Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet150/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Robertinlarfransuz feodallari sulolasi, ularning nomlari Kapetinglar sulolasi hukmronligi boshlanishi bilan birga tilga olingan. Aynan kapetinglar shu suloladan oʻsib chiqqan.
Roland haqida qoʻshiq” – oʻrta asrlar adabiyotining nodir yodgorligi boʻlgan fransuz qahramonlik dostoni. XII arsda yozilgan va koʻplab qoʻlyozmalarda yetib kelgan. Ularning ichida eng yaxshisi 1170-yillarga taalluqli boʻlgan “Oksford tahriri” hisoblanadi. Muallifi noma’lum. Doston syujeti tarixiy voqelikka asoslangan boʻlib, unda Karl Buyukning Ispaniyaga uyushtirgan muvaffaqiyatsiz yurishi haqida hikoya qilinadi. 778-yilda Saragosani muvaffaqiyatsiz qamaldan soʻng Karlning qoʻshini Ispaniyani tark etadi. Ransevals darasida franklarga Ispaniyadagi arablarning ittifoqchilari boʻlgan basklar hujum qildi va deyarli toʻligʻicha qirib tashladi. Yilnomachining soʻzlariga koʻra, toʻqnashuvda Bretan markgrafi Xruotland ham halok boʻladi. Dostonda ana shu tarixiy epizod franklarning gʻayridinlarga qarshi katta jangiga aylantirilib yuborildi, basklar sarasinlar (yoki mavrlar) bilan almashtirildi, noma’lum boʻlgan Xruotland Karlning jiyaniga, mashhur ritsar Rolandga aylantirildi. Roland bilan birga dostonda uning doʻstlari boʻlgan boshqa qahramonlar – graf Olivyer, Turpin arxiyepiskopi va Buyuk Karlning oʻzi ishtirok etadi. Oʻgay otasi Gane’lonning sotqinligi tufayli Ronsevals darasida kichik frank otryadi son jihatidan ustun boʻlgan dushman pistirmasiga duch keladi. Ritsarlik axloq normalari va gʻururi Rolandga jang maydonini tashlab ketish yoki uzoq-lashib ketgan asosiy qoʻshindan yordam soʻrashga yoʻl qoʻymaydi. Rolandning fojiali halok boʻlganini bilgan Karl Buyuk oʻz qoʻshinini ortga qaytaradi va jiyanining xunini olishni buyuradi. Uning qoʻshini ajoyib gʻalabaga erishdi va butun Ispaniyani xristianlashtirdi deb keltiriladi dostonda. Sotqin Gane’lon qatl etiladi. Dostonda ritsarlik sha’ni, gʻururi, harbiy burchga sodiqligi tarannum etiladi. Undan tashqari dostonda birinchi marta vatanga – “Jonajon Fransiyaga” boʻlgan muhabbat ham kuylangan. Muallif ritsarlarning qurol-yarogʻlariga alohida e’tibor qaratadi, mas. Rolandning qilichi Dyurandal (dur – qattiq, mustahkam), oti Velyantior (veilleye – oʻtkir, sezgir) nomi bilan keltiriladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish