Do‘stlarimning suhbati xuddi olam jannati,
Yo jahannamning o‘ti nomunosib suhbati.
Gar azizlar suhbati birla o‘tsa bir nafas,
Shul nafasni bil hayot hosili ham sharbati.
Ko‘z, quloq, til bo‘lsa ham, barcha odam bo‘lmagay,
Qancha ko‘rdim devu jin — misli odam surati.
Xush chiroydan ham bashar husnn ortar-ku, faqat —
Odam o‘lg‘ay shul kishi bo‘lsa go‘zal siyrati.
Men hasadni bilmasam, hasratin bilmas edim,
Hasad o‘tin soladi yor qo‘shilgan fursati.
Kim bahorni ko‘rmasa ko‘kalamzorga chiqib,
Robia’ oyida ham bor muharram qimmati.
Ko‘zi doimo go‘zal chehrada dil bo‘lsa tosh,
Nasihatga ko‘nmagay, dil to‘liq jaholati.
Kezdim olam yuzini, topmay orom asarin,
Bo‘lsa faqat sevgili yor quchog‘in rohati.
Do'stlaringiz bilan baham: |