Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Frelslar – biror-bir majburiyat va soliqlardan "ozod etilgan"lar. Shved feodallariga nisbatan qoʻllanilgan. Freylina



Download 1,74 Mb.
bet50/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Frelslar – biror-bir majburiyat va soliqlardan "ozod etilgan"lar. Shved feodallariga nisbatan qoʻllanilgan.
Freylina (nem.) – kelib chiqishi zodagonlarga mansub boʻlgan qizlar va ayollar uchun saroy mansabi.
Frigold (ingl.free – erkin va hold – boshqarish) – oʻrta asr Angliyada merosiy boʻlmagan, ammo umrbod muddatga berilgan yer-mulk. Bunday yerlar ritsarlar, dehqonlar, shaharliklar va hatto cherkovlarga berilgan. Shu bilan birga erkin dehqonlarning yerga egalik huquqini ham anglatgan. F.lar shu sababli villanlar va kopigolderlardan farq qilgan.
Frigolderlar – Angliyada yerga umrbod yoki ayrim hollarda merosiy tarzda egalik qiluvchi dehqonlar guruhi. F. dehqonlar shaxsan erkin boʻlib, oʻz huquqlari uchun qirol sudiga murojaat qilishlari mumkin boʻlgan. Shu sabab ular lordlardan mustaqil boʻlishgan.
Frilinglar – german qabilalarida xalqlarning buyuk koʻchishlari arafasida va jarayonlarida erkin jamoa a’zolari.
Fua (frans. foix – sadoqat) – 1) Vassalning senorga sodiqlik qasami; 2) Oʻrta asrlarda Fransiya janubidagi graflik.
Fuaj – Fransiyada Karl V (1364-1380) davrida olingan asosiy soliq, tutun puli. Yana qoʻshicha soliq sifatida ed va gabel ham undirilgan.
Fueros (lot. forum – savdo, huquq, sud) – Pireney yarim oroli mamlakatlaridagi qonunchilikning asosiy shaklidan biri (XIV asrgacha). F.ning bir necha koʻrinishi mavjud: 1) Umumiy xarakterda boʻlgan qonunlar majmuasi (mas. bu shakldagi dastlabki majmua Vestgot haqiqati (VII asr). Butun qonunchilikni umumlashtirgan; 2) U yoki bu hududdagi feodal xonadonning erkinlik xartiyasi (mas. 1135-1138-yillarda Kastiliya ritsarlari F.); 3) Erkinlik, arablarga qarshi rekonkista harakati davrida shahar va qishloqlarning qarshi kurash olib borishdagi erkin faoliyati ya’ni “munisipial” faoliyati. XI-XIII asrlarda keng tarqalgan. Yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun borgan koʻchuvchi – kolonistlarga bir qator imtiyozlar berilgan (birinchi navbatda shaxsiy erkinlik). Erkinliklar yorliqlarda yozilgan (ular fuero deb atalgan). Fuero istalgan diniy va cherkov vakillariga ham berilgan. XIV-XV asrlarda mahalliy fuerolar qirolning qonunlar toʻplamiga tenglashgan. Kastiliya va Aragoniyaning hamda Ispaniyaning birlashuvida hal qiluvchi kuch vazifasini bajargan.
Fuld annallari – fransuz hukmdorlari tomonidan 680-901-yillarda muhim voqealar yilma yil yozdirib qoldirilgan yodgorlik. Bir necha yillar davomida tuzilgan joy – Fuld monastiri (Gessen) nomidan olingan. Bir necha qismdan iborat.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish