Navoiy kon metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
Konchilik fakulteti
Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi
Umumiy geologiya fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Metamorfizm jarayoni va metamorfik tog` jinslari haqida.
Bajardi: 35 cB-20 KEM talabasi
Halimov S
Qabul qildi:
Reja:
1. Metamorfizm jarayoni.
2. Metamorfik tog` jinslari haqida.
3. Xulosa.
Metamorfik tog` jinslari haqida.Yerning materik va okean po'stlari har xil tog' jinslari va minerallardan tashkil topgan. Tog' jinsi deb bir yoki bir necha minerallar birikmasiga, organik
dunyo qoldiqlaridan tashkil topgan tabiiy hosilaga aytiladi. Yer po'stidagi barcha tog' jinslari hosil bo'lish sababi va tarkibiga ko'ra uch guruhga: magmatik, cho'kindi va metamorfik (o'zgargan) jinslarga bo'linadi. Yer po'stida turli ekzogen iarayonlar ta'sirida cho'kmalar hosil bo'ladi. Ular keyinchalik jipslashib, turli fizik — kimyoviy o'zgarishlarga uchrab (diagenez)cho'kindi tog' jinslariga aylanadilar. Cho'kmalar kimyoviy yo'l bilan, hayvon va o'simlik qoldiqlari to'planishidan ham hosil bo'lishi mumkin. Cho'kindi tog' jinslari qoplama shaklda materiklarning deyarli 75% maydonini egallab yotadi. Ularning ba'zilari foydali qazilmalar hisrblanadi yoki tarkibida turli foydali komponentlarga ega bo'lishi mumkin. Magmaning sovub qotishidan hosil bo'lgan moddalami magmatik jinslar deb ataladi. Ular o'z
navbatida yer po'stining ichida sovub qotgan intruziv va yer yuzasiga chiqib quyilgan effuziv (vulkan) jinslarga bo'linadi. Bularning har ikkalasi ham magmaning qotishidan, lekin ikki xil sharoitda paydo bo'lgan.
Granit, granodiorit, porfir, bazalbt magmatik tog' jinslarining tipik vakillaridir. Asosan tog'li o'lkalarda, qalqonlarda tarqalgan.
Metamorfizm jarayonida hosil bo'lgan tog' jinslari faciyalarga ajratilgan: epidot — alhbit — rogovikli faciya: amfibol — rogovikli faciya; yashil slaneclar faciyasi: glaukonitli slaneclar faciyasi, epidot — amfibolitlar faciyasi va eklogitli faciyalar shular jumlasidandir. Metamorfizm natijasida yuqorida nomlari aytilgan faciyalar bilan birga ma'danli foydali qazilmalar
hosil bo'ladi. Metamorfik jinslari va faciyalarida’ ma'danli va noma'dan qimmatli (Ai, Si, RI, Rd, Ng, Feva boshqa) konlar hosil bo'lgan.
Bu uch guruh tog' jinslari minerallardan tashkil topib, ular bilan turli foydali qazilmalar bog'liq bo'lganligi sababli minerallarning kimyoviy tarkibi va
fizik xossalarini batafsil o'rganish lozim. Ma'lumki, bir xil tog' jinsining tarkibi ikkinchi xil tog' jinsining tarkibiga mos kelmaydi. Masalan, magmatik tog' jinslari bo'lmish granit kvarc, dala shpati, biotit, rogovaya obmanka minerallaridan tashkil topgan bo'lsa, dunit, olivinit, piroksenit olivindan va metamorfik tog' jinslaridan bo'lmish marmar faqat kalbcit mineralidan
tashkil topgan. Demak, minerallarning fizik xossasi va ular qaysi tog' jinsida uchrashini bilib olib so'ng tog' jinslarini tekshirish kerak. Asosiy tog' jinslari keyingi mavzularda batafsil ta'riflanadi.
Kvarc, dala shpatlari, slyudalar, piroksenlar, amfibollar va olivin guruhidagi mlnerallar bilan bir qatorda metamorfik jinslar uchun andaluzit, kianit,
sillimonit, granatlar, kordierit, stavrolit, vollastonit, vezuvian, epidot, xlorit, talk, serpentin va grafit xarakterlidir.
Grafit — (C) uglerodning modifikaciyasi. Qattiqligi 1; zichligi 2,1—2,3. Metal yaltiroqligiga ega yoki xira. Shaffof emas. To'q kul rangdan qoragacha. Chizig'ining rangi qora. Sinishi notekis. Ulanishi mukammal, qo'lda ushlaganda moyli, eziladi. Yirik kristallari (geksagonal singoniya) juda kam uchraydi. Odatda cheshuyali agregatlar hosil qiladi. qalam va tigellar ishlab
chiqarishda, sun'iy olmos sintez qilishda ishlatiladi. O'zbekistonda Tasqazgan konidan qazib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |