PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA KASBIY SO’NISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI
Pedagogik amaliyotda kasbiy so’nishning umumnazariy masalalari
Kasbiy so’nishning ijtimoiy psixologik omillarini o’rganilish metodikasi
Ijtimoiy hayotda kasbiy so’nishning tur va ko’rinishlari
Pedagogik amaliyotda kasbiy so’nishning nazariy asoslari
Pedagogik Amaliyot jarayonida kasbiy so’nishning ijtimoiy omillari
Pedagogik Amaliyot jarayonida kasbiy so’nishning psixologik omillari
TO‘RA SULAYMONNING “ILTIJO” SHE’RIDAGI BADIIY NIYAT VA G‘OYANING USTUVORLIGI, MANTIQ VA XALQONALIKNING BIRLAMCHILIGI
Yorqinjon HAYITBOYEV,
GulDU, filologiya va tillarni o‘qitish ( o‘zbek tili) yo‘nalishi
38- 20-guruh talabasi, Respublika Yosh olimlar Kengashi a’zosi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning birgina “Iltijo” she’rini tahlil qilish orqali ijodkorning naqadar donishmandligi, tafakkur doiraning kengligi va xalqona uslubga sodiqligi haqida fikr yuritadi.
Kalit so‘zlar: To‘ra Sulaymon, “Iltijo”, iltijo, she’riyat, xalqonalik, bahor.
“Adabiyot yashasa – millat yashaydi”, deya ta’kidlagan edi ma’rifatparvar ijodkor Cho‘lpon. Inchunun, millatning taraqqiy topishida adabiyotning, xususan, she’riyatning o‘rni kattadir. Haqiqiy she’r hech qachon ma’lum bir davra uchun yozilmaydi, balki butun bashariyat uchun ijod qilinadi. She’r o‘zida bugunnigina tasvirlash bilan cheklanmaydi. Asil ijod namunasi ham o‘tmishni, ham bugunni, ham kelajakni o‘zida birlashtira oladi. Yaxshi shoir o‘tmishni tasvirlash uchun mashhur ajdodlarining nomini she’rda qo‘llashga, o‘xshamaganni o‘xshatishga chiranmaydi. Uning tarix so‘zi ishtirok etmagan ash’oridan ham o‘tmishning nafasi ufurib turadi. Agarki, qaysidir shoir biron bir davra uchun “she’r” yozsa, uni ko‘tarinki ruhda o‘qisa va oqibatda mukofot kutsa, bunday ijodning yakuni maddohlikdan boshqasiga yaramay qoladi. Shuning uchun ham so‘z san’atkorlari yozayotgan yoki yozmoqchi bo‘lgan har bir satrini ming o‘ylab, har taraflama tafakkur tarozisiga solib, keyingina xalqqa taqdim etadi.
Xalq samimiy she’rlarni yaxshi ko‘radi. Bu borada esa, baxshilarning obro’si juda baland. Baxshilarda ilohiy kuch – iste’dod bor, deb qaraladi va ulug‘lanadi. Azaldan ularga alohida ehtirom ko‘rsatilgan. To‘y-u ma’rakalarning to‘ri ham, hurmatning zo‘ri ham baxshilarniki bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lib qoladi. Shuning uchun “Baxshi keldi – yaxshi keldi”, “Baxshi – qishloqning naqshi”, “Baxshi kelsa, to‘y bo‘lar, qo‘chqoringni so‘y bo‘lar”, “Baxshining so‘zi hikmat” kabi maqollar xalqimiz orasida tildan tilga o‘tib yuradi.
Inchunun, To‘ra Sulaymon baxshiyona ohanglarni milliy adabiyotimizga olib kirgan, xalqona she’rlari bilan xalq qalbidan joy olgan, katta maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga chiqqan va adabiy manziliga yetgan karvon – shoir bo‘lgan. Uning o‘zi-da, yozgan so‘zi-da marddir. “Istar ko‘ngil”dan boshlab, barcha kitoblarni o‘qir ekansiz, To‘ra Sulaymonning she’rdan she’rga yuksalganligini, badiiy salohiyati yanada takomillashganligini kuzatasiz. Ayniqsa, shoir she’riyatida xalqona ohangning o‘zgacha rang-tasvirda jilolanganligiga guvoh bo‘lasiz va hayron qolasiz. Xalq og‘zaki ijodini nihoyatda yaxshi bilgan shoir ana shu bilimdonligi uchun ham xalqning sevimli ijodkoriga aylangan deb o‘ylaymiz.
O‘lmaslikka ishora – o‘langa oshiqligim,
Saodatga ishora – zamonga oshiqligim,
Teranlikka ishora – ummonga oshiqligim,
Go‘zallikka ishora – bo‘stonga oshiqligim,
Bahor, ketma mening bog‘imdan!1
Nima uchun shoir o‘lmaslikka ishora deb, aynan, o‘langa oshiqlikni tasvirlayotganini quyidagicha talqin etish mumkin. O‘lan xalq og‘zaki ijodining qadim-qadimdan mavjud bo‘lib kelgan janri hisoblanib, uni folklorshunos olimlarning bir guruhi aytimlarning bir-biriga ulanmog‘idan kelib chiqqan, desalar yana bir boshqa guruh olimlar O‘lan tangrisi sharafiga shunday nomlangan deb bayon qiladilar. Odatiy hayotimizga nazar solsak, mahallamiz, qishlog‘imizda bo‘lgan to‘ylarda, ayniqsa, qiz uzatish marosimlarida “O‘lanchi qiz yor-yor”, deyilganini ko‘p eshitganmiz. Demakki, shoir qadimiy qo‘shiqqa oshiqlik bilan o‘lmaslikka ishora o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni mazmuniy markaz sifatida olyapti. Qo‘shiqning necha yillardan buyon o‘lmay yashab kelayotgani, eskirmagani, unutilmaganini chuqur tushungan holda o‘z yozganlarini ham ana shunday qadrlanishi, tildan tilga o‘tib yurishini niyat qilyapti. Diqqat bilan yondashsak, badiiy niyat mana shu satrlarda o‘z yashirin aksini ko‘rsatyapti. Zamon bilan hamnafas bo‘lgan va zamonaviy bilimlarni o‘z vaqtida chuqur o‘rgangan kishining saodatga erishuvi haqida kitobxon yaxshi biladi. Teranlikka ishoraning ummonga oshiqlik bilan bog‘lanishiga ham alohida to‘xtalmoqchimiz. To‘ra Sulaymon Sirdaryo, daryo farzandi edi. Garchi, Aldashmonda tug‘ilgan shoirni jizzaxliklar bizniki, deb sirdaryoliklar bilan talashsa ham, baribir u Mirzacho‘lning shoiri, Sirdaryoning odami edi. Ummonning sathi-yu bag‘ri-da keng bo‘lishini yaxshi bilamiz. Undan tashqari ummonlar bag‘rida ko‘plab g‘avvoslar xazina-yu, sir-asrorlarni izlab yurishidan ham xabardormiz. Mana shu yerda ummon va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlikni, To‘ra Sulaymon anglagan haqiqatni ko‘rishga musharraf bo‘lamiz. Ummondan sir-asrorlar izlangani kabi inson o‘z tafakkurida ham tinimsiz g‘oya, fikr qidiradi. Ayniqsa, shoirlar fikrning ortidan quvadi, yetolsa, yozadi. Ummonning-da, tafakkurning-da kengligi, ikkisining ham hali biz bilmagan sirlari, yashirin xazinalari borligi va ana shu borliklarni izlash yo‘lida harakat qilish har kimni teranlikka yetaklaydi. Ko‘rinib turibdiki, teranlik – To‘ra Sulaymon ijodining maqsadi, muvaffaqiyatidir. Go‘zallikka ishoraning bo‘ston bilan bog‘langani esa, aniq va ravshan tasvirlangan. Shubhasiz, bog‘-u bo‘stonlar go‘zallikning oshyonidir. Shoirning fasllar ko‘rkiga nisbatan iltijo qilishi ham go‘zal.
Yuqorida amin bo‘lganimizdek, To‘ra Sulaymon birgina she’ri bilan bahorni, uning tasviri orqali yaxshilik, ezgulikni shu qadar tarannum eta olganki, shuning uchun ham biz bu she’rlarni sevib o‘qiymiz, qalbimizning to‘ridan joy beramiz. Shoir zoti borki, she’ri sevilsa, o‘qilsa haqiqiy ijodkor degan nomga erishadi. Yostiqday kitoblari chiqqani bilan xalq tanimasa, she’rlarini o‘qimasa, kitoblar kutubxonalardagi javonlarda chang bosib yotsa, undan na millatga, na kelajakka, na yoshlarga foyda tegadi. To‘ra Sulaymon esa, iltijolari-da go‘zal, o‘ziga xos haqiqiy shoir sifatida qalblarda yashaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Sultonmurod OLIM, Sunnat AHMEDOV, Rahmon QO‘CHQOROV. 8-sinf
Adabiyot darsligi ikkinchi qismi,-T. “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”-2014.
2.To‘ra Sulaymon. Iltijo,-T. “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”-1976.
3.Xurshid Davron kutubxonasi sayti.
4.Ziyo.uz sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |