Chiqor hojatin hamma muhtojni,
Shular qo‘ydi shoh boshiga tojni.
Daraxt bo‘lsa shoh, xalq ildiz erur,
Bil, o‘g‘lim, tomir-la daraxt ulg‘ayur.
Eling qalbin og‘ritma, berma zarar,
Qurur ildizing ranjisa el agar.
... U yurtda topolmaysap obodlik
Agar elda yo‘q shohidan shodlik.
Tushida ko‘rar yurt obodligin
Xarob aylagach yurtu elning dilin.
Yomonlik, haroblik zulmdan kelur,
Ulug‘lar buning ma’nisin xo‘b bilur.
Sitam birla qatl etmoq elni ziyon.
Shular mamlakatda mador, soyabon.
* * *
Eshitdimki, Sheruyaga ushbu xil
O’lim vaqti Husrav dedi: «Yaxshi bil,
Nechuk ishni qilmoqqa etsang niyat.
Mudom el ishin yaxshilashga qarat...
Do'stlaringiz bilan baham: |