Ayt, kimdan chekasan bunchalik faryod?»
Dedi: «Ne til bilan aytay, ey Sa’diy,
Zarbni o‘z yorimdan yeyman umrbod!»
* * *
Faqat xush ko‘ngildan izla yaxshilik.
Tinchlik sarmoyasin izla avvalo.
Sust qo‘lda tez qilich yaraqlay olmas,
Buzuq dildan chiqmas yaxshi so‘z aslo.
* * *
Tinchlik mulki erur mevador daraxt,
Mevasiga aylang qanoat chandon.
Faqat bir martaba totar mevasin
Daraxtni ildizdan quritgan nodon.
* * *
Odam ersang, faqat yaxshilik ista,
Seni farq etsinlar toki hayvondan.
Hayvondan seni aql ajratib tursin,
Yo‘qsa, u qudratda zo‘r-ku insondan!
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
HIKMATLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |