«GULISTON»DAN
Fitna yuzli rost so‘zdan bo‘l yiroq,
Maslahatli yolg‘on andan yaxshiroq.
Oqil ul so‘zni o‘rinda so‘zlagay,
Ham javobini munosib ko‘zlagay.
Kim muxolif bo‘lsa sulton so‘zina,
Kelturur ul ko‘b balolar o‘zina.
* * *
Ey necha bekni, malikni o‘yla yebtur bu jahon -
Kim, alardan yer yuzinda qolmadi zarra nishon.
Xayr qil, ey ne’mati ko‘p xoja, sen andin burun —
Kim, yurub degan munodiy: «Qolmadi xoja falon!»
* * *
Sig‘ar bir hujrag‘a o‘n ikki mehmon,
Bir iqlima sig‘ishmas ikki sulton.
* * *
Bu zamona zohidin ko‘r: Ka’bag‘a ortin berib,
Yuz xaloyiqqa tutub, doyim qilur botil namoz.
Zohid uldurkim, tavakkulning maqominda turub,
Do'stlaringiz bilan baham: |