Nodon kishilar menga nasihat qilishar.
Oshiqqa nasihat sira bo‘lmaydi zarur.
Husn ahli yaralmishdir azal ko‘rmoq uchun,
Gar ko‘rmasa, Sa’diy, ne kerak ko‘zga nur?!
Ergash Ochilov tarjimalari
RUBOIYLAR
Ko‘nglim o‘tidan ichimdagi qon qaynar,
Shundan meni el telba debon gap o‘ynar.
Kim ko‘rsa edi Layli yuzini bir bor,
Bilgay edi: Majnunni nima dard qiynar?
* * *
Vah-vah, na qiyomat bu kelishgan qomat!
Yo‘q sarvda hatto qomatingga nisbat!
Boshlandi qiyomat, demasin, marhumlar,
Hech o‘tma mozor qoshidan, ey mohtal’at!
* * *
Buzgancha vafo shartini ul jonona,
Tark ayladi — ko‘nglimni qilib vayrona.
Dedi: «Meni uyqungda ko‘rarsan endi!»
Do'stlaringiz bilan baham: |