Quruq suvda qaynab pishgan bir shalg‘am.
* * *
Dil na qilsin past tabiat bo‘lsa tan,
Har mahal esmas shamol xohish bilan.
* * *
Muhtoj banda iltijoda Xudoga qo‘lin ochar,
To‘qligida qo‘llarini qo‘ltiqqa urib qochar.
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
«BO’STON»DAN
Eshit, ey hunarmand — dono kishi,
Emas ayb izlash hunarmand ishi.
* * *
Jahondan ketar paytda No‘shiravon
Bu so‘zlarni Hurmuzga etmish bayon:
«Xamisha g‘ariblar dilin ovlagil,
Sen o‘z rohating ko‘zlagan bo‘lmagil.
Agar rohatingni qilarsan havas,
Qo‘l ostingdagilar sira tinchimas.
Aqllikka ma’qul emas hech qachon,
Yesa qo‘yni bo‘ri, yotib qo‘ychivon.
Do'stlaringiz bilan baham: |