1. Metamorfizm jarayoni. Metamorfik tog` jinslari haqida



Download 20,94 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi20,94 Kb.
#307781
1   2   3   4
Bog'liq
GEOLOGIYA

Stavrolit, Fe(0H)2 2Al2 Si05 — alyuminiy va temir silikati. Qattiqligi 7 — 7,5; zichligi 3,7 —3,8. Shishasimon yaltiroq yoki xira. Nur o'tkazish darajasigacha shaffof. Qizg'ish — qo'ng'ir rangli. Chizig'ining rangi oq. Sinishi chig'anoqsimon, pog'onali — zirapchasimon, notekis. Ulanishi mukammal. Rombik singoniyada kristallanadi, odatda xochsimon qo'shaloq kristallar hosil qiladi.

Kordierit, Mg2Al3 [AlSi5 0 18] — alyuminiy silikati. Qattiqligi 7 — 7,5; zichligi 3,7 — 3,8. Shishasimon yaltiroq, yog'li. Nur o'tkazish darajasigacha shaffof. Rangi bir o'qi bo'yicha ko'k, ikkinchisi bo'yicha esa sariqsimon kul rang; bunday hodisa dixroizim deyiladi. Chizig'ining rangi qora. Sinishi chig'anoqsimon. Ulanishi mukammal. Rombik singoniyada kristallanadi.

Granat. Bu nom o'zaro yaqin fizik xossalarga va kristal strukturaga ega bo'lgan butun bir minerallar guruhiga taalluqli. Ulaming kimyoviy tarkibi keng miqyosda o'zgaradi. Bu Ca, Mg, Mn, Te, Cr, Ti, Al. Qattiqligi 6 ,.5 —7,5; zichligi 3,4 —4,6. Shishasimon yaltiroqdan moyligacha. Odatda nur o'tkazish darajasigacha shaffof bylishi mumkin. Granatlar turli ranglarda bo'lishi mumkin: qizil, yashil, to'q qizil, binafsha, to'q qo'ng'ir, rangsiz yoki shaffof. Faqat ko'k rangli granatlargina tabiatda uchramaydi. Chizig'ining

rangi qora. Sinishi chig'anoqsimon, notekis. Mo'rt. Ulanishi yo'q. Kristallari (kubik singoniya) odatda rombododekaedrlar, ikositetraedrlardan iborat.

Texnikada abraziv sifatida qo'llaniladi. Ko'pchilik granatlar zargarlik toshi hisoblanadi.

Vezuvian. Kalciy, magniy va temirning murakkab silikati. Qattiqligi 6,5; zichligi 3,4. Shishasimon yaltiroq, yog'li. Shaffof. Rangi yashil, yashilsimon — sariq, kul rang, jigar rang, qizg'ish — qo'ng'ir. Chizig'ining rangi oq. Sinishi notekis, zirapchasimon. Ulanishi nomukammal. Metamorfizmga uchragan karbonatli jinslarda kuzatiladi. Kristallari (tetragonal singoniya)

kalta ustunsimon, ignasimon, agregatlari zich, donali.



Diopsid. Fassait, gedenbergit va omfacit bilan birga metamorfik jinslarning piroksenlariga kiradi. CaMg[Si2 0 e] — kalbciy va magniyning silikati. Qattiqligi 5 — 6 ; zichligi 3,3. Shishasimon yaltiroq. Mayda siniqlarida nur o'tkazish darajasigacha shaffof, ba'zan shaffof. Sinishi notekis. Kristallari (monoklinli singoniya) ko'ndalang kesimi deyarli kvadratli bo'lgan

prizmatik yoki ustunsimon shakllarda bo'ladi. Odatda agregatlari donali.



Epidot — kaiciy, alyuminiy va temirning murakkab silikati. Qattiqligi 6 — 7; zichligi 3,4 —3,5. Shishasimon yaltiroq, ba'zan shaffof. Yashil, to'q yashil

ranglarga ega. Chizig'i kul rang. Sinishi chig'anoqsimon, notekis, zirapchasimon. Ulanishi mukammal. Skarnlarda va metamorfik tog' jinslarida

kuzatiladi. Kristallari (monoklinli singoniya) cho'zinchoq, prizmatik, ignasimon, ko'p qirrali, odatda bog'lamga to'plangan, agregatlari radial — nurli bo'ladi.

Sillimon.it' Al2 Si05 — alyuminiy silikati. Qattiqligi 6 — 7; zichligi 3,2. Shishasimon yoki shoyisimon yaltiroq. Shaffof. Kul rang, sariq, yashil, jigar rang. Chizig'ining rangi oq. Sinishi notekis. Ulanishi mukammal. Kristallari (rombik singoniya) juda kam uchraydi. Odatda tolali agregatlar hosil qiladi.

Talk, Mg3 (OH)2 [Si4O10]-magniy silikati. Qattiqligi 1; zichligi 2,7 —2,8. Yog'lidan sadafsimongacha yaltiroq. Yupqa kristallarida nur o'tkazish darajasigacha shaffof. Och kul rang, och yashil, jigar rang. Chizig'ining rangi oq. Sinishi notekis, egiladi, lekin elastik emas. Ulanishi juda mukammal.

Ushlaganda yoqsimon. Kristallari (monoklinli singoniya) kam uchraydi. Odatda cheshuyalari agregatlar hosil qiladi. Upa —elik sanoatida va issiqbardosh materiallar ishlab chiqarishda qo'llaniladi.




Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish