Muxtorova Sevinch G’aybulla qizi +998918104459 Badiiy asarlarda Vatan timsoli



Download 13,48 Kb.
Sana15.01.2023
Hajmi13,48 Kb.
#899674
Bog'liq
Muxtorova Sevinch G\'aybulla qizi
Новый документ 3, temirboyka, Гофурова Нозима Ганиевна, 11-sinf-ingliz-tili-savollar, Yakuniy nazorat savollari, payment 0239109411 30.3.2022 7 49, Pul oqimlari. Kurs ishi, 7b0d6d1e-805a-4888-a99d-9378d2d01652, file, natija, Комплекс амалиёт Microsoft Word, 3833036ce28f4ee9ab5e2b1b38541eee IQTISODIY GEOGRAFIYA, 1649839579, Toshtenirov Jamshid MMT-82, kontinental

Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti
universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti
1-kurs talabasi Muxtorova Sevinch G’aybulla qizi
+998918104459
Badiiy asarlarda Vatan timsoli
Dunyo go'zalligin bilmaydi hech kim!.. Yana o'sha sokin qish kunlaridan biri... Xayollarga tolaman. Ota-onam mehriga ko'milib, issiqqina uyning derazasidan qarab yurtimiz tinchligiga, farovon hayotga shukrona keltiraman. Ba'zida o'ylab qolaman. Haqiqiy go'zallik nimada? Mening qalbim shunday javob beradi: "Senda hech nima bilan almashtirib bo'lmas qimmatbaho bir boylik bor, sening turfa go'zalliklar bilan tovlangan boyliging Vataningdir".
Yodimda... Sentabrning iliq oqshomi . Dadajonim bilan Qashqadaryo viloyatidan poytaxt tomon yo'l oldik. Qalbimda o’zgacha hayajon bilan universitet tomon oshiqib keldim. Mustaqil hayotimdagi ilk kun yaxshi o'tdi, ikkinchi kuni yuragimga hech narsa sig'madi, o'zimni hali u yoqqa, hali bu yoqqa ura boshladim. Bilasizmi, kichik Vatan hisoblanmish oila qadrini o’shanda his qilganman. 17 yashar qiz Toshkentga kelib Qashqadaryoni sog'insa , Vatanidan yiroq musofirlar qanday qilar ekan-a?
Inson yaratilibdiki, nomini mangulikka muhrlashga intiladi. Biroq tarix zarvaraqlarida nom qoldirish uchun istakning o'zi kamlik qiladi. Abadiyat ummoni adolat yo'lida, el-yurt manfaati yo'lida umrini fido qilganlarnigina o'z bag'riga oladi. . O’zbekiston xalq yozuvchisi , atoqli va ardoqli adib Maqsud Shayxzoda yurtimizning suyukli yozuvchisi hisoblanadi. Uning asarlari shu qadar ko’lamliki, o’qib hayratingiz oshadi. “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi o’tkir qalam sohibining sermahsul ijodidan bir mevadir. Bu tragediya mo’g’ul istilochilariga qarshi kurashgan xalq qahramoni , buyuk sarkarda Jaloliddinning fojiali , ammo qahramonona hayotini ko’rsatib beruvchi asardir.
Shu so’zlarni yozar ekanman, akademik yozuvchilarimiz Oybek va G’afur G’ulomning ushbu fikrlari xayolimga keldi: “Ko’pdan buyon uzun umrli , badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. “Jaloliddin” bu orzumizga javob berishga qodir” . Darhaqiqat , asarda Vatanga bo’lgan muhabbat yorqin bo’yoqlarda tasvirab berilgan. Uni o’qib yuragimizni ismsiz tuyg’ular egallab oladi. Asar buyuk sarkarda o’limi bilan tugasa-da, undagi optimistik ruh kishiga dalda beradi. Fojia so’ngida o’zini jarga tashlayotgan Jaloliddinning kelajakka ishonch, yaxshi kunlar umidi bilan yo’g’rilgan xitobi fikrimizning dalilidir:
Ulug’vor niyatlarga kor qilmas ajal ,
Kim yurtdan yovni quvsa, mendirman o’shal”
“Vataning tinch - sen tinch” , - deydi buyuk bobolarimiz. Darhaqiqat, Vatan tinchligi yo’lida harakat qilgan har bir millat qahramonining nomi tarix zarvaraqlarida zarhal harflar bilan yozilishga haqlidir.
Men uzoq paytdan beri o'ylab kelayotgan fikrlarimni bayon qilish uchun imkon yaratgan taqdirdan va shu tanlov tashkilotchilaridan minnatdorman. Ayni damda: " Bu qiz tanlovda yutish uchun toza maqtab yozibdi", - degan fikr xayolingizdan o'tmasligini iltimos qilgan bo'lardim. Zero, yozayotgan tuyg'ularimning, yoza olmayotgan kechinmalarimning naqadar samimiy va chin dildan ekanligi yolg'iz Allohga hamda menga ayon. Buyuk bobolarimiz so'nggi damda ham jang maydonini tashlab ketmaganidek, men ham qo'limdagi qalam bilan oq maydon chegarasiga yetib borish uchun harakat qilaman. Aziz Vatanim, har kuni quyosh nurlaridan bahramand bo'lib uyg'onadigan tonglarim uchun, kelajakda yetuk dasturchi bo'lishni niyat qilgan ukamning orzulari uchun, jiyanlarimning shodon tabassumi uchun, barcha-barchasi uchun senga ta'zim qilaman!!!
Download 13,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti