtimoiy buyurtma ado etilganligi, fanning o‘zi esa ma'lum muddat turg‘unlik holatiga tushganligi, unda an'anaviylik hukm surayotganligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan edi (3). Turg‘unlik taraqqiyotning, an'anaviylik esa yangiliklarning doyasidir. O‘zbek formal tilshunosligidagi bu holat fanning yangi ufqlarini ochishga xizmat qildi. Aniq anglangan ijtimoiy buyurtma, maqsad, to‘g‘ri belgilangan metodologiya, samarali tadqiq metodlarini ishga solish natijasida qisqa muddat mobaynida ko‘zlangan natijaga erishildi (2).
Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilshunosligi o‘zining nazariy bosqichidagi ilmiy muammolarni, umuman olganda, hal qilgan, tadqiqotlarning ratsional mag‘zi ona (o‘zbek) tili ta'limi mazmunidan to‘laqonli o‘rin olgan edi. Fan davrdan, ijtimoiy ehtiyojlardan bir qadam oldin yurgandagina u taraqqiyot omiliga aylanadi, uning rivojlantiruvchi richagi vazifasini bajaradi. O‘zbek tilshunosligi ham yangi davr, yangi asrdagi ijtimoiy ehtiyojlarni to‘la his qildi. Zero, ona tili ta'limi oldida ulkan milliy-ma'rifiy-ta'limiy vazifa turar ediki, uning uchun tilshunoslik lingvistik ta'min hozirlamog‘i zarur edi. Zero, mustaqillik totli ne'mat bo‘lish bilan birga, ulkan mas'uliyat hamdir.
Bir vaqtlar tilga faqat “aloqa-aralashuv vositasi” sifatida tor, siyqa yondashilar, unday polifunksional hodisaning bir qirrasi e'tirof etilib, qolgan “to‘qson to‘qqiz” jihati e'tibordan chetda qolar edi. Axir, “o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi” (2). Bejiz millatparvar jadid Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyodagi borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” demagan edi. E'tibor qilinsa, yuqoridagi olinmalarda qayd etilgan tilning nafaqat aloqa-aralashuv vositasi ekanligi, balki o‘zlikni anglash vositasi, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog‘liq omili, millatning ruhi, oyinayi hayoti ekanligi uning asosiy xususiyatlaridir. Biroq uning yana ko‘plab xususiyatlari ham borki, ularni har bir davr, millat ma'naviy taraqqiyotining muayyan bosqichi kun tartibiga dolzarb muammo sifatida ko‘ndalang qo‘yaveradi. Bu xususiyatlarni tadqiq qilish, ilmiy o‘rganish milliy takomillashuv davrimizda yanada ahamiyatlidir. Zero, o‘quvchilarning fikrni bayon qilishda tildagi ko‘plab yo‘l, usul, vosita va imkoniyatlardan har bir holat uchun muvofig‘ini tanlash va maqsad, nutq sharoiti, vaziyatidan kelib chiqqan holda kim bilan, qanday holatda so‘zlashayotganligi kabi nozikliklarni hisobga olib, eng mosini qo‘llash ko‘nikmalarini shaxsiy odatga aylantirish jarayonini tadqiq qilish dolzarbdir (3). Sho‘rolar didaktikasi esa tilning bu imkoniyatlarini ta'lim jarayonida chetlab o‘tar, uning faqat aloqa-aralashuv vositasi sifatidagi xususiyati ta'limiga zo‘r berar, ta'lim usul va vositalarini shunga yo‘naltirar edi. Bugungi ona tili ta'limi tizimi ushbu aspektda rivojlanayotganligi, o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish til o‘qitish tizimini isloh qilishning asosida turganligi ham bejiz emas.
Davrning shafqatsiz talabi bozor munosabatlari sharoitida mustaqil ijodiy fikrlaydigan, tadbirkor shaxsni voyaga yetkazishni talab qilayotgan ekan, bunda ona tili ta'limi yetakchi mavqyeda bo‘lishi tabiiy hol. U esa pragmatik tadqiqotlar samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Ona tili ta'limining bugun DTSlarida qonuniylashtirilgan kognitiv-pragmatik texnologiyasi talablarining lingvistik ta'minini tayyorlash, til imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligi mexanizmini ishlab chiqish mutlaqo kechiktirib bo‘lmaydigan muammo sifatida kun tartibiga chiqdi. Demak, davr tilshunoslikdan o‘z o‘rganish ob'ektiga pragmatik yondashuvni taqozo qilmoqda. Til hodisalariga pragmatik yondashuv tilshunoslikning o‘zi qadar qadimiy. Ilk tilshunoslik namunalari amaliy, pragmatik ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, qadimgi Hindistonda til ilmi sof amaliy ko‘rinishda edi. Boy madaniy meros, yozma yodgorliklar muttasil o‘zgarishga uchrab, ularni tiklash ijtimoiy zaruratga aylangan. Natijada olimlar eramizdan 45-25 asrlar ilgari yozilgan vedalarni, eradan avvalgi birinchi ming yillarda yozilgan sanskrit yodnomalarini tekshirib, tahlilini amalga oshirishgan. Lug‘atlar tuzishgan, matnlarni fonetik va morfologik tahlil qilishgan. Bunday ishlar o‘sha yodgorliklarning unutilgan, buzilgan, shuningdek, jonli til (praktik) ta'sirida o‘zgarib ketgan o‘rinlarini qaytadan tiklash imkonini beradi. Shu tariqa so‘z yoki so‘zshakllar amalda birlamchi unsurlarga (morfemalarga) ajratilgan. Hind olimlari grammatikani v'yakarana, ya'ni “ajratish” deb ataganlar (6). Har bir til hodisasiga matndan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishgan. Matniy tahlil esa yozma nutqqa pragmatik, amaliy yondashuvning muhim ko‘rinishlaridan biridir. Bunday hukmni tilshunoslikning keyingi davri bosqichlari va yo‘nalishlariga nisbatan ham aytish mumkin. Zero, lisoniy strukturani tiklash bilan mashg‘ul tilshunoslar xususiy hollardan umumiyliklar sari borishgan, muayyan nutq vaziyatiga xos hodisalarni umumlashtirgan bo‘lsalar, qiyosiy-tarixiy yondashuvda ham til hodisalari, lisoniy dalillar muayyan matn yoki gapdan uzilgan holda tavsiflanmagan. Biroq nutq vaziyatiga bog‘liq holatlarni bo‘rttirish, muayyan nutq vaziyatiga ustuvorlik berish, ularning ahamiyatini kuchaytirish faqat zamonaviy pragmatik yondashuvga, pragmatik tahlil usuliga xosdir. Zamonaviy pragmatik yondashuv lingvistik sohada ikki ko‘rinishda bo‘lishi ma'lum: – muloqot vaziyatini o‘rganish ob'ekti sifatida tanlash; – lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqyelanishini pragmtik vaziyat bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganish. Shu nuqtai nazardan pragmatik yo‘nalishning tadqiq ob'ektiga ikki xil yondashuv tamoyili yuzaga chiqadi: a) muloqot sistemasi → lisoniy sistema; b) lisoniy sistema → muloqot sistemasi. Birinchi tamoyilga ko‘ra, tadqiq ob'ekti sifatida muloqot sistemasi, tadqiq predmeti sifatida esa lisoniy sistema namoyon bo‘ladi. Tilshunoslik uchun esa hyech qachon muloqot sistemasi va lisoniy sistema ziddiyatida muloqot sistemasi tadqiq ob'ekti sifatida birinchi darajali ahamiyat kasb etib, lisoniy sistemaning o‘rni ikkinchi planga tushirilishi mumkin emas. Pragmatik yondashuvning ikkinchi ko‘rinishi yangi va mustaqil lingvistik paradigma sifatida o‘zbek tilshunosligida endigina shakllanmoqda. O‘zbek tilshunosligi substansial bosqichining yakuni u erishgan xulosalarni pragmatik aspektda tekshirishni taqozo qilmoqda. Ya'ni til substansial imkoniyatlarining pragmatik talqini ijtimoiy ehtiyojdir. Shu ma'noda tilda imkoniyat va voqyelik mushtarakligi tadqiqi bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligi ijtimoiy ehtiyoj mevasidir. Shu ma'noda tilshunoslar H. Ne'matov va D. Yo‘ldoshevalarning maqolasiga havola beramiz: “Ta'kidlash kerakki, o‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligi yevropada rivojlangan pragmatizm (va pragmalingvistika) dan tubdan farq qiladigan va tez orada unga o‘zi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalarni kirita oladigan bo‘ladi. ... Boshqacha qilib aytganda, dunyo pragmalingvistikasi oddiygina nutqiy muloqot jarayonini bevosita samaradorlik nuqtai nazardan o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zbek substansial-pragmatizmi – ochilgan va tavsiflangan imkoniyatlar xazinasidan kelib chiqadi” (3). Shu ma'noda aytish mumkinki, “substansial-pragmatik yondashuv o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi sifatida lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning muloqot jarayonidagi o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va'da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi” (2) Tilni imkoniyat va voqyelik dixotomiyasi sifatida tadqiq qilish bevosita amaliy ahamiyatliligi bilan xarakterlanadi. O‘zbek tilshunosligida substansial-pragmatik yo‘nalish shakllanishi ijtimoiy zarurat ekan, uning nazariy poydevorini, metodologik asoslarini monografik yo‘sinda tadqiq qilish, kelgusida bajarilajak tadqiqotlar uchun ilmiy va amaliy tavsiyalar berish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.
Download 25,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish