Adabiyotshunoslik tarixi


Ifoda shakllari (nasr, nazm) haqidagi qarashlarning shakl­lanishi



Download 0,86 Mb.
bet10/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Ifoda shakllari (nasr, nazm) haqidagi qarashlarning shakl­lanishi. Imperator U-di (er. a. 140-87 yillar) davriga ke­lib, “tsi” – kitob yoki so‘z ma’nosida emas, balki alohida poetik janr atamasi sifatida, ya’ni nasriy doston sifatida qo‘lla­nilgan. U-dining “Tsyu fen” (“Kuzgi shamol”) nomli asari mana shunday adabiy janrdagi nasriy qo‘shiqlardan iborat bo‘lgan. Bu davrda tsi janri bilan barobar fu singari nasriy janr shakllana boshlaganini xitoy adabiyoti tarixchilari esga oladilar. Fu dastlab tsidan keskin farqlanmagan, har ikkisi ham, asosan, nas­riy asarlarga nisbatan qo‘llanilgani ma’lum. Sima Syan-ju (er. a. 179-118 yillar) ismli xitoy adibi fu janrining ustasi sifatida tanilgan. Lyu Syan tomonidan jamlangan «Tsi lyuy» («Etti qisqa majmua») nomi bilan tarixga kirgan bayoz to‘la etib kelmagan bo‘lsa ham, uning muallifi o‘z asarlarini “Shi fu”, ya’ni she’r va poetik nasr sifatida tasnif qilgani “Ilk Xan tarixi” muallifi Ban Gu asarlaridan ma’lum29. Keltirilgan mulohazalardan ma’­lum bo‘lishicha, dastlab “adabiyot” ma’nosida ishlatilgan “tsi” (“so‘z”) kalomi ma’lum davrda “qo‘shiq she’riyati” (manbadan V.M.Alekseev ruschaga “pesennaya poeziya” deb tarjima qilgan) ma’nosida kelgan bo‘lsa, muayyan davrlarga kelib nasr va nazmni birlashtirgan badiiy adabiyot ma’nosini anglatishga xizmat qila boshladi. Xitoy adabiyotshunoslari Tsyuy Yuandan so‘ng ikkinchi buyuk adib sifatida Tao Yuan-min (365-427)ni tan oladilar30. Demak, o‘z ildizini xalq qo‘shiqlaridan olgan badiiy adabiyot dastlab she’riyat va ritmik nasr shaklida taraqqiy topgan. XIV asrda tartib berilgan adabiy majmua «Guven chjenbao»ga e’tibor qaratsak, tsi va fu janrlari bu vaqtga qadar adabiyotda turg‘un janrlar sifatida faol qo‘llanishda bo‘lishi bilan birga nazm va nasr atamalarining ekvivalenti sifatida ishlatilgan. Bu o‘rinda biz ma’ruza, maqola, nutq, maktub kabi shakllarda ifoda qilingan “nasr”ni umuman proza deb emas (rus adabiyotshunosligi tarixida ham “proza” so‘zi “poeziya”dan tashqari barcha janrlarni o‘zida jamlagan nasriy asar - albatta, dramaturgiyadan tashqari – ma’­nosida kelganini unutmaylik), balki badiiy nasr sifatida tal­qin qilinganining guvohi bo‘lamiz.
Tsi so‘zi falsafada ruh ma’nosini ham anglatadi. Yaxshi tsi go‘zal xulqni, yovuz tsi yomon xulqni tug‘diradi. Qadimgi Xitoy ma­daniy yodgorligi I-tszin yoki “Eki” (“O’zgartirilgan kitoblar”)da yozilishicha, olamda qadimgi yunon faylasuflari aytgan “qarama-qarshi kuchlarning kurash va birligi (birlikda va doimiy kurashda ekanligi) qonuni emas, balki In va Yan birligi, ularning o‘zaro qarama-qarshi bo‘lmay, bir-birini to‘ldirib turishi, yorug‘lik va qorong‘ulik, Quyosh va Oy, kun bilan tun birin-ketin kelishi hukumronlik qiladi, In - Yan munosabatlari koinot hayotida amal qilib, fasllar (Bahor, Yoz, Kuz, Qish) o‘zgarib turganiday, vaqti va o‘rni bilan biri ikkinchisiga aylanadi. Xitoy mutafakkirlari va shoirlari In va Yan qonunlarini jamiyat hayotiga ham joriy etish­ni istadilar. Agar bu qonuniyatlar jamiyatga ham joriy qilinsa, koinotdagi garmoniya, uyg‘unlik odamlar hayotida ham vujudga kelishi kerak edi. Lekin, afsuski, tabiat mavjudotlari so‘zsiz bo‘ysungan bu qonunga insonlargina bo‘ysunmaydilar va shu osiy­ligi sababli, ko‘pincha, ijtimoiy tanazzulga uchraydilar.
Xitoy shoirlari va mutafakkirlari fikricha, koinotda, yovuz tsi tug‘ilsa, Erdagi hayotda jinoyat, qotillik ko‘payadi. Shu sababli, aziz avliyolar, ilm ahli, rohiblar va shoirlar Koinotning qud­ratli kuchlariga ibodat va iltijolar qiladilar, odamlarning xul­qiga yaxshilik kelishini so‘raydilir. Men-Tszi (m.a. 372-389) ta’­limotiga ko‘ra, inson tabiatida besh azaliy ezgu xislat bor: 1. Jen - insonlik. 2. I – burch, adolat. 3. Li -xushmuomalalik. 4. Sin - samimiylik. 5. Chji – aql, bilim. Shular qo‘shilganida, kamol topganida ezgu ruh (tsi) vujudga keladi.
Syun-tszi (m.a. III asr) fikricha, olov va suvda tsi (ruh) bor, lekin jonli hayot yo‘q (qushlar va hayvonlarda o‘ziga yarasha aql bor, lekin burch, adolat yo‘q. Insonda esa tsi (ruh) ham bor, jon ham bor, aql va adolat ham bor, shu sababli u osmon ostidagi eng aziz, sharafli jonzoddir. Xitoy shoirlari torroq ma’noda mayus qo‘­shiq (elegiya)ni ham tsi deb ataganlar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda badiiy adabiyot tushun­chasi o‘z zimmasiga chuqur ma’no (mazmun) bilan birga davrlar o‘ti­shi bilan badiiy (bu so‘zning arab tilidagi dastlabki ma’nola­ridan biri “go‘zal” ekanini unutmagan holda), ya’ni go‘zal shakl tushunchasi ham qo‘shilib, badiiy adabiyotning mohiyatini angla­tuvchi ma’no va shakl birligi sifatida namoyoni bo‘lganini ham anglash mumkin.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish