* * *
Kimki o‘z hosilin xom yeb tugatar,
Kuz kuni xirmondan mashoqlar terar.
* * *
Bu kun so‘zlamoqqa senda imkon bor,
Har qancha yaxshi so‘z topsang, aytib qol.
Ertaga ajalning elchisi kelgach,
Tiling qimirlashga tonmagay majol.
G’afur G’ulom tarjimalari
O’z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yosh-qishi.
* * *
«Hamyoni sof tilla to‘la bo‘lsa ham,
Och kishi sahroda qo‘yolmas qadam.
Biyobonda qolgan och bechoraga,
Kumushdan yaxshidir qaynagan shalg‘am».
* * *
Qovrilgan qush qadri to‘qlar oldida
Dasturxonda piyoz, kashnich, o‘tdan kam.
Och oldida o‘tar tovuq o‘rniga
Do'stlaringiz bilan baham: |