Agar bo‘lsa o‘tkir tig‘ing qanchalik,
Emas tul xotinning dilin ohidek...
Yomon ham o‘tar, yaxshi ham, yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el...
Sila yaxshi boshini — bermas ziyon,
Yomonga tarahhum — o‘zingga yomon...
Tanish bo‘lmagandan hazar yaxshidur,
Ki do‘stlik niqobida yov ham bo‘lur...
Saxiy bo‘l-u, xush xulqu mardona bo‘l,
G’ariblarga boqqilki, haq yo‘li shul.
Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolgusi yaxshi nomu ishi.
Tirik ulki, undan keyin qolsa joy,
Hovuz, qil ko‘prik-la karvonsaroy.
Agar qolmasa har kishidap nishon.
Udir mevasi yo‘q daraxt begumon.
Chustiy tarjimalari
Yaxshilik qilgan hech ko‘rmas yomonlik,
Do'stlaringiz bilan baham: |