Xavfsizlik va millatlararo totuvlik va diniy



Download 1,88 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#365449
Bog'liq
Fuqarolik j.7-mavzu.Abdug'ofurova .M

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi fakulteti urdu – ingliz I guruhi 2 – kurs talabasi abdug’ofurova madina

7 – mavzu: Xavfsizlik va millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash

Reja : 1.Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni 2. O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida 3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot

Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.

Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.

Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.


Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.

Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.

Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.

O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida

Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim.

Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.

Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot

Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo’lishiga ko’maklashadi. Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko’pmillatli) davlatlardir.

Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Diniy bag’rikenglik g’oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.

Xulosa shuki, "O’zbekiston - umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati“ , "O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida“ kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Toshkent-2012;

2.Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995;

3.Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi,1948;

4.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun,1998;

5.Yovqochev Sh.A “Siyosat va din”o’quv qo’llanmasi;

6.Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”,Toshkent-2007

7.Mo’minov A, Yo’ldoshxo’jayev H “Dinshunoslik”,Toshkent-2003


E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish