Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet153/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Ruhoniylik (xristianlikda) – xristian cherkovi barcha xizmatchilarining umumiy nomi. Tashkilot sifatida cherkov ikki xil e’tiqodchilarga: rahbarlar (ruhoniylar) va oddiy e’tiqodchilarga (qavmga) boʻlinishga asoslanadi. Xristianlikda dastlab R. boʻlmagan, dastlabki xristianlik jamoalari demokratik tuzilmaga ega boʻlgan. Cherkov tashkiloti II-III asrlarda uzil-kesil shakllandi. Faqatgina ruhoniylar cherkov rasm-rusumlarini va ibodatni amalga oshirishga, cherkov moddiy mablagʻlarini sarf qilishga haqli boʻlgan. Ruhoniylar e’tiqod masalasida oliy instansiyaga ega boʻlib, faqatgina ular dinda nima toʻgʻriligini va nima daxriylik ekanligini belgilab berganlar. R. iyerarxik tuzilmaga ega boʻlgan. Antik zamonlardayoq uch oliy pagʻona: yepiskop, presviter, dyakon boʻlib, ularga oʻtish uchun alohida talablar qoʻyilgan. Yepiskoplik pagʻonasida arxiyepiskoplik, mitropolitlik, papalik, patriarxlik mansablari boʻlgan. Quyi R. pagʻonasiga ponomarlar, psalmchilar, akolitlar, ekzorsistlar va boshqalar kirgan. Oʻrta asrlarda R.da qora va oq R. farqlangan. Qora R. bu dunyoviy hayotdan voz kechib, oʻz umrini dinga bagʻishlagan, monastirlarda istiqomat qiluvchi rohiblar. Oddiy qavmning diniy ehtiyojlarini ado etuvchi, oʻzlarini rohiblikka bagʻishlamagan ruhoniylar qatlami oq ruhoniylar deb nomlangan. Oʻrta asrlarda ruhoniylar Gʻarbiy Yevropaning alohida imtiyozli tabaqasini tashkil qilib kelgan. Lekin shahar va qishloq ruhoniylari orasida mulkiy va ijtimoiy jihatdan katta tafovut boʻlgan. Hisob-kitoblarga koʻra, XIV asr oʻrtalarida Gʻarbiy Yevropada rohiblar butun aholining 1,5% tashkil qilgan.
Rus haqiqati” – 1016-yildan boshlab turli yillarda tuzilgan Kiev Rusining huquqiy normalari toʻplami. Qadimgi Rus huquqining asosiy yozma manbalaridan biridir. “R.H.” ning eng qadimgi qismining kelib chiqishi knyaz Yaroslav Donishmandning faoliyati bilan bogʻliq. XV-XVI asrlargacha oʻz ahamiyatini saqlab qoldi.

~ S ~


Saksoniya kapitulyariysi – VIII asr oxirlarida Buyuk Karlning sakslarni boʻysundirish uchun chiqargan farmonlari. Unda sakslar va franklarning ma’muriy-siyosiy boshqaruvi hamda xristian cherkovi bilan munosabatlari belgilab berilgan. Birinchi S.K. 782-yilda e’lon qilingan va unga koʻra Saksoniyada alohida tartib joriy qilingan, qirol hokimiyati va cherkovga qarshi har qanday jinoyatga oʻlim jazosi berilgan, majusiylikni qayta tiklashga urinish, xristian dini tartiblarini buzish ham oʻlim jazosi bilan jazolangan. Shu bilan birga cherkov desyatinasi, cherkov foydasiga yerlarni tortib olish qonuniylashtirildi. Ikkinchi S.K. 797-yilda e’lon qilingan va uning tashabbuskori Alkuin boʻlib, tartiblar ancha yengillashtirilgan.
Saksoniya koʻzgusi” – Germaniyadagi eng qadimgi qonun toʻplamlaridan biri boʻlib, Eyke fon Repkov tomonidan 1221-1235-yillarda tuzilgan. Muallifning fikricha, sakslar qonunlari “koʻzgu” kabi aniq koʻrinishi kerak boʻlgan. Qonunlar toʻplami Sharqiy sakslarning an’analari va turmush tarzi borasida ma’lumot berishdan tashqari, ularda yerga nisbatan erkinlik va len qaramlik mavjud boʻlganligini koʻrsatadi. Toʻplamda qashshoq dehqonlar borasida ma’lumot berilmagan va bu barchaning tengligini koʻrsatadi. “S.K.” qonunlar toʻplamining 200 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari saqlanib qolgan. U faqat Germaniya uchun emas balki, butun Yevropa mamlakatlari uchun qonunlar tayyorlashga asos boʻlgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish