97
Bo„laklarni o„rganish natijasida birlamchi jins nuragan yerni, bo„laklarning
qayta yotqizilishi uchun ta‟sir etuvchi omilni, qatlamlarning yoshini
aniqlash mumkin. Tog„ jinsining tarkibida gil bo„laklari bo„lib, ular qirrali
bo„lsa, bo„laklar bilan ta‟minlovchi birlamchi jinsning yaqinligini
ko„rsatadi.
Ko„l va flyuvio-glyatsial shag„al va konglomeratlar kam rivojlangan.
Dag„al bo„lakli jinslarning o„ziga xos turlaridan biri konglomerat va
brekchiya oralig„idagi jins tillit - muzlik morena yotqizig„idir. Jinsning
80% gacha qismi tartibsiz joylashgan shag„al, shchebendan tortib to valun
va glibalargacha bo„lgan bo„laklardan tashkil topgan. Yirik bo„laklar
oralig„ida qum-gil bo„laklari uchraydi. Tillitning muzlik yotqizig„i
ekanligini ko„rsatuvchi asosiy belgi yirik bo„laklardagi shtrixlar va
tirnalishlarning borligidir.
Sheben va brekchiya. Bu jinslar kam tarqalgan bo„lib, sekin-asta
shag„al, konglomerat, dresva va dresvyankaga o„tib boradilar. Brekchiyani
o„rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki jinsning struktura va
teksturasiga qarab ularning hosil bo„lish sharoitini aniqlash mumkin.
Brekchiya hosil bo„lish sharoitiga ko„ra bir necha turlarga bo„linadi.
1. Vulkanogen brekchiya. U vulqonlarning otilish jarayonida jinslar
bo„laklarga bo„linib ketishidan hosil bo„ladi. Brekchiyaning bu turini jins
tarkibida tufogen materiallarning ko„pligidan aniqlab olinadi.
2. Tektonik brekchiyaga bo„laklarning bir xilligi, ishqalanish yuzasi va
shtrixlarning borligi xosdir.
3. Tuz gumbazlarining brekchiyasi. Bu
jinslarga har xil gorizont
cho„kindi qatlamlarining jimjimador ezilishi va siljishi xosdir.
98
4. Fizik nurash brekchiyasi har xil katta-kichiklikdagi tub joy
jinslarining qirrali bo„laklari borligi bilan ajralib turadi.
5. Surilma brekchiyasiga tub joy kesimlaridagi yumshoq va plastik
jinslarning bo„laklari borligi xosdir.
6. Muzlik brekchiya sekin-asta konglomeratga o„tib boradi.
Brekchiyaning bu turiga bo„laklarda shtrixlar hamda silliqlanish izlari
borligi va ularning tarkibi har xilligi xosdir.
Graviy va dresva bo„shoq, gravelit va dresvyanka sementlangan zich
jins bo„lib, ular 2 dan 10 millimetrgacha bo„lgan bo„laklardan tashkil
topgan.
Gravelit silliqlangan, dresvyanka esa qirrali bo„laklardan tashkil
topgan bo„lib, ular sekin-asta konglomerat va brekchiyaga o„tib boradilar.
Qum (bo„shoq) va qumtoshlar (sementlangan) - psammitlar
donalarning katta-kichikligiga qarab: a) dag„al donali (2-1 mm); b) yirik
donali (0,5-1 mm); d) o„rta donali (0,5-0,25 mm); e) mayda donali (0,25
dan 0,1 mm gacha) turlarga bo„linadi. Jinslarning teksturasi tartibsiz,
qatlamli, strukturasi psammitli.
Qumtoshlarning tarkibi har xil bo„lib, bo„laklar asosan kvars, ortoklaz,
mikroklin, plagioklaz, kamroq slyudalar va boshqa
minerallardan tashkil
topgan. Aksessorlar sirkon, apatit, sfen, turmalin, granat, ma‟danli
minerallardan magnetit, gematit uchrashi mumkin.
Sementning tarkibida har xil minerallar uchraydi: gil minerallari
(kaolinit, montmorileonit), karbonatlar (kalsit, dolomit, kamroq siderit),
kremniy minerallari, temir oksidlari va kamroq xlorit, seolit,
fosfat va
sulfat guruhiga kiruvchi minerallar. Ko„pincha qumtoshlar tarkibida
organik qoldiqlar-ko„mirsimon va bitum moddalari uchrashi mumkin.
99
Qum va qumtoshlarning mineralogik tasnifi bo„lak donalarining
tarkibiga asoslanadi. Bu belgiga qarab ular monomineralli, oligomiktli va
polimiktli turlarga bo„linadi. Monomineral qumlar bir mineraldan tashkil
topadi. Ularga keng tarqalgan kvars va
kam uchraydigan dala shpatli,
glaukonitli qum va qumtoshlar kiradi. Oligomiktli jins asosan ikki
mineraldan iborat bo„lib, jins bo„laklarining ko„p qismi bir mineraldan
(75-95 %) tashkil topadi. Bu turlarga kvars – dala shpatli, kvars-glaukonitli
qum va qumtoshlar kiradi. Polimiktli jinslarning tarkibida har xil mineral
va jins bo„laklari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: