Tolerantlik



Download 17,73 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,73 Kb.
#207046
Bog'liq
FALSAFA


Tolerantlik (lot. tolerantia — sabrtoqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuygʻulari, fikrmulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda T. oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda T. tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirihdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. T.ni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. T.ni har tomonlama qoʻllabquvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995 y. 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan T. munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo T.ning yaqqol namunasidir.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.



Hozirgi kunda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.

Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o’zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo’nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.
Download 17,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish